Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionati

1/8 final. 26 iyun, soat 23:55. Bosh hakam: Milorad Majich (Serbiya)

VENGRIYa

0 : 4

BELGIYa

Tobi Alderveyreld (10)
Mishi Batshuayi (78)
Eden Azar (80)
Yannik Karrasko (90+1)
JAMOALAR TARKIBI
01.Gabor Kiray
02.Adam Lang
04.Tamash Kadar
07.Balaj Jujak
08.Adam Nad
09.Adam Salai
10.Zoltan Gera
14.Gergyo Lovrenchich
15.Laslo Klyaynxaysler
20.Rixard Guzmich
23.Roland Yuxas
  01.Tibo Kurtua
02.Tobi Alderveyreld
03.Tomas Vermalen
04.Raja Nainggolan
05.Yan Vertongen
06.Aksel Vitsel
07.Kevin de Bryoyne
09.Romelu Lukaku
10.Eden Azar
14.Dris Mertens
16.Tomas Myonye
ZAHIRA
03.Mixay Korxut
05.Attila Fiola
06.Akosh Elek
11.Kristian Nemet
12.Denesh Dibus
13.Daniel Byode
16.Adam Pinter
17.Nemanya Nikolich
18.Zoltan Shtiber
19.Tamash Prishkin
21.Barnabash Beshe
22.Peter Gulachi
  08.Maruan Fellayni
11.Yannik Karrasko
12.Simon Minyole
13.Jan-Fransua Jille
15. Jeyson Denayer
17.Divok Origi
18.Kristian Kabasele
19.Mussa Dembele
20.Kristian Benteke
21.Jordan Lukaku
22.Mishi Batshuayi
23.Loran Siman

Matn

90+3'
O‘yin tugadi. Vengriya - Belgiya - 0:4! Yevro-2016dagi eng yirik hisob qayd etildi
90+2'
Fellayni va Salai sariq kartochka olishdi
90+1'
GOOOOOL! Yannik Karrasko, 0:4! Maydon markazida belgiyaliklar to‘pni egallashdi. De Bryuynenig uzatmasidan keyin Karrasko birga bir vaziyatga chiqdi va darvozani ishg‘ol qildi!
89'
Batshuaiy jarima maydonchasi ichida himoyachiga nisbatan fol ishlatdi. Hakam xushtak chalganidan keyin to‘pni tepib yubordi. Bu qilig‘i uchun sariq oladi albatta
83'
Ehhhhh, Salai! Vengriya kamida bitta gol urishga haqli! Hujumchi 9 metrdan aniq zarba bera olmadi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
81'
Vengriyada o‘zgarish: Roland Yuxas o‘rniga Daiel Byode tushdi
81'
Belgiyada o‘zgarish: Eden Azar o‘rniga Maruan Fellayni tushdi
80'
GOOOOOOOL! Eden Azaaaar! 0:3! "Chelsi" futbolchisi chap qanotda to‘pni qabul qildi hamda 2-3 nafar futbolchidan o‘tib, jarima maydonchasi chizig‘i ustidan aniq zarba berdi. To‘p burchakka kirdi!
78'
GOOOOOOL! Mishi Batshuayi, 0:2! De Bryuyne burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar qaytargan to‘pni Azar egalladi va to‘pni birdaniga oldinga tashlab, chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Hozirgina maydonga tushgan hujumchi bo‘o‘sh darvozani ishg‘ol qildi!
77'
Yaxshi hujum. Azarning uzatmasini Karrasko jarima maydonchasi ichida qabul qildi, amo himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
76'
Belgiyada o‘zgarish: Myonye o‘rniga Mishi Batshuayi tushdi
75'
Vengriyada o‘zgarish: Adam Pinter o‘rniga Nemanya Nikolich tushdi
75'
Lovrenchich chap qanotdan himoyachidan qochib ketdi, ammo aniq uzatma bera olmadi
72'
Azarning uzatmasini jarima maydonchasi ichida turgan Karrasko bo‘ysundira olmadi.
70'
Belgiyadan o‘zgarish: Dris Mertens o‘rniga Yannik Karrasko tushdi
68'
Vuuuh! Jarimadan yetkazilgan uzatmani Yuxas jarima maydonchasi ichida ko‘kragi bilan qaytardi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi...
67'
Tomas Vermalen ogohlantirish oldi. Himoyachi keyingi o‘yinni o‘tkazib yuboradi, agar Belgiya chorak finalga chiqsa
66'
Vuuuuuh! Myonye jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegib "parashyut" hosil qildi. To‘sin ostiga kirayotgan to‘pni Kurtua darvoza yuqorisiga ko‘tarib yubordi
62'
Nainggolan olis masofadan aniq zarba bera olmadi
61'
Akosh Elek sariq kartochka oldi
60'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Kiray egallab oldi
56'
Azar chap tomondan jarima maydonchasiga kirgan Vertongenga uzatma berdi. Yan sheriklariga aniq uzatma bera olmadi
56'
Mertnes o‘ng qanotdan uzatma berdi. Kiray to‘pni egalladi
54'
Burchak to‘pi samarasiz chiqdi
54'
Vuuuh! Vengriyaning hujumlari xavflilashib bormoqda. Jujakning uzatmasidan keyin to‘p Vermalenning boshidan maydonni tark etdi
53'
Jujuk burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Belgiyaliklar to‘pni maydon markaziga qaytarishdi
50'
Vuuuh! Salai va Elek "devor" o‘ynadi va Adam Salai jarima maydonchasi ichida o‘tkir burchakdan zarba yo‘lladi. Noaniq
47'
Adam Lang sariq kartochka oldi
46'
Vuuuuh! Gabor Kiraydan navbatdagi seyv! Azar chap tomonda bir himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirdi va zarba yo‘lladi. Yaqin to‘qqizlikka kirayotgan to‘pni posbon yuqoriga urib yubordi
46'
Ikkinchi bshlim boshlandi
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hakam vaqt qo‘shmadi. Hozircha Vengriya-Belgiya - 0:1. Tanaffus
42'
Vuuuuuh! Belgiyaliklar raqib jarima maydonchasi atrofida to‘pni egallab olishdi. Azar Mertensni qulay pozisiyaga chiqardi va Dris 15 metrlardan kuchli zarba berdi. Darvozabon to‘pni qaytardi. Keyingi zarbadan keyin to‘p himoyachining oyog‘idan tark etdi
41'
Jujak! 20 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
39'
Vuuuuuh! Lovrenchich! Kutilmaganda olis masofadan kuchli zarba berdi. To‘p darvozadan bir necha sm. yuqoridan o‘tib ketdi!
38'
Lukakuning unchalik aniq bo‘lmagan uzatmasidan keyin De Bryuyne qiyinchilik bilan zarba berdi. Kiray to‘pni egalladi
37'
Nainggolan olis masofadan zarba berdi. Noaniq
35'
VUUUUUH! De Bryuynening jarimadan yo‘llagan zarbasidan keyin to‘p Kirayneing qo‘li aralash to‘singa tegib qaytdi!
35'
Tomash Kadar sariq kartochka oldi. U shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i oldida Mertensni chaldi
34'
Mertnes ofsaydda qoldi
32'
Ehhh, Lukaku! Jarima maydonchasiga kirdi va noaniq zarba berdi
30'
Belgiyaning qarshi hujumlari juda xavfli bo‘lmoqda. Lukaku o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. De Bryuyne bosh bilan zarba berdi. Darvozabon to‘pni egalladi
27'
Azar maydon markazida Lukaku to‘pni berib, o‘ziga oldinga o‘tdi. Romelu birozo‘ kechroq uzatma berdi, natijada Eden ofsaydda qoldi. AKs holda birga bir vaziyatga chiqib ketardi
25'
Ehhh, Mertens! O‘ng qanotdna jarima maydonchasiga kirdi, ammo jamoadoshlariga aniq uzatma bera olmadi. To‘pni Kiray egallab oldi!
23'
Azar jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Zarbani himoyachi o‘ziga qabul qildi
20'
Belgiya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar qaytargan to‘pni Vilmots shogirdlari egallashdi va olis masofadan zarba berishdi. noaniq
16'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani belgiyaliklar qaytarishdi
16'
Vuuuuuuh! Belgiyalik himoyachi to‘pni orqaga — darvozabonga yetkazdi. Kurtua to‘pni tepish chog‘ida yiqilib tushdi va to‘p undan o‘tib ketdi. Yaxshiyam uzatma darvoza tomon emas, biroz chetroqqa berilgan ekan. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
15'
Vuuuuh! Lukakuning uzatmasidan keyin Kevin de Bryuyne deyarli birga-bir vaziyatga chiqdi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p Kirayning oyog‘idan maydonni tark etdi
14'
Jarima maydonchasiga kirayotgan Lukakuga uzatma berildi. Himoyachi to‘pni qaytarishga erishdi
10'
GOOOOOOOOL! Tobi Alderveyreld, 0:1! Jarimadan De Bryuyne yetkazgan uzatmani himoyachi bosh bilan darvozaga joyladi!
9'
Lang De Bryuyneni qo‘li bilan tortib yiqitdi. Jarima zarbasi
7'
De Bryuynening zarbasini Gabor Kiray egalladi
7'
Vuuuuh! De Bryuynening uzatmasi uchun Lukaku jarima maydonchasi ichida himoyachilar bilan kurash olib bordi va deyarli birga bir vaziyatda zarba yo‘lladi. To‘p Kirayning ko‘kragidan maydonni tark etdi
6'
Lovrenchich o‘ng qanotdan bir futbolchidan o‘tdi va chap oyoqda darvoza tomon zarba berdi. Kurtua to‘pni egalladi
4'
De Bryuyne jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
3'
Azar jarima maydoniga yorib kirishga urindi, biroq himoyachilar to‘pni egallab olishdi
2'
Vengriyaning hujumida raqib himoyachilari to‘pni egallab olishdi
1'
Belgiyaning hujumi zarba bilan yakunlanmadi, to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi
0'
O‘yin boshlandi
'
Vengriya va Belgiya madhiyalari yangramoqda
'
Futbolchilar maydonga tushib kelishmoqda
'
Assalomu alaykum muhtaram futbol muxlislari, sizlarni Vengriya - Belgiya o‘yiniga taklif qilamiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.