Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionati

1/4 final. 30 iyun, soat 23:55. Bosh hakam: Feliks Brix (Germaniya)

POLSHA

Robert Levandovski (2)

1 : 1

PORTUGALIYa

Renatu Sanchesh (33)
JAMOALAR TARKIBI
22.Lukash Fabianski
20.Lukash Pishchek
15.Kamil Glik
02.Mixal Pazdan
03.Artur Yenjeychik
16.Yakub Blashchikovski
10.Gjegoj Krixovyak
05.Kjishtof Monchinski
11.Kamil Grosiski
07.Arkadiush Milik
09.Robert Levandovski
  01.Rui Patrisiu
21.Sedrik Soaresh
03.Pepe
04.Joze Fonte
19.Elizeu
10.Joao Mario
23.Adrien Silva
14.Vilyam Karvalyu
16.Renatu Sanshesh
17.Nani
07.Krishtianu Ronaldu
ZAHIRA
01.Voysex Shchensni
04.Tiago Sionek
06.Tomash Yodloves
08.Karol Linetti
12.Artur Borus
13.Mariush Stempinskiy
14.Yakub Vavjinyak
17.Slavomir Peshko
18.Bartosh Salamon
19.Pyotr Zelinskiy
21.Bartosh Kapustka
23.Filip Starjinski
  02.Brunu Alvesh
05.Rafael Guereyro
06.Rikardu Karvalyu
08.Joao Moutinyo
09.Eder
11.Viyeyrinya
12.Antoni Lopes
13.Danilo
15.Andre Gomesh
18.Rafa Silva
20.Rikardu Kuarejma
22.Eduardu

Matn

3:5'
GOOOOOOOL! Rikarde Kuarejma, 3:5! Portugaliya yarim finalga yo‘l oldi!
3:4'
VUUUUH! Blashchikovskining zarbasini Patrisiu qaytardi!
3:4'
GOL! Nani!
3:3'
GOL! Kamil Glik!
2:3'
GOL! Joao Moutinyo, 2:3!
2:2'
GOL! Arkadiush Milik!
1:2'
GOL! Renatu Sanshesh!
1:1'
GOL! Levandovski darvozabonni aldadi!
0:1'
GOL! Ronalduning zarbasini Fabianski qaytara olmadi
'
Birinchi bo‘lim Ronaldu zarba beradi!
'
Birinchi zarbani Portugaliya beradigan bo‘ldi
'
3-4 daqiqadan keyin penaltilar seriyasi boshlanib qolsa kerak. Ro‘yxat tuzilyapti hozirda
120+1'
O‘yin yakunlandi. Polsha-Portugaliya - 1:1. Penaltilar seriyasi.
120'
To‘rtinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
120'
Vuuuuh! Kapustka jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va zarba yo‘lladi. Pepe qaytardi!
118'
Vuuuuh! Portugaliya darvozasi yaqiniga o‘ng qanotdan xavfli uzatma berildi. Pepe to‘pni qaytarmaganida Levandovski yaqin masofadan darvozani ishg‘ol etishi mumkin edi!
115'
Vuuuh! Yenjeychik qanot chiziqdan to‘pni Portugaliya jarima maydonchasiga uloqtirib berdi. Mil
ik o‘tkir burchak ostida darvoza oldiga uzatma berdi. To‘p darvozaga parallel ravishda narigi qanotga o‘tib ketdi
113'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani polshaliklar egallab oldinga o‘tishayotganida Milikka nisbatan fol ishlatildi
112'
Portugaliya burchak zarbasi ishladi
112'
Polsha to‘pni ko‘proq nazorat qilmoqda
109'
O‘yin bo‘layotgan jarayonda bir muxlis maydonga yugurib chiqib keldi. Ronaldu tomon intildi. Stadion xodimlari uni qo‘lga olishdi
108'
Burchakdan yetkazilgan uzatman Danilo qaytardi
108'
Glik burchak to‘pi ishladi
106'
Kapustkaning zarbasi Pepega tegib qaytdi. Blashchikovskining zarbasi noaniq
106'
Qo‘shimcha bo‘limlarning ikkinchisi boshlandi! Yana 15 daqiqa
'
Bir-ikki daqiqa damdan keyin so‘nggi to‘rtinchi bo‘lim boshlanadi
105'
Birinchi ekstra-taym tugadi.
103'
Nani! Olis masofadan zarba berdi. Fabianski o‘z o‘rnida
102'
Vuuuh! Danilo o‘ng qanotdan hujumga qo‘shildi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. To‘p barchadan o‘tib ketdi
100'
Vuuuuh! Milik 20 metrlardan zarba berdi. Noaniq. Arkadiush nozik pas bilan Levandovskin birga bir vaziyatga chiqarishi ham mumkin edi
99'
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Nani 11 metrli nuqta yaqinida bosh bilan zarba berdi. Noaniq. Nani to‘pni o‘tkazib yuborganida Ronaldu uning ortida oyoq bilan zarba berishga shaylanayotganida
98'
Polshada o‘zgarish% Monchinski o‘rniga Tomash Yodleves tushdi
97'
Vuuuh! Kuarejma jarima maydonchasi to‘pni qabul qildi va himoyachilarni chalg‘itib zarba berdi. Uning oldiga tashlangan himoyachi zarbani o‘ziga qabul qildi
96'
Portugaliyada so‘nggi o‘zgarish: Uilyam Karvalyu o‘rniga Danilo tushdi
94'
Polshada yaxshi qarshi hujum yuzaga keldi. Jarima maydonchasiga markaz bo‘ylab kirayotgan Milikka uzatma berildi. Patrisiu to‘pni egallab oldi
92'
Vuuuuuh! Renatu chap qanotdan uzatma berdi. Himoyachining oyog‘idan yo‘nalishi biroz o‘zgargan to‘pni Ronaldu raqib darvozabon maydonchasida egallashi mumkin edi. Himoyachi xavfni bartaraf etdi
91'
Qo‘shimcha bo‘limlar boshlandi
'
Portugaliya terma jamoasida ketma-ket beshinchi o‘yinning asosiy vaqtida durang o‘ynamoqda
90+3'
O‘yinning asosiy vaqti yakuniga yetdi. Hozircha durang - 1:1. Navbat qo‘shimcha bo‘limlarga
90+3'
Jarimadan yetkazilgan uzatmani Levandovski bosh bilan darvoza tomon burdi. Patrisiu to‘pni egallab oldi
90+2'
Uilyam Karvalyu sariq kartochkka oldi. Krixovyakni qo‘l bilan tortib, hujumni to‘xtatdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
90'
Jarimadan Kuarejma uzatma berdi. Pepe bosh bilan zarba berdi, biroq ofsayd
88'
Kapustkaga kechiktirilgan fol uchun sariq kartochka
85'
EHHHHH, RONALDU! Maydon markaziga yaqin joydan berilgan uzatma natijasida Krishtianu raqib jarima maydonchasi ichida darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi. Zarba berish chog‘ida uning oyog‘iga to‘pga tegmay qoldi!!!
84'
Moutinyo o‘ng qanotdan uzatma berdi. Fabianski to‘pni egalladi
82'
Polshada o‘zgarish: Grosiski o‘rniga Bartosh Kapustka tushdi
81'
Vuuuuuuh! Polsha qarshi hujum tashkil qilayotgan Pepe maydon markazida to‘pni egallab oldinga yurdi va jarima maydonchasida ochilayotgan Ronalduga uzatma berdi. Himoyachi podkat orqali to‘pni qaytardi. To‘p olis ustun yonidan maydonni tark etdi. Avtogol bo‘lishiga sal qoldi
80'
Portugaliyada o‘zgarish: Joao Mariu o‘rniga Rikardu Kuarejma tushdi
78'
Portugaliya burchak to‘pi ishladi va uni o‘yinga kiritdi. Fonte bosh bilan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Fabianski o‘z o‘rnida!
76'
Ronaldu raqib jarima maydonchasi tashqarisida o‘ziga yetazilgan uzatmani bir urinishda Joao Marioga qoldirdi. Uning zarbasi qovushmadi
75'
Polsha qarshi hujum tashkil qildi. Grosiski olis masofadan noaniq zarba berdi.
73'
Portugaliyada o‘zgarish: Adriyen Silva o‘rniga Joao Moutinyo tushdi
70'
Adriyen Silva ogohlantirish oldi
69'
Yana bir xavfli vaziyat. Polsha yana qisqa paslar bilan bu safar chap qanotdan hujum tashkil qilishdi. Darvozabon maydonchasiga yetkazilgan uzatmaga zarba berishda Milik Pepega nisbatan chaqqon harakat qildi. To‘pni Patrisiu egallab oldi
67'
VUuuuh! Polyaklar yaxshi kombinasiya orqali Portugaliya jarima maydonchasiga kirib kelishdi. Levandovski tomon so‘nggi uzatma biroz noaniq bo‘ldi. Aks holda Robertda yaqin masofadan zarba berish imkoniyat bor edi
64'
Vuuuuuh! Sedrik Soaresh olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p shundoqqin olis ustun yonidan o‘tib ketdi
60'
Vuuuh! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Ronaldu jarima maydonchasi ichida zarba yo‘llashga uchun imkoniyatga ega bo‘ldi. Ammo to‘p uning oyog‘iga tegmay qoldi. Adriyen jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasi himoyachiga tegib qaytdi
56'
VUUUUH! Qarshi hujumda Ronaldu birga bir vaziyatga chiqarildi. Krishtianu o‘tkir burchak ostidan zarba berdi. To‘p to‘rga yon tomondan tegdi. "Real" futbolchisi chap oyoqda aniq zarba bera olmadi
55'
Enjeychik ofsaydda qoldi
51'
Sanshesh o‘ng qanotdan uzatma berdi. Polshaliklar to‘pni qaytarishdi. Keyingi uzatma paytida Fabianski to‘pni qo‘ldan chiqarib, so‘ngra egallab oldi
48'
Pishchek o‘ng qanotdan uzatma berdi. Darvozagacha 7-8 metrlar masofadan Levandovski bosh bilan zarba berishga urnidi. Sedrik unga xalal berishga harakat qildi, zarba kuchli chiqmadi va Patrisiu to‘pni egalladi
46'
Ikkinchi bo‘li boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi va u yakuniga yetdi. Tanaffus. Hozircha Polsha-Portugaliya - 1:1.
45'
Grosiski va Yenjeychek chap qanotda yaxshi o‘ynadi va Artur jarima maydonchasiga kirdi. Uning uzatmasini himoyachilar qaytarishdi
44'
Nani jarima maydonchasi tashqarisidan kuchsiz zarba berdi.
42'
Artur Yenjeychik sariq kartochka oldi
40'
XAvfli rekoshet! Elizeunig zarbasidan keyin to‘p Pishchekning boshiga tegdi va olis ustun yonidan o‘tib ketdi
37'
Vuuuuh! Polsha hisobda oldinga chiqib olishga yaqin keldi! Jarima maydonchasiga yerlatib yetkazilgan uzatmani Levandovski o‘tkazib yubordi. Buni Pepe payqab qoldi va to‘pni qaytardi. Takroriy hujum paytida Grosiskiy chap qanotdan zarba berdi. Patrisiu to‘pni yon tomonga qaytardiyu, o‘zi yiqildi. To‘p darvozaga yaqiniga qaytarildi. Himoyachilar yana to‘pni qaytarishdi
33'
GOOOOOOOOL! Renatu Sanchesh, 1:1! 18 yoshli futbolchi 18 metrlardan kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi. To‘p rekoshet holatdi burchakka borib tushdi!
32'
Adriyen Silva o‘ng qanotdan havolatib uzatma berdi. Himoyachi to‘pni yon tomonga qaytardi
30'
CHAp qanotdan uzatma berilgan paytda Pazdan jarima maydochasi ichida Ronalduni ortidan itarib yiqitdi. Brix penalti belgilashga jazm etmadi
28'
Vuuuuuh! Nani chap qanotda himoyachidan to‘pni olib qo‘ydi va Ronalduga uzatma berdi. Krishtianu 20 metrlardan yerlatib zarba berdi. Fabianski to‘pni egallab oldi
27'
Adriyen chap qanotda to‘pni qabul qildi va Ronaldu tomon uzatma berdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni qaytardi
23'
VUUUUUUH! Polshaliklar qisqa paslar orqali o‘ta chiroyli hujum tashkil qilishdi. Milik o‘tkir burchak ostida zarba bermasdan, sheriklariga uzatma bergandi, portugaliyaliklar xavfni bartaraf etishdi
22'
Milik himoyachilardan qochib ketib, 22 metrlardan zarba berdi. Pepe zarba yo‘liga oyoq qo‘yishga ulgurdi
17'
Vuuuuh! Levandovski Pepedan o‘tib ketib jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Patrisiu to‘pni qabul qildi
16'
Ronaldu olis masofada belgilangan jarima zarbasini tepdi. To‘p jonli devorga tegib qaytdi
15'
Krixovyak maydon markazida raqibdan to‘pni olib qo‘ydi. Milik 25 metrlardan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Noaniq
13'
Portugaliyada burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi. Takroriy hujumda Joao Mariu ofsadda qoldi
12'
Portugaliyada yaxshi vaziyat! Sedrik o‘ng tomondan 11 metrli nuqta atrofida ochilayotgan Ronaldu tomon uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytarib qoldi
11'
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Fabianski egallab oldi
7'
Portugallar to‘pni nazorat qilib, hujum variantlarini izlashmoqda. Polsha qarshi hujumda foydalanishga harakat qiladi
4'
Bu Levandovskining Yevro-2016dagi ilk goli bo‘ldi.
2'
GOOOOOOOOOL! Robert LEVANDOVSKI, 1:0! Grosiski chap qanotdan bir himoyachidan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga kirdi va 11 metrli nuqta atrofiga uzatma berdi. Levandovskining zarbasini Patrisiu qaytara olmadi!
0'
Bahs boshlandi! To‘pni o‘yinga polshaliklar kiritib berishdi
'
Istanbuldagi fojia qurbonlari xotirasiga 1 daqiqalik sukt saqlanmoqda
'
Jmoalar sardorlari — Levandovski va Ronaldu o‘zaro vimpellarni almashishdi
'
Portugaliya va Polsha madhiyalari navbati bilan yangradi
'
Futbolchilar maydonga tushib kelishmoqda
'
Sizlarni Marselning "Velodrom" stadioniga taklif qilamiz, bir necha daqiqalardan so‘ng bu yerda Polsha - Portugaliya o‘yini boshlanadi
'
Assalomu alaykum muhtaram futbol muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.