Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionati
| 1/8 final. 25 iyun, soat 23:59. Bosh hakam: Bosh hakam: Karlos V. Karbalyo (Ispaniya) | ||
XORVATIYa |
0 : 1 |
PORTUGALIYaRikardo Kuarejma (117)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
23.Daniyel Subashich 05.Vedran Chorluka 03.Ivan Strinich 11.Dario Srna 21.Domagoy Vida 10.Luka Modrich 19.Milan Badeli 07.Ivan Rakitich 14.Marselo Brozovich 04.Ivan Perishich 17.Mario Manjukich |
01.Rui Patrisiu 03.Pepe 05.Rafael Guereyro 21.Sedrik Soaresh 04.Joze Fonte 14.Uilyam Karvalyu 23.Adrien Silva 17.Nani 10.Joao Mario 15.Andre Gomesh 07.Krishtianu Ronaldu |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Ivan Vargich 02.Shime Vrsalko 06.Tin Yedvay 08.Mateo Kovachich 09.Andre Kramarich 12.Lovre Kalinich 13.Gordon Shildenfeld 15.Ante Chorich 16.Nikola Kalinich 20.Marko Pyasa 22.Duye Chop |
02.Brunu Alvesh 06.Rikardu Karvalyu 08.Joao Moutinyo 09.Eder 11.Viyeyrinya 12.Antoni Lopes 13.Danilo 16.Renatu Sanshesh 18.Rafa Silva 19.Elizeu 20.Rikardu Kuarejma 22.Eduardu |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Uilyam Karvalyu (78)
|
||
Matn
| 120+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. Portugaliya terma jamoasi chorak finalga chiqdi! |
| 120+2' | ![]() |
Vuuuuuuh! Xorvatiya hisobni tenglashtirishiga bir bahya qoldi! Vidaning zarbasidan to‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 120+1' | ![]() |
Chap burchakka yaqin joyda Kramarich jarima zarbasi ishladi |
| 120' | ![]() |
Qo‘shimcha bo‘limlarga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 120' | ![]() |
Xorvatiya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Zarba berilmadi |
| 117' | ![]() |
Portugaliya qarshi hujumga o‘tib ketib, gol urishdan avval Perishichning zarbasi ustunga tegib qaytgandi... |
| 117' | ![]() |
GOOOOOOL! Rikardo Kuarejma, 0:1! Portugaliya qarshi hujumni golga aylantirdi. Sansheshdan uzatma qabul qilgan Nani chiroyli pas bilan Ronalduni birga bir vaziyatga chiqardi. Krishtianuning zarbasini Subashich qaytardi. Kuarejma bosh bilan bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 116' | ![]() |
Vuuuuuh! Brozovich maydon markazida Pepedan ajoyib tarzda o‘tib ketdi va chap tomondan jarima maydonchasiga kirib, darvoza oldiga uzatma berdi. To‘pni darvozaga burib qo‘yadigan futbolchi topilmadi! |
| 115' | ![]() |
Xorvatiya ijrosida yaxshi kombinasiya. Perishich 15 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachidan o‘tmadi |
| 113' | ![]() |
VUUUUUH! Xorvatiya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Patrisiu Pepening oyog‘iga qoqilib yiqildi va darvoza bo‘sh qoldi. Vida 4 metrdan darvozani ishg‘ol qila olmadi! |
| 111' | ![]() |
Tomonlar bir martadan xavfli hujum tashkil qilishdi, ammo ish zarbagacha yetib bormadi |
| 110' | ![]() |
Xorvatiyada o‘zgarish: Rakitich o‘rniga Marko Pyasa tushdi |
| 108' | ![]() |
Portugaliyada o‘zgarish: Adriyen Silva o‘rniga Danilo tushdi |
| 106' | ![]() |
To‘rtinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Jamoalar darvozalarni almashishadi | |
| 105+1' | ![]() |
Qo‘shimcha bo‘limlarning dastlabkisi yakuniga yetdi. |
| 105' | ![]() |
Uchinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 105' | ![]() |
Modrich to‘p bilan oldinga yurdi va olis ustun tomonga uzatma berdi. Perishich to‘pni maydonda olib qola bilmadi |
| 104' | ![]() |
Chorlukaga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 102' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani xorvatlar qaytarishdi |
| 102' | ![]() |
Kuarejma jarima zarbasini tepdi va burchak to‘pi ishladi |
| 100' | ![]() |
Brozovich jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarbe berdi |
| 97' | ![]() |
Ehhh, Kalinich! Kutilmaganda Xorvatiya qarshi hujum tashkil qildi. Srna yetkazgan uzatma natijasida Kalinich to‘pni egallab, jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. Noaniq |
| 94' | ![]() |
Oho! Maydon markazidan yetkazilgan uzatmaga Perishich jarima maydonchasi chizig‘i ustidan bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 93' | ![]() |
Srna yo‘llagan zarba natijasida to‘p jonli devorga tegib qaytdi |
| 92' | ![]() |
Sanshesh Modrichga nisbatan fol ishlatdi. Darvozagacha 38 metrlar... |
| 91' | ![]() |
Uchinchi bo‘lim boshlandi |
| 90+4' | ![]() |
Shu pallada o‘yinning asosiy vaqtiga yakun yasaldi. Hamon hisob ochilmagan |
| 90+4' | ![]() |
Rakitich burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ronaldu bosh bilan to‘pni qaytardi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi |
| 88' | ![]() |
Xorvatiyada o‘zgarish: MAnjukich o‘rniga Nikola Kalinich tushdi |
| 87' | ![]() |
Portugaliyada o‘zgarish: Joao Mariu o‘rniga Rikardo Kuarejma tushdi |
| 85' | ![]() |
O‘yin asosan maydon markazida. Xavfli hujumlar yo‘qy |
| 80' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Perishich jarima maydonchasi chizig‘i ustida yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. Noaniq |
| 79' | ![]() |
Rakitich jarimadan uzatma berishga qoyillatmadi |
| 78' | ![]() |
Uilyam Karvalyu sariq kartochka oldi |
| 76' | ![]() |
Havodan berilgan uzatmani Rui Patrisiu egalladi |
| 75' | ![]() |
Rakitich yetkazib bergan to‘pni portugallar qaytarishdi |
| 74' | ![]() |
Sanshesh o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirmoqchi bo‘lgan Srnani yiqitda. Jarima zarbasi |
| 71' | ![]() |
Srna o‘ng qanotdan uzatma berdi. Perishich to‘pni yerga tushirmasdan zarba berdi. Noaniq |
| 70' | ![]() |
Sansheshga nisbatan ishlatilgan fol uchun o‘ng qanotda belgilangan jarima to‘pini Joao Mariu o‘yinga kiritdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 67' | ![]() |
Olis masofadan yetkazilgan uzatmani Ronaldu jarima maydonchasi chizig‘i ustida ko‘kragi bilan qaytardi. Vida bosh bilan to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi |
| 64' | ![]() |
Oho! Xorvatiyalik himoyachilar xatoga yo‘l qo‘yishdi va to‘p jarima maydonchasiga kirayotgan Naniga yetkazildi. Strinich to‘pni tepishni maqsad qilib, Nanini tepib yubordi va hujumchini yiqitdi. Hakam penalti belgilamadi |
| 62' | ![]() |
VUUUUUH! O‘ng qanotdan jarima to‘pi o‘yinga kiritishldi. Vida bosh bilan zarba berdi. To‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi. O‘yindagi eng xavfli vaziyat! |
| 61' | ![]() |
Strinich chap qanotdan uzatma berdi. Fonte to‘pni narigi qanotga bosh bilan urib yubordi |
| 59' | ![]() |
Brozovich jarima maydonchasi tashqarisidan uzatma berdi. Juda noaniq |
| 57' | ![]() |
Eh, Sanshesh! Jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba yo‘llay olmadi! |
| 55' | ![]() |
Xorvatlar Portugaliyani to‘psiz o‘ynashga majbur qilishmoqda |
| 52' | ![]() |
Burchak to‘pi yanada xavfliroq bo‘ldi. Rakitich o‘ng tomondan yerlatib Brozovichga uzatma berdi. Marselo jarima maydonchasi ichida yo‘llagan zarba natijasida to‘p darvoza ustidan maydonni tark etdi |
| 51' | ![]() |
Vuuuh! Strinich Perishich bilan "devor" o‘ynab, chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. To‘p portugaliyalik himoyachining boshidan maydonni tark etdi |
| 50' | ![]() |
Portugaliyada o‘zgarish: Andre Gomesh o‘rniga Renatu Sanshesh tushdi |
| 49' | ![]() |
Strinich chap qanotdan aniq uzatma bera olmadi |
| 48' | ![]() |
Modrich maydon markazida 2-3 nafar portugaliyalik futbolchilar orasidan o‘tib ketib, o‘ng qanotga uzatma berdi. Srna to‘pga yeta olmadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi. Hisob o‘yinga mos. Dastlabki 45 daqiqalikda golga tortadigan vaziyatlar yuzaga kelmadi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 45' | ![]() |
Burchak to‘pini o‘yinga kiritilgan paytda hujumda fol qayd etildi |
| 45' | ![]() |
Uilyam Karvalyu Rakitichga nisbatan fol ishlatdi. Ivanning o‘zi jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Pepe bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 43' | ![]() |
Nani jarima maydonchasi tashqarisida bir himoyachini aldab, ichkariiga kirdi. Srna to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi |
| 41' | ![]() |
Xorvatiya xavfli hujum tashkil qildi. Chap qanotga yetkazilgan uzatmani Strinich raqib jarima maydonchasi ichida egalladi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. Fonte to‘pni qaytardi |
| 38' | ![]() |
Nani o‘ng qanotdan uzatma berib, Ronalduni to‘p bilan ta’minlashga harakat qildi. Modrich to‘pni qaytardi |
| 37' | ![]() |
To‘p bilan Xorvatiya. Jamoalar shoshilishmayapti |
| 35' | ![]() |
Xorvatiyaning burchak zarbasi, to‘p jarima maydoniga yetkazilganda Chorluka boshi bilan zarba yo‘lladi. Juda noaniq |
| 33' | ![]() |
Portugaliyaning hujumi nihoyasiga yetmay qoldi. Nani to‘pni jarima maydoniga oshirganida himoyachilar uni egallab olishdi |
| 31' | ![]() |
Perishich o‘ng qanotdan jarima maydoniga kirib, himoyachi orqasidan zarba yo‘lladi. To‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 30' | ![]() |
Xorvatiya ham to‘pni ko‘proq ushlab turibdi, vaziyatni yumshatmoqchi |
| 28' | ![]() |
Tashabbus Portugaliya tomonga o‘tmoqda, ular to‘pni ko‘proq ushlab turishibdi |
| 26' | ![]() |
Xorvatiyaning hujumida to‘p jarima maydoniga oshirildi. Rui Patrisiu uni qiynalmasdan ushlab oldi |
| 25' | ![]() |
Pepe!!! Juda xavfli!!! Chap qanotdan oshirilgan to‘pni Pepe yaqin masofadan boshi bilan darvozaga yo‘lladi. To‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi! |
| 24' | ![]() |
Gomesh raqib jarima maydoni ichida raqib bilan to‘qnashib yiqildi, penalti yo‘q |
| 23' | ![]() |
Xorvatiya to‘pni egallab turibdi, hozircha ularning hujumlari xavfli tus olayotgani yo‘q |
| 20' | ![]() |
So‘nggi daqiqalarni portugaliyaliklar faol o‘tkazishdi |
| 19' | ![]() |
Portugaliyaning hujumi zarbagacha yetib bormadi, Gerreyru to‘pni jarima maydoniga yetkazganida himoyachilar qaytara olishdi |
| 18' | ![]() |
Vida maydon markazida Naniga qo‘pollik qildi. Hozircha og‘zaki ogohlantirildi |
| 17' | ![]() |
O‘yin biroz tenglashdi, har ikkala jamoa ham faol o‘ynamoqda |
| 16' | ![]() |
Darvoza tomon hali birorta zarba yo‘llangani yo‘q |
| 15' | ![]() |
Portugaliyaning burchak zarbasi, to‘p jarima maydoniga oshirilganda himoyachilar qaytarib yuborishdi |
| 14' | ![]() |
Portugaliyaning hujumi nihoyasiga yetmay qoldi, himoyachilar xavfni bartaraf qilishdi |
| 13' | ![]() |
Hammasi joyida, o‘yin davom etadi |
| 12' | ![]() |
Nani jarohat oldi, u yordamga muhtoj |
| 11' | ![]() |
Rakitich o‘ng qanotda faol o‘ynab, to‘pni jarima maydoniga yetkazmoqchi bo‘ldi, biroq himoyachi bunga yo‘l qo‘ymadi |
| 10' | ![]() |
Hozircha xavfli vaziyatlarni ko‘rmadik |
| 9' | ![]() |
Xorvatiya yana to‘p bilan, portugaliyalik muxlislar hushtak chalishmoqda |
| 8' | ![]() |
Gomesh to‘pni o‘ng qanotga, Naniga oshirganida, hujumga to‘pga yetolmay qoldi. To‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 7' | ![]() |
Portugaliyaning birinchi hujumi. To‘p o‘ng qanotdan jarima maydoniga oshirildi, himoyachilar qaytarib yuborishdi |
| 6' | ![]() |
Rakitich to‘pni Perishichaga oshirib, yaxshi vaziyatga chiqarmoqchi edi, biroq himoyachilar yaxshi harakat qilishdi |
| 5' | ![]() |
Qiziq vaziyat, Portugaliya katta kuch bilan himoyada o‘ynamoqda |
| 4' | ![]() |
Srna to‘pni jarima maydoniga oshirmoqchi bo‘ldi, biroq himoyachi to‘pni qaytarib yubordi |
| 3' | ![]() |
Hozircha Portugaliya to‘pni egallay olmadi, xorvatlar juda faol o‘ynashmoqda |
| 2' | ![]() |
To‘p xorvatiyaliklarda, biroq oldinga o‘tishning iloji yo‘q. Portugaliya himoyachilari yaxshi harakat qilishmoqda |
| 1' | ![]() |
Xorvatiya to‘pni egallab turibdi, Portugaliya himoyada |
| 0' | ![]() |
O‘yin boshlandi |
| ' | Bugungi o‘yinni ispaniyalik hakam Karlos Karbalyo boshqarib boradi | |
| ' | Portugaliya va Xorvatiya madhiyalari yangramoqda | |
| ' | Bu o‘yinning g‘olibi keyingi bosqichda Polsha terma jamoasi bilan o‘ynaydi | |
| ' | Sizlarni Lans shahriga taklif qilamiz, bu yerda yana bir necha daqiqalardan so‘ng Xorvatiya va Portugaliya terma jamoalari o‘yini boshlanadi | |
| ' | Assalomu alaykum muhtaram futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|