Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Liverpul» va «PSJ» hujumchi bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Baho:
+ | -

«Liverpul» va «PSJ» napadayushiy Bredli Barkolaning transferi bo‘yicha rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda nufuzli insayder Fabrisio Romano yozib qoldirdi.

Romano bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Liverpul» Barkola uchun 100 million yevrodan ortiq mablag‘ taklif qilgan, ammo mersisaydliklarning bu taklifi hali «PSJ» talab qilayotgan summadan juda yiroq. Muzokaralar jarayoni davom etadi.

Ta’kidlanishicha, 23 yoshli Bredli Barkolaning o‘zi «Liverpul»ga o‘tishni xohlamoqda.

Oldinroq matbuotda Barkola «PSJ»dagi o‘z rolidan qoniqmayotgani haqida yozishgan edi. Parijliklar klubi tarkibida hujumchi 152 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 39 ta gol va sheriklariga 37 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 19:17, 03.08.2026.
O'qildi: 1326 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.