Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
O‘rtoqlik o‘yini
| 24 iyul, soat 19:00. Bosh hakam: Ilgiz Tantashev (O‘zbekiston) | ||
O‘ZBEKISTONMarat Bikmayev (7)
Eldor Shomurodov (29) |
2 : 1 |
IROQAbubakr Bayar (90)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
12.Ignatiy Nesterov 13.Davron Hoshimov 03.Kamoliddin Tojiyev 19.Azim Ahmedov 16.Stanislav Andreev 11.Otabek Shukurov 14.Javohir Sohibov 10.Jamshid Iskanderov 20.Sherzod Karimov 23.Eldor Shomurodov 04.Marat Bikmayev |
01.Jalol Hasan 03.Kozim Husam 05.Latif Ali 04.Said Samal 07.Vaham Hussayn (S) 09.Muhammad Jasim 10.Abdulzahro Ala’ 13.Volid Amjid 14.Fayyad Mazin 16.Hasra Miran 23.Qosim Abbos |
|
| ZAHIRA | ||
|
21.Eldorbek Suyunov 02.Ruslan Melziddinov 05.Salamat Quttiboyev 06.Jasur Hasanov 07.Aleksandr Merzlyakov 08.Akromjon Komilov 09.Murodbek Bobojonov 15.Jaloliddin Masharipov 17.Dostonbek Hamdamov 18.Sardor Mirzayev 22.Akmal Shorahmedov |
12.Qasid Muhammad 02.Abubakr Bayar 06.Muhammad Qarrar 08.Malik Visam 11.Nozim Ahmad 18.Shavqan Muhammad 20.Abdulhasan Ali 22.Halaf Husayn 31.Dulir Xotim |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. O‘zbekiston - Iroq - 2:1. |
| 90+3' | ![]() |
Vuuuuuh! Shavqan Muhammad jarima maydonchamiz ichida to‘pni egalladi va zarba berdi. To‘p ustunga tegib, yon tomonga ketdi. Boz ustiga, hujumchi ofsaydda qolgandi |
| 90+2' | ![]() |
Iroqliklar chap qanotdan jarima maydonchamizga uzatma berishdi. To‘p hech kimga tegmasdan narigi qanotga o‘tib ketdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi |
| 90' | ![]() |
GOOL! Abubakr Bayar, 2:1! Nesterov jarima maydonchasi ichida to‘pni egallab olishga harakat qildi, ammo bunga muvaffaq bo‘la olmadi. Bayar bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni joyladi |
| 89' | ![]() |
Yuqoridan yetkazilgan uzatmani Ignatiy egallab oldi |
| 88' | ![]() |
Iroqda o‘zgarish: Fayyad Mazin o‘rniga Abubakr Bayar tushdi |
| 87' | ![]() |
O‘zbekistonda ham o‘zgarish: Azim Ahmedov o‘rniga Ruslan Melziddinov tushdi |
| 86' | ![]() |
Iroqda o‘zgarish bo‘ldi. Volid Amjid o‘rniga Malik Visam tushdi |
| 85' | ![]() |
O‘zbekistonda navbatdagi o‘zgarish: Eldor Shomurodov o‘rniga Jaloliddin Masharipov tushdi |
| 84' | ![]() |
Hasanov chap qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasi tashqarisida ochilgan Mirzayevga uzatma berdi. Sardor to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi |
| 83' | ![]() |
Hasanov ofsaydda qolib ketdi |
| 82' | ![]() |
Raqibning hujumi samarasiz yakunlandi |
| 80' | ![]() |
Terma jamoamiz ustunlikni o‘z qo‘liga oldi. O‘zbekistonning navbatdagi hujumini iroqliklar bartaraf etishdi |
| 76' | ![]() |
Vuuuuuuuh! Nesterov muqarrar goldan qutqardi! Latif Alining yuqoridan bergan "Parashyut" uzatmasidan keyin hujumchi 7-8 metrdan deyarli birga bir vaziyatda zarba berdi. Ignatiy to‘pni qaytardi! |
| 75' | ![]() |
Iroqda o‘zgarish: Abdulzahro Ala’ o‘rniga Shavqan Muhammad tushdi |
| 74' | ![]() |
Iroq futbolchisi yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. U jarima maydonchasiga kirdi va shergiga uzatma berdi. To‘pni darvozabon egalladi |
| 71' | ![]() |
Vuuuuuuh! Shukurov jarima maydonchasi ichida to‘zpni qabul qildi, bir himoyachini aldadi va chapp oyoqda zarba berdi. To‘p darvozabonning qo‘li orqali ustun yonidan maydonni tark etdi |
| 70' | ![]() |
Ustunlik iroqliklar tomonida |
| 67' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Marat Bikmayev o‘rniga Sardor Mirzayev tushdi |
| 66' | ![]() |
Vuuuuuh! Iroqlik futbolchi olis masofadan xavfli zarba yo‘lladi. To‘sin ostiga kirayotgan to‘pni Nesterov yuqoriga ko‘tarib yubordi |
| 64' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Qasid Muhammad egallab oldi |
| 64' | ![]() |
Hasanov ishtirokida ketma-ket ikkita hujum. Yerlatib berilgan uzatma himoyachilar qaytarishdi. Yuqoridan yetkazilgan uzatmani iroqliklar maydlon tashqarisiga chiqarib yuborishdi |
| 62' | ![]() |
Iroqlik futbolchi chap qanotdan oldinga o‘tishga intildi, ammo to‘p maydon tark etgandi |
| 58' | ![]() |
Marat Bikmayev o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va himoyachini aldayotganida, raqib futbolchisi uning oyog‘ini bosib oldi. Tantashev penalti belgilamadi |
| 57' | ![]() |
Iroqda o‘zgarish: Vaham Hussayn o‘rniga Xalaf Husayn tushdi |
| 56' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Sherzod Karimov o‘rniga Jasur Hasanov tushdi |
| 55' | ![]() |
Terma jamoamiz burchak to‘pini o‘yinga kiritdi, ammo raqib futbolchisi qarshi hujumga o‘tib ketdi. Hoshimov to‘pni yon tomonga teib yuborib, xavfni bartaraf etdi |
| 53' | ![]() |
Iroqliklar burchak to‘pini vakillarimiz qaytarishdi. Takroriy uzatmani Nesterov musht bilan urib yubordi |
| 53' | ![]() |
Iroq burchak zarbasi ishladi |
| 50' | ![]() |
Iskandarovning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi. Jamoamiz to‘pni egallab, takroriy hujum tashkil qilidi. Jamshid 20 metrlardan zarba berdi. Posbon to‘pni egalladi |
| 48' | ![]() |
Kozim Husam ogohlantirish oldi. U o‘z jarima maydonchasi tashqarisida Sohibovni ortdan chaldi |
| 47' | ![]() |
Sohibov to‘pni egallab oldinga bordi, ammo so‘nggi pallada to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yubordi va yo‘qotdi |
| 47' | ![]() |
Iskandarov oldinga intilayotgan Bikmayev tomon uzatma berdi. To‘pni iroqlik darvozabon egallab oldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 46' | ![]() |
Iroqda ham o‘zgarish bo‘ldi. Jalol Hasan o‘rniga Qosid Muhammad, Qosim Abbos o‘rniga Muhammad Qarrar tushdi |
| 46' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Stanislav Andreev o‘rniga Aleksandr Merzlyakov |
| ' | Jamoalar maydonga qaytishmoqda | |
| ' | Ikkinchi bo‘lim boshlanish arafasida | |
| 45' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga vaqt qo‘shilmadi. Tanaffus. Hozircha O‘zbekiston - Iroq - 2:0. |
| 42' | ![]() |
Iroqlik futbolchi ofsaydda qoldi |
| 41' | ![]() |
Terma jamoamiz yana jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Iskanderovning uzatmasini bu safar Jalol Hasan musht bilan urib yubordi |
| 38' | ![]() |
Volid Amjid olis masofadan zarba berdi. Noaniq |
| 36' | ![]() |
Iroqda dastlabki xavfli vaziyat! Abdulzahroning uzatmasidan keyin Volid yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. O‘tkir burchak ostida berilgan zarba natijasida to‘p darvoza to‘riga yon tomondan kelib tegdi |
| 35' | ![]() |
Yaxshi vaziyat! O‘zbekistonliklar qisqa paslar orqali raqib jarima maydonchasiga kirib kelishdi. Shomurodovning uzatmasiga Karimov bosh bilan zarba berdi. Jalol to‘pni egalladi |
| 35' | ![]() |
Terma jamoamiz to‘pni nazorat qilmoqda. Shomurodov birdaniga 3 himoyachidan o‘tib ketishga urindi. So‘nggi pallada jarima maydonchasi chizig‘i ustida markaziy himoya to‘pni qaytarib qoldi |
| 32' | ![]() |
Vakillarimiz maydon markazida raqibdan to‘pni olib qo‘yishdi. Iskandarov kesma uzatma bilan Karimovga uzatma berdi. Sherzod to‘pga uta olmadi |
| 30' | ![]() |
GOOOOOOOL! Eldor Shomurodooov! 2:0! Iskandarov yetkazib bergan uzatmani "Bunyodkor" hujumchisi 7-8 metrdan bosh bilan darvoza burchagiga joyladi! |
| 29' | ![]() |
Jamshid Iskandarovga nisbatan fol ishlatildi |
| 28' | ![]() |
To‘la ustunlik O‘zbekiston tomonida. Andreev chap qanotdan uzatma berdi. Iskandarov to‘pni yerga tushirmasdan darvozabon maydonchasiga qaytardi. Himoyachilar qiyinchilik bilan to‘pni qaytarishdi |
| 24' | ![]() |
Tushunarsiz! O‘zbekiston terma jamoasi gol urdi! Ammo negadir gol inobatga olinmadi. Ahamiyat bering. Iroq darvozaboni to‘pni erkin zarba bilan o‘yinga kiritdi. To‘p jarima maydonchasini tark etdi va Shomurodov himoyachidan to‘pni olib qo‘yib, oldinga yurdi. Eldor bo‘sh darvoza qarshisidagi Bikmayevni birga bir vaziyatga chiqardi. Marat osonlik bilan darvozaboni ishg‘ol qildi. Tantashev maydon markaziga ishora qilib, golni hisobladi. Ammo Ma’mur Saidqosimov bayroqchani ko‘tardi... |
| 23' | ![]() |
Ahmedov maydon markazidan uzatma berdi. Karimov to‘pga yeta olmadi |
| 22' | ![]() |
Otabek Shukurov olis masofadan zarba yo‘llashga qaror qildi. Ancha noaniq |
| 21' | ![]() |
Hoshimov o‘ng qanotdan uzatma berdi. Shomurodov ikki himoyachi orasida bosh bilan zarba berishga urindi. To‘pni himoyachilar egallab olishdi |
| 18' | ![]() |
Vaham Husayn olis masofadan belgilangan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Nesterov to‘pni egalladi |
| 15' | ![]() |
Iroqliklar jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Fayyad Mazin bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 14' | ![]() |
Iskandarov burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Azim Ahmedov bosh bilan aniq zarba berdi. Jalol Hasan to‘pni egalladi |
| 14' | ![]() |
Sohibov o‘ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. BUrchak to‘pi |
| 13' | ![]() |
Karimov o‘ng qanotda ikki marta himoyachidan o‘tib keta olmadi. Ikkinchisida fol ishlatdi |
| 11' | ![]() |
Xavfli vaziyat. O‘ng qanotdan to‘p darvozabonimiz oldiga uloqtirib berildi. Muhammad Jassim bosh bilan to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi. Hujumchi to‘pga zarba berishga ulgurmadi, to‘pni Ignat egalladi |
| 7' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Marat Bikmayev, 1:0! Iskandarov to‘pni egallab oldi va chap qanotdan oldinga o‘tayotgan Shomurodovga uzatma berdi. Eldorning uzatmasidan keyin Bikmayev bosh bilan to‘pni darvozaga joyladi. U darvozabonning harakatiga qarama-qarshi burchakka to‘pni yo‘llab qo‘ydi |
| 5' | ![]() |
Shomurodov chap qanotda bir himoyachini aldab, jarima maydonchasiga uzatma berishga harakat qildi. Ammo to‘p maydonni tark etgandi |
| 4' | ![]() |
Mehmonlar o‘ng qanotdan to‘pni darvozamiz yaqiniga yetkazishdi. Nesterov to‘pga ega chiqdi |
| 3' | ![]() |
Sherzod Karimov fol ishlatdi. Iorqliklar chap qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Himoyachilarimiz to‘pni qaytarishdi |
| 2' | ![]() |
O‘zbekiston ko‘k, Iroq oq rangli formada harakat qilmoqda. |
| 1' | ![]() |
O‘zbekiston terma jamoasi va Iroq o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini boshlandi. Terma jamoamiz legionerler xizmatidan foydalana olmayapti. Avstriyada davom etgan ikki haftalik yig‘inda asosan Oliy ligada o‘ynayotgan futbolchilar ishtirok etishdi |
| 0' | ![]() |
O‘yin boshlandi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|