Kirish Ro'yxatdan o'tish

Goal nashri «Oltin to‘p»ga da’vogarlarning yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi

Baho:
+ | -

2026 yilgi «Oltin to‘p» sovrini uchun asosiy da’vogar — Angliya terma jamoasi va Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Xarri Keyn. Goal nashrining ta’kidlashicha, hujumchi joriy mavsumda klub va terma jamoa safida allaqachon 73 ta gol urgan, shuningdek, Bundesliga, Germaniya Kubogi va Superkubogida zafar quchgan.

Ikkinchi o‘rinni Keynning jamoadoshi, Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Maykl Olise egallab turibdi. Yetakchilar uchligini Madridning «Real» klubida to‘p surayotgan yana bir fransiyalik futbolchi Kilian Mbappe yakunlaydi. Top-5 likka «PSJ»dan Usmon Dembele va «Inter Mayami»dan Lionel Messi ham kirgan.

«PSJ»ning gruziyalik hujumchisi Xvicha Kvarasxeliya reytingda sakkizinchi o‘rinda qayd etilgan. Top-20 likni «Bavariya»ning yana bir o‘yinchisi Ismael Saybari yakunlab berdi.

Kiritildi: 16:08, 12.07.2026.
O'qildi: 7070 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.