Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionati

1/8 final. 26 iyun, soat 21:00. Bosh hakam: Bosh hakam: Shimon Marchinyak (Polsha)

GERMANIYa

Jerom Boateng (8)
Mario Gomes (43)
Yulian Draksler (63)

3 : 0

SLOVAKIYa

JAMOALAR TARKIBI
01.Manuel Noyer
21.Joshua Kimmix
17.Jerom Boateng
05.Mats Hummels
03.Yonas Hektor
06.Sami Xedira
18.Toni Kroos
13.Tomas Myuller
08.Mesut O‘zil
11.Yulian Draksler
23.Mario Gomes
  23.Matush Kozachik
02.Peter Pekarik
03.Martin Shkrtel
04.Yan Dyurisa
05.Norbert Diomber
07.Vladimir Vayss
13.Patrik Groshovski
14.Milan Shkrinyar
17.Marek Hamshik
19.Yuray Kuska
21.Mixal Dyurish
ZAHIRA
02.Shkodran Mustafi
04.Benedikt Hyovedes
07.Bastian Shvaynshtayger (C)
09.Andre Shyurrle
10.Lukas Podolski
12.Bernd Leno
14.Emre Jan
15.Yulian Vaygl
16.Antonio Ryudiger
19.Mario Gyotse
20.Leroy Sane
22.Mark-Andre ter Shtegen
  01.Yan Muxa
06.Yan Gregush
08.Ondrey Duda
09.Stanislav Shestak
10.Miroslav Stox
11.Adam Nemes
12.Yan Novota
15.Tomash Hubochan
16.Kornel Salata
18.Dushan Shvento
20.Robert Mak
22.Viktor Pechovski
SARIQ KARTOCHKA
Joshua Kimmix (46)
Mats Hummels (67)
 
Martin Shkrtel (13)

Matn

90'
O‘yin tugadi. Germaniya yirik hisobda g‘alaba qozondi. E’tiboringiz uchun raxmat!
88'
Germaniya to‘pni ishonchli tarzda ushlab turmoqda, Slovakiya esa charchab qoldi
84'
Slovakiyada o‘zgarish. Diomber o‘rniga Salata tushdi
83'
Podolski jarima maydoni ichidan kuchli zarba yo‘lladi, himoyachilar to‘sib qolishdi
80'
O‘yin surati pasayib ketdi, to‘p asosan maydon markazida ushlab turilmoqda
76'
Germaniyada o‘zgarish. Xedira o‘rniga Shvaynshtayger tushdi
75'
Germaniyada katta ustunlik, o‘yin bunchalik oson kechishini ular ham kutmagan bo‘lsa kerak
71'
Germaniyada o‘zgarish, Boateng va Draksler maydonni tark etishdi, maydonga Hyovedes va Podolski tushdi
70'
Germaniya to‘pni xotirjam egallab turmoqda
67'
Hummels qo‘pol o‘ynagani uchun ogohlantirildi
65'
Slovakiyaning hujumi zarbagacha yetib bormadi, to‘pni raqib egallab oldi
63'
Burchakdan oshirilgan to‘pni Draksler yaqin masofadan darvozaga yo‘lladi!
63'
GOOOL!!! Germaniya! Draksler!
60'
Slovakiya hisobni qisqartirish uchun harakat qilmoqda, hozircha samarasiz
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Slovakiyada o‘zgarish. Vays o‘rniga Gregush maydonga tushdi
45'
Birinchi bo‘lim tugadi
43'
Draksler chap qanotda himoyachini aldab o‘tib, jarima maydoniga kirib keldi va to‘pni Gomesga uzatdi. Hujumchi esa yaqin masofadan darvozani osonlik bilan ishg‘ol etdi!
43'
GOOOL!!! Germaniya! Gomes!
41'
Juda xavfli!!! Pekarik o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazdi. Kuska yaqin masofadan boshi bilan zarba yo‘llaganda Noyer to‘pni qiyinchilik bilan qaytara oldi!
38'
Draksler jarima maydoniga kirib kelib, zarba yo‘lladi. Himoyachilar to‘sib qolishdi
35'
Vaziyat o‘zgargani yo‘q, hozircha Germaniya oldinda
17'
Germaniya katta tashabbusga ega bo‘lmoqda, Slovakiya bor kuchi bilan himoyalanmoqda
14'
Qoida buzilgan paytda Shkrtel ogohlantirish olgandi
14'
Mesut O‘zil penaltidan gol urolmadi. Darvozabon Kozachik to‘pni qaytara oldi!
13'
Shkrtel to‘p uchun kurashda Gomesni turtib yubordi. Toza penalti!
13'
Slovakiya darvozasiga penalti
8'
To‘p burchakdan jarima maydoniga yetkazilganda, himoyachilar uni qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi. Qaytgan to‘pga yetib kelgan Boateng uzoq masofadan kuchli zarba yo‘llab, pastki burchakni aniq nishonga oldi!
8'
GOOOL!!! Germaniya! Boateng!!!
6'
Slovakiya ehtiyotkorona o‘ynamoqda, chunki raqib juda kuchli
4'
Kroos chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi
3'
Dastlabki daqiqalarda to‘p nemislarda ko‘proq ushlanib turibdi
1'
Germaniya hujumi zarbagacha yetib bormadi. To‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi
0'
O‘yin boshlandi
'
Bugungi o‘yinni polshalik Shimon Marchinyak boshqarib boradi
'
Slovakiya va Germaniya madhiyalari yangramoqda
'
Futbolchilar maydonga tushib kelishdi
'
Sizlarni Germaniya - Slovakiya o‘yiniga taklif qilamiz
'
Assalomu alaykum muhtaram futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.