Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionati

Yarim final, 7 iyun, soat 00:00. Bosh hakam: Nikola Rissoli (Italiya)

GERMANIYa

0 : 2

FRANSIYa

Antuan Grizmann (45+2-penalti, 72)
JAMOALAR TARKIBI
01. Manuel Noyer
21. Joshua Kimmix
17. Jerom Boateng
14. Emre Jan
03. Yonas Hektor
04. Benedikt Hyovedes
18. Toni Kroos
07. Bastian Shvaynshtayger
08. Mesut O‘zil
11. Yulian Draksler
13. Tomas Myuller
  01.Ugo Lyoris
19.Bakari Sanya
22.Samuel Umtiti
21.Loran Koselni
03.Patris Evra
14.Blez Matyuidi
15.Pol Pogba
18.Mussa Sissoko
08.Dimitri Paye
07.Antuan Grizmann
09.Olivye Jiru
ZAHIRA
02. Shkodran Mustafi
05. Mats Hummels
06. Sami Xedira
09. Andre Shyurrle
10. Lukas Podolski
12. Bernd Leno
15. Yulian Vaygl
16. Antonio Ryudiger
19. Mario Gyotse
20. Leroy Sane
22. Mark-Andre ter Shtegen
23. Mario Gomes
  02.Kristof Jalle
04.Odil Rami
05.N’Golo Kante
06.Yoan Kabay
10.Andre-Pyer Jinyak
11.Antoni Marsial
12.Morgan Shnayderlin
13.Elyakim Mangalya
16.Stiv Mandanda
17.Lyuka Din
20.Kingsli Koman
23.Benua Kostil

Matn

'
Finalda ko‘rishguncha!
90+5'
O‘yin tugadi! Fransiya terma jamoasi finalga chiqdi va chempionlik uchun Portugaliya bilan bahs olib boradigan bo‘ldi. Nemis mashinasi esa shu joydan ortga qaytadi!
90+4'
Sane Fransiya jarima maydonchasi ichida yiqildi. Fol yo‘q
90+3'
Takroriy hujum ham xavfli bo‘ldi. Qanotdan berilgan uzatma bosh bilan berilgan zarbadan keyin to‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
90+3'
VUUUUH! Ugo Lyoris muqarrar goldan qutqardi! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Kimmix 6-7 metrlardan zarba berdi. Davrozabon chiziq ustida seyv namoyish qildi!
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi.
88'
Jinyak jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noyer to‘pni egalladi va hujumga asos soldi
86'
Vuuuh! Fransiyada yaxshi qarshi hujum. Grizmann yo‘llagan zarbani Noyer egalladi
84'
Fransiyada yaxshi imkoniyat. Pogba chap qanotdan uzatma berdi. Matyuydi to‘pga yeta olmadi
82'
Vuuuuh! Kroos o‘ng qanotdan burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xyovedes bosh bilan zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
79'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Jalle qaytardi va zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
79'
VUUUUH! Jarimadan yetkazilgan uzatmaga Sane zarba berishga urindi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
79'
Germaniyada o‘zgarish: Bastian Shvaynshtayger o‘rniga Leroy Sane tushdi
78'
Fransiyada o‘zgarish: Olivye Jiru o‘rniga Andre-Pyer Jinyak tushdi
76'
Vuuuuh! Draksler jarimadan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
75'
Grizmann sariq kartochka oldi. Darvozgacha 22 metrlar
74'
VUUUUUUUH! Kimmix jarima maydonchasi tashqarisidan aylanma zarb berdi. To‘p to‘sin va ustun kesishgan joyga tegib, maydonni tark etdi!!!
72'
GOOOOOOOOL! Antuan Grizmann, 0:2! Pogba Germaniya jarima maydonchasi ichida himoyachidan to‘pni olib qo‘ydi va chap tomondan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Noyer to‘pni qaytardi-yu, ammo uni egallay olmadi. Grizmann to‘pni darvozaga burib yubordi!
71'
Fransiyada o‘zgarish: Dimitri Payet o‘rniga N'Golo Kante tushdi
71'
O‘zilning yaxshi uzatmasidan keyin Xyovedes bosh bilan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq ofsayd
70'
Toni Kroosga nisbatan fol ishlatildi. Nemislar jarima zarbasini tepishadi
69'
Burchak to‘pi o‘yinga kiritildi. Hujumda fol ishlatildi
68'
Kimmix o‘ng qanotdan uzatma berdi. Draksler zarba berishga urindi, burchak to‘pi
67'
Germaniyada o‘zgarish: Emre Jan o‘rniga Mario Gyotse tushdi
63'
Fransuzlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Kosyelni bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yuqoridan o‘tib ketdi
62'
O‘zil ofsaydda
61'
Germaniyada majburiy o‘zgarish: jarohat olgan Jerom Boateng o‘rniga Shkodran Mustafi tushdi
58'
Grizmann raqib jarima maydonchasi yaqinida himoyachidan to‘pni olib qo‘yishga harakat qildi, biroq Xyovedes to‘pni olib qo‘yishga ulgurdi.
56'
Myuller ofsaydda qoldi
55'
Draksler chap qanotdan darvozabon maydonchasiga xavfli uzatma berdi. Kosyelni to‘pni bosh bilan qaytardi
53'
Draksler o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirishga urindi, ammo u Evradan o‘tib keta olmadi
52'
Hektor chap tomondan hujumga qo‘shildi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Mezbonlar to‘pni qaytarishdi
50'
Yulian Draksler sariq kartochka oldi. U Mussa Sissokoni ortdan tepib yiqitdi
48'
Fransuzlar ijrosidagi burchak to‘pi taxlikali bo‘ldi, ammo nemislar xavfli bartaraf etishdi
47'
Yana bir xavfli vaziyat! Jiru jarima maydonchasi ichida o‘ziga yetkazilgan uzatmani Grizmannga to‘g‘rilab berdi. Antuan o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘i orqali darvoza ustidan o‘tib ketdi
47'
Vuuuuh! Fransiyada yaxshi imkoniyat! Pogbaning uzatmasini Jiru qabul qildi va jarima maydonchasigna kirib zarba berdi. Boateng zarbani qaytardi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha Germaniya-Fransiya - 0:1. Tanaffus
45+2'
GOOOOOOL! Antuan Grizmann, 0:1! Hujumchining zarbasini Noyer qaytara olmadi. Bu Grizmanning musobaqadagi beshinchi goli!
45+2'
Bastian Shvaynshtayger ogohlantirildi
45+1'
PENALTI! Germaniya darvozasiga! BUrchak to‘pi o‘yinga kiritilgan paytda Shvaynshtayger qo‘lini baland ko‘tardi va to‘p uning qo‘liga tegdi
43'
VUUUUUUH! Jiru maydon markazida havodagi to‘p uchun kurashda Boatengdan ustun keldi va to‘pni egallab, birga bir vaziyatga chiqib ketdi! Uning zarbasi yo‘liga Xyovedes tashlandi va to‘pni qaytardi
43'
Patris Evra sariq kartochka oldi
42'
Xavfli zarba. Payet chap qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan Grizmannga uzatma berdi. Antuan chap oyoqda o‘tkir burchak ostida kuchli zarba berdi. To‘p to‘rga yon tomondan kelib tegdi
40'
Germaniya burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi. Darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida Pogba va Myuller to‘p uchun kurash olib bordi va har ikkalasi yiqildi. Fol yo‘q
37'
Jarima zarbasini bu safar Pogba tepdi. Noyer to‘pni egalladi
36'
Emre Jan sariq kartochka oldi. U Grizmanni yiqitdi
35'
O‘zil o‘ng qanotdan bergan uzatmani Lyoris egalladi
32'
Germaniyada xavfli vaziyat. O‘ng qanotdan yuqoridan yetkazilgan uzatmaga Myuller bosh bilan zarba bera olmadi, biroq to‘p Drakslerga kelib tushdi. U darvozabon maydonchasidagi Tomasga uzatma berdi, biroq Kosyelni to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi
29'
Fransiya himoyalanishga, to‘psiz o‘ynashga majbur bo‘lmoqda
26'
Ohohoho! Germaniya bosimni oshirmoqda. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani olis ustun tomonda O‘zil darvozabon maydonchasiga qaytardi. To‘p himoyachiga tegib jarima maydonchasini tark etdi. Shvaynshtayger bergan zarbadan keyin to‘pni Lyoris to‘sin ustidan ko‘tarib yubordi
25'
Payetnnig jarimadan zarbasi aniq. Ammo Noyer to‘pni muammosiz qabul qildi
23'
Shvayni Payetga nisbatan fol ishlatdi. Darvozagacha 27 metrlar...
22'
Kimmix jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llashga urindi. To‘p himoyachidan o‘tmadi
21'
Vuuuuuh! Kroos jamoadoshi bilan "devor" o‘ynab, jarima maydonchasiga kirdi va zarba berish chog‘ida yiqildi. Pogba ortdan uni yiqitganga o‘xshadi. Hakam jim.
20'
Toni Kroos burchak to‘pi ishladi va uni o‘zi o‘yinga kiritdi. Fransiya xavfni bartraf etdi
18'
Nemislarning hujumi xavfli bo‘lishi mumkin edi, ammo jarima maydonchasiga Draksler yetkazgan uzatmani Jan egallay olmadi
17'
Qarshi hujumda Payet chap qanotda Kimmixni aldashga urindi, ammo fol ishlatdi
15'
Myuller olis masofadan yerlatib zarba berdi. To‘pni Lyoris egalladi
14'
Vuuuuuh! Germaniya bu safarn chap qanotdan hujum tashkil qildi. O‘zil yetkazib bergan uzatmaga Jan 16 metrdan zarba berdi. Burchakka kirayotgan to‘pni Lyoris qaytarishga muvaffaq bo‘ldi
13'
VUUUUH! Emre Jan o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va uzatma berdi. Myullerning zarba berishiga hech kim xalal bermadi, ammo Tomasning 10 metrlardan bergan zarbasiga aniqlik yetishmadi
10'
Nemislar endi to‘pni nazorat qilib, mezbonlarning shashtini pasaytirishga harakat qilishmoqda
7'
VUUUUH! Fransiyaliklar qisqa paslar orqali juda chiroyli hujum tashkil qilishdi. Natijada Grizxmann zarbavor vaziyatga chiqdi va 12 metrdan zarba berdi. Noyer zarbani qaytardi!
5'
To‘p nazorati to‘laligicha fransuzlarda
3'
Burchak to‘pi xavfli chiqmadi
2'
Vuuh! Payet chap tomonda bir futbolchini aldab, jarima maydonchasiga kirdi va uzatma berdi. To‘p Emre Jandan maydonni tark etdi
2'
Ochiq o‘yin bo‘ladigan ko‘rinadi.
0'
Uchrashuv boshlandi! To‘pni o‘yinga fransuzlar kiritib berishdi!
'
Endi navbat Fransiya madhiyasiga
'
Germaniya madhiyasi yangramoqda
'
Musobaqa mezboni — Fransiya terma jamoasi Marseldagi "Velodrom" stadionida Germaniyani qabul qilmoqda.
'
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari! Navbatdagi YEVRO o‘z nihoyasiga yaqinlashib qoldi. Bugun ikkinchi yarim final o‘yinida yana bir finalchi jamoaning nomi aniq bo‘ladi. Shundan so‘ng musobaqada faqat bitta o‘yin qoladi — FINAL
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.