Kirish Ro'yxatdan o'tish

«An-Nasr» Brozovichga Ispaniyadan o‘rinbosar topdi

Baho:
+ | -

«An-Nasr» «Malyorka» yarim himoyachisi Samu Koshta bilan tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Futbolchi jamoani tark etgan xorvatiyalik Marselo Brozovichning o‘rnini bosishi kutilmoqda.

Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, Koshta Yevropada qolish imkoniyati bo‘lishiga qaramay (25 yoshli o‘yinchiga «RB Leypsig» da’vogarlik qilgan), transferga rozi bo‘ldi.

Krishtianu Ronalduning hamyurti va bo‘lajak jamoadoshi bo‘lishi kutilayotgan Koshta 2023 yilning yozida «Almeriya»dan «Malyorka»ga 3 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uch yil ichida uning bozor qiymati besh barobarga oshdi.

Koshta 2026 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etishga ulgurdi. U guruh bosqichida Kolumbiyaga qarshi kechgan bahsda o‘yin tugashiga 20 daqiqa qolganida maydonga tushdi va samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

Avvalroq, Yaqin Sharqdagi harbiy mojarolar sababli yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklar fonida «An-Nasr» Brozovichga o‘rinbosar izlashni to‘xtatib turgani xabar qilingandi.

Kiritildi: 08:04, 18.07.2026.
O'qildi: 780 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.