Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionati
| 1/4 final. 3 iyul, soat 23:55. Bosh hakam: Byorn Kyoypers (Gollandiya) | ||
FRANSIYaOlivye Jiru (12,59)
Pol Pogba (20) Dimitri Paye (43) Antuan Grizmann (45) |
5 : 2 |
ISLANDIYaKolbeynn Sigtorsson (56)
Birkir Byarnason (83) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Ugo Lyoris 19.Bakari Sanya 22.Samuel Umtiti 21.Loran Koselni 03.Patris Evra 15.Pol Pogba 14.Blez Matyuidi 18.Mussa Sissoko 07.Antuan Grizmann 08.Dimitri Paye 09.Olivye Jiru |
01.Hannes Haldoursson 02.Birkir Sevarsson 14.Kari Arnason 06.Ragnar Sigurdsson 23.Ari Skulason 07.Yohan Gudmundsson 17.Aron Gunnarsson 10.Gilfi Sigurdsson 08.Birkir Byarnason 15.Yon Byodvarsson 09.Kolbeynn Sigtorsson |
|
| ZAHIRA | ||
|
02.Kristof Jalle 04.Odil Rami 05.N’Golo Kante 06.Yoan Kabay 10.Andre-Pyer Jinyak 11.Antoni Marsial 12.Morgan Shnayderlin 13.Elyakim Mangalya 16.Stiv Mandanda 17.Lyuka Din 20.Kingsli Koman 23.Benua Kostil |
03.Xyokur Xauksson 04.Yortyur Xermannsson 05.Sverrir Ingason 11.Alfred Finnbogason 12.Egmundur Kristinsson 13.Ingvar Yonsson 16.Runar Siguryonsson 18.Elmar Byarnason 19.Hyordur Magnusson 20.Emil Hallfredsson 21.Arnor Traustason 22.Eydur Gudyonsen |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Birkir Byarnason (58)
|
||
Matn
| 90+2' | ![]() |
O‘yin tugadi. Fransiya yarimfinalga chiqdi. E’tiboringiz uchun rahmat! |
| 90' | ![]() |
2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 88' | ![]() |
Islandiyaning burchak zarbasi xavfli bo‘ldi. Ingason yaqin masofadan boshi bilan zarba yo‘lladi, sal noaniq |
| 86' | ![]() |
Sissoko uzoqdan zarba yo‘lladi, juda noaniq |
| 83' | ![]() |
Skulason to‘pni chap qanotdan jarima maydoniga yetkazganida, Byarnason yaqin masofadan boshi bilan zarba yo‘llab, hisobni qisqartirdi |
| 83' | ![]() |
GOOOL!!! Islandiya! Byarnason! |
| 83' | ![]() |
Islandiyada o‘zgarish, Kolbeyn Sigtorsson o‘rniga Eydur Gudyonsen tushdi |
| 80' | ![]() |
Fransiyada o‘zgarish, Payet o‘rniga Koman tushirildi |
| 79' | ![]() |
Ragnar Sigurdsson uzoqdan zarba yo‘lladi, juda noaniq |
| 75' | ![]() |
Umtiti ogohlantirildi |
| 72' | ![]() |
Fransiyada o‘zgarish, Kosyeli o‘rniga Mangalya tushdi |
| 70' | ![]() |
Fransiyaning burchak zarbasi xavfli chiqmadi, himoyachilar to‘pni egallab olishdi |
| 67' | ![]() |
Islandiya hujumda ancha tirishmoqda, jamoa taslim bo‘lgani yo‘q |
| 63' | ![]() |
Juda xavfli! O‘ng qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni Kolbeyn Sigtorsson boshi bilan darvozaga yo‘llaganida, Lyoris qiyinchilik bilan to‘pni qaytardi |
| 60' | ![]() |
Fransiyada o‘zgarish, Jiru o‘rniga Jinyak maydonga tushdi |
| 59' | ![]() |
Payet jarima zarbasini amalga oshirib, to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, hammadan baland sakragan Jiru boshi bilan to‘pni darvozaga yo‘lladi |
| 59' | ![]() |
GOOOL!!! Fransiya! Jiru! |
| 58' | ![]() |
Byarnason ogohlantirildi |
| 56' | ![]() |
Gilfi Sigurdsson o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, Kolbeyn Sigtorsson yaqin masofadan aniq zarba yo‘llab, hisobni qisqartirdi |
| 56' | ![]() |
GOOOL!!! Islandiya! Sigtorsson! |
| 53' | ![]() |
Gudmundsson uzoq masofadan zarba yo‘llab ko‘rdi, unga ham aniqlik yetishmadi |
| 49' | ![]() |
Paye uzoq masofadan zarba yo‘lladi, juda noaniq |
| 48' | ![]() |
Fransiyaga hujumga o‘tmoqda, Islandiya himoyada faol |
| 46' | ![]() |
Islandiyada o‘zgarish, Byodvarsson va Arnason o‘rniga Ingason va Finnbogason tushdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi |
| 45' | ![]() |
Jiruning ajoyib to‘p oshirishidan so‘ng Grizmann darvozabon bilan yuzma-yuz chiqib, to‘pni uning ustidan oshirib darvozaga yo‘lladi! |
| 45' | ![]() |
GOOOL!!! Fransiya! Grizman! |
| 43' | ![]() |
To‘p o‘ng qanotdan jarima maydoniga yetkazildi. Jiru to‘pni boshi bilan Grizmanga qoldirdi. U esa orqaroqda turgan Payega tashladi. Dimitri uzoq masofadan aniq zarba yo‘llab, to‘pni darvozaning pastki burchagiga yo‘lladi! |
| 43' | ![]() |
GOOOL!!! Fransiya! Paye! |
| 41' | ![]() |
Islandiya chap qanotdan xavfli jarima zarbasini amalga oshirdi. To‘p jarima maydoniga yetkazilganda Lyorisning oson o‘ljasiga aylandi |
| 39' | ![]() |
Matyuidi uzoq masofadan zarba yo‘lladi, to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 37' | ![]() |
Fransiya ishonchli tarzda to‘pga egalik qilmoqda. O‘yin surati pasaydi, xavfli vaziyatlar yo‘q |
| 34' | Tashabbus Fransiya terma jamoasiga o‘tdi. Ammo darvoza oldida xavfli vaziyatlar yuzaga kelmadi | |
| 31' | ![]() |
Islandiyaning hujumi uzoq davom etdi. Biroq darvoza tomon zarba berilmadi |
| 29' | ![]() |
Fransiya maydon markazida to‘pni ushlab turmoqda, kichik tashabbus ularda |
| 27' | ![]() |
Fransiya hujumda to‘pni yo‘qotib qo‘ydi |
| 25' | ![]() |
Juda xavfli! O‘ng qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni Sigtorsson yaqin masofadan darvozaga yo‘llay olmadi! To‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi! |
| 23' | ![]() |
Mezbonlar osonlik bilan gol urishmoqda. Lekin o‘yinda ular katta tashabbusga ega emas |
| 20' | ![]() |
Grizmann burchak zarbasidan to‘pni jarima maydoniga yetkazdi. Hammadan baland sakragan Pol Pogba boshi bilan aniq zarba yo‘llab, hisobni oshirdi |
| 20' | ![]() |
GOOOL!!! Fransiya! Pogba! |
| 18' | ![]() |
O‘ng qanotdan oshirilgan to‘pni Byodvarsson boshi bilan darvozaga yo‘lladi. Zarba yaxshi chiqmadi va to‘p Lyorisning oson o‘ljasiga aylandi |
| 16' | ![]() |
Islandiyaning hujumida chap qanotdan to‘p jarima maydoniga yetkazildi, Lyoris to‘pni osonlik bilan egallab oldi |
| 15' | Fransiya raqibni himoyachilarining xatosi uchun jazolay oldi | |
| 12' | ![]() |
Matyuidi ajoyib to‘p oshirish orqali Jiruni darvozabon bilan yakkama-yakka chiqardi. Hujumchi esa vaziyatdan unumli foydalanib, to‘pni darvozaga yo‘lladi! |
| 12' | ![]() |
GOOOL!!! Fransiya! Jiru! |
| 10' | ![]() |
Dastlabki 10 daqiqa ortda qoldi. Kutilmaganda Islandiya tashabbusga ega bo‘lmoqda |
| 9' | ![]() |
Byarnason uzoq masofadan zarba yo‘lladi. Kuchsiz va noaniq |
| 8' | ![]() |
Islandiya hujumda qoida buzdi. Hozircha Gudmundson og‘zaki ogohlantirildi |
| 5' | ![]() |
Fransiyaning hujumida Paye uzoq masofadan zarba yo‘lladi, Haldourson qiynalmasdan to‘pni ushlab oldi |
| 4' | ![]() |
Islandiya yana bir hujumda to‘p yo‘qotib qo‘ydi. Jarima maydoniga yetkazilgan to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 3' | ![]() |
Gilfi Sigurdsson jarima maydoni ichidan zarba yo‘lladi. Kuchsiz zarbadan so‘ng to‘pni Lyoris egallab oldi |
| 2' | ![]() |
Islandiyaning hujumi zarbagacha yetib bormadi, hujumchilar to‘pni yo‘qotib qo‘yishdi |
| 1' | ![]() |
Fransiyaning dastlabki hujumi. Paye to‘pni jarima maydoniga yetkazdi, Jiru boshi bilan zarba yo‘lladi, noaniq |
| 0' | ![]() |
O‘yin boshlandi |
| ' | Ob-havo sharoiti biroz noqulay, yomg‘ir maydalamoqda | |
| ' | Bugungi o‘yinni gollandiyalik Byorn Kyoypers boshqarib boradi | |
| ' | Islandiya va Fransiya madhiyalari yangramoqda | |
| ' | Futbolchilar maydonga tushib kelishmoqda | |
| ' | Bugun Fransiya va Islandiya terma jamoalari musobaqaning so‘nggi yarimfinalchisini aniqlab berishadi | |
| ' | Sizlarni Sen-Deni shahriga, Yevro-2016ning so‘nggi chorakfinal o‘yiniga taklif qilamiz | |
| ' | Assalomu alaykum muhtaram futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|