Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionati
| «F» guruhi, 3-tur. 22 iyun, soat 21:00 | ||
VENGRIYa18 Zoltan Gera
47 Jujak 55 Jujak |
3 : 3 |
PORTUGALIYa42 Nani
50 Ronaldu 62 Ronaldu |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Kiray, Long, Guzmich, Yuxas, Korxut, Gero, Pinter, Jujak, Elek, Lovrenchich, Soloi. |
01.Rui Patrisiu 03.Pepe 05.Rafael Guereyro 06.Rikardu Karvalyu 07.Krishtianu Ronaldu 08.Joao Moutinyo 10.Joao Mariu 11.Viyeyrinya 14.Uilyam Karvalyu 15.Andre Gomesh 17.Nani 19.Elizeu 20.Rikardu Kuarejma |
|
| ZAHIRA | ||
| 02.Brunu Alvesh 04.Joze Fonte 09.Eder 12.Antoni Lopes 13.Danilo 15.Andre Gomesh 16.Renatu Sanshesh 18.Rafa Silva 20.Rikardu Kuarejma 21.Sedrik Soaresh 22.Eduardu 23.Adrien Silva |
||
Matn
| 89' | ![]() |
Ronalduni yiqitishdi. Darvozaga 35 metrcha masofa bor. Jarima to‘pini yana Ronaldu amalga oshirarmikan. Ha xuddi shunday bo‘ldi. Uning zarbasi odatdagidek noaniq ketdi. |
| 87' | ![]() |
Krishtianu bugun 9 ta zarba yo‘llab, 2 ta gol urdi |
| 86' | ![]() |
Ronaldudan navbatdagi zarba. Biroz noaniq |
| 82' | ![]() |
Vengriyada o‘zgarish. Lovrenchich o‘rniga Shtiber maydonga tushdi. |
| 81' | ![]() |
Nani o‘rniga Danilo maydonga tushdi. "Real"dagi Danilo emas, shunchaki uning adashi |
| 80' | ![]() |
Ronaldu darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borayotgan edi. Biroq u o‘yindan tashqari holatda edi. |
| 77' | ![]() |
Kuarejma bir himoyachidan o‘tib ketib kuchli zarba yo‘lladi. Zarba noaniq chiqdi |
| 76' | ![]() |
Ronaldudan navbatdagi ajoyib zarba. Biroq to‘p saaal tepadan o‘tib ketdida. Aks holda "xet-trik" ko‘rarmidik. |
| 73' | ![]() |
Ronaldu-Nani-Ronaldu kombinasiyasini Krishtianu yakunladi. Biroq bosh bilan berilgan bu safargi zarba noaniq chiqdi. |
| 67' | ![]() |
Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi yubiley 60-golini kiritdi. |
| 66' | ![]() |
Ronaldu ikki marta o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi. |
| 64' | ![]() |
Oh qanday vaziyat. Vengriya yana hisobda oldinga chiqib olishi mumkin edi. Darvoza to‘sini Portugaliyani muqarra goldan qutqarib qoldi. |
| 62' | ![]() |
Krishtianu bosh bilan gol urib hisobni tenglashtirdi. Super o‘yin! |
| 62' | ![]() |
Goooooooooooooollllllllllll Ronaldu, Ronaldu, Ronaldu |
| 59' | ![]() |
Andre Gomesh o‘rniga Rikardu Kuarejma maydonga chiqdi. |
| 58' | ![]() |
Ronaldudan navbatdagi zarba. Noaniq |
| 57' | ![]() |
Joa Ronalduning "noni yeb" ketdi. Uning zarbasi biroz noaniq chiqdi. |
| 56' | Portugaliya bugun darvozabonsiz o‘ynayotgandek go‘yo | |
| 55' | ![]() |
Jujakdan navbatdagi super gol! Nimalar bo‘lyapti. Ronaldu norozi. Mana haqiqiy futbol! |
| 54' | ![]() |
Goooollllll |
| 52' | ![]() |
Portugaliya "uyg‘ondi". Super Mario uzatgan to‘pga Nanining oyoqlari ozgina yetmay qoldi. |
| 50' | ![]() |
Fantastika! Sen urmasang senga urishadi. Nihoyat Ronaldu katta sahnaga chiqdi. Ajoyib gol. Bugun o‘zi oddiy gollar bo‘lmayapti. |
| 50' | ![]() |
Goooooooooollllllll Ronaldu, Ronaldu, Ronaldu |
| 48' | ![]() |
O‘hhhh qanday vaziyat. Pepening qo‘pol xatosidan keyin o‘yinga "nuqta" qo‘yilishi mumkin edi. |
| 47' | ![]() |
Jujak jarima zarbasidan super gol urdi. 2:1 O‘rgan Ronaldu! |
| 47' | ![]() |
Gooooooooooollllll Mana senga o‘sha gol! |
| 46' | ![]() |
Birinchi taymda burchak to‘plarini havoga sovurgan Joa Moutinyo o‘rniga Renatu Sanshesh tushdi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi taymni Vengriya terma jamoasi boshlab berdi. |
| 45+1' | ![]() |
Bo‘ldi, birinchi taym tugadi. Hozircha hisob 1:1 |
| 45' | ![]() |
Gomeshdan kuchli zarba. Kiray o‘z o‘rnida. Portugaliya tanaffusga hisobda oldinda chiqib ketish uchun harakat qilmoqda. Lekin ulgurarmikan. |
| 44' |
Bu Portugaliyaning ham, Nanining ham musobaqadagi ikkinchi goli edi. Yaxshiyam Nani bor deyayotgan bo‘lsa ajab emas Portugaliya muxlislari |
|
| 42' | ![]() |
Ronaldu nihoyat katta bo‘lmasaham kichik sahnaga chiqdi. Aynan uning uzatgan to‘pidan keyin Nani hisobni tenglashtirdi. 1:1 |
| 41' | ![]() |
Gooooooooolllllllllll |
| 41' | ![]() |
Pepeni yiqitishdi. Pepe hamma joyda faol |
| 40' | ![]() |
Gol Lekin Ronaldu to‘pni uzatgan paytda Pepe ofsayda qolgan edi. Urilgan gol esa inobatga olinmadi. Pepe o‘yindan tashqari holatga tushadigan paytlar ham yetib keldi. |
| 37' | ![]() |
Yana Moutinyo burchak to‘pini amalga oshirdi. Kiray to‘pni qaytarib yubordi. Portugaliya standratlardan foydalana olmayapti. |
| 36' |
Bu ketishda Portugaliya eng ko‘p zarba yo‘llab musobaqadan chiqib ketgan jamoa nomini o‘ziniki qiladi shekilli. Zarbalar ko‘p, samara yo‘q. |
|
| 35' | ![]() |
Ronaldudan navbatdagi noaniq jarima zarbasi. Krish jarima to‘pinia amalga oshirishni Beyldan o‘rganmaysanmi |
| 34' | ![]() |
Zoltan Gera hisobni yana oshirdi. 3:0 Bu sariq kartochkalar bo‘yicha ko‘rsatkich! |
| 33' |
Vengriya goldan keyin, himoyaga yotib olgani yo‘q. To‘p maydon markazida ikkala jamoa oyoqlari orasida sayr qilib yuribdi. |
|
| 30' | ![]() |
Joa Mariu yaxshi imkoniyatga ega bo‘layotgan edi, biroq unga hakam qarshilik qilib, o‘yindan tashqari holatni ko‘rsatdi. |
| 29' | ![]() |
Ronaldudan super zarba. Krishning jarimadan yo‘llagan kuchli zarbasini 40 yoshli darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi. |
| 28' | ![]() |
Roland Yuxans hisobni 2:0 ga yetkazdi. Yani sariq kartochkalar bo‘yicha. |
| 26' |
Portugaliya va Ronaldu Yevroga nima uchun kelganini unutib qo‘yishgan chog‘i. Bunaqa o‘yin bilan guruhdan chiqishni o‘ylashni o‘zi qiyin. |
|
| 25' | ![]() |
Qanday vaziyat. Vengriyalik hujumchi o‘yindan tashqari holatda edi. Biroq hakam buni ko‘rmadi. Yaxshiyam Rui Patrisiu to‘pni qaytardi. Aks holda Portugaliya uchun o‘yin 24 daqiqadayoq tugab bo‘lgan bo‘larmidi |
| 24' | ![]() |
Yo‘q, Krishtianuning zarbasi himoyachilarga tegib, darvozabonning qo‘liga kelib tushdi. |
| 23' | ![]() |
Ronaldu jarima zarbasini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. |
| ' | ![]() |
Narigi o‘yinda Islandiya hisobni ochdi. Gol muallifi Bedvarsson |
| 18' | ![]() |
Zoltan Gera 20 metrlardan super zarba yo‘llab hisobni ochdi. Ana endi Portugaliya va Ronalduga yanada qiyin bo‘ladi. |
| 18' | ![]() |
Gooooooooolllllll Hisob ochildi. |
| 18' | ![]() |
Vengriyaning tezkor hujumi Salayning zarbasi bilan nihoyasiga yetay degandi, Pepe unga halaqit berib, to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. |
| 17' | ![]() |
Moutinyo ketma-ket ikki marta burchakdan to‘pni o‘yinga kiritib berdi. Har ikkalasi ham samarasiz ketdi. |
| 16' | ![]() |
Xavfli vaziyat. Ronalduning bosh bilan yo‘llagan zarbasi himoyachiga tegib ketdi. Yana burchak to‘pi. |
| 15' | ![]() |
Moutinyo yana jarima to‘pini amalga oshirdi. Biroq u to‘pni keraklicha ko‘tara olmayapti. Ronaldu o‘yindan tashqari holatda |
| 14' | ![]() |
O‘yinda hisob ochildi. Yo‘q gol borasida emas, sariq kartochkalar bo‘yicha. Guzmich ogohlantirildi. |
| 13' | ![]() |
Jujak jarima to‘pini amalga oshirib, to‘pni sheriklariga uzatdi. Portugaliyalik himoyachilar yaxshi o‘ynashdi. |
| 11' | ![]() |
Portugallar bugun burchak to‘pi ishlashda judayam faol. Moutinyoning bu safar uzatgan to‘pini ham himoyachilar qaytarishdi. Qaytgan to‘p yana jarima maydonchasiga yetkazib berildi. Nanining boshi bilan bergan zarbasi 10 metr yuqoridan o‘tib ketdi. |
| 8' | ![]() |
Endi Portugaliya burchak to‘pi tepish imkoniga ega bo‘ldi. Moutinyoning bu safar uzatgan to‘pini Pepe boshi bilan darvozaga yo‘lladi. Biroq bu Kirayga qiyinchilik tug‘dirmadi. |
| 7' | ![]() |
Vengriyaning xavfli hujumi. Pepe to‘pni qiyinchilik bilan qaytardi. Burchak to‘pi. |
| 6' | ![]() |
Joao Moutinyo to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Himoyachilardan qaytgan to‘pga yana bir Joao zarba berdi. Biroq Mariuning zarbasi noaniq edi. |
| 5' | ![]() |
Ronalduni yiqitishdi. Xavfli vaziyat bo‘lishi mumkin. 20-22 metrlardan jarima zarbasi amalga oshiriladi. |
| 2' | ![]() |
Portugaliya o‘yindagi ilk burchak to‘pini ishladi. Moutinyo uzatgan to‘pni himoyachilar qiyinchiliksiz bartaraf etishdi. |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi. O‘yinni terma jamoasi boshladi. Darvoqe, bugun Portugaliya safardagi libosidan foydalanmoqda. Vengriya esa qizil libosda maydonga tushgan. |
| ' | Vengriya madhiyasi yangramoqda. | |
| ' | Portugaliya madhiyasi yangramoqda. | |
| ' | Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. | |
| ' | Bugun sizningcha kim yutadi? Menimcha yo Portugaliya, yo Vengriya yutadi. Durang bo‘lishiyam mumkin. | |
| ' | Guruhdagi vaziyat haqida to‘xtalib o‘tsak. Vengriya 4 ochko bilan birinchi, Portugaliya esa 2 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Har qanday hisob qayd etilsa ham Vengriya guruhdan chiqishi aniq. Portugaliyaga esa faqat g‘alaba kerak. Durang natija qayd etilsa ham Ronaldu jamoadoshlarida nazariy jihatdan imkoniyat qoladi. | |
| ' |
Evropa chempionati guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan Vengiya va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan matnli translyasiyani boshlaymiz. Biz tayyormiz, sizchi? |
|
| ' |
Assalomu aleykum qadrli futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|