Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya superkubogi

15 avgust, soat 01:00. Bosh hakam: Xesus Gil Mansano

SEVILYa

0 : 2

BARSELONA

Luis Suares (54)
Munir El-Haddodiy (81)
JAMOALAR TARKIBI
01.Serxio Riko (D)
25.Gabriel Merkado
25.Mariano
03.Adil Rami
18.Serxio Eskudero
08.Matias Kranevitter
15.Stiven NZonzi
20.Franko Vaskes
10.Xiroshi Kiyotake
20.Vitolo
23.Lusiano Viyetto
  13.Klaudio Bravo (D)
24.Jeremi MatYE
03.Jerar Pike
07.Arda Turan
04.Ivan Rakitich
20.Serxi Roberto
05.Serxio Buskets
08.Andres Inyesta
14.Xavyer Maskerano
09.Luis Suares
10.Lionel Messi
ZAHIRA
32.Xose Churripi (D)
10.Xoakin Korrea
10.Vissam Ben-Yedder
22.Evgeniy Konoplyanka
07.Ganso
08.Visente Iborra
10.Pablo Sarabiya
  25.Xordi Masip (D)
23.Samuel Yumtiti
19.Lukas Din
06.Denis Suares
22.Aleyks Vidal
21.Andre Gomes
17.Munir El-Haddodiy

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. Ispaniya superkubogi uchun dastlabki o‘yin yakuniga yetdi. "Barselona" safarda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va javob o‘yini oldidan yaxshi imkoniyat hosil qilib oldi
90'
Vuuuuh! Messi jarima maydonchasiga kirdi va o‘ng oyoqda zarba berdi. Riko zarbani qaytardi
88'
Messining uzatmasidan keyin Luis Suares o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi
84'
Messi jarima maydonchasi chizig‘i ustida Munirdan uzatma qabul qildi va zarba berdi. Burchak to‘pi
81'
GOOOOOOL! Munir el-Haddodiy, 0:2! Lionel Messining zargarona uzatmasidan keyin Munir yakkama-yakka vaziyatga chiqardi va hujumchi imkoniyatdan juda samarali foydalandi!
79'
"Barsa"ning o‘ng tomondan tashkil qilgan xavfli hujumini mezbonlar qaytarishdi
78'
Franko Vaskes sariq kartochka oldi. U oldinga o‘tayotgan Messini qo‘l bilan to‘xtatdi
76'
"Barselona"da o‘zgarish: Arda Turon o‘rniga Munir el-Haddodiy tushdi
75'
Vuuuh! Maskerano o‘z jarima maydonchasi ichida to‘pni tepib yuborishga urindi. Ammo to‘p "Sevilya" hujumchisiga tegib, darvoza tomon ketdi. Bravo xushyor ekan, to‘pni egallab oldi
73'
Messi jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Pike jarima maydonchasi ichida yiqildi. Ammo o‘yin davom etmoqda
69'
"Sevilya"da o‘zgarish: Kranvitter o‘rniga Ganso tushdi
68'
"Sevilya" oldinga o‘tishga harakat qilmoqda. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Bravo osongina egallab oldi
64'
Denis Suares burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar to‘pni qaytarishdi
59'
Sarabiya jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Hujumchilardan biri ofsaydda qoldi
58'
Serji Buskets sariq kartochka oldi
56'
Vuuuuuh! Messi birga bir vaziyatdan foydalana olmadi! Uning zarbasini Riko qaytardi. Messini Luisga birga bir vaziyatga chiqarib yuborgandi
54'
GOOOOOOL! Luis Suares, 0:1! Superkombinasiya! Denis yuqoridan yetkazgan uzatmani Turon jarima maydonchasi ichida ko‘kragi bilan to‘pni orqaga qoldirdi. Luis Suares birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi!
54'
"Ko‘k-anorranglilar" to‘pni nazorat qilib, hujum variantlarini izlamoqda
49'
Vuuuh! Denisning uzatmasidan keyin Luis bosh bilan to‘pni darvoza tomon burdi. Riko to‘pni qaytardi
48'
Vuuuh! "Barsa"ning ajoyib hujumini "Sevilya" himoyachisi bir amallab qaytardi
48'
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin Mariano olis masofadan zarba berdi. noaniq
47'
Eskudero o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Burchak to‘pi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmagan. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
45'
Arda Turan jarima maydonchasi burchagidan noaniq zarba yo‘lladi
42'
Kataloniyaliklar maydon markazida to‘pni egallab olishdi. Messi esa so‘nggi himoyachini aldab o‘ta olmadi va to‘pni yo‘qotdi
41'
Kiyotake jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Rakitich to‘pni yon tomonga tepib yubordi
39'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga andalusiyalimk futbolchi bosh bilan zarba berdi. Noaniq
38'
Vuuuh! Franko Vaskes o‘ng tomondan "Barselona" darvozasiga yaqinlashdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p Maskeranoning oyog‘idan maydonni tark etdi
37'
Vuuuuh! Birga bir vaziyatga chiqayotgan Turonga Messiga uzatma berdi. Serxio Riko oldinga chiqib, to‘pni egallab oldi
36'
"Barselona"da ikkinchi majburiy o‘zgarish: Inyesta o‘rniga Denis Suares maydonga tushdi. Endi maydonda ikkita SUares bor: Luis va Denis
35'
Vuuuh! Rakitich o‘ng tomondan — jarima maydonchasi burchagidan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Aks holda Messi darvozani ishg‘ol qilardi
32'
Merkado sariq kartochka oldi. U qarshi huujmga o‘tayotgan "Barsa" futbolchisi Luis Suaresni ochiqchasiga chaldi
30'
Eskudero chap qanotdan "Barsa" jarima maydonchasiga kirdi va darvoza oldiga uzatma berdi. Bravo to‘pni egallab oldi
29'
Inyesta "Sevilya" futbolchisi bilan to‘qnashib ketdi. Jarohat oldi
27'
Jeremi Matyo jarohat oldi. Uning o‘rniga Lyuka Din tushdi.
23'
"Barselona" maydon markazida to‘pni egallab, qarshi hujumga o‘tdi. Messi Busketsga uzatma berayotganida, yarim himoyachi ofsaydda deb topildi
20'
Andalusiyaliklar pressing va bosim orqali "Barselona"ga o‘z o‘yinini yo‘lga qo‘yishga imkoniyat berishmayapti. Aksincha, kataloniyaliklar o‘z jarima maydonchalari atrofiga qamalib olishdi
17'
Vitolo uzoq masofdan zarba yo‘lladi, juda noaniq
15'
Mariano yaxshi hujum uyushtirishga tayyor edi, biroq ofsayd
14'
Sevilyaning burchak zarbasi, biroq Barselona himoyachilari to‘pni qaytara olishdi
12'
O‘ng qanotdan Rakitich to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, Turon qaychi uslubida zarba berishga urindi, ammo uddalay olmadi
11'
Sevilyaning o‘ng qanotdan uyushtirgan hujumi samarasiz ketdi. To‘p Barselonada
9'
Yana bir xavfli hujum, chap qanotdan oshirilgan to‘pga Messi salgina yetmay qoldi, aks holda hisobni ochishi mumkin edi
6'
Juda xavfli! Luis Suares darvozabon bilan yuzma-yuz qolib, zarba berganida, Riko to‘pni qaytara oldi
5'
O‘yin asosan maydon markazida ketmoqda, xavfli vaziyatlar yo‘q
3'
To‘p Barselonada, ular oldinga o‘tishga harakat qilmoqda
2'
To‘p mezbonlarda, biroq oldinga o‘tish imkoniyati yo‘q. Barselona faol pressing qilmoqda
1'
Sevilyaning dastlabki hujumi nihoyasiga yetmay qoldi, Barselona to‘pni qaytardi
0'
O‘yin boshlandi
'
Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda
'
Sizlarni Ispaniya superkubogining dastlabki o‘yiniga taklif etamiz. Bir necha daqiqalardan so‘ng maydonga "Sevilya" va "Barselona" klublari tushib kelishadi
'
Assalomu alaykum muhtaram futbol muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.