Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionati
| 1/4 final. 1 iyul, soat 23:55. Bosh hakam: Damir Skomina (Sloveniya) | ||
UELSEshli Uilyams (30)
Robson-Kanu (55) Sem Vouks (85) |
3 : 1 |
BELGIYaRaja Nainggolan (13)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Ueyn Hennessi 02.Kristofer Ganter 05.Jeyms Chester 06.Eshli Uilyams 03.Nil Teylor 04.Ben Devis 07.Jo Allen 16.Jo Ledli 10.Aaron Remzi 09.Hel Robson-Kanu 11.Garet Beyl |
01.Tibo Kurtua 16.Tomas MyonYE 02.Tobi Alderveyreld 15. Jeyson Denayer 21.Jordan Lukaku 06.Aksel Vitsel 04.Raja Nainggolan 11.Yannik Karrasko 07.Kevin de Bryoyne 10.Eden Azar 09.Romelu Lukaku |
|
| ZAHIRA | ||
|
08.Endryu King 12.Ouen Uilyams 13.Jorj Uilyams 14.Devid Edvards 15.Eshli Richards 17.Devid Kotteril 18.Sem Vouks 19.Jeyms Kollinz 20.Jonatan Uilyams 21.Denni Uord 22.Devid Vogan 21.Saymon Chyorch |
03.Tomas Vermalen 05.Yan Vertongen 08.Maruan Fellayni 12.Simon Minyole 13.Jan-Fransua Jille 14.Dris Mertens 17.Divok Origi 18.Kristian Kabasele 19.Mussa Dembele 20.Kristian Benteke 22.Mishi Batshuayi 23.Loran Siman |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Ben Devis (5)
Jeyms Chester (16) Kristofer Ganter (23) Aaron Remzi (75) |
Maruan Fellayni (60)
|
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin tugadi! Uels yarimfinalda! E’tiboringiz uchun raxmat! |
| 90+2' | ![]() |
Azar uzoq masofadan zarba yo‘lladi, juda noaniq |
| 90+1' | ![]() |
Belgiya to‘pni havolatib jarima maydoniga oshirish bilan mashg‘ul, Uelsni bunday uslubda mag‘lub etish qiyin! |
| 90' | ![]() |
3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Uelsda o‘zgarish. Remsi o‘rniga Kollinz maydonga tushdi |
| 89' | ![]() |
Belgiyaning burchak zarbasi, bu safar ham himoyachilar to‘pni qaytarib yuborishdi |
| 88' | ![]() |
De Bryoyne uzoqdan zarba yo‘lladi, himoyachilar to‘pni qaytara olishdi |
| 85' | ![]() |
Ganter to‘pni o‘ng qanotdan jarima maydoniga yetkazib berganida, Ses Vouks boshi bilan aniq zarba yo‘llab, hisobdagi farqni oshirdi! |
| 85' | ![]() |
GOOOL!!! Uels!!! Vouks!!! Uels yarimfinalda!!! |
| 85' | ![]() |
Belgiya katta kuch bilan oldinga o‘tmoqda, biroq Uelsning zich himoyasini yorib o‘tishning iloji bo‘lmayapti |
| 84' | ![]() |
Belgiyaning burchak zarbasi. Himoyachilar to‘pni qaytara olishdi |
| 83' | ![]() |
Belgiyada so‘nggi o‘zgarish. Romelu Lukaku o‘rniga Batshuayi maydonga tushdi |
| 81' | So‘nggi daqiqalar boshlandi, Uels yarimfinalga chiqishga juda yaqin | |
| 80' | ![]() |
Uelsda o‘zgarish. Robson-Kanu o‘rniga Vouks maydonga tushdi |
| 79' | ![]() |
Vitsel uzoq masofadan zarba yo‘lladi, juda noaniq |
| 78' | ![]() |
Uelsda o‘zgarish. Ledli o‘rniga King maydonga tushdi |
| 77' | ![]() |
Belgiya bosimni oshirmoqda. Fellaynining boshi bilan yo‘llagan zarbasi noaniq ketdi |
| 75' | ![]() |
Belgiyada o‘zgarish. Jordan Lukaku o‘rniga Dris Mertens tushdi |
| 75' | ![]() |
Remsi to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun ogohlantirildi |
| 74' | ![]() |
Fellayni!!! O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni yaqin masofadan darvozaga aniq yo‘llay olmadi. To‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi |
| 73' | ![]() |
Hozircha Belgiyaning hujumlari Uelsga xavf tug‘dirmayapti |
| 72' | ![]() |
Belgiya katta kuch bilan hujumga o‘tmoqda, Uels himoyada |
| 70' | ![]() |
O‘ng qanotdan oshirilgan to‘pga Romelu boshi bilan zarba berishga ulgurmadi |
| 68' | ![]() |
Belgiya maydon markazida to‘pni ushlab turibdi, oldinga borishning imkoniyati yo‘q |
| 66' | ![]() |
Uelsning burchak zarbalari juda xavfli chiqmoqda. Bu safar ham Eshli Uilyams darvoza tomon zarba berdi, to‘p noaniq ketdi |
| 64' | ![]() |
De Bryoyne 27 metr masofadan belgilangan jarima zarbasini amalga oshirib, to‘pni darvozaga yo‘lladi. To‘g‘ri darvozabon qo‘liga kelib tushdi |
| 62' | ![]() |
Vaziyat o‘zgardi, Belgiyaning tashabbusidan asar ham qolmadi. Uels dadil hujumga o‘tmoqda |
| 61' | ![]() |
Uelsning burchak zarbasida Kurtua to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi, ammo UIlyams uni yaqin masofadan darvozaga yo‘llay olmadi |
| 60' | ![]() |
Fellayni qo‘polligi uchun ogohlantirildi |
| 58' | Juda ajoyib gol! Belgiya katta tashabbusga ega bo‘lib turgan vaziyatda gol o‘tkazib yubordi | |
| 55' | ![]() |
Remsi o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazdi. Robson-Kanu to‘pni egallab olib, bir aldamchi harakatda uch himoyaidan o‘tib, darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda to‘pni darvozaga aniq yo‘lladi! |
| 55' | ![]() |
GOOOL!!! Robson-Kanu! Uels! |
| 52' | ![]() |
Belgiyaning burchak zarbasi yaxshi amalga oshirilmadi, to‘pni himoyachilar egallab olishdi |
| 50' | ![]() |
Azar chap qanotdan jarima maydoniga kirib keldi va to‘pni aylantirib darvozaga yo‘lladi. Sal noaniq |
| 50' | ![]() |
Belgiya ikkinchi bo‘limni faol boshladi |
| 49' | ![]() |
De Bryoyne uzoq masofadan zarba yo‘lladi, juda noaniq |
| 47' | ![]() |
O‘ng qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni Romelu boshi bilan darvozaga yo‘lladi, to‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi |
| 46' | ![]() |
Belgiyada o‘zgarish. Karrasko o‘rniga Fellayni maydonga tushdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
Hech qancha vaqt qo‘shib berilmadi. Birinchi bo‘lim tugadi |
| 44' | ![]() |
De Bryoyne uzoq masofadan zarba yo‘llab ko‘rdi, juda noaniq |
| 43' | ![]() |
Burchakdan oshirilgan to‘pni yana Eshli Uilyams boshi bilan darvozaga yo‘lladi. Bu safar noaniq |
| 42' | ![]() |
Remsi uzoq masofadan zarba yo‘lladi, to‘p himoyachiga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 40' | ![]() |
O‘ng qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni Alderveyreld boshi bilan darvozaga yo‘lladi. Henessi to‘pni ushlab oldi |
| 39' | ![]() |
Uelsning burchak zarbasi amalga oshirildi. Chester boshi bilan zarba yo‘lladi, juda noaniq |
| 38' | ![]() |
O‘yin tempi biroz pasaydi, to‘p asosan maydon markazida ushlanib qolmoqda |
| 37' | Eshli Uilyams terma jamoadagi 64 o‘yinda 2-golini urdi | |
| 35' | ![]() |
Tashabbus Uels tomonda, Belgiya himoyalanmoqda |
| 34' | ![]() |
Beyl himoyachilardan qochib ketib, darvoza tomon zarba yo‘llaganida, Kurtua to‘pni ushlab qolishga muvaffaq bo‘ldi |
| 32' | Uels tashabbusini golga aylantira oldi | |
| 30' | ![]() |
Remsi burchak zarbasini amalga oshirib, to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, Eshli Uilyais yaqin masofadan boshi bilan zarba berib, to‘pni darvozaga aniq yo‘lladi! |
| 30' | ![]() |
GOOOL!!! Eshli Uilyams! Uels! |
| 30' | ![]() |
Uelsning burchak zarbasi |
| 29' | So‘nggi 15 daqiqada Uels to‘pga egalik qilishda ustunlik qilmoqda: 64% - 36% | |
| 27' | Uels hisobni tenglashtirishga juda yaqin edi, biroq darvozabon jamoasini qutqarib qoldi | |
| 26' | ![]() |
Juda xavfli!!! Remsi o‘ng qanotdan jarima maydoniga kirib keldi va to‘pni markazga oshirdi. Teylor yaqin masofadan kuchli zarba yo‘llaganida Kurtua ajoyib harakat bilan to‘pni qaytara oldi! |
| 25' | Uels uchun vaziyat yaxshimas. Jamoaning uch nafar himoyachisi ogohlantirish oldi | |
| 23' | ![]() |
Kristofer Ganter Belgiyaning xavfli hujumini to‘xtatib qoldi va ogohlantirildi |
| 22' | ![]() |
Belgiya hujumda, biroq futbolchilar xotirjam o‘ynashyapti |
| 20' | ![]() |
Uels to‘pni ko‘proq ushlab turibdi, biroq oldinga borish imkoniyati yo‘q. Belgiya yaxshi himoyalanmoqda |
| 19' | Uels Yevro-2016da ilk marotaba hisobda orqada qolmoqda, ko‘ramiz ular qanday o‘yin namoyish qilisharkan | |
| 18' | ![]() |
Jordan Lukaku chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazdi, himoyachilar to‘pni qaytarib yuborishdi |
| 17' | ![]() |
Belgiya faol o‘ynashda davom etmoqda, Uelsning hujumi qovushmayapti |
| 16' | ![]() |
Jeyms Chester ogohlantirildi, u Romelu Lukakuga nisbatan qoida buzdi |
| 13' | ![]() |
Chap qanotdan to‘pni qabul qilib olgan Raja markazga o‘tib, chamasi 25 metr masofadan kuchli zarba yo‘llaganida, to‘p darvozaning yuqori burchagidan o‘rin oldi! Henessi to‘pni qaytarishga ojiz edi. Juda ajoyib gol! |
| 13' | ![]() |
GOOOL!!! Raja Nainggolan! Belgiya! Voy voyey!!! |
| 10' | ![]() |
Robson-Kanu darvozabon bilan yakkama-yakka chiqishi mumkin edi, ammo ofsayd |
| 9' | ![]() |
Beyl! Chap qanotdan jarima maydoniga kirib kelib, kuchli zarba yo‘lladi. To‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 8' | ![]() |
Uelsning javob hujumi. Chap qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni Robson-Kanu boshi bilan darvozaga yo‘lladi. Juda noaniq |
| 7' | ![]() |
Juda xavfli!!! Romelu chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazdi. Karrasko yaqin masofadan zarba yo‘llaganida Henessi to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pga de Bryoyne va Azar ham zarba berishdi, to‘p himoyachilarga tegib qaytdi! |
| 5' | ![]() |
Ben Devis ogohlantirildi, u Belgiyaning qarshi hujumida Azarni to‘xtatib qoldi |
| 4' | ![]() |
Belgiya biroz tashabbusga ega, to‘p ularda ko‘proq ushlanib turibdi |
| 3' | ![]() |
Bugun maydonda aka-uka Lukakular to‘p surmoqda: Jordan va Romelu |
| 2' | ![]() |
Belgiyaning dastlabki hujumi. Jarima maydoniga yetkazilgan to‘pga Lukaku boshi bilan zarba berolmadi, ulgurmadi |
| 1' | Eslatib o‘tamiz, bu o‘yinni g‘olibi yarimfinalda Portugaliya bilan o‘ynaydi | |
| 0' | ![]() |
O‘yin boshlandi |
| ' | Lill shahrida kuchli jala quymoqda, ob-havo sharoiti noqulay | |
| ' | Uels va Belgiya madhiyalari yangramoqda | |
| ' | Futbolchilar maydonga tushib kelishmoqda | |
| ' | Bugungi o‘yinni sloveniyalik hakam Damir Skomina boshqarib boradi | |
| ' | Birozdan so‘ng bu yerda Yevro-2016 chorakfinalidan o‘rin olgan Uels-Belgiya o‘yini boshlanadi | |
| ' | Sizlarni Lill shahridagi “Pyer Morua” stadioniga taklif qilamiz | |
| ' | Assalomu alaykum muhtaram futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|