Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionati

Nimchorak final, 25 iyun, soat 18:00. Bosh hakam: Mark Klattenburg (Angliya)

SHVEYSARIYa

Jerdan Shakiri (82)

1 : 1

POLSHA

Yakub Blashchikovski (39)
JAMOALAR TARKIBI
01.Yann Zommer
02.Stefan Lixtshtayner
09.Xaris Seferovich
10.Granit Jaka
11.Valon Bexrami
13.Rikardo Rodriges
15.Blerim Jemayli
18.Admir Mexmedi
20.Yoan Juru
22.Fabian Sher
23.Jerdan Shakiri
  22.Lukash Fabianski
02.Mixal Pazdan
03.Artur Yenjeychik
05.Kjishtof Monchinski
07.Arkadiush Milik
09.Robert Levandovski
10.Gjegoj Krixovyak
11.Kamil Grosiski
15.Kamil Glik
16.Yakub Blashchikovski
20.Lukash Pishchek
ZAHIRA
03.Fransua Mubanje
04.Niko Elvedi
05.Stiv fon Bergen
06.Mixael Lang
08.Fabian Fray
07.Brel Embolo
12.Marvin Xits
14.Denis Zakariya
16.Jelson Fernandesh
17.Shani Tarashay
19.Eren Derdiyok
21.Roman Byurki
  01.Voysex Shchensni
04.Tiago Sionek
06.Tomash Yodloves
08.Karol Linetti
12.Artur Borus
13.Mariush Stempinskiy
14.Yakub Vavjinyak
17.Slavomir Peshko
18.Bartosh Salamon
19.Pyotr Zelinskiy
21.Bartosh Kapustka
23.Filip Starjinski
SARIQ KARTOCHKA
Fabian Sher (56)
Yoan Juru (117)
 
Artur Yenjeychik (58)
Mixal Pazdan (111)

Matn

'
Penaltilar seriyasida Polsha 5-4 hisobida g‘alaba qozondi. E’tiboringiz uchun raxmat!
120'
Qo‘shimcha vaqt ham tugadi. Hisob 1-1. Endi penaltilar seriyasini tomosha qilamiz
118'
Derdiyok yana bir vaziyatni yo‘qqa chiqardi. Jaka chap qanotdan to‘pni oshirganida, yaqin masofadan uni darvozaga yo‘llay olmadi
117'
Juru sariq kartochka oldi
115'
Shveysariya biroz tashabbusga ega, Polsha himoyalanmoqda
112'
Derdiyooook!!! Shakiri tomonidan oshirilgan to‘pni yaqin masofadan boshi bilan darvozaga yo‘llaganida, Fabianski mahorat bilan to‘pni qaytardi!
111'
Polshalik Pazdan ogohlantirildi, u maydon markaziga yaqin joyda qoida buzdi
111'
Polsha to‘pni o‘z jarima maydonidan biroz uzoqlashtirdi
110'
Shveysariyaning burchak zarbasi yaxshi amalga oshirilmadi, himoyachilar to‘pni qaytarishdi
109'
Sher uzoqdan zarba yo‘lladi, to‘p noaniq ketdi
107'
Derdiyok uzoqdan zarba yo‘lladi, biroq to‘p darvozabongacha yetib bormadi. Himoyachilar egallab olishdi
106'
Qo‘shimcha 2-taym boshlandi
'
Juda qisqa tanaffus va o‘yin davom ettiriladi
105'
Qo‘shib berilgan 1-taym tugadi
104'
Polshada o‘zgarish. Grosiski o‘rniga Peshko maydonga tushdi
103'
To‘p maydon markazida ushlab turilibdi, xavfli vaziyatlar yo‘q
101'
Polshada o‘zgarish. Monchinski o‘rniga Yodloves maydonga tushdi
99'
Jamoalar shoshilishmayapti, barcha e’tibor himoyaga qaratilgan, oddiy xato ham qimmatga tushishi mumkin
97'
Polshalik Grosiski uzoq masofadan zarba yo‘lladi, biroq himoyachi to‘sib qoldi
96'
Vuuuh! Shakiriy jarima maydonchasi ichida to‘pni egalladi va o‘tkir burchak ostida "parashyut" uslubida zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
93'
Shakiri o‘ng qanotdan uzatma berdi. Derdiyok to‘pni egallay olmadi
91'
Qo‘shimcha bo‘limlarning dastlabkisi boshlandi.
90+4'
O‘yinning asosiy vaqti yakunlandi. Shveysariya - Polsha - 1:1. Navbat qo‘shimcha bo‘limlarga
90+3'
Milik jarima zarbasini yo‘lladi. Ancha noaniq
90'
Vuuh! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Embolo jarima maydonchasi ichida akrobatik uslubda zarba berishga harakat qildi. To‘p uning oyog‘iga tegmay qoldi
88'
Polsha burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Shveysariyaliklar xavfli vaziyatni bartaraf etishdi
86'
Shakiri o‘ng qanotdan darvoza yaqiniga uzatma berdi. Fabianski to‘pni egalladi, qo‘ldan chiqardi va yana egalladi
85'
Hisob tenglashdi. Qo‘shimcha bo‘limlar ko‘ramiz. Buning ehtimoli yuqori
82'
GOOOOOOOOL! Jerdan Shakiri, 1:1! Fantastik gol! Fantastika! Shakiri jarima maydonchasi tashqarisidan akrobatik, qaychi va yana allambalo uslubda zarba berdi! To‘p ustunga tegib kirdi!
81'
Shakiri burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Fabianski musht bilan to‘pni urib yubordi
78'
VUUUUUH! Darvoza to‘sini Polshani goldan qutqardi! O‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirgan futbolchi Embologa uzatma berdi. Brelning zarbasini himoyachi qaytardi. Shakiriy 13 metrlardan zarba berdi. To‘singa tegib qaytdi to‘p...
77'
Shveysariyada o‘zgarish: Behrami o‘rniga Jelson Farnandesh tushdi
74'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Fabian Sher bosh bilan zarba berdi. Noaniq
73'
VUUUUUUH! Rodriges o‘ta kuchli va o‘ta aniq zarba berdi! Naq to‘qqizlikka kirayotgan to‘pni Fabianski maydon tashqarisiga chiqara oldi! Qoyil!
72'
Polshalik himoyachilar o‘z jarima maydonchalari tashqarisida Lixshtaynerni yiqitishdi.
71'
Lukash Pishchek jarima maydonchasi tashqarisidan chap oyoqda zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
69'
Shakiri o‘ng qanotdan uzatma berdi. To‘pni Fabianski egalladi
68'
Milik jarohat oldi. Uning oyog‘i qayrilib ketdi
66'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Fabianski egalladi. To‘pga sakragan Embolo darvozabonga kelib urildi
65'
Shveysariya to‘pni nazorat qilmoqda. Ammo xavfli vaziyat yarata olmayapti
60'
Vuh! Shakiri raqib jarima maydonchasi tashqarisida jamoadoshi bilan "devor" o‘ynadi hamda himoyachini alday olmadi. Aks holda u jamoadoshini birga bir vaziyatga chiqarishi mumkin edi
59'
Shveysariyada o‘zgarish: Jemayli o‘rniga Brel Embolo tushdi
58'
Endi xavfli o‘ynagani uchun Artur Yenjeychik ogohlantirildi
56'
Fabian Sher ogohlantirish oldi. U maydon markazida qarshi hujumga o‘tayotgan Levandovski oyog‘i tagiga xavfli tashlandi. Robert bir salto otib maydonga yiqildi
55'
Mehmediy chap qanotdan bir himoyachidan o‘tib, jarima maydonchasiga kirdiyu, qiyinchilik bilan to‘pni maydonda olib qoldi. To‘pni Fabianski egalladi
54'
Vuuuuuuh! Blashchikovski! Yana bir qarshi hujumda Yakub jarima maydonchasi tashqarisidan juda xavfli zarba berdi. Zommer zarbani qaytardi!
53'
Vuuuh! Polsha qarshi hujumda ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldi va 3ga 3 chiqib borishdi. Levandovski o‘ng qanotdan aniq uzatma bera olmadi va xavfli vaziyat yo‘qqa chiqdi
51'
Vuuuuh! Shakiri! U jarima maydonchasi burchagidan chap oyoqda kuchli zarba berdi. Fabianski mushti bilan to‘pni qaytardi
50'
Vuuuuh! Grosiski yana chap qanotda ikki futbolchidan o‘tib ketib jarima maydonchasiga kirdi, to‘pni Levandovski egalladiyu, 15 metrlardan zarba berdi. Fabianski to‘pni egalladi
48'
O‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Lixtshtaynerga uzatma berildi. Ammo Stefan yiqilib tushdi va jamoadoshlariga aniq uzatma bera olmadi
46'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga shveysariyalik futbolchi bosh bilan zarba berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
46'
Vuuuh! Jerdan Shakiri o‘ng tomonda himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo sheriklariga aniq uzatma bera olmadi
46'
Ikkinchi bo‘lim start oldi
'
Futbolchilar maydonga qaytishmoqda
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Shveysariya - Polsha - 0:1. Tanaffus.
45+2'
Polsha jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Grosiski chalqancha uslubda zarba berdi. Noaniq
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
45'
Seferovich Polsha jarima maydonchasi ichida yiqildi. Fol yo‘q
42'
Shveysariya bir hujum davomida raqib jarima maydonchasi ichidan, tashqarisidan bir nechta zarba yo‘lladi. To‘p darvozabongacha yetib kelmadi
39'
GOOOOOOL! Yakub Blashchikovski, 0:1! Grosiski chap qanotdan 2-3 himoyachining orasidan o‘tib ketdi va narigi tomonda ochiq turgan jamoadoshini to‘p bilan ta’minladi. Blashchikovskining zarbasidan keyin to‘p Zommerning oyoqlari orasidan o‘tib, to‘rga borib tushdi!
39'
Shveysariya ijrosidagi burchak to‘pi xavfli bo‘ldi. Fabianski to‘pni egalladi
38'
Vuuh! Seferovich jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Rekoshet holatida borgan to‘pni darvozabon yuqoriga ko‘tarib yubordi
35'
Vuuuuuh! Shveysariya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Fabian Sher 7 metrdan bosh bilan aniq zarba berdi. Fabianski to‘pni egallab oldi!
33'
Vuuuuh! O‘ng qanotdan havolatib yetkazilgan uzatmani Milik jarima maydonchasi ichida qabul qildi va zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
32'
O‘ng qanotda belgilangan jarima to‘pini Shakiri o‘yinga kiritdi. Shveysariyaliklardan biri olis ustun tomondan bosh bilan to‘pni darvoza oldiga qaytardi. Himoyachilar qaytardi
31'
Vuuuh! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Grosiski Shveysariya jarima maydonchasi tashqarisida egalladi va ikki himoyachi orasida bo‘lgani uchun tezda zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
29'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Krixovyak bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
29'
Grosiski qarshi hujumda chap qanotdan oldingi o‘tdi va bir himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirdi, ammo ikkinchi futbolchi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
23'
Shveysariya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Jemayli bosh bilan zarba berdi. Yuqoridan o‘tib ketdi
22'
Rodriges olis masofadan belgilangan jarima zarbasini tepdi. To‘p jonli devorga tegib qaytdi
20'
Navbatdagi burchak to‘pidan keyin shveysariyalik himoyachilar to‘pni qaytarishdi. Monchinski yo‘llagan zarba noaniq chiqdi
19'
Polsha burchak to‘pini yerlatib o‘yinga kiritdi. Blashchikovski jarima maydonchasi ichida to‘pni orqaroqqa qoldirdi. Milikning zarbasi noaniq.
18'
Polsha pozision hujum tashkil qilmoqda. Levandovski yuqoridan uzatma berdi. Zommer to‘pga ega chiqdi
14'
Levandovski jarima maydonchasi ichida himoyachi bilan to‘p uchun kurashda fol ishlatdi
13'
Levandovski jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba yo‘lladi
12'
Shveysariya tartib bilan, reja asosida hujumlar sonini oshirib borishmoqda
11'
Lixtshtayner o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Seferovich to‘pga ulgurmadi, darvozabon ham tashlanmadi va to‘p maydonni tark etdi
10'
Vuuuuh! Shakiri chap qanotdan uzatma berdi. Jemayli yaqin ustun yonidagi darvozabon maydonchasi burchagidan to‘pni darvoza tomon burdi, ammo to‘p to‘rga yon tomondan kelib tegdi
8'
Shveysariyaliklar to‘pni nazorat qilib, raqibning shashtini pasaytirishga harakat qilishmoqda. Ular oldinga o‘tishga shoshilishmayapti
6'
Yana bir xavfli vaziyat. Yuqoridan yetkazilgan uzatmani Milk darvoza tomon burdi. Zommer to‘pni egalladi
5'
Vuuuh! Levandovski Shveysariya jarima maydonchasi ichida raqibdan to‘pni olib qo‘ydi va chap qanotdan darvoza yaqiniga uzatma berishga harakat qildi. Himoyachi uzatmani qaytardi
1'
Vuuuuuuh! Qanday qilib?? Himoyachi polshaliklar bosimi ostida to‘pni darvozabonga yetkazildi, ammo ushbu to‘p uchun Levandovski ham yugurdi. Zommer bir amallab to‘pni qaytardi. Shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i ustida Milik bo‘sh darvozaga aniq zarba bera olmadi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
1'
To‘pni o‘yinga kiritgan polyaklar uni darhol raqib jarima maydonchasiga yetkazishdi. Himoyachi to‘p uchun kurashda raqiblardan ustun keldi. Zommer to‘pni egallab oldi
1'
O‘yin boshlandi!
'
To‘pni o‘yinga Levandovski jamoadoshlari kiritib beradigan bo‘lishdi
'
Polsha oq, Shveysariya qizil rangli formada harakat qilishadi
'
Odatdagidek, mamlakatlar madhiyasi yangraydi.
'
Shveysariya va Polsha terma jamoalari Sent-Etyendagi stadionga chiqib kelishmoqda!
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Ikki kunlik tanaffusdan keyin Yevro-2016dan matnli translyasiyani davom ettiramiz.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.