Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionati

Nimchorak final, 27 iyun, soat 21:00. Bosh hakam: Junayd Chaqir (Turkiya)

ITALIYa

Jorjio Kyellini (32)
Grasiano Pelle (90+1)

2 : 0

ISPANIYa

JAMOALAR TARKIBI
01.Janluijji Buffon
15.Andrea Barsali
19.Leonardo Bonuchchi
03.Jorijo Kyellini
02.Mattia de Shilyo
08.Alessandro Florensi
18.Marko Parolo
16.Daniyele de Rossi
23.Emanuele Jakkerini
09.Grasiano Pelle
17.Eder
  12.David De Xea
16.Xuanfran
03.Jerar Pike
15.Serxio Ramos
18.Xordi Alba
05.Serxio Buskets
06.Andres Inyesta
10.Sesk Fabregas
21.David Silva
22.Nolito
07.Alvaro Morata
ZAHIRA
04.Matteo Darmian
05.Anjelo Ogbonna
06.Antonio Kandreva
07.Simone Zaza
10.Tiago Motta
11.Chiro Immobile
12.Salvatore Sirigu
13.Federiko Marketti
14.Stefano Sturaro
20.Lorenso InsinYE
21.Federiko Bernardeski
22.Stefan El-Shaaravi
  01.Iker Kasilyas
02.Sesar Aspilikueta
04.Mark Bartra
08.Koke
09.Lukas Vaskes
11.Pedro
13.Ektor Belyerin
14.Tyago Alkantara
17.Mikel San Xose
19.Bruno Soriano
20.Aris Aduris
23.Serxio Riko
SARIQ KARTOCHKA
Mattia de Shilyo (23)
 
Nolito (41)

Matn

90+4'
O‘yin tugadi. Italiya chorakfinalga chiqdi. E’tiboringiz uchun raxmat!
90+1'
Darmian o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazdi, Pelle yaqin masofadan darvozani osonlik bilan ishg‘ol etdi!
90+1'
GOOOL!!! Pelle!!! Italiya!!!
89'
Tiago Motta va Buskets ogohlantirildi, ehtiroslar junbushga kelmoqda
87'
Pedroning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi juda noaniq ketdi
84'
Italiyada o‘zgarish. Florensi o‘rniga Darmian maydonga tushdi
83'
Ispaniya katta bosim uyushtirmoqda, Italiya ko‘pchilik bo‘lib himoyalanmoqda
82'
Har ikkala jamoada o‘zgarish. Ispaniyada Aduris o‘rniga Pedro tushdi. Italiyada Eder o‘rniga Insinye tushdi.
77'
Pike jarima maydoni chizig‘idan kuchli zarba yo‘lladi, Buffon mahorat bilan qaytardi
74'
Italiya ham hujumga o‘tmoqda, ushbu daqiqalarda o‘yin tenglashdi
71'
Ispaniyada o‘zgarish. Morata o‘rniga Lukas Vaskes tushdi
70'
Aduris jarima maydoni chizig‘idan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi
68'
O‘yin surati biroz pasaydi, to‘p ko‘proq maydon markazida ushlab turilmoqda
65'
Italiya qarshi hujumlarda xavfli o‘ynamoqda
62'
De Shilyo chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, De Xea to‘pni ushlab qolomadi, biroq bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol etuvchi futbolchi topilmadi
60'
Morata Buffonning oldinga chiqib ketganini payqab, uzoq masofadan to‘pni uning ustida oshirib yubormoqchi edi, eplolmadi
59'
Ikkinchi bo‘limda Ispaniya juda faol o‘ynamoqda
56'
Xuanfran o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, Aduris boshi bilan zarba yo‘lladi. Juda noaniq!
55'
Eder darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib, De Xeani dog‘da qoldira olmadi. Qanday vaziyat!
53'
Italiyada o‘zgarish. De Rossi o‘rniga Tiago Motta maydonga tushdi
51'
Yana bir xavfli vaziyat! Chap qanotdan jarima zarbasi amalga oshirildi. Silva to‘pni jarima maydoniga yetkazganida Morataning boshi bilan yo‘llagan zarbasidan so‘ng to‘pni Kyellini to‘sib qoldi!
49'
Morata! Chap qanotdan jarima maydoniga oshirilgan to‘pni yaqin masofadan boshi bilan darvozaga yo‘lladi. Buffon o‘z o‘rnida!
46'
Ispaniyada o‘zgarish. Nolito o‘rniga Aduris maydonga tushdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim tugadi. Italiya kichik hisobda oldinda bormoqda. Tanaffus
45'
1 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Jakkerini! Chap qanotdan jarima maydoniga kirib kelib, kuchli zarba yo‘lladi. De Xea yana mahorat ko‘rsatdi!
44'
Italiyaga xos o‘yinni ko‘ryapmiz. Gol urgandan so‘ng himoyaga qaytish!
43'
Ispaniyaning hujumi zarbagacha yetib bormadi, himoyachilar to‘pni qaytara olishdi
41'
Nolito hujumda qo‘pol o‘ynab, ogohlantirildi
40'
Ispaniya tashabbusni qo‘lga olishga harakat qilmoqda, biroq Italiya ham faol o‘ynamoqda
38'
Nolito burchak zarbasini amalga oshirib, to‘pni jarima maydoniga yetkazdi. Buffon to‘pni qaytarib yubordi
37'
Ispaniya jarima zarbasini yaxshi amalga oshirolmadi. Silva to‘pni jarima maydoniga noaniq yetkazdi
33'
Eder jarima zarbasidan to‘pni kuchli zarba bilan darvozaga yo‘lladi. De Xea to‘pni ushlab qololmadi. Unga yetib kelgan Jakkerini yonginasida turgan Kyelliniga yetkazdi. Kyellini esa bo‘sh qolgan darvozani osonlik bilan ishg‘ol etdi!
32'
GOOOL!!! Italiya! Kyellini!!!
31'
Italiya jarima maydonchasi markaziga yaqin joyda jarima zarbasi ishlab oldi
29'
Italiya hisobni ochishi mumkin edi. De Shilyo chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, Ramos uni qaytaraman deb o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘yishiga sal qoldi
28'
Inyesta uzoq masofadan zarba yo‘lladi, to‘p himoyachiga tegib Buffonning qo‘liga borib tushdi
27'
Ispaniya to‘pni ko‘proq ushlab turish orqali vaziyatni yumshatishga harakat qilmoqda
25'
De Shilyo chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga yo‘lladi. Parolo boshi bilan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
23'
Raqib futbolkasidan tortib qolgani uchun De Shilyo ogohlantirildi
22'
Ispaniyaning burchak zarbasi. Inyesta to‘pni jarima maydoniga oshirdi, biroq juda noaniq
20'
Nolito chap qanotdan to‘pni markazga, Fabregasga yetkazdi. Uning jarima maydoni chizig‘idan yo‘llagan zarbasini himoyachilar to‘sib qolishdi
19'
Italiyada to‘pga egalik qilishda ustunlik saqlanib turibdi, Ispaniya asosan himoyada o‘ynamoqda
17'
Italiyaning chap qanotdan uyushtirgan hujumida to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi
15'
Ispaniyaning hujumdagi o‘yini qovushmayapti
14'
Silva to‘pni chap qanotga, Albaga yetkazmoqchi edi. Biroq to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi
13'
Italiyaning navbatdagi hujumi, jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni himoyachilar qaytarib yuborishdi
11'
Jakkerini jarima maydoni ichida qaychi uslubida zarba yo‘llaganida to‘p De Xeani qo‘li orqali ustunga tegib qaytdi!
10'
Yomg‘ir tindi, to‘p italiyaliklarda ushlanib turibdi
8'
Pelle!!! Chap qanotdan belgilangan jarima zarbasidan to‘p jarima maydoniga yo‘llandi. Pelle yaqin masofadan boshi bilan aniq zarba yo‘lladi. De Xea mahorat bilan qaytardi!
7'
Ispaniyaning hujumi zarbagacha yetib bormadi, himoyachilar to‘pni egallab olishdi
6'
Xavfli hujum! Eder jarima maydoni markazida to‘pni qabul qilib oldi va zarba yo‘lladi. Himoyachilar to‘pni qaytara olishdi
5'
Ispaniyaning dastlabki hujumi. Nolito chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkaza olmadi, himoyachilar egallab olishdi
4'
To‘p bilan Italiya, ularda kichik ustunlik
3'
Sen-Deni shahrida yomg‘ir yog‘moqda, o‘yin noqulay ob-havo sharoitida o‘tmoqda
2'
Pelle boshi bilan yaqin masofadan zarba yo‘lladi. Zarba kuchsiz va noaniq chiqdi
1'
Italiyaning birinchi hujumi. To‘p chap qanotdan jarima maydoniga yetkazilganda, De Xea uni egallab oldi
0'
O‘yin boshlandi
'
Bugungi o‘yinni turkiyalik hakam Junayd Chaqir boshqarib boradi
'
Ispaniya va Italiya madhiyalari yangramoqda
'
Futbolchilar maydonga tushib kelishmoqda
'
Birozdan so‘ng Sen-Deni shaharchasida Italiya - Ispaniya o‘yini boshlanadi
'
Assalomu alaykum muhtaram futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.