Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionati - 2016
| 1/2 final. 6 iyul, soat 23:55. Bosh hakam: Yunas Eriksson (Shvesiya) | ||
PORTUGALIYaKrishtianu Ronaldu (50)
Luish Nani (53) |
2 : 0 |
UELS |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Rui Patrisiu 21.Sedrik Soaresh 02.Brunu Alvesh 04.Joze Fonte 05.Rafael Guereyro 10.Joao Mario 13.Danilo 23.Adrien Silva 16.Renatu Sanshesh 17.Nani 07.Krishtianu Ronaldu |
01.Ueyn Hennessi 02.Kristofer Ganter 05.Jeyms Chester 19.Jeyms Kollinz 06.Eshli Uilyams 03.Nil Teylor 07.Jo Allen 16.Jo Ledli 08.Endryu King 09.Hel Robson-Kanu 11.Garet Beyl |
|
| ZAHIRA | ||
|
03.Pepe 06.Rikardu Karvalyu 08.Joao Moutinyo 09.Eder 11.Viyeyrinya 12.Antoni Lopes 14.Uilyam Karvalyu 15.Andre Gomesh 18.Rafa Silva 19.Elizeu 20.Rikardu Kuarejma 22.Eduardu |
04.Ben Devis 10.Aaron Remzi 12.Ouen Uilyams 13.Jorj Uilyams 14.Devid Edvards 15.Eshli Richards 17.Devid Kotteril 18.Sem Vouks 20.Jonatan Uilyams 21.Denni Uord 22.Devid Vogan 23.Saymon Chyorch |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Brunu Alvesh (71)
Krishtianu Ronaldu (72) |
Jo Allen (8)
Jeyms Chester (62) Garet Beyl (88) |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin tugadi. Portugaliya g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi |
| 90' | ![]() |
3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Burchakdan oshirilgan to‘pni Ronaldu boshi bilan darvozaga yo‘lladi, biroq darvozabon to‘pni ushlab oldi |
| 88' | ![]() |
Beyl ogohlantirildi |
| 87' | ![]() |
Portugaliyada o‘zgarish. Nani o‘rniga Kuarejma tushdi |
| 86' | ![]() |
Ronaldu darvozabon bilan yakkama-yakka chiqdi, uni aldab o‘tib, darvozaga zarba yo‘lladi. Biroq to‘p noaniq ketdi |
| 84' | ![]() |
Uels katta kuch bilan oldinga o‘tmoqda, biroq samarasiz. Portugaliya ham himoyada yaxshi o‘ynamoqda |
| 81' | ![]() |
Beyl uzoq masofadan yo‘llagan zarbasini Rui Patrisiu qiyinchilik bilan qaytardi |
| 80' | ![]() |
Portugaliyada o‘zgarish. Adrian Silva o‘rniga Joao Moutinyo tushdi |
| 79' | ![]() |
Danilo jarima maydoniga kirib kelib zarba yo‘llaganida, Henessi qiyinchilik bilan to‘pni ushlab qoldi |
| 76' | ![]() |
Beyl uzoq masofadan zarba yo‘lladi. To‘p to‘ppa-to‘g‘ri darvozabonning qo‘liga kelib tushdi |
| 74' | ![]() |
Portugaliyada o‘zgarish. Renatu Sanshesh o‘rniga Andre Gomesh maydonga tushdi |
| 73' | ![]() |
Bruno Alvesh va Ronaldu ogohlantirildi |
| 71' | ![]() |
Burchakdan oshirilgan to‘pni Fonte boshi bilan darvozaga yo‘lladi, darvozabon ushlab oldi |
| 66' | ![]() |
Uelsda o‘zgarish. Kollinz o‘rniga Jonatan Uilyams maydonga tushdi |
| 65' | ![]() |
Nani uzoq masofadan kuchli zarba yo‘lladi, Henessi to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi. Qaytgan to‘pga Joao Mario zarba berganida, to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 63' | ![]() |
Uelsda o‘zgarish. Robson-Kanu o‘rniga Chyorch maydonga tushdi |
| 63' | ![]() |
Ronaldu chamasi 25 metrdan jarima zarbasini amalga oshirib, to‘pni darvozaga yo‘lladi. To‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi |
| 62' | ![]() |
Uelslik Chester ogohlantirildi |
| 60' | ![]() |
Uels tashabbusni qo‘lga olishga urinmoqda, biroq Portugaliya himoyada yaxshi harakat qilmoqda |
| 58' | ![]() |
Uelsda o‘zgarish. Ledli o‘rniga Vouks maydonga tushdi |
| 57' | ![]() |
Portugaliya qisqa vaqtda 2 gol urib, raqibni karaxt ahvolga solib qo‘ydi |
| 53' | ![]() |
Ronaldu uzoq masofadan darvoza tomon zarba yo‘llaganida, Nani yaqin masofadan to‘pga zarba berib, uni yo‘nalishini o‘zgartirib, darvozaga yo‘lladi! |
| 53' | ![]() |
GOOOL!!! Nani!!! Portugaliya! |
| 50' | ![]() |
Burchak zarbasidan oshirilgan to‘pni Ronaldu yaqin masofadan boshi bilan darvozaga yo‘lladi! |
| 50' | ![]() |
GOOOL!!! Ronaldu!!! Portugaliya! |
| 48' | O‘yin surati juda past, xavfli vaziyatlar deyarli yo‘q | |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi |
| 42' | ![]() |
Ronaldu uzoq masofadan zarba yo‘lladi, to‘p himoyachilarga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 38' | ![]() |
Portugaliyaning hujumi xavfli bo‘ldi. O‘ng qanotdan oshirilgan to‘pni Nani darvozaga yo‘llashi mumkin edi, ammo himoyachi to‘sib qoldi |
| 34' | O‘yin surati pasayib ketdi, to‘p maydon markazida ushlanib turibdi | |
| 31' | ![]() |
Allen to‘pni jarima maydoniga oshirganida, Robson-Kanu uni egallab olishga ulgurmadi |
| 29' | ![]() |
Portugaliya kichik tashabbusga ega. Ammo xavfli vaziyatlar yo‘q |
| 26' | ![]() |
Portugaliya hujumi xavfli bo‘ldi. O‘ng qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni darvozabon egallab oldi |
| 23' | ![]() |
Beyl uzoq masofadan kuchli zarba yo‘lladi. Darvozabon Rui Patrisiu to‘pni egallab oldi |
| 18' | ![]() |
Uelsning burchak zarbasi. To‘p jarima maydoniga yetkazilganda Beyl zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. To‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi |
| 16' | ![]() |
Joao Mario chap qanotdan jarima maydoniga kirib kelib zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 14' | Jamoalar ehtiyotkorona o‘ynashmoqda, xavfli vaziyatlar deyarli yo‘q | |
| 12' | ![]() |
Uelsning hujumi nihoyasiga yetmay qoldi. Garet Beylga oshirilgan to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 10' | ![]() |
Portugaliyaning hujumi xavfli bo‘ldi. O‘ng qanotdan oshirilgan to‘pni Ronaldu darvozaga yo‘llashi mumkin edi, biroq himoyachi to‘pni qaytarishga ulgurdi |
| 8' | ![]() |
Uelslik Allen ogohlantirildi, u maydon markaziga yaqin joyda raqibga qo‘pollik qildi |
| 7' | ![]() |
Uelsning hujumi zarbagacha yetib bormadi, raqib himoyachilari yaxshi o‘ynashmoqda |
| 4' | ![]() |
Portugaliya oldinga o‘tolmayapti, Uels himoyasi juda zich o‘ynamoqda |
| 3' | ![]() |
Uels hujumda qoida buzdi, Robson-Kanu to‘pni qo‘li bilan oldinga olib o‘tmoqchi edi |
| 2' | ![]() |
Uels to‘pni raqibga bermoqchi emas, kichik tashabbus ular tomonda |
| 1' | ![]() |
Uelsning dastlabki hujumida to‘p jarima maydoniga yetkazildi, biroq raqib himoyachilari uni egallab olishdi |
| 0' | ![]() |
O‘yin boshlandi |
| ' | Bugungi o‘yinni shvesiyalik hakam Yunas Eriksson boshqarib boradi | |
| ' | Portugaliya va Uels madhiyalari yangramoqda | |
| ' | Futbolchilar maydonga tushib kelishmoqda | |
| ' | Sizlarni Lion shahriga taklif qilamiz, birozdan so‘ng bu yerda Portugaliya - Uels terma jamoalari o‘yini boshlanadi | |
| ' | Assalomu alaykum muhtaram futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|