Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi-2016/2017

14 avgust, soat 17:30

BORNMUT

Adam Smit (69)

1 : 3

MANCHESTER YUNAYTED

Xuan Mata (40)
Ueyn Runi (59)
Zlatan Ibrahimovich (64)
JAMOALAR TARKIBI
01.Artur Borus (D)
11.Charli Deniyels
15.Adam Smit
03.Stiv Kuk
02.Simon Frensis
33.Lyuis Kuk
06.Endryu Shurman
08.Garri Arter
18.Jordan Ayb
17.Joshua King
13.Kallum Vilson
  01.David de Xea (D)
03.Erik Bayi
17.Deyli Blind
23.Lyuk Shou
21.Ander Errera
08.Xuan Mata
27.Maruan Fellayni
25.Antonio Valensiya
10.Ueyn Runi
09.Zlatan Ibrahimovich
11.Antoni Marsial
ZAHIRA
23.Adam Federichi (D)
05.Natan Ake
Bred Smit
04.Den Gosling
28.Lyuis Grebben
20.Benik Afobe
10.Maks Gradel
  20.Serxio Romero (D)
05.Markos Roxo
07.Memfis Depay
22.Genrix Mxitaryan
16.Maykl Kerrik
28.Morgan Shnayderlin
19.Markus Reshford

Matn

90+5'
O‘yin yakunlandi. Joze Mourinyo ham mavsumni g‘alaba bilan boshladi. "Bornmut" - "MYu" - 1:3
90+4'
Vuuuuh! De Xea yana bir birta qutqarmoqda!
90+4'
Vuuuuh! Burchak to‘pidan keyin mezbonlar darvozani ishg‘ol qilishlari mumkin edi. De Xea "MYu"ni goldan qutqardi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi
89'
"MYu"da o‘zgarish: Ueyn Runi o‘rniga Memfis maydonga tushdi
86'
Ander Errera sariq kartochka oldi
84'
Ehh, Ibra! U maydon markazida himoyachidan o‘tib ketib, raqib jarima maydonchasiga chap tomondan kirib bordi. O‘zi zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda sherigiga uzatma berishga qaror qildi. Himoyachi to‘pni qaytardi
81'
"Bornmut" tarkibida o‘zgarish: Lyuis Kuk maydonni tark etdi. Maks Gradel maydonga tushdi
80'
"MYu" to‘pni nazorat qilib, mezbonlarning shashtini pasaytirib qo‘ydi. O‘yin sokinlashdi
75'
Goldan ruhlangan mezbonlar ketma-ket hujum qilishga intilishmoqda. Ammo raqib bunga imkon berayotgani yo‘q
69'
GOOOOL! Adam Smit, 1:3! "Bornmut" futbolchisi kesib berilgan uzatma bilan jarima maydonchasiga kirgan Smitga uzatma berdi. Adam bir himoyachini aldadi va kuchli zarba bilan De Xeani dog‘da qoldirdi
68'
"Bornmut"da o‘zgarish: Jordan Ayb o‘rniga Benik Afobe tushdi
64'
GOOOOOOL! Zlatan Ibrahimovich, 0:3! Jarima maydonchasi burchagiga yaqin joydan aniq zarba bilan olis burchakka to‘pni yo‘lladi!
63'
Vuuuuuh! Zlatan Ibrohimovich darvozagacha 25 metrlardan belgilangan jarima zarbasini ijro etdi. Borus qiyinchilik bilan zarbani qaytardi
59'
GOOOOOOL! Ueyn Runi, 0:2! Valensiya o‘ng qanotdan uzatma berdi. Marsialning zarbasi darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida turgan Runi uchun uzatma bo‘lib chiqdi. Ueyn bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi!
57'
VUUUUH! Runi! Ibrahimovichning o‘ziga xos uslubda butsasining yon tomoni bilan bergan uzatmasidan keyin Runi jarima maydonchasi chizig‘i ustida himoyachi bilan yelkama-elka kurash olib borib, undan to‘pni olib qo‘ydi va darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatda zarba berdi. Borus oyog‘i bilan zarbani qaytardi!
53'
Jordan Ayb "MYu" jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi hamda bir necha himoyachilarni chalg‘itib, zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi
51'
Zlatan jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni qabul qildi va ichkariga kirayotgan Runiga uzatma berdi. Ueyn ichkariga kirdiyu, yiqildi. Hakam penalti yo‘qligiga ishora qildi
47'
Mata raqib jarima maydonchasida ochilayotgan jamoadoshiga uzatma berdi. Zarba kuchliroq chiqdi va futbolchi unga yetib bora olmadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Tarkiblarda o‘zgarishlar bo‘lmadi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi
45'
O‘ng qanotdan "MYu" darvoza maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachchilar to‘pni qaytarishdi
40'
GOOOOOL! Xuan Mata, 0:1! "Bornmut" himoyachisi Simon Frensis raqib yarim himoyachisi Xuan Mata gol urishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi. Albatta, ataylab emas. Dastlab, u to‘pni o‘z darvozaboniga sekin tarzda yetkazdi. To‘pni Mata deyarli egallagandi, biroq darvozabon Xuanning oyog‘iga tagiga tashlanib, to‘pni olib qoldi, ammo to‘p yana Frensisning oyog‘iga tegib, bo‘sh darvoza qarshisida yolg‘iz qolgan Mataga bordi. Gol!
39'
Errera jarima maydonchasiga yaxshi uzatma berdiyu, ammo Fellayni to‘pga yeta olmadi
37'
Mezbnlar jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Fellayni bosh bilan qaytardi
35'
Chap qanotdan "Bornmut" jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Borus qabul qilib oldi
31'
Vuh! Ayb o‘ng qanotdan darvoza yaqiniga bergan uzatma xavfli bo‘ldi, "MYu" himoyachilari xavfni bartaraf etishdi.
30'
"Bornmut"ning hujumini mehmonlar bartaraf etishdi
29'
"MYu" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Zlatan tomon yetkazilgan uzatmani Borus egallab oldi
27'
Vuuuh! O‘yindagi ilk xavfli vaziyat! Valensiya o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va orqaroqqa uzatma berdi. Mata jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni qabul qilib, nariroqda turgan Runiga pas berdi. Ueynning zarbasi aniq bo‘ldi, ammo gol bo‘lish uchun yetarli darajada kuchli bo‘lmadi. Borus to‘pni egalladi
22'
"Bornmut" futbolchilari to‘p bilan ko‘proq raqib jarima maydonchasi atrofida muomalada bo‘lishmoqda
17'
O‘yin asosan maydon markazida. Birorta jamoaning ustunlugi ko‘zga tashlanmayapti. Xavfli vaziyatlar ham yo‘q
13'
O‘ng qanotdan havolatib yetkazilgan uzatmaga Ibrahimovich baland sakradi, ammo himoyachini yiqitdi. O‘yin to‘xtatildi
9'
Mata yuqoridan jarima maydonchasi yuqoridan uzatma berdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni qaytardi
7'
O‘yin tempi yuqori emas, ayni pallada mezbonlar to‘pni nazorat qilishmoqda
4'
"Bormunt"ning hujumi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani to‘xtatish chog‘ida Lyuk Shou xatoga yo‘l qo‘ydi. To‘pni mezbon futbolchisi egallab oldi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Noaniq
4'
Runi o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi, ammo himoyachi ta’qibi ostida to‘pni maydonda olib qolishning ilojini topa olmadi
0'
O‘yin boshlandi. To‘pni o‘yinga mankunianliklar kiritib berishdi
'
"Bornmut" qizil-qora yo‘l-yo‘l, "MYu" esa oq rangli formada harakat qiladi
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. O‘yin boshlanish arafasida
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! APLning 1-turidan matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz. "Bornmut" o‘z maydonida Joze Mourinyo boshchiligidagi "Manchester Yunayted"ni qabul qilmoqda
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.