Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa superkubogi

9 avgust, soat 23:45. Bosh hakam: Milorad Majich (Serbiya)

REAL MADRID

Marko Asensio (21)
Serxio Ramos (90+3)
Daniel Karvaxal (119)

3 : 2

SEVILYa

Franko Vaskes (40)
Evgeniy Konoplyanka (72-penalti)
JAMOALAR TARKIBI
13.Kiko Kasilya (D)
12.Marselo
02.Rafayel Varan
04.Serxio Ramos (S)
15.Daniel Karvaxal
22.Isko
14.Kazemiro
25.Marko Asensio
16.Mateo Kovachich
18.Lukas Vaskes
09.Alvaro Morata
  01.Serxio Riko (D)
06.Daniel Karrisu
21.Nikolas Parexa
25.Mariano
05.Timote Kolodzeychak
10.Xiroshi Kiyotake
08.Visente Iborra (S)
20.Franko Vaskes
20.Vitolo
15.Stiven N'Zonzi
23.Lusiano Viyetto
ZAHIRA
31.Ruben Yaniz (D)
03.Nacho
10.Xames Rodriges
19.Luka Modrich
28.Markos Lyorente
23.Danilo
09.Karim Benzema
  13.Soriya (D)
04.Kranevitter
10.Evgeniy Konoplyanka
12.Bed-IYEdder
17.Sarabiya
18.Eskudero
23.Odil Rami

Matn

120+3'
O‘yin yakunlandi! "Real" — Yevropa superkubogi sohibi!
119'
GOOOOOL! Karvaxal! 3:2! O‘zi to‘pni egallab olib, 2-3 futbolchini aldab o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va yakkama yakka vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi!
118'
Kazemiro olis masofadan zarba berdi. Serxio Riko to‘pni egallab oldi
117'
Modrich jarima maydonchasi ichida yiqildi. Kiyotakening oyog‘i unga tegmadi shekilli. Hakam vaziyatga yaqin edi
115'
Vuuuuuh! Lukas Vaskes o‘ng qanotdan uzatmagan Xames 15 metrdan zarba berdi. Riko to‘pni egallab oldi
113'
Vaskes o‘ng qanotdan uzatma berdi. Benzema bosh bilan noaniq zarba yo‘lladi
112'
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ramos bosh bilan bergan zarba darvozaga bormadi
111'
Vuuuuuuh! Bu safar Luka Modrich birga bir vaziyatga chiqib zarba berdi. To‘p Rikodan o‘tdi, ammo himoyachi xavfni bartaraf etdi
110'
Chap qanotdan oldinga o‘tayotgan Konoplyankaga uzatma berildi. Yevgeniy to‘pni qo‘li bilan o‘ziga bo‘ysundirdi
108'
Vuuuuuuh! Benzemaning jarima maydonchasiga bergan uzatmasi natijasida Xames yakkama-yakka vaziyatga chiqdi. Uning zarbasini Riko qaytarishga muvaffaq bo‘ldi!
106'
Uchinchi bo‘lim boshlandi
105+1'
Qo‘shimcha bo‘limning dastlabkisi yakuniga yetdi. Jamoalar darvozalarni almashishadi va yana 15 daqiqa o‘ynashadi
105'
Vuuh! Franko Vaskes jarima maydonchasiga kirar-kirmas zarba berdi. To‘p Ramosning boshidan maydonni tark etdi
101'
Bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynayotgan Zidan shogirdlari ustunlikka ega bo‘lishmoqda
99'
GOOOOOOL, emas! Serxio Ramos darvozani ishg‘ol qilgandi. Hakamlar golni bekor qilishdi
99'
Madridliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishadi.
95'
Vuuuh! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani egallash chog‘ida Riko to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi. Modrich jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
94'
Timote Kolodzeychik ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. U qanotda o‘zidan o‘tib ketayotgan Lukas Vaskesning oyog‘ini bosib oldi
93'
Vuuuuh! "Sevilya" himoyachilarining qo‘pol xatosidan keyin Xames Benzemani to‘p bilan ta’minladi. Karim deyarli birga bir vaziyatda 15 metrlardan zarba berdi. Himoyachi paydo bo‘lib, zarba yo‘liga o‘zini tashladi
93'
Xames Rodriges sariq kartochka oldi
91'
Vuuuuh! Benzema jarima maydonchasiga chap burchakdan kirdi va zarba berdi. Riko to‘pni egallab oldi
91'
Qo‘shimcha bo‘limlar boshlandi
90+4'
O‘yinning asosiy vaqti yakunlandi. "Real" - "Sevilya" - 2:2. O‘yin qo‘shimcha bo‘limlarda davom etadi!
90+3'
GOOOOOOOL! Serxio Ramos, 2:2! Lukas Vaskes o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Ramos bosh bilan darvozaning bo‘sh qolgan qismini ishg‘ol qildi!
90+2'
Andalusiyaliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritib, vaqtdan yutishga harakat qilishdi
90+1'
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. "Sevilya" darvozasi oldida taxlikali vaziyat yuzaga keldi, Ramos esa ofsaydda qoldi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi
90'
Kolodzeychik ogohlantirish oldi
89'
Marselo chap qanotdan uzatma berdi. Riko to‘pni egalladi
88'
Vitolo chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va himoyachini aldamoqchi bo‘lib, to‘pni yo‘qotdi. Unda ochiq turgan jamoadoshiga uzatma berish imkoniyati ham bor edi
86'
Asensio sariq kartochka oldi
84'
Karvaxal sariq kartochka oldi
83'
"Real" so‘nggi daqiqalarda bosimni oshirmoqda. Himoyachilar qiyinchilik bilan xavfni bartaraf etishmoqda
83'
Modrich maydon markazidan oldingi chiziqqa uzatma berdi. Serxio Riko o‘z jarima maydonchasini tashlab chiqib, to‘pni tepib yubordi
82'
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilgan paytda Kazemiro fol ishlatdi
81'
Vuuuuh! Karvaxal o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvozabonning qo‘lidan tark etdi
79'
Marseloning uzatmasini Riko egallab oldi
77'
"Real" oldinga borishga majbur, ammo jamoaning hujumdagi ishlari yurishmayapti
75'
Konoplyanka Vitoloni birga bir vaziyatga chiqardi, ammo futbolchi ofsaydda deb topildi
74'
"Sevilya"da o‘zgarish: Iborra o‘rniga Kranevitter tushdi
73'
"Real"da o‘zgarish: Mateo Kovachich o‘rniga Xames Rodriges tushdi
72'
GOOOOL! Yevgeniy Konoplyanka, 1:2! Kiko Kasilyani osonlik bilan aldadi
71'
PENALTI! "Real" darvozasiga! Ramos o‘z jarima maydonchasida Vitoloni chalib yiqitdi!
69'
"Sevilya"ning hujumi samarasiz yakunlandi
67'
"Sevilya"da o‘zgarish: Vyetto o‘rniga Yevgeniy Konoplyanka tushdi
66'
"Real"da o‘zgarish: Isko o‘rniga Luka Modrich tushdi
64'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Ramos bosh bilan zarba berdi. Riko to‘pni egallab oldi
64'
Yaxshi imkoniyat. Lukas Vaskes o‘ng qanotdan uzatma berdi. Benzema bosh bilan zarba berdi, biroq burchak to‘pi
62'
"Real"da o‘zgarish: Alvaro Morata o‘rniga Karim Benzema tushdi
62'
"Sevilya" to‘pni nazorat qildi va Ferreyra 17 metrlardan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo noaniq
60'
Andalusiyaliklar maydon markazida to‘pni egallab olib, qarshi hujum tashkil qilishdi. O‘ng qanotdan olis ustun tomon yetkazilgan uzatmani Karvaxal bosh bilan qaytardi
59'
N'Zonzi "Real" jarima maydonchasiga yorib kirdiyu, ammo zarba berishga ulgurmadi. Xavf yo‘qqa chiqdi
55'
Vuuuuh! Marseloning uzatmasidan keyin Asensio chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va orqaroqdagi Iskoga uzatma berdi. Yarim himoyachi raqib futbolchilarini chalg‘itib 16 metrlardan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
54'
"Real"da yaxshi imkoniyat! Kovachichning aniq uzatmasidan keyin Lukas Vaskes o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Kolodzeychik to‘pni qaytarib qoldi
52'
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Jarima maydonchasidan qaytarilgan to‘pga Kovachich zarba berishga harakat qildi. To‘p himoyachilardan qaytdi
51'
"Sevilya"da o‘zgarish: Jarohat olgan Karrisu o‘rniga Odil Rami tushdi
50'
"Sevilya"ning hujumini Marselo uzib qo‘ydi
49'
To‘p asosan maydon markazida. Darvozalargacha yetib borayotgani yo‘q
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Real" - "Sevilya" - 1:1. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
42'
Vuuuuuh! Luskas Vaskes o‘ng qanotda Karrisudan o‘tib ketdi va darvozabon maydonchasi chizig‘i ustiga uzatma berdi. Isko 6 metrdan bosh bilan zarba berdi. Riko to‘pni egallashga muvaffaq bo‘ldi
40'
GOOOOOOL! Franko Vaskes, 1:1! "Real" jarima maydonchasi chizig‘i ustiga o‘ng qanotdan uzatma berildi. Vitolo to‘pni ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirib, yerga tushirdi. Uning yonida turgan Vaskes kutilmaganda zarba berdi. To‘p darvoza burchagiga kirib ketdi.
39'
Vitolo sariq kartochka oldi
38'
"Sevilya" himoyachilari va darvozaboni to‘pni raqib futbolchilariga berib qo‘yishdi. Asensio Morata tomon uzatma berishga urindi, ammo Alvaro to‘pga yeta olmadi
35'
Qarshi hujumda Morata ofsaydda qoldi
34'
To‘p bilan andalusiyaliklar ko‘proq muomalada bo‘lishmoqda
30'
"Real" himoyachilari o‘z jarima maydonchalari yaqinida to‘pni oldirib qo‘yishdi hamda raqibning hamlasini zo‘rg‘a bartaraf etishdi
29'
Vuuuh! Karrisu 24 metrlardan kuchli zarba berdi. Yerga sakrab borgan tpni Kiko Kasilya qaytarishga muvaffaq bo‘ldi
26'
Vuuuh! "Sevilya"da yaxshi imkoniyat! Vitolo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va nariga tomonga uzatma berdi. Mariano hech kim xalal bermayotgan vaziyatda zarba berdi. Noaniq
24'
Isko jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Ramos to‘pga yeta olmadi.
21'
GOOOOOOOL! Marko Asensio! 1:0! To‘pni qabul qildi va 25 metrlardan zarba berdi. To‘p naq "to‘qqizlik"ka kirib ketdi. Darvozabon to‘p yo‘nalishini tomosha qildi xolos!
20'
To‘p bilan ustunlik va tashabbus "Qirollik klubi" tomonida.
19'
O‘ng qanotdan "Real" jarima maydonchasiga uzatma berildi. Iborra to‘pni o‘ziga bo‘ysindira olmadi
18'
Vuuuh! Isko chap qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Morata biroz to‘pga yeta olmadi
15'
Morata ofsaydda qoldi
11'
Raqibning bosimidan xalos bo‘lgan "Sevilya" asta-sekin oldinga o‘tishga harakat qilyapti
7'
Asensio o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Serxio Riko ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi
6'
Madridliklarda yana yaxshi vaziyat. Yaqin masofadan bosh bilan zarba berildi. To‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi
4'
"Real"da yaxshi imkoniyat! Kovachich "parashyut" uzatma bilan jarima maydonchasiga kirgan iskoga uzatma berdi. Futbolchi himoyachilarga urilib yiqildi. Fol yo‘q
3'
Jarima to‘pi "Sevilya" jarima maydonchasiga yetkazildi, ammo to‘p hech kimga tegmasdan qanotga o‘tib ketdi
2'
Morataga nisbatan fol ishlatildi. Darvozagacha masofa olis
0'
O‘yin boshlandi!
'
"Real" oq, "Sevilya" qizil rangli formada harakat qiladi
'
Diqqat! Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda! Kutib olamiz ularni
'
O‘yin boshlanishiga ko‘p vaqt qolmadi. Futbolchilar maydonga chiqib kelishga tayyor bo‘lib turishibdi. Superkubokka bag‘ishlangan badiiy dastur ijro etilmoqda. Stadion uzra yomg‘ir yog‘moqda
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Yevropa maydonlarida mavsum asta-sekin boshlanmoqda. Bugun YECHL g‘olibi "Real" va Yevropa ligasi musobaqasi g‘olibi "Sevilya" o‘rtasidagi UYEFA superkubogi bahsiga guvoh bo‘lamiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.