Саҳифа ҳар 1 дақиқада автоматик янгиланади.
Ўзбекистон Суперлигаси-2021
| 1-тур. 10.03.2021. соат 18:30 | ||
НАСАФШоҳмалик Комилов(35)
Шокир Йўлдошев(62) |
2 : 3 |
ПАХТАКОРСардор Рашидов(71)
Акмал Мозговой(автоголь 79),Иброҳимҳалил Йўлдошев(87) |
| ЖАМОАЛАР ТАРКИБИ | ||
|
35.Абдувоҳид Неъматов 4.Ҳусниддин Алиқулов 14.Шокир Йўлдошев 15.Жўрабек Маннонов 19.Ҳусайн Норчаев 22.Акмал Мозговой 34.Шерзод Насруллаев 50.Шоҳмалик Комилов 77.Ойбек Бозоров 88.Марко Станоевич 92.Умар Эшмуродов |
35.Санжар Қувватов 3.Хожиакбар Алижонов 5.Анзур Исмоилов 7.Сардор Рашидов 8.Азизбек Турғунбоев 9.Эрен Дердийок 10.Драган Черан 11.Егор Кримец 21.Аброр Исмоилов 27.Сардор Собирхўжаев 34.Фаррух Сайфиев |
|
| ЗАҲИРА | ||
|
1.Умиджон Эргашев 13.Азамат Сойибов 5.Ғолиб Ғайбуллаев 20.Суҳроб Нуруллоев 25.Муҳриддин Зоиров 70.Абубакр Ризо Турдиалиев 71. Жасур Жумаев |
25.Элдорбек Суюнов 6.Иброҳимхалил Йўлдошев 14.Ҳумоюнмирзо Иминов 17.Шерзод Темиров 18.Ҳожимат Эркинов 19.Шароф Муҳитдинов 23.Шерзод Аъзамов |
|
Матн
| 90' | ![]() |
Uchrashuv yakunlandi. Paxtakor dramatik tarzda Nasafni mag'lub etdi |
| 90+' | ![]() |
QANDAY VAZIYAAAT?! Quvvatov o'yin so'nggida qayerdan kuchli quvvat oldi. Qarshiliklar birga-bir vaziyatda foydalana olishmadi. |
| 90+' | ![]() |
O'yin o'zining eng qizg'in pallasida. Asosiy vaqtga 5 daqiqa vaqt qo'shib berildi |
| 87' | ![]() |
Ibrohimhalil Yo'ldoshev Paxtakorning 3-goliga mualliflik qilmoqda |
| 85' | ![]() |
GOOOOOL! |
| 79' | ![]() |
Paxtakor amalga oshirgan burchak to'pidan so'ng, Nasaf a'zosi Akmal Mozgovoy o'z darvozasini ishg'ol etib qo'ydi |
| 79' | ![]() |
GOOOOOL! |
| 75' | ![]() |
UXXXX. Nasafning qarshu hujumidan so'ng Paxtakor darvozasi oldida Ibrohimhalil Yo'ldoshevga tekkan to'p darvoza ustuni bilan to'qnashib maydonga qaytdi |
| 73' | ![]() |
Shohmalik Komilov raqibga qarshi qo'pollik ishlatgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi |
| 71' | ![]() |
Sardor Rashidov 11 metrlik nuqtadan zarba y'llashda adashmadi va Abduvohid Ne'matov darvozasi ishg'ol etildi |
| 69' | ![]() |
Nasaf darvozasiga penalti belgilandi |
| 68' | ![]() |
3 raqamdagi Hojiakabar Alijonov o'rniga 6 raqamda Ibrohimhalil Yo'ldoshev maydonga tushdi. |
| 65' | ![]() |
Mehmonlar jarima maydonida sarosima yuzaga kelmoqda. Ketma-ket yo'llanayotgan zarbalarni himoya qo'rg'oni bartaraf etmoqda |
| 64' | ![]() |
Paxtakorda iikinchi o'zgarish. 10 raqamda harakat qilgan Dragan Cheran 19 raqamdagi Sharof Muhitdinovni almashtirdi |
| 62' | ![]() |
Maydon markazidan boshlangan hujum Shokir Yo'ldoshevning darvozaga yo'llagan zarbasidan so'ng gol bilan yakunlandi. |
| 62' | ![]() |
GOOOOOL! |
| 57' | ![]() |
Xavfli zarbaaa! Nasaf vakillari raqib jarima maydonida to'pni egallab olib, darvozaga bergan zarbasini Quvvatov bartaraf etdi |
| 54' | ![]() |
Paxtakorning hujumlari xavfli tus olmoqda. Nasaf darvozaboni va himoyachilari esa sergak tortishgan |
| 51' | ![]() |
Paxtakor taymni faollik bilan boshladi. Burchak to'pidan keyin Hojiakbar Alijonov bergan zarba noaniq ketdi |
| 46' | ![]() |
Tanaffusdan so'ng toshkentliklar bosh murabbiyi Piter Xyustra o'zgarishga qo'l urdi. 8 raqamda harakatb qilgan Aziz Turg'unboyev o'rniga o'yinni 18 raqamda Hojimat Erkinov davom ettiradi |
| 45' | ![]() |
Hakam ikkinchi 45 daqiqalikni boshlab berdi. Ikkala jamoaga ham omad yor bo'lsin! |
| ' | ![]() |
Раз-раз) Biz qarshidagi o'yingohga qaytamiz do'stlar. Ikkinchi taym boshlanish arafasida |
| 45' | ![]() |
Nasaf-Paxtakor 1:0. Hozircha TANAFFUS! |
| 45+' | ![]() |
Anchayin haroratli o'tgan birinchi bo'limga bir daqiqa vaqt qo'shildi |
| 43' | ![]() |
Hujumlar, zarbalar, follar. To'p asosan maydonning Paxtakorga tegishli qismida harakatlanmoqda |
| 39' | ![]() |
"Mening tilim balodir..." deganlaridek Dragan Cheran hakam bilan tortishgani uchun o'ziga sariq kartochhka orttirib oldi |
| 38' | ![]() |
Goldan ruhlangan maydon egalari keskinlikni oshirishmoqda |
| 35' | ![]() |
Kombinatsion qarshi hujumdan so'ng, Shohmalik Komilov bergan kuchli va aniq zarba Sanjar Quvvatovni ojiz qoldirdi, 1-0 |
| 35' | ![]() |
Goooool! |
| 31' | ![]() |
Tantashovning hushtagi juda ko'p chalinmoqda. O'yinda keskin kurashlar ko'payib ketdi |
| 27' | ![]() |
Paxtakor futbolchilari maydon markazida to'pni oldirib qo'yishdi, biroq Nasafning hujumi samarasiz yakunlandi |
| 23' | ![]() |
Futbolchilar o'yin tempiga hamohang tarzda biroz qizishib ketishmoqda. Bosh hakam Elgiz Tantashev esa ularni bosiqlik va tartibga chaqirmoqda |
| 21' | ![]() |
Abror Ismoilov Akmal Mozgovoyga nisbatan qo'pol harakat qildi va hakam tomonidan ogohlantirildi |
| 18' | ![]() |
Darvozalar hali ishg'ol etilmagan bo'lasada, o'yin shiddati baland. Tomoshabinlar bir zum tin olishga imkon bermaydigan bahsga guvoh bo'lishmoqda |
| 12' | ![]() |
Sekin-astalik bilan hujumlar soni ko'paymoqda. Mezbonlar amalga oshirilgan burchak to'pidan so'ng berilgan zarbani Sanjar Quvvatov egallab oldi |
| 09' | ![]() |
Xavfli zarbaaa! Standart vaziyatdan Sardor Rashidovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegdi |
| 08' | ![]() |
Shohmalik Komilov maydon markazida Azizbek Tutrg'unboyevni to'xtatib qoldi |
| 04' | ![]() |
Qarshi shahridagi markaziy o'yingohga ko'p sonli muxlislari tashrif buyurishgan va ular tinimsiz ravishda ikkala jamoani ham qo'llab quvvatlashmoqda |
| 01' | ![]() |
Assalomu alaykum qadrli futbolsevar do'stlar. Nasaf va Paxtakor o'rtasidagi bahs start oldi |
| Асосий сахифа |
|
© STADION.UZ Гувоҳнома №0917. Берилган санаси: 02.12.2013. Муассис: «OSIYO KABEL» МЧЖ. Бош муҳаррир: Бўронов Олимхўжа Азимхўжа ўғли. Таҳририят манзили: 100057, Тошкент шаҳри, Уста Ширин 125. E-mail: admin@stadion.uz Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар. |
|