Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
APL - 2016/17. 13-avgust. 1-tur
| Angliya premyer-ligasi | ||
MANCHESTER SITISerxio Aguero (4-penalti)
Patrik MakNeyr (87-avtogol) |
2 : 1 |
SANDERLENDJermeyn Jefo (71)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Vilfredo Kabalyero (D) 11.Aleksandr Kolarov 22.Gael Klishi 03.Bakari Sanya 21.David Silva 25.Fernandinyo 07.Raxim Sterling 17.Kevin de Bryuyn 10.Serxio Aguero 09.Nolito |
25.Vito Mannone 23.Lamin Kone 16.Jon O'Shi 03.Patrik van Anxolt 15.Yunes Kabul 22.Donald Lav 41.Dunkan Uotmor 08.Jek Roduell 18.Jermeyn Defo 09.Fabio Borini |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Jo Xart (D) 05.Pablo Sabaleta 30.Nikolas Otamendi 18.Fabian Delf 06.Fernando 15.Xesus Navas 72.Kelechi Ixeanacho |
13.Jordan Pikford (D) 05.Papi Jilobodji 17.Jermeyn Lens 10.Vahbi Hazri |
|
Matn
| 90+6' | ![]() |
Burchak to‘pi bartaraf etildi. O‘yin yakunlandi. Gvardiola APLdagi debyut o‘yinida g‘alaba qozondi! |
| 90+5' | ![]() |
"Sanderlend" burchak to‘pi tepadi. Mannone ham jarima maydonchasiga yetib keldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi |
| 90' | ![]() |
Ehhhh, Ixeanacho! "Siti" maydon markazida to‘pni egalladi va xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Ixeanacho darvozabon maydonchasi oldida to‘pni qabul qildi va zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegib, darvoza ustidan o‘tib ketdi. Kelechi sal chaproqda turgan sherigiga uo‘atma bersa, u bo‘sh darvozani osongina ishg‘ol qilardi |
| 90' | ![]() |
Hazriy chap qanotda belgilangan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar qaytarishdi |
| 87' | ![]() |
GOOOOOOL! Xesus Navas o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza oldiga kuchli uzatma berdi. To‘p himoyachining boshidan to‘riga borib tushdi. |
| 82' | ![]() |
Chap qanotdan "Sanderlend" jarima maydonchasiga uzatma berildi. To‘p Roduelning boshidan maydonni tark etdi. Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Sanya bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 80' | ![]() |
Navas o‘ng tomondan jarima maydonchasi tashqarisidagi De Bryuynega uzatma berdi. Kevinning zarbasiga aniqlik yetishmadi |
| 79' | ![]() |
"Siti" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmonlar xavfni bartaraf etishdi |
| 74' | ![]() |
"Sanderlend" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbon himoyachisi bosh bilan qaytargan to‘pni mehmon futbolchisi jarima maydonchasi tashqarisidan darvoza tomon tepdi. Noaniq |
| 71' | ![]() |
GOOOOOOL! Jermeyn Defo, 1:1! Nozik uzatma natijasida huujmchi birga bir vaziyatga chiqdi va aniq zarba bilan hisobni tenglashtirdi. To‘p darvozabonning oyoqlari orasidan o‘tib ketdi. |
| 68' | ![]() |
Vuuuh! Kevin de Bryuyne to‘pni yaqin burchakka aylantirdi. Mannone to‘pni qaytardi. |
| 67' | ![]() |
Donald Lav sariq kartochka oldi. U jarima maydonchasiga kirmoqchi bo‘layotgan Sterlingni chaldi. Jarima maydonchasining chap tomonidan jarima zarbasi tepiladi |
| 65' | ![]() |
Sandenlendda ikkita o‘zgarish bo‘ldi. Maydonga Yanuzay va Hazri tushdi |
| 60' | ![]() |
Vuuuuuuh! Sterling chap qanotda bir himoyachidan o‘tib, jarima maydonchasiga kirdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi. David Silva jarima maydonchasi ichida egallagan to‘pni Aguero 13 metrlardan darvoza tomon tepdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 57' | ![]() |
Manchesterliklar bosimni oshirib borishmoqda. "Sanderlend" himoyalanishga majbur bo‘lmoqda |
| 51' | ![]() |
To‘p asosan maydon markazida. Hozircha xavfli vaziyatlar yo‘q |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga vaqt qo‘shilmadi. Tanaffus. Hozircha "Manchester Siti" - "Sanderlend" - 1:0 |
| 42' | ![]() |
Vuuuuh! "Sanderlend"ni hisobni tenglashtirishiga bir bahya qoldi. Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin futbolchilar havodagi to‘p uchun kurash olib borishdi. Mehmon futbolchisi bosh bilan to‘pni darvoza tomon urdi. Jermeyn Defo 6-7 metrdan to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon zarba berdi. Kabalyero zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi |
| 36' | ![]() |
De Bryuyne jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 35' | ![]() |
Gvardiolaning "qo‘li" sezila boshlayapti. "Man.Siti" to‘pni nazorat qilishga ko‘proq ahamiyat qaratyapti |
| 30' | ![]() |
Hujum chizig‘iga yetkazilgan to‘pni "Siti" posboni oldinga chiqqancha tepib yubordi |
| 24' | ![]() |
Vuuh! Nolito chap tomonda bir himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirdi va olis yuqori burchak tomon zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 23' | ![]() |
O‘ng burchakka yaqin joyda Keyin de Bryuynega nisbatan fol ishlatildi. Silva yetkazgan uzatmani Mannone musht bilan urib, ikkinchi urinishda egallab oldi |
| 17' | ![]() |
Vaziyat o‘zgarayotgani yo‘q. Gvardiola shogirdlari turli yo‘nalishlarda hujumlar tashkil qilishmoqda. Nolito raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va Sterlingga uzatma berdi. Rahim bir himoyachini aldab, 15 metrlardan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 12' | ![]() |
Tashabbus, to‘p nazorati, hujumlar soni bo‘yicha ustunlik "shaharliklar" tomonida |
| 6' | ![]() |
"Siti" chap burchakka yaqin joydan burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. "Sanderlend" darvozaboni mushti bilan to‘pni urib yubordi |
| 4' | ![]() |
GOOOOL! Serxio Aguero, 1:0! Argentinalik hujumchining zarbasini darvozabon qaytara olmadi! |
| 4' | ![]() |
PENALTI! "Sanderlend" darvozasiga! Sterlingni himoyachi yiqitdi! |
| 1' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Angliya Premyer-ligasida yangi mavsum boshlandi. Tur doirasida "Manchester Siti" va "Sanderlend" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlandi! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|