Kirish Ro'yxatdan o'tish

La Liga grandi Kyezani sotib olishga harakat qilib ko‘rdi

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi «Liverpul» vingeri Federiko Kyezani o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqqan edi.

Italiyalik futbolchi shu yozda «matraschilar»ning nishonida bo‘lgan, shuningdek, A Seriya vakillari ham unga qiziqish bildirishgan, deb xabar beradi Transfer News Live jurnalist Valanten Feyetga tayanib. Variantlar mavjudligiga qaramay, 28 yoshli futbolchi Angliyada qolishni va «qizillar»ning yangi bosh murabbiyi Andoni Iraola qo‘l ostida o‘z imkoniyatini ko‘rsatishga harakat qilishni niyat qilgan.

Federiko Kyezaning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda futbolchi 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 12:30, 02.08.2026.
O'qildi: 1608 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.