Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Tottenxem» Romeroni «Arsenal»ga sotmaydi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» jamoa sardori Kristian Romeroni «Arsenal»ga sotishni rejalashtirmayapti.

The Sun nashri ma’lumotlariga ko‘ra, argentinalik himoyachi bu yozda «Tottenxem»ni tark etishga qaror qilgan va «Arsenal»ga o‘tish variantiga ochiq. Biroq «shporlar» sardorini prinsipial raqibiga berishni istamayapti.

Romeroni qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar sifatida Madridning «Atletiko» klubi ko‘rilmoqda. Avvalroq futbolchiga «Inter» ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan.

28 yoshli Romeroning bozor qiymati Transfermarkt tomonidan 50 million yevroga baholangan.

Kiritildi: 16:11, 09.08.2026.
O'qildi: 627 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.