Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionati

«E» guruhi, 3-tur. 22 iyun, soat 23:59. Bosh hakam: Ovidiu Alin Xesegan (Ruminiya)

ITALIYa

0 : 1

IRLANDIYa

Robbi Bredi (85)
JAMOALAR TARKIBI
12.Salvatore Sirigu
02.Mattia de Shilyo
05.Anjelo Ogbonna
07.Simone Dzadza
08.Alessandro Florensi
10.Tiago Motta
11.Chiro Immobile
14.Stefano Sturaro
15.Andrea Barsali
19.Leonardo Bonuchchi
21.Federiko Bernardeski
  23.Darren Rendolf
02.Sheymus Koulman
05.Richard Kio
08.Jeyms Makkarti
09.Sheyn Long
11.Jeyms Makklin
12.Sheyn Daffi
13.Jeff Hendrik
17.Stiven Uord
19.Robbi Bredi
21.Deril Merfi
ZAHIRA
01.Janluijji Buffon
03.Jorijo Kyellini
04.Matteo Darmian
06.Antonio Kandreva
09.Grasiano Pelle
13.Federiko Marketti
16.Daniyele de Rossi
17.Eder
18.Marko Parolo
20.Lorenso InsinYE
22.Stefan El-Shaaravi
23.Emanuele Jakkerini
  01.Keyren Uestvud
03.Kiran Klark
04.Jon O’Shi
06.Glenn Uilan
07.Eyden Makgidi
10.Robbi Kin
14.Jonatan Uolters
15.Sayrus Kristi
16.Shey Given
18.Devid Meyler
20.Ues Hulahan
22.Stiven Kuinn

Matn

90+4'
O‘yin tugadi. Italiya - Irlandiya - 0:1. Irlandlar nimchorak finalga chiqishdi.
90+1'
Insinye sariq kartochka oldi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
90'
Irlandiyada o‘zgarish: Sheyn Long o‘rniga Stiven Kuinn tushdi
88'
Irlandiya g‘alabani saqlab qola olsa, nimchorak finalga chiqadi!
85'
GOOOOOOOOOL! Robbi Bredi! 0:1! Hulahan yetkazgan uzatmani Bredi 11 metrli nuqta ustida bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. Sirigu to‘pga chiqishda xato qildi!
84'
VUUUUUUUH! Ehhhhh! Hulahan! Ues Bonuchchidan to‘pni olib qo‘ydi va 3 irlandiyalik futbolchi yolg‘iz Siriguga qarshi chiqib borishdi. Hulahanning zarbasini Sirigu qaytardi!
82'
Italiyada o‘zgarish: Bardzali o‘rniga Stefan el-Sha’raviy tushdi
81'
Vuuh! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Dzadza bosh bilan intildi. Daffi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
80'
Makgidi o‘ng qanotdan uzatma berdi. Sirigu to‘pni egalladi
77'
VUUUUH! So‘nggi daqiqalar boshlanmoqda. Italiyaning hujumlari xavfli tus ola boshladi. Insinye jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p ustunga tegib qaytdi!
77'
Irlandiyada o‘zgarish: Jeyms MakKarti o‘rniga Ues Hulahan tushdi
76'
Florensi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, ammo o‘z vaqtida uzatma bermadi va to‘pni maydondan chiqarib yubordi
75'
Italiyada o‘zgarish: Immobile o‘rniga Lorenso Insinye tushdi
74'
MakGidi 22 metrlardan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
73'
Stiven Uord sariq kartochka oldi
72'
Vuh! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Sirigu tashlandi. Ammo to‘p undan ham, boshqa futbolchilardan ham o‘tib ketdi. To‘pni darvozaga burib qo‘yadigan futbolchi topilmadi
70'
Irlandiyada o‘zgarish: Deril Myorfi maydonni tark etdi. EYden MakGidi tushirildi
68'
Jamoalar navbati bilan tez-tez to‘pni yo‘qotishmoqda
66'
Florensi jarima maydonchasiga kirayotgan jamoadoshiga uzatma berdi. Uzatma tezroq chiqdi
65'
Sheyn Daffi olis masofadan zarba yo‘lladi. Noaniq
63'
Hendrik jarima maydonchasi chizig‘i ustidan noaniq zarba yo‘lladi
61'
Italiyada o‘zgarish: Bernardeski o‘rniga Mateo Darmian tushdi
58'
Yuqoridan jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘p uchun Sheyn Long himoyachilar bilan birga kurash olib bordi. Natijada to‘pni Sirigu egalladi
57'
VUUUUH! Tiagu Motta o‘z maydonchasi ichida to‘pni raqib futbolchisiga berib qo‘ydi. Koulman zarba yo‘lladi. Bonuchchi zarbani qaytardi
54'
Hendrik jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p olis ustun tomondan maydonni tark etdi
53'
Vuuuuuh! De Shilyo chap qanotdan uzatma berdi. Dzadza 11 metrli nuqta ustida to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. To‘p birozgina to‘sin ustidan o‘tib ketdi
52'
Irlandiya o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p Siriguga nasib etdi
49'
Skuadro Adzurraning hujumi samarasiz yakunlandi. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga hech kim yeta olmadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi va u yakuniga yetdi. Tanaffus. Hozircha o‘yinda hisob ochilmadi
44'
MakKlin Italiya jarima maydonchasida yiqildi. Bernardeski fol ishlatganga o‘xshadi. Ammo hakam jim
43'
Vuuuh! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Immobile jarima maydonchasi tashqarisida egalladi va zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketid
41'
Irlandlar yana bir marta jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Sirigu baland sakrab, to‘pni egalladi
39'
Salvatore Sirigu va Sheyn Long ogohlantirildi. O‘zaro tortishgani uchun
39'
Jarimadan yetkazilgan uzatmani Sirigu musht bilan qaytardi. Irlandiyalik hujumchi posbonga nisbatan fol ishlatdi
38'
Bardzali jarima maydonchasining chap tomonida MakKlinga qarshi fol ishlatdi
33'
Irlandiya posboni Rendolf o‘ziga yetkazilgan uzatmani qabul qildi va pressing tashkil qilgan Dzadzani aldab o‘tdi. Qaltis, lekin chiroyli harakat
30'
Xavfli vaziyat! Qanotdan yetkazilgan uzatmani irlanyadik futbolchi darvozabon maydonchasiga burdi. Italiyalik himoyachilardan biri orqada qolib ketgani uchun ofsayd yo‘q edi. Ammo to‘pni hujumchi emas, boshqa himoyachi egalladi va maydon tashqarisiga tepib yubordi
27'
Irlandiyaliklar qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Moviy Gvardiya xavfni bartaraf etdi
25'
Florensi himoyachilar orasidan o‘tkazib, Vengriya jarima maydonchasiga uzatma berdi. Dzadza to‘pga yeta olmadi. Rendolf to‘pni egallab oldi
21'
Vuuuuuh! Irlandiya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Bosh bilan berilgan zarbani Sirigu to‘sin ustidan ko‘tarib yubordi
20'
Stiven Uord yon chiziqdan to‘pni uloqtirib berdi. Italiyaliklar to‘pni qaytarishdi
15'
Irlandlar to‘pni nazorat qilishdi, raqib himoyasini yorib o‘ta olishmadi
12'
Irlandlar raqib jarima maydonchasi yaqinida to‘pni egallashdi, ammo xavfli vaziyat yarata olishmadi. To‘pni italiyaliklarga qaytarib berishdi
9'
Vuuuuuh! Jeff Hendrik jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p ustundan 10-15 sm. masofadan o‘tib ketdi
8'
Burchak to‘pi orqaroqqa uzatilib, so‘ngra jarima maydonchasiga yetkazildi. To‘p himoyachining boshidan maydonni tark etdi. Navbatdagi burchak zarbasiga ham samarali chiqmadi
6'
Italyanlar jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Muvaffaqiyatsiz
3'
Italiya pley-off yo‘llanmasini hal qilib bo‘lgan bo‘lsa-da, bugun himoyada yotishi niyati yo‘qligini ilk daqiqalardan namoyish qilmoqda. Ular oldinga o‘tishmoqda. Italyanlar nimchorak finalda Ispaniya bilan to‘qnash keladilar
1'
O‘yin boshlandi!
'
Italiya ikkita o‘yinda 6 ochko jamg‘arib, guruhda 1-o‘rinni hal qilib bo‘lgan. Bir ochkoga ega bo‘lib turgan irlandiyada nimchorak finalga chiqish uchun imkoniyat mavjud. Bugun ular g‘alaba qozonishlari shart
'
Diqqat! Italiya va Irlandiya mamlakatlari yangradi! Demak, bu ikki terma jamoa 3-tur o‘yinini boshlashga tayyor!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.