Ispaniya La-ligasi, 23-tur
| 8 dekabr, soat 00:00 | ||
REAL MADRIDBeyl (7)
Benzema (20, 76) Xese (64) |
4 : 2 |
VILYARREALMario (43)
dos Santos (69) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
25.Diyego Lopes 15.Daniel Karvaxal 03.Kepler Pepe 04.Serxio Ramos 12.Viyeyra Marselo 19.Luka Modrich 24.Asyer Ilyaramendi 22.Anxel Di Mariya 11.Garet Beyl 20.Xese Rodriges 09.Karim Benzema |
01.Serxio Asenxo 02.Mario Martines 05.Mateo Musachchio 16.Xose Dorado 18.Yaume Kosta 17.Xavyer Akuino 40.Edu Ramos 21.Bruno Soriano 27.Moyses Bordonado 24.Jonatan Pereyra 09.Jovanni Santos |
|
Matn
| 90+2' | ![]() |
O‘yin tugadi. |
| 90' | ![]() |
O‘yinga ikki daqiqa qo‘shib berildi. |
| 86' | ![]() |
Nihoyat «Real» o‘ng qanotdan hujumga o‘tdi. Modrichning zarbasidan keyin to‘p himoyachiga tegdi va maydondan chiqib ketdi. Burchak zarbasini ham Lukaning o‘zi amalga oshirdi. Lekin standart samarasiz bo‘ldi. |
| 84' | ![]() |
Basketbolda hal bo‘lib ulgurgan o‘yinda oxirgi 24 soniyani shunday o‘tkazishadi. |
| 82' | ![]() |
Deyarli 5 daqiqadan buyon o‘sha holat. Maydonda hech qanday aytarli vaziyat bo‘lgani yo‘q. «Real»ni tempni tushirishga urinmoqda. To‘p hamon «Blankos»da. |
| 80' | ![]() |
To‘rtinchi goldan keyin o‘yin sokinlashib qoldi. Balki bu bo‘ron oldidan sokinlikdir, lekin «Real» katta ustunlik bilan to‘pni nazorat qilmoqda. |
| 78' | ![]() |
Bugun Xesening kuni ekan! Umuman olganda «Real»ning ko‘pchilik futbolchilari yaxshi o‘yin ko‘rsatishmoqda, lekin Xese juda ham foydali o‘ynadi. U asosiy tarkibning haqiqiy a’zosi ekanini isbotlamoqda. |
| 76' | ![]() |
Xese!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Xese qanotdan oldinga bordi va himoyachilarni ortda qoldirgan holda Benzemani juda ajoyib vaziyatga olib chiqdi. Shundoq jarima maydonchasi chizig‘i ustidan Karim darvozaning yaqin burchagini aniq nishonga oldi. |
| 75' | ![]() |
Gooooooooooooooooooooooooooooooooooool |
| 75' | ![]() |
Xese maydon markazidan hujumni boshlab berdi. U to‘pni qanotdagi Beylga uzatdi. Beyl esa o‘z usulida biroz markazga yurgan holda zarba berdi. Eheeeee dedi muxlislar ham. Darvoza orqasidagi muxlislar ham bu to‘pga yeta olishmasdi. Zarba yuqorilab ketdi. |
| 73' | ![]() |
Di Mariya maydonni tark etgach Beyl to‘liq o‘ng qanotda o‘ynamoqda. Xese esa qanot hujumchisi bo‘lishi bilan birga vingerlik ham qilmoqda. |
| 71' | ![]() |
«Real» jarima maydoniga yaqin joyda qoida buzdi va jarima belgilandi. Dos Santos ajoyib, FANTASTIK zarbasi bilan Lopesning uzoq burchagiga jonli devordan to‘pni oshirib tashladi. Ajoyib gol. |
| 70' | ![]() |
Gooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool |
| 68' | ![]() |
«Atletiko»ga qarshi o‘yinda Di Mariya eng yaxshi o‘yinchi bo‘lgan edi. Bu o‘yinda ham hozircha Anxel juda foydali o‘yin ko‘rsatdi. Uning o‘rniga Alonso maydonga tushdi. Anxelni olqishlab qolamiz!!!!! |
| 66' | ![]() |
!!!!!! «Real» juda chiroyli, ajoyib taktikani amalga oshirdi. DI Mariya maydon markazida himoyachilarni chalg‘itgan holda to‘pni Benzemaga uzatdi. U esa Arbeloani topdi. Himoyachi ofsayd chizig‘ida turgan Xesega ajoyib to‘p uzatishini amalga oshirdi va Xese sekingina darvozabonning qo‘li ostidan darvozaga yo‘l topdi 3:1. |
| 64' | ![]() |
Gooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool. |
| 62' | ![]() |
!!! Qoyil! «Real» raqib jarima maydonidayoq pressing boshlamoqda. Di Mariya va Benzema «one-two» usulida raqrib himoyasini yorib o‘tishmoqchi edilar, lekin Musakkio ulardan to‘pni olib qo‘yib sherilalarini oldinga boshladi. Di Mariya esa darhol to‘pni egallab oldi. |
| 60' | ![]() |
«Real» o‘z jarima maydoniga yaqin joyda raqibning hujumini uzib qo‘ydi va qarshi hujumga o‘tdi. Xese maydin markazini katta tezlikda bosib o‘tdi, lekin Gaspar uni ochiqchasiga ushlab qoldi va hakam uni boreey deb sariq kartochka bilan siyladi. O‘ziga xos dunl Gasper uchun. Avval gol, endi kartochka. |
| 58' | ![]() |
Bugungi o‘yin juda tartibli va qiziqarli o‘tmoqda. «Real»ning «Atletiko»ga qarshi o‘yini juda qo‘pol o‘tgan edi. Hozir esa endigina jamoalari 6 marta qoida buzishdi. Bunda ham oddiy texnik follar. |
| 56' | ![]() |
Beyl himoyachi ekanini unutib qo‘ymagan ekan. U maydon markazida to‘pni raqibdan olib qo‘ydi va Karvaxalni oldinga chorladi. Himoyachining qanotdan uyushtirgan reydi uchun maydon qisqalik qildi. |
| 54' | ![]() |
Ohohooooo!! Di Mariya bugun o‘yindan zavqlanmoqda. Yana qanotda to‘pni egallab olgan Anxel oyog‘ini chalkashtirgan holda ikkinchi marta pas bermoqda. Gap bo‘lishi mumkin emas. Bu holat hech qanday foyda keltirmagan bo‘lishi mumkin, lekin bu raqibga ruhiy zarba bo‘lishi aniq. |
| 52' | ![]() |
Di Mariya bugun juda ham faol. U chap qanotdan himoyachilarni chalg‘itdi va zarba uchun juda qulay vaziyatga ega bo‘lgan edi. Lekin u to‘pni hujumchilarga yetkazib berishga qaror qildi. Biroq himoyachilar hujumni o‘qishdi. |
| 50' | ![]() |
Modrichni to‘pni Karvaxalga yetkazib berishga xatoga yo‘l qo‘ydi va himoyachi to‘pni yo‘qotdi. Mehmonlar katta tezlik bilan oldinga borishdi. Dos Santos jarima maydoniga yaqinlashdi va to‘pni qanotdagi sherigiga uzatdi. Ammo u ham xatoga yo‘l qo‘ydi. |
| 48' | ![]() |
Birinchi bo‘limda Marselona o‘rniga Koentrau tushgan edi. Ikkinchi bo‘lim avvalida portugaliyalik himoyachi o‘rniga Arbeloa tushdi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. |
| 45' | ![]() |
Hakam birinchi bo‘limga vaqt qo‘shib bermadi. Hozircha tanaffus. |
| 44' | ![]() |
«Real» 2014 yilda birinchi marta o‘z maydonida gol o‘tkazib yubormoqda. Lopes Kasilyasning rekordini ham yangilamaydigan bo‘ldi. Iker mamlakat chempionatining Madirdda o‘tgan 4ta o‘yinida qatorasiga gol o‘tkazib yubormagan edi. Lopes esa bu o‘yinda gol o‘tkazmasa, jamoadoshiga yetib olardi, lekin bunga Gaspar yo‘l qo‘ymadi. |
| 42' | ![]() |
Hujumchilar gol ura olmagach o‘ng qanot himoyachisi Gaspar oldinga bordi. Himoya chizig‘ini tom ma’noda yorib o‘tgan Gaspar ajoyib zarba bilan darvozaning yuqori to‘qqizligini aniq nishonga oldi. Daxshatli gooool. |
| 41' | ![]() |
Goooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool. |
| 38' | ![]() |
Hujumda Dos Santos yolg‘izlanib qolmoqda. U ha deganda to‘p kelavermagach o‘zi ortga qaytishga va hujum tashkillashtirishga majbur bo‘ldi. U Xeseni ortda qoldirdi, lekin Illara to‘pni hujumchidan olib qo‘ydi. |
| 35' | ![]() |
«Vilyareal» hech qachon «Bernabeo»da g‘alaba qozonmagan ekan. Mehmonlarning navbatdagi hujumini Musakkio rivojlantirdi. Italiyalik hujumchining darvoza yaqiniga yetkazib bergan to‘piga hech kim yetib bormadi. |
| 33' | ![]() |
Di Mariya endi o‘ng qanotda. Bugun Beyl va Di Mariya qanotlarni o‘zgartirgan holda raqibni shoshirib qo‘yishmoqda. Anxel o‘ng qanotdan oldinga bordi. Biroq hujumchlar undan to‘pni qabul qilib olishga kech qolishdi. |
| 31' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!Asyer Illaramendi hamda Di Mariya juda yaxshi harakat qilishdi. Illara o‘ng qanotdan to‘pni egallab oldi va himoyachilarni ortda qoldirgan holda to‘pni orqaroqqa Di Mariyaga qoldirdi. Anxel esa oyog‘ini chalkashtirgan holda ajoyib zarba berdi, lekin ooozgina noaniq. |
| 29' | ![]() |
Dos Santos qanotdan oldinga borayotgan edi uni Ramos qarshiladi. Himoya ishonchli o‘ynab to‘pni olib qo‘ydi. Dos Santos esa yotib oldi. Hakam esa unga o‘rnidan turishni, u Aysa Games emasligini bildirdi. |
| 27' | ![]() |
!!!!!!!Yana Beyl. Bu gal markazga yaqin joyda to‘pni qabul qilib olgan yarim himoyachi jarima maydonchasiga kirmay zarba berdi, lekin zarbaga aniqlik yetishmadi. |
| 25' | ![]() |
Beyl bugun juda ajoyib o‘ynamoqda. Bugun unga murabbiy erkinlik bergan ko‘rinadi. Beyldan bitta gol va bitta golli uzatma ko‘rishga ulgurdik.2 |
| 23' | ![]() |
Garet Beyl chap qanotda to‘pni egallab oldi va himoyachini ortda qoldirgan holda to‘pni darvoza yaqiniga tashlab berdi. Bu yerda Benzema bir harakat bilan hisobni ikkitaga oshirdi. |
| 21' | ![]() |
Goooooooooooooooooool |
| 19' | ![]() |
Beyl ikkinchi marta to‘pni egallashda xatoga yo‘l qo‘ymoqda. Bu gal jarima maydonchasiga yaqin joyda u to‘pni oldirib qo‘ydi. Uning baxtiga raqibning zarbasi aniq bo‘lmadi.1 |
| 17' | ![]() |
Jovani dos Santos jarima maydoniga yaqin joyda to‘pni egallab oldi va darvoza tomon zarba berdi. 25 metrlardan berilgan zarbani Lopes egallab oldi.1 |
| 15' | ![]() |
Vaziyatlardan birida Marselo raqib bilan to‘qnashib ketdi va maydonga yiqildi. Shifokorlar unga yordam ko‘rsatishmoqda. |
| 13' | ![]() |
«Real» Anchelotti aytganiday to‘pni egallashga e’tibor qaratmoqda. To‘p deyarli «Vilyareal»ga tekkani yo‘q. |
| 11' | ![]() |
Modrich maydon markazini qo‘lga olib ulgurdi. Xorvat markazga yaqin joyda to‘pni egallab oldi va qanotdagi Marseloga uzatdi. Marselo darvozaga chap qanotda yaqinlashgan Xeseni topdi. Biroq hujumchining zarbasida aniqlik yetishmadi. |
| 9' | ![]() |
Buni millionlarni oqlash deyishadi. Beyl «Real» tarkibidagi birinchi o‘yinini aynan birinchi dacradagi «Vilyareal»ga qarshi o‘yinda o‘tkazgan edi. U ancha vaqt jarohat sabab maydonga tushmadi. Ronaldu yo‘q bo‘lgan vaqtda yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi va ajoyib gol bilan hisobni ochdi. |
| 7' | ![]() |
Garet Beyl. Maydonga qaytdi va gol urdi. O‘ng qanotda to‘pni egallab oldi va ikkita himoyachini ortda qoldirgan holda darvozabonning ustidan to‘pni tashlab qo‘ydi. |
| 5' | ![]() |
Gooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool |
| 3' | ![]() |
Bugun har ikki jamoalarda ham yo‘qotishlar bor. «Real»da Krishtianu Ronaldu, mehmonlarda Uche manydonga tusha olishmaydi. |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi. |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. Sizlarni Ispaniya chempionati 23-turidan o‘rin olgan «Real» hamda «Vilyareal» jamoalari o‘yinini kuzatishga taklif qilamiz. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|