Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionati
| 1/4 final. 2 iyul, soat 23:59. Bosh hakam: Viktor Koshshoi (Vengriya) | ||
GERMANIYaMesut O‘zil (65)
|
1 : 1 |
ITALIYaLeonardo Bonuchchi (78-pen.)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01. Manuel Noyer 04. Benedikt Hyovedes 17. Jerom Boateng 05. Mats Hummels 06. Sami Xedira 18. Toni Kroos 21. Joshua Kimmix 13. Tomas Myuller 08. Mesut O‘zil 03. Yonas Hektor 23. Mario Gomes |
01.Janluijji Buffon 15.Andrea Barsali 19.Leonardo Bonuchchi 03.Jorjio Kyellini 08.Alessandro Florensi 14.Stefano Sturaro 18.Marko Parolo 23.Emanuele Jakkerini 02.Mattia de Shilyo 09.Grasiano Pelle 17.Eder |
|
| ZAHIRA | ||
|
02. Shkodran Mustafi 07. Bastian Shvaynshtayger 09. Andre Shyurrle 10. Lukas Podolski 11. Yulian Draksler 12. Bernd Leno 14. Emre Jan 15. Yulian Vaygl 16. Antonio Ryudiger 19. Mario Gyotse 20. Leroy Sane 22. Mark-Andre ter Shtegen |
04.Matteo Darmian 05.Anjelo Ogbonna 06.Antonio Kandreva 07.Simone Zaza 10.Tiago Motta 11.Chiro Immobile 12.Salvatore Sirigu 13.Federiko Marketti 16.Daniyele de Rossi 20.Lorenso InsinYE 21.Federiko Bernardeski 22.Stefan El-Shaaravi |
|
Matn
| ' | ![]() |
Darmianning zarbasini Noyer qaytardi! Xektor esa hal qiluvchi zarbani golga aylantirib, Germaniyani yarim finalga olib chiqdi. Penaltilar seriyasi - 6:5. Italiya chorak finaldan ortga qaytadigan bo‘ldi. |
| ' | ![]() |
GOL! Jerom Boateng, 5:5! |
| ' | ![]() |
GOL! De Shilyo, 4:5! |
| ' | ![]() |
GOL! Joshua Kimmix, 4:4! |
| ' | ![]() |
GOL! Marko Parolo, 3:4! |
| ' | ![]() |
GOL! Mats Hummels, 3:3! |
| ' | ![]() |
GOL! Jakkerini, 2:3! |
| ' | ![]() |
Ehhhh, nimalar bo‘lmoqda! Shvaynshtayger to‘pni osmonu falakka ravona qildi. 2:2! |
| ' | ![]() |
Gol emas! Leonardo Bonuchchining zarbasini Noyer qaytardi! |
| ' | ![]() |
GOOOL! Draksler, 2:2! |
| ' | ![]() |
Ehhhh, Pelle! Noaniq zarba berdi. |
| ' | ![]() |
Vuuuuuh! O‘zilning zarbasidan keyin to‘p ustunga tegib qaytdi! 1:2! |
| ' | ![]() |
GOL! Andrea Barsali, 1:2! Markaz bo‘ylab zarba berdi |
| ' | ![]() |
Tomas Myuller! Buffon! Nemis hujumchisi juda sekin tepdi. Darvozabon qaytardi! 1:1 saqlanib qoldi |
| ' | ![]() |
Simone Dzadza! Vuuuh! Penalti uchun maxsus tushirilgan futbolchining zarbasidan keyin to‘p yuqoridan o‘tib ketdi! |
| ' | ![]() |
Toni Kroos, 1:1! Buffon zarba yo‘nalishini topdi, ammo qaytara olmadi! |
| ' | ![]() |
Lorenso Insinye, 0:1! |
| ' | ![]() |
Dastlabki zarbasini Italiya beradigan bo‘ldi. Insinye to‘p oldida |
| ' | ![]() |
Penaltilar seriyasi boshlanish arafasida. Tayyormisiz? |
| 120+1' | ![]() |
To‘rtinchi bo‘lim ham tugadi. Penaltilar seriyasi! |
| 120' | ![]() |
Italiyada o‘zgarish: Kyellini o‘rniga Simeone Dzadza tushdi. Konte penaltilar seriyasiga tayyorlanmoqda |
| 120' | ![]() |
Insinye Xyovedesni aldab, jarima maydonchasiga kirmoqchi bo‘ldi, to‘pni Noyer egallab oldi |
| 119' | ![]() |
Vuuuh! Boateningning uzatmasini Shvaynshtayger jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan O‘zilga to‘xtatib berdi. Mesutning aniq zarbasini Buffon egalladi |
| 116' | ![]() |
Kroos yetkazgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi. Xyovedesning uzatmasini Buffon egallab oldi |
| 115' | ![]() |
Kyellini burchakka yaqin joyda Myullerni chaldi. Jarima zarbasi |
| 114' | ![]() |
Kroosning darvoza yaqiniga bergan uzatmasiga hech kim yeta olmadi |
| 113' | ![]() |
Vuuuh! Insinye jarima maydonchasi ichida himoyachini aldab o‘tib, o‘tkir burchak ostida aniq zarba berdi. Noyer o‘z o‘rnida! |
| 112' | ![]() |
Bastian Shvaynshtayger ogohlantirildi |
| 112' | ![]() |
To‘p nazorati nemislar tomonida. Ular hujum variantlarini qidirishmoqda |
| 109' | ![]() |
Vuuh! Germaniya xavfli hujum tashkil qildi. Draksler jarima maydonchasigacha yaqinlashib keldiyu, ammo o‘ng qanotdan ichkariga kirayotgan Myullersha aniq uzatma bera olmadi. To‘p yon tomonga ketib qoldi |
| 108' | ![]() |
Italiyada o‘zgarish: Eder o‘rniga Insinye tushdi |
| 107' | ![]() |
Vuuuh! Yuqoridan yetkazilgan uzatmani Kyellini bosh bilan qaytardi. Yuqoriga ko‘tarilib, pastga tushayotgan to‘pni Drakslar shundoqqina darvoza oldida chalqancha zarba bilan darvozaga yo‘llashga urindi. To‘p to‘sin yuqorisidan o‘tib ketdi |
| 106' | ![]() |
So‘nggi 15 daqiqalik taym boshlandi |
| 105' | ![]() |
Ekstra taymning birinchisi yakunlandi |
| 103' | ![]() |
Jakkerini sariq kartochka oldi. Simulyasiya uchun |
| 102' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin Boateng olis masofadan zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 100' | ![]() |
Vuh! Myuller jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p Kllenidan maydonni tark etdi |
| 97' | ![]() |
Germaniyalklar jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Hujumda fol ishlatildi |
| 91' | ![]() |
Qo‘shimla bo‘limlarning dastlabkisi boshlaib ketdi |
| 90+3' | ![]() |
O‘yinning asosiy vaqti yakunlandi. Hozircha - 1:1. Qo‘shimcha bo‘limlar belgilanadi |
| 90+2' | ![]() |
Hektor chap qanotdan uzatma berdi. Bonuchchi qaytardi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi |
| 90' | ![]() |
Mats Hummels sariq kartochka oldi. Yarim finalni o‘tkazib yuboradi |
| 89' | ![]() |
Vuuuh! De Shilyo kutilmaganda jarima maydonchasi tashqarisidan yerlatib zarba berdi. Eder to‘p ustidan sakrab o‘tib ketgani Noyerga muammo yaratdi, ammo to‘p to‘rga yon tomondan kelib tegdi |
| 86' | ![]() |
Italiyada o‘zgarish: Florensi o‘rniga Matteo Darmian tushdi |
| 86' | ![]() |
Lyov shogirdlari to‘pni nazorat qilishmoqda |
| 81' | ![]() |
Vuuuuuh! Italiya qarshi hujum tashkil qildi. Pelle jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi. |
| 78' | ![]() |
GOOOOOL! Leonardo Bonuchchi! 1:1! Noyer zarba yo‘nalishini topdi, ammo qaytara olmadi. |
| 77' | ![]() |
PENALTI! Germaniya darvozasiga! Italiya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xyovedes to‘pni qaytardi. Takroriy uzatma paytida Kyellini bosh bilan to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi. To‘p qo‘lini ko‘tarib turgan Boateng qo‘liga tegdi |
| 74' | ![]() |
Vuuuuuh! Chap qanotdan jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmaga nisbatan Pelle chaqqonroq harakat qildi va 7-8 metrlardan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 72' | ![]() |
Germaniyada o‘zgarish: Gomes o‘rniga Yulian Draksler tushdi |
| 68' | ![]() |
VUUUUUUH! O‘zilning ajoyib uzatmasidan keyin Gomes darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni ko‘kragi bilan qaytardi va darvozaga teskari turgan holda zarba berdi. To‘p Buffonning qo‘lidan maydonni tark etdi. Ajoyib seyv! |
| 65' | ![]() |
GOOOOOOOL! Mesut O‘zil! 1:0! Gomes chap burchakka yaqin joyda to‘pni egallab turdi va jarima maydonchasiga kirgan Hektorga uzatma berdi. Uning uzatmasidan keyin esa O‘zil 7-8 metrlardan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi! |
| 62' | ![]() |
Parolo jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba yo‘lladi |
| 62' | ![]() |
Tomonlar bir martadan qanotlardan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazishdi. Himoyachilar hushyor harakat qilishdi |
| 61' | ![]() |
Nemislar to‘pni nazorat qilishmoqda. Faqat nazorat qilishmoqda |
| 59' | ![]() |
Marko Parolo sariq kartochka oldi. Gomesning belidan tepgani uchun |
| 57' | ![]() |
Stefano de Shilyo sariq kartochka oldi. Italiya yarim finalga chiqsa, himoyachi maydonga tusha olmaydi |
| 56' | ![]() |
Stefano Sturaro sariq kartochka oldi |
| 55' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin Boateng olis masofadan zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 54' | ![]() |
VUUUUH! Nemislar yuqori pressing uyushtirib, to‘pni olib qo‘yishdi. Gomes o‘ziga yetkazilgan uzatmani jarima maydonchasi ichida Myullerga qoldirdi. Tomas 15 metrdan zarba berdi. Darvozaga kirayotgan to‘p himoyachiga tegib, ustun yonidan o‘tib ketdi!!! |
| 53' | ![]() |
Germaniya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavf yo‘q |
| 52' | ![]() |
Hektor chap qanotdan uzatma berdi. Italyan himoyachilari to‘pni maydon markaziga qaytarishdi |
| 47' | ![]() |
O‘ng qanotdan berilgan uzatma natijasida to‘p Buffonning qo‘liga kelib tushdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | ![]() |
Futbolchilar maydonga qaytishdi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmagan. Tanaffus |
| 45+1' | ![]() |
Toni Kroos burchak to‘yini o‘yinga kiritdi. Italyanlar qaytarishdi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 44' | ![]() |
Burchak zarbasi xavfli vaziyatni taqdim etmadi |
| 43' | ![]() |
VUuuuuh! Italiyaning xavfli hujumi! Jakkeri o‘tkir burchak ostida birga bir vaziyatga chiqib bordi va to‘pni orqaroqqa yetkazdi. Sturaro tomonidan yo‘llangan zarba natijasida to‘p himoyachining oyog‘iga tegib, ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 42' | ![]() |
Vuuuuh! Dastlabki xavfli vaziyat! Nemis futbolchisi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noaniq bo‘lgan zarba Gomesga tegib, Myullerga bordi. Tomasning 8 metrlardan zarbasini Buffon egallab oldi |
| 41' | ![]() |
Kimmix o‘ng qanotdan havodan uzatma berdi. Gomesning bosh bilan zarbasi ancha noaniq bo‘ldi |
| 40' | ![]() |
Maydonda kurash bor, ammo xavfli vaziyatlar yo‘q. Hozircha "shaxmat" tomosha qilyapmiz, ikkinchi taymda balki futbol ko‘rarmiz |
| 37' | ![]() |
Noyer o‘z jarima maydonchasini yon tomondan tark etdi, to‘pni egalladi va hujumchining bosimiga qaramay, to‘pni tepib yuborishga ulgurdi |
| 36' | ![]() |
Chap qanotdan Hektor yetkazgan uzatmani Buffon yaqin ustun yonida ikkinchi urinishda egalladi |
| 35' | ![]() |
O‘yin maydon markazida. Hozircha e’tiborga molik huujmlar yo‘q |
| 31' | ![]() |
Vuuh! Mattia de Shilyo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib, darvozabon maydonchasidagi Jakkeriniga uzatma berdi. To‘pni Boateng qaytardi |
| 29' | ![]() |
Grasiano Pelle sherigiga to‘pni tovoni bilan yetkazib, o‘zi birga bir vaziyatga chiqishga urindi. Germaniyalik himoyachini to‘pni egallab oldi |
| 27' | ![]() |
Shvaynshtayger bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. Biroq! To‘p yuqoridan yetkazilgan paytda Bastian darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida de Shilyoni itarib yuborib, keyin bosh bilan zarba berdi. Gol inobatga olinmadi |
| 25' | ![]() |
Sturaro maydon markazida Kroosni chalib yiqitdi va tezkor qarshi hujumni bartaraf etdi. Hakam uni og‘zaki ogohlantirdi |
| 21' | ![]() |
Italiyaliklar o‘z jarima maydonchalari yaqinida to‘pni raqibga berib qo‘yishdi, ammo namislar imkoniyatdan foydalana olishmadi |
| 20' | ![]() |
Olis masofadan Gomesga uzatma berildi. Mario Italiya jarima maydonchasi ichida to‘pni bir amallab qaytardi, ammo yuqoriga ko‘tarilgan to‘pni Buffon egalladi |
| 19' | ![]() |
O‘yin sur’ati yuqori emas. Tomonlar tavakkaal qilishga shoshilishmayapti |
| 16' | ![]() |
Mazkur o‘zgarish amalga oshdi. Shvayni o‘yinni davom ettiradi |
| 15' | ![]() |
Sami Xedira o‘zini almashtirishlarini so‘radi. Bastian Shvaynshtayger maydonga tushishga tayyorgarlik ko‘rmoqda |
| 13' | ![]() |
Xediraga tibbiy yordam ko‘rsatildi. U maydonga qaytishi kerak |
| 12' | ![]() |
Kimmix o‘ng qanotda bir himoyachidan o‘tib, jarima maydonchasiga kirdi, ammo keyinchalik fol ishlatdi |
| 11' | ![]() |
Germaniya to‘p nazoratiga, italyanlar qarshi hujum taktikasi to‘la to‘kis o‘tishmoqda |
| 9' | ![]() |
O‘zil burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘pni nemislar egallab, navbatdagi hujumni tashkil etish haqida o‘ylashmoqda |
| 7' | ![]() |
Nemislar ikki marta hujum tashkil qilishdi. Samarasiz |
| 5' | ![]() |
Jakkerini chap qanotdan jarima maydoniga kirib kelib, zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 4' | ![]() |
Burchakdan oshirilgan to‘pni himoyachilar qaytarib yuborishdi. Qaytgan to‘pga Sturaro zarba berdi, biroq noaniq |
| 3' | ![]() |
Italiya hujumda birinchi burchak zarbasini ishlab oldi |
| 2' | ![]() |
Italiyaning hujumi zarbagacha yetib bormadi, Germaniya to‘pni egallab oldi |
| 1' | ![]() |
Ilk hujumda O‘zil to‘pni jarima maydoniga yetkazdi, Bonuchchi uni uzoqlashtirdi |
| 0' | ![]() |
O‘yin boshlandi |
| ' | O‘yinni vengriyalik hakam Viktor Koshshoi boshqarib boradi | |
| ' | Italiya va Germaniya madhiyalari yangramoqda | |
| ' | Futbolchilar maydonga tushib kelishmoqda | |
| ' | Bugun musobaqaning uchinchi yarimfinalchisi nomi aniqlanadi | |
| ' | Sizlarni Bordo shahriga taklif qilamiz. Birozdan so‘ng bu yerda Germaniya - Italiya o‘yini boshlanadi | |
| ' | Assalomu alaykum muhtaram futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|