Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi-2016/2017

14 avgust, soat 20:00

ARSENAL

Uolkott (31)
Oksleyd-Chemberlen (64)
Chembers (75)

3 : 4

LIVERPUL

Koutinyo (45+1,56)
Lallana (49)
Mane (63)
JAMOALAR TARKIBI
33.Petr Chex (D)
24.Ektor Bellerin
18.Nacho Monreal
16.Rob Xolding
21.Kalum Chambers
35.Muhammad El-Nenni
08.Aaron Remzi
34.Fransis Koklen
07.Aleksis Sanches
14.Teo Uolkott
17.Aleks Ivobi
  22.Simon Minyole (D)
02.Nataniel Klayn
17.Ragnar Klavan
06.Deyan Lovren
14.Jordan Xenderson
05.Jorjinyo Veynaldum
19.Sadio Mane
20.Adam Lallana
11.Roberto Firmino
18.Alberto Moreno
10.Filippe Koutinyo
ZAHIRA
13.David Ospina (D)
03.Kiran Gibbs
19.Santi Kasorla
10.Jek Uilshir
29.Granit Jaka
15.Aleks
32.Chuba Akpom
  13.Aleksandr Manninger (D)
35.Kevin Styuart
23.Emre Jan
16.Marko Gruich
32.Joel Matip
Trent Arnold
27.Divok Origi
SARIQ KARTOCHKA
Koklen (37)
Chaka (86)
 
Lallana (26)
Lovren (41)

Matn

90+5'
O‘yin tugadi. Liverpul g‘alaba qozondi. E’tiboringiz uchun raxmat.
90+3'
Arsenal hisobni tenglashtirish uchun urinmoqda, biroq Liverpul himoyada yaxshi o‘ynamoqda
90'
5 daqiqa qo‘shib berildi
88'
Viynaldum o‘rniga Styuart maydonga tushdi
86'
Chaka ogohlantirildi
85'
Firmino jarima maydoni chizig‘idan kuchli zarba yo‘llaganida, to‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi
84'
Liverpul to‘pni ushlab turibdi, jamoa g‘alabani qo‘ldan chiqarmoqchi emas
80'
Mehmonlar hujumda faollashib qolishdi, biroq Arsenal himoyada yaxshi harakat qilmoqda
76'
Lallana o‘rniga Origi maydonga tushdi
75'
Kasorla chap qanotdan belgilangan jarima zarbasini amalga oshirdi. To‘p jarima maydoniga yetkazilganida hammadan baland sakragan Chembers to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘lladi!
75'
GOOOL!!! Arsenal!!! Chembers!!!
73'
Kasorlaning uzoq masofadan yo‘llagan kuchli zarbasi noaniq ketdi
70'
Arsenal vaziyatni o‘nglash uchun harakat qilmoqda, biroq Liverpul himoyada yaxshi o‘ynamoqda
67'
Har ikki jamoada o‘zgarish. El-Nenni o‘rniga Chaka, Koutinyo o‘rniga Jon tushdi
64'
Oksleyd-Chemberlen xuddi shunday vaziyatda javob to‘pini kiritdi
64'
GOOOL!!! Arsenal!!!
63'
Sadyo Mane o‘ng qanotdan ikki himoyachini aldab o‘tib, jarima maydoniga kirib kelib, kuchli zarba bilan to‘pni darvozaning yuqori burchagiga joyladi!
63'
GOOOL!!! Liverpul!!! Mane!!!
60'
Boks tili bilan aytganda Arsenal chuqur nokautda. Jamoaning o‘yini umuman qovushmayapti
58'
Koutinyo yana bir gol urishi mumkin edi. Uning jarima maydoni ichidan yo‘llagan zarbasini Chex qiyinchilik bilan qaytardi
56'
Klayn o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, himoyachilar e’tiboridan chetda qolgan Koutinyo yaqin masofadan kuchli zarba yo‘llab, hisobdagi farqni oshirdi!
56'
GOOOL!!! Liverpul!!! Koutinyo!!!
53'
Liverpulning qarshi hujumlari xavfli bo‘lmoqda, Arsenal orqaga qaytishga majbur
52'
Arsenal uchun kutilmagan holat, jamoa karaxt ahvolda
49'
Chap qanotdan Viynaldum jarima maydoniga yorib kirib, to‘pni markazdan kelayotgan Lallanaga oshirdi. U esa to‘pni egallab olib, yaqin masofadan darvozani aniq ishg‘ol etdi!
49'
GOOOL!!! Liverpul!!! Lallana!!!
47'
Jamoalar tarkibida o‘zgarish yo‘q
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+2'
Birinchi bo‘lim tugadi
45+1'
Chamasi 25 metr masofadan Koutinyo jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirib, to‘pni darvozaning yuqori burchagiga aniq yo‘lladi!
45+1'
GOOOL!!! Liverpul!!! Koutinyo!!!
45'
2 daqiqa qo‘shib berildi
44'
Sanches jarima zarbasini amalga oshirdi. To‘p jonli devorga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi
41'
Liverpul himoyachisi Lovren ogohlantirildi
40'
Viynaldum jarima maydoni chizig‘idan kuchli zarba yo‘llagan edi, Chex to‘pni osonlik bilan ushlab oldi
39'
Sanches darvozabon bilan yakkama-yakka chiqdi, biroq ofsayd
37'
Arsenal futbolchisi Koklen ogohlantirish oldi
35'
Liverpul hisobni tenglashtirish uchun harakat qilyapti. Firmino uzoq masofadan zarba yo‘lladi, juda noaniq
31'
GOOOOOOL! Teo Uolkott, 1:0! Hujumchi penaltidan ura olmadi, ammo o‘yindan hisobni ochib, o‘z aybini yuvdi! Ivobidan uzatma qabul qilgan Teo o‘tkir burchak ostida zarba berib, olis burchakni aniq nishonga oldi!
29'
VUUUUUH! Uolkott tomonidan 11 metrli zarbadan burchakka yo‘llangan zarbani Minyole qaytardi!
28'
PENALTI! "Liverpul" darvozasiga. Alberto Moreno jarima maydonchasi ichida Uolkottni yiqitdi
26'
Adam Lallana sariq kartochka oldi. Raqib oyog‘i tagiga xavli tashlangani bois
24'
Vuuuh! "Liverpul"da yaxshi imkoniyat! Firmino jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Chembers zarbani qaytardi
19'
"Arsenal" to‘pni nazorat qilmoqda
14'
"Arsenal"da yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Jarima maydonchasi chizig‘i ustiga yetkazilgan uzatmani himoyachi yon tomonga urdi. Remzi esa jarima maydonchasi ichida to‘pni egalladiyu, ammo o‘zini uzoqlashtirib yuborgani uchun imkoniyatni qo‘ldan chiqardi
13'
"Liverpul" tomonidan tashkil etilgan yaxshi hujum Klaynning jarima maydonchasi burchagidan yo‘llagan zarbasi bilan yakuniga yetdi. To‘pni Chex egalladi
10'
O‘yin tempi yomon emas. Tashabbus mezbonlar tomnida. "Liverpul" qarshi hujumda o‘z paytini kutmoqda
7'
Vuuuh! Kanonirlar chap qanotdan qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga kirib kelishdi va Remzi yaqin masofadan zarba berdi. Minyole to‘pni egallab oldi
5'
Mehmonlarning hujummni londonliklar bartaraf etishdi
4'
"Arsenal" o‘yinni faol boshladi. Dastlabki burchak to‘pini o‘yinga kiritishga ham ulgurdi
1'
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari! APLning 1-turining markaziy o‘yini doirasida "Arsenal" va "Liverpul" o‘rtasidagi o‘yin boshlandi"!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.