Kirish Ro'yxatdan o'tish

JCH-2026. Fransiya Shvesiyani Mbappening dubli evaziga yirik hisobda mag‘lub etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Jahon chempionati–2026 1/16 finali doirasida Fransiya va Shvesiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. AQSHning Ist-Raterford shahridagi «Metlayf» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda fransuzlar 3:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozondi.

Fransiya terma jamoasi safida Kilian Mbappe dubl muallifiga aylangan bo‘lsa, yana bir golni Bredli Barkola kiritdi.

Shu tariqa, Fransiya terma jamoasi Jahon chempionati 1/8 finaliga yo‘llanma oldi. Fransuzlar ushbu bosqichda 5 iyul kuni Paragvay terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

JCH-2026. 1/16 final
1 iyul, 2026 yil, chorshanba
Fransiya — Shvesiya — 3:0
Gollar: Mbappe, 45 (1:0), Barkola, 53 (2:0), Mbappe, 74 (3:0).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 05:13, 01.07.2026.
O'qildi: 3937 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.