Kirish Ro'yxatdan o'tish

Futzal. Osiyo kubogi-2024 final bosqichida ishtirok etadigan jamoalar aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

Joriy haftada futzal bo‘yicha Osiyo kubogi final bosqichi uchun saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Sakkizta saralash guruhlaridan 7tasida o‘yinlar yakunlandi. Natijada qit’a chempionatida ishtirok etadigan 15 ta jamoaning nomi aniq bo‘ldi.

Faqatgina "A" guruhida esa Xitoy va Gonkong o‘rtasida ertaga javob o‘yini bo‘lib o‘tadi (bu guruhda faqat ikki jamoa qolgan). Xitoy dastlabki o‘yinda 3:0 hisobida g‘alaba qozonganini inobatga olsak, kichik hisobdagi mag‘lubiyat ham "chin yurti" vakillarini Osiyo kubogiga olib chiqadi.

Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan jamoalar qur’ada quyidagicha savatchalarga ajratiladi:

1-savat:
Tailand (mezbon)
Yaponiya
Eron
O‘zbekiston

2-savat:
Tojikiston
Vyetnam
Kuvayt
Saudiya Arabistoni

3-savat:
Iroq
Bahrayn
Janubiy Koreya
Myanma

4-savat:
Qirg‘iziston
Afg‘oniston
Avstraliya
Xitoy/Gonkong

Osiyo kubogiga qur’a tashlash marosimi 2023 yil 14 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:41, 12.10.2023.
O'qildi: 7617 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.