Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionati
| «E» guruhi, 3-tur. 22 iyun, soat 23:59. Bosh hakam: Bosh hakam: Feliks Brix (Germaniya) | ||
SHVESIYa |
0 : 1 |
BELGIYaRaja Nainggolan (84)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Andreas Isaksson 03.Erik Yuxansson 04.Andreas Grankvist 05.Martin Olsson 06.Emil Forsberg 07.Sebastian Larsson 08.Albin Ekdal 09.Kim Chelstryom 10.Zlatan Ibrohimovich 11.Markus Berg 14.Viktor Lindelyof |
01.Tibo Kurtua 02.Tobi Alderveyreld 03.Tomas Vermalen 04.Raja Nainggolan 05.Yan Vertongen 06.Aksel Vitsel 07.Kevin de Bryoyne 09.Romelu Lukaku 10.Eden Azar 11.Yannik Karrasko 16.Tomas Myonye |
|
| ZAHIRA | ||
|
02.Mikael Lustig 12.Robin Olsen 13.Pontus Yansson 15.Oskar Hilyemark 16.Pontus Vernblum 17.Lyudvig Augustinsson 18.Oskar Leviski 19.Emir Kuyovich 20.Yon Guidetti 21.Jimmi Durmaz 22.Erkan Zengin 23.Patrik Karlgren |
08.Maruan Fellayni 12.Simon Minyole 13.Jan-Fransua Jille 14.Dris Mertens 15. Jeyson Denayer 17.Divok Origi 18.Kristian Kabasele 19.Mussa Dembele 20.Kristian Benteke 21.Jordan Lukaku 22.Mishi Batshuayi 23.Loran Siman |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Albin Ekdal (33)
Erik Yuxansson (36) |
Tomas Myonye (31)
Aksel Vitsel (45) |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin tugadi. Belgiya g‘alaba qozondi va ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqdi. E’tiboringiz uchun raxmat! |
| 90+1' | ![]() |
Belgiya to‘pni xotirjam ushlab turmoqda |
| 90' | ![]() |
3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Shvesiya jarima zarbasini yaxshi amalga oshirolmadi. Jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni himoyachilar qaytarishdi |
| 88' | ![]() |
Italiya - Irlandiya o‘yinida irlandiyaliklar hisobni ochishdi va ayni damda 4 ochko bilan keyingi bosqichga chiqishga yaqin turishibdi |
| 87' | ![]() |
Belgiyada o‘zgarish. Lukaku o‘rniga Benteke maydonga tushdi |
| 84' | ![]() |
Azar o‘ng qanotdan to‘pni markazda turgan Nainggolanga yetkazdi. U esa jarima maydoni chizig‘idan kuchli zarba yo‘llab, darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi! |
| 84' | ![]() |
GOOOL!!! Belgiya! Nainggolan! |
| 82' | ![]() |
Grankvist!!! Burchakdan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘llaganida, himoyachi uni qaytarib yuborishga muvaffaq bo‘ldi! |
| 82' | ![]() |
Shvesiyada o‘zgarish. Forsberg o‘rniga Zengin maydonga tushdi |
| 80' | ![]() |
Mertens ikki himoyachini aldab o‘tdi va jarima maydoniga kirib kelib zarba yo‘lladi. Isaksson qiyinchilik bilan to‘pni qaytara oldi |
| 79' | ![]() |
Lukaku! Jarima maydoni chizig‘idan kuchli zarba yo‘llagan edi. Juda noaniq! |
| 78' | ![]() |
Shvesiya yana bir jarima zarbasidan to‘pni raqib maydoniga yo‘lladi, biroq Ekdal boshi bilan aniq zarba yo‘llay olmadi |
| 75' | ![]() |
Ibrohimovich chamasi 25 metrdan belgilangan jarima zarbasidan to‘pni darvoza tomon yo‘lladi. Kurtua mahorat ko‘rsatib to‘pni qaytara oldi |
| 74' | ![]() |
Lukaku yana bir marta darvozabon bilan yuzma-yuz chiqib gol urdi, biroq ofsayd |
| 73' | ![]() |
Lukaku darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib zarba yo‘lladi. Isaksson jamoasini qutqarib qoldi |
| 71' | ![]() |
Belgiyada o‘zgarish. Karrasko o‘rniga Mertens maydonga tushdi |
| 70' | ![]() |
Shvesiyada o‘zgarish. Larsson o‘rniga Durmaz maydonga chiqdi |
| 67' | ![]() |
De Bryoyne uzoq masofadan zarba yo‘llaganida, darvozabon Isaksson mahorat bilan qaytardi |
| 66' | ![]() |
Shvesiya burchak zarbasini yaxshi amalga oshirolmadi. To‘pni himoyachilar egallab olishdi |
| 64' | ![]() |
Lukaku jarima maydoni ichida to‘pni qabul qilib oldi va qaychi uslubida zarba bermoqchi edi, eplolmadi. To‘pni darvozabon egallab oldi |
| 63' | ![]() |
Shvesiyada o‘zgarish. Berg o‘rniga Guidetti maydonga tushdi |
| 63' | ![]() |
Ibrohimovich gol urdi, biroq yon hakam bayroqchasini ko‘tarib, ofsaydni qayd etdi |
| 61' | ![]() |
Shvesiyaning hujumi zarbagacha yetib bormadi, o‘ng qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni himoyachilar qaytarib yuborishdi |
| 59' | ![]() |
Belgiyaning burchak zarbasi. To‘p jarima maydoniga oshirilganda himoyachilar qaytarib yuborishdi |
| 57' | ![]() |
Azar uzoq masofadan zarba yo‘llashga urinib ko‘rdi, to‘pni himoyachilar qaytarishdi |
| 55' | ![]() |
Belgiya to‘pni ko‘proq ushlab turmoqda, raqib shashtini pasaytirmoqchi |
| 53' | ![]() |
Ekdal uzoq masofadan zarba yo‘lladi, kuchsiz zarbadan so‘ng to‘pni darvozabon osonlik bilan ushlab oldi |
| 52' | ![]() |
Larsson to‘pni jarima maydoniga yetkazdi, Ibrohimovich boshi bilan zarba yo‘lladi, juda noaniq |
| 50' | ![]() |
Shvesiya burchak zarbasini yaxshi amalga oshirolmadi, to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 48' | Ikkinchi bo‘limni shvedlar faol boshladilar | |
| 47' | ![]() |
Shvesiya hujumi zarbagacha yetib bormadi. O‘ng qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 46' | Eslatib o‘tamiz, Shvesiyani faqat g‘alaba, Belgiyani esa durang ham qoniqtiradi | |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi. Hozircha 0-0 |
| 45' | ![]() |
1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Vitsel ogohlantirildi |
| 45' | ![]() |
Juda xavfli!!! De Bryoyne burchakdan to‘pni oshirganida Vertongen yaqin masofadan zarba yo‘llagan edi. To‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi |
| 44' | ![]() |
Shvesiya hujumda qoida buzdi, aks holda Berg darvozabon bilan yuzma-yuz chiqishi mumkin edi |
| 42' | ![]() |
De Bryoyne darvozabon bilan yuzma-yuz chiqib borishi mumkin edi, biroq ofsayd |
| 40' | ![]() |
Belgiyaning uzoq davom etgan hujumi zarbagacha yetib bormadi. Shvesiya yaxshi himoyalanmoqda |
| 38' | O‘yin surati biroz pasaydi, jamoalar to‘pni maydon markazida ushlab turishibdi | |
| 36' | ![]() |
Shvesiya hujumi zarbagacha yetib bormadi. Chap qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 34' | ![]() |
Belgiya jarima zarbasini amalga oshirdi. Vertongen tepgan to‘p jonli devorga tegib qaytdi |
| 33' | ![]() |
Shvesiya jarima zarbasini amalga oshirdi. Jarima maydoniga yo‘llangan to‘pni himoyachilar egallab olishdi |
| 31' | ![]() |
Belgiyalik Menye ogohlantirildi. U raqibiga nisbatan qo‘pol o‘ynadi |
| 30' | ![]() |
Shvesiyaning tezkor qarshi hujumi xavfli bo‘lishi mumkin edi. Ibrohimovich himoyachilar orasida turib zarba yo‘lladi, biroq to‘p himoyachilarga tegib qaytdi |
| 28' | ![]() |
Belgiyaning hujumida Nainggolan uzoq masofadan zarba yo‘lladi, to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 26' | ![]() |
Ibraaa!!! Jarima maydoni chizig‘idan zarba yo‘llaganida, to‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi |
| 25' | ![]() |
De Bryoynening xuddi shunday zarbasidan so‘ng darvozabon to‘pni ushlab oldi |
| 24' | ![]() |
Shvesiyaning hujumida Larsson uzoq masofadan zarba yo‘lladi, to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 22' | ![]() |
Shvesiyaning hujumida Ibrohimovichning jarima maydoni ichidan yo‘llagan zarbasini himoyachilar to‘sib qolishdi |
| 20' | ![]() |
Xavfli hujum. Lukaku darvozabon bilan yuzma-yuz chiqishi mumkin edi, himoyachi to‘pni egallab oldi |
| 18' | Tashabbus belgiyaliklarda, biroq xavfli zarbalar hozircha yo‘q | |
| 17' | ![]() |
Belgiyaning hujumi zarbagacha yetib bormadi. Chap qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pga Lukaku boshi bilan zarba berishga ulgurolmay qoldi |
| 15' | ![]() |
Belgiyaning hujumi zarbagacha yetib bormadi. Karrasko to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 14' | ![]() |
Shvesiya to‘pni biroz ushlab turmoqda, maqsad - raqib shashtini so‘ndirish |
| 13' | ![]() |
Belgiyaning hujumi zarbagacha yetib bormadi. Chap qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pga Lukaku ulgurolmay qoldi |
| 11' | Bugungi o‘yinda Shvesiyani faqat g‘alaba qoniqtiradi, Belgiya esa durang natijaga ham ko‘nadi | |
| 10' | ![]() |
Belgiyaning uzoq davom etgan hujumi zarbagacha yetib bormadi. Shvesiya yaxshi himoyalanmoqda |
| 7' | ![]() |
Belgiyaning burchak zarbasi. To‘p jarima maydoniga oshirilganda Vitsel boshi bilan zarba yo‘lladi, biroq noaniq |
| 6' | ![]() |
Lukaku uzoq masofadan zarba yo‘lladi, to‘p himoyachiga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 5' | ![]() |
Shvesiya jarima zarbasidan to‘pni jarima maydoniga yo‘lladi. Berg himoyachilarga tegib qaytgan to‘pni darvozaga yo‘llaganida, Kurtua mahorat bilan to‘pni qaytara oldi |
| 3' | ![]() |
Vitsel uzoq masofadan zarba yo‘lladi, to‘p himoyachiga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 1' | ![]() |
Belgiyaning hujumi zarbagacha yetib bormadi. Chap qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 0' | ![]() |
O‘yin boshlandi |
| ' |
Sizlarni Shvesiya – Belgiya o‘yiniga taklif qilamiz. |
|
| ' | Assalomu alaykum muhtaram futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|