Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo chempionlar ligasi

Chorak final, 23 avgust, soat 20:30. Bosh hakam: Ahmad Muhammad Maxedma (Iordaniya)

AL-AYN (BAA)

0 : 0

LOKOMOTIV

JAMOALAR TARKIBI
17.Xolid Eysa
5.Ismoil Ahmad
7.Lukas Fernandes Kayo
9.Dyanfres Duglas
10.Umar Abdulrahmon
19.Mohnad Salim
23.Muhammad Ahmad G‘arib
25.Amir Abdulrahmon
29.Li Myung Ju
50.Muhammad Fayoz
70.Danilo Asprillo
  1.Ignatiy Nesterov
5.Kaxi Maxaradze
8.Server Jeparov
11.Temurxo‘ja Abduxoliqov
13.Nemanya Yanichich
15.Sardor Mirzayev
18.Temur Kapadze (S)
20.Islom To‘xtaxo‘jayev
22.Sanjar Shoahmedov
33.Oleg Zoteev
71.Artur Gevorkyan
ZAHIRA
22.Mahmud al-Tenayjiy
4.Sayid Musabbeh
13.Ahmad Barman
15.Xolid Abdulrahmon
16.Muhammad ar-Raqiy
18.Ibrohim Diakiy
21.Favziy Fayoz
  12.Ma’mur Ikromov
7.Sadriddin Abdullayev
9.Slaven Stepanovich
10.Marat Bikmayev
17.Salim Mustafoyev
28.Ikrom Aliboyev
37.Sherzod Fayziyev
SARIQ KARTOCHKA
Muhammad Fayoz (34)
Danilo Asprillo (43)
 

Matn

90+6'
O‘yin yakunlandi. "Al-Ayn" va "Lokomotiv" o‘rtasidagi OCHL chorak finalning dastlabki o‘yinida hisob ochilmadi. Javob o‘yini 13 sentyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi
90+5'
Mezbonlarning xavfli hujumini bartaraf etdik
90+4'
Vuuh! Sherzod Fayziyev jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni egalladi
90+2'
"Lokomotiv" burchak to‘pini o‘yinga kiritganidan keyin qanotdan ikki marta to‘pni raqib darvozasiga uzatib, taxlikali vaziyatlarg yuzaga keltirdi. Ammo ish zarbagacha yetib bormadi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi
90'
VUUUUUH! Sardor Mirzayev chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va narigi qanotdagi sherigiga uzatma berayotganida to‘p himoyachining oyog‘ida o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va yaqin burchakka yo‘l oldi. Eysa oyog‘i bilan bir amallab to‘pni maydon tashqarisiga chiqardi
88'
Vuuuh! Umar olis masofadan noqulay zarba yo‘lladi. Nesterov to‘pni qo‘ldan chiqarib yubordi. Yanichich to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
86'
VUUUUUUH! Jeparov yon chiziqdan yetkazilgan uzatmani qabul qildi, 3 nafar raqib orasidan o‘tib ketib, ajoyib uzatma bilan Shoahmedovni yakkama-yakka vaziyatga chiqardi. Sanjar o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Afsus, to‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
86'
"Lokomotiv"da so‘nggi o‘zgarish: Oleg Zoteev o‘rniga Sherzod Fayziyev tushdi
85'
Umar Abdulrahmon olis masofadan noaniq zarba berdi
84'
"Al-Ayn"da o‘zgarish: Kayo maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Ibrohim Diakiy tushdi
83'
Kayo ofsaydda qoldi
81'
Vuuuuuuh! "Lokomotiv"chilar ko‘pchilik bo‘lib hujumga o‘tib ketishdi. Jeparovning noaniq uzatmasi natijasida raqib tezkor hujumga o‘tib ketdi va Asprilloni biga bir vaziyatga chiqarishdi. Uning zarbasini Nesterov oyog‘i bilan qaytardi
80'
Muhammad Abdulrahmon jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noaniq
78'
Maydon egalari tiki-taka uslubida jarima maydonchamizga kirib kelishdi. Himoyachilar to‘pni olib qo‘yishga ulgurishdi
77'
"Lokomotiv"da o‘zgarish: Temurxo‘ja Abduxoliqov o‘rniga Ikrom Aliboyev tushdi
74'
Abduxoliqov markazda to‘pni egallab, ikki futbolchidan o‘tib ketdi-yu, ammo keyingi vaziyatda to‘pning o‘zi undan ortda qolib ketdi
72'
BAAliklar to‘pni nazorat qilishmoqda
70'
"Al-Ayn"da ham o‘zgarish: Duglas o‘rniga Muhammad Abdulrahmon tushdi
70'
"Lokomotiv"da o‘zgarish: Artur Gevorkyan o‘rniga Marat Bikmayev tushdi
69'
Burchak to‘pi o‘yinga kiritildi. Temurxo‘ja to‘p uchun sakradi va darvozabonga urilib ketdi. Hujumchimiz Eysadan uzr so‘rab qo‘ydi
68'
Shoahmedov jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llashga harakat qildi. Burchak to‘pi ishladi
67'
Vuuuuh! Qoyil Asprilla! Ajoyib formada u! O‘ng qanotdan birdaniga 4 futbolchimizdan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga kirgancha zarba berdi. To‘pni Nesterov egallab oldi
66'
Vuuuh! Gevorkyan tomonidan yo‘llangan zarba natijasida to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
65'
Raqib jarima maydonchasi yaqinida Jeparovga nisbatan fol ishlatildi. Jarima zarbasi tepamiz
64'
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Duglas bosh bilan zarba berdi. To‘pni Ignatiy egalladi
62'
Yon chiziqdan uloqtirib berilgan to‘pni Jeparov raqib darvozasi yaqiniga yetkazdi. Himoyachi to‘pni bosh bilan qaytardi
60'
Xavfli vaziyat! Mehmonlarda xatolar ko‘paymoqda. Umar to‘pni egallab olib, Duglasga uzatma berdi. Uning nariga qanotga bergan uzatmasiga mezbon futbolchilaridan biri yetib kelib zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
59'
Vuuuuh! "Al-Ayn" hujumchisi birga-bir vaziyatga chiqib ketishiga bir bahs qoldi. Nesterov darvozani tashlab chiqib, to‘p tepib yuborishga ulgurdi
58'
Oldinga o‘tayotgan Asprilla tomon uzatma berildi. Yanichich to‘pni qaytardi
57'
To‘p asosan "Al-Ayn"da. Qarshi hujumda imkoniyat bo‘lishi kerak.
53'
Yaxshi vaziyat! Gevorkyan o‘ng qanotldan raqib darvozasiga yaqiniga uzatma berdi. Eysa to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi, ammo o‘zbekistonliklardan hech kim yo‘q edi
52'
Ikkinchi bo‘limda mezbonlar oldinga borishga majbur. Ularni durang qanoatlantirmaydi. Temiryo‘lchilar ko‘pchilik bo‘lib himoyalanishmoqda
46'
Mezbonlar qisqa paslar orqali "Loko" jarima maydonchasiga kirishga urinishdi. Ularning hujumi to‘xtatildi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Al-Ayn" - "Lokomotiv" - 0:0. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
43'
Danilo Asprillo ogohlantirildi. U Zoteevga nisbatan qo‘pol o‘ynadi
42'
Vuuuh! "Al-Ayn" xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Umarning uzatmasini Asprilla jarima maydonchasi ichida qabul qildi va sherigiga uzatma berdi. To‘xtaxo‘jayev to‘pni qaytardi
40'
"Al-Ayn" o‘yindagi ilk burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga keldi. Kayoning o‘tkir burchak ostida bergan zarbasini Nesterov egalladi
40'
O‘yin tempi biroz tushdi
37'
Zoteev oldingi chiziqqa uzatma berdi. To‘pni himoyachi egalladi va vaziyatdan uzoqlashtirdi
34'
Muhammad Fayoz sariq kartochka oldi. U Shoahmedovning oyog‘i tagiga xavfli tashlandi
33'
Gevorkyan o‘z qanotida Abdulrahmonga nisbatan fol ishlatdi
30'
Taym-aut. Tomoq xo‘llab olish uchun hakam o‘yinni to‘xtatdi
30'
"Lokomotiv" navbatdagi burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p qayta oldinga yetkazilgan paytda Yanichich ofsaydda qoldi
29'
Burchakdan uzatilgan to‘pni mezbonlar qaytarishdi
28'
VUUUUH! Tezkor kombinasiyadan keyin Shoahmedov raqib jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni ko‘kragi bilan qabul qildi va kuchli zarba berdi. To‘sin ostiga yo‘l olayotgan to‘pni Xolid to‘sin ustidan ko‘tarib yubordi!
25'
Vuuuuuuh! Gol urish kerak edi! Futbolchilarimiz raqib jarima maydonchasi atrofida to‘pni bir-birlariga tez-tez uzatish orqali yaxshi kombinasiya tashkil qilishdi. Gevorkyan o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Sardor Mirzayev darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida to‘pga oyoq qo‘ydi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
24'
Jeparov maydon markazida to‘pni yo‘qotdi. Umarning uzatmasidan keyin vakillarimiz to‘pni egallab olishdi
23'
Asprilla maydon markazida to‘pni egalaldi va katta tezlikdan oldinga o‘tib, 20 metrlardan zarba berdi. To‘p Yanichichga tegib, yon tomondan maydonni tark etdi
19'
Vuuuuuh! Umarning zarbasi o‘ta xavfli bo‘ldi! Olis burchakka berilgan aylanma zarbani Nesterov ajoyib seyv bilan qaytardi!
18'
Yanichich yana qoida buzdi. Bu safar darvozaga yaqinroq. 22 metr
17'
Umarning zarbasi ancha noaniq bo‘ldi
16'
Yanichich Duglasga nisbatan fol ishlatdi. "Al-Ayn" jarima zarbasi tepadi. Darvozagacha 27 metrlar
15'
Kayo jarima maydonchamiz ichida himoyachilarni chalg‘itib zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Zarba kuchli bo‘lmadi, Nesterov to‘pni egalladi
15'
Vakillarimiz raqibning ikki hujumini bartaraf etishdi
13'
Vuuuh! Umar Abdulrahmon yo‘l-yo‘lakay uch futbolchimizdan o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga kirayotgan Duglasga uzatma berdi. Dyanfres to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi. Aks holda u yakkama-yakka vaziyatga chiqayotgandi
11'
Asprilla ikki himoyachimiz orasidan o‘tib, yiqildi. Zoteev yaxshi o‘ynadi. Fol yo‘q
10'
Xavfli vaziyat. Asprilla o‘ng qanotda himoyachimizni chalg‘itib, darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Lukas Kayo to‘pga biroz yeta olmadi
8'
Vuuuuh! Umarning chiroyli uzatmasini Li Muyung Ju "Loko" jarima maydonchasi yaqinida to‘pni qabul qildi va ichkaridagi sherigiga uzatma berdi. Duglas qabul qildi va o‘girilgancha kuchli zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
7'
Oleg Zoteev chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Xolid Eysa to‘pni egalladi
3'
Vuuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Nemanya Yanichich darvozabon maydonchasining olis burchagidan bosh bilan zarba berdi. Biroz noaniq
3'
Jamoalar o‘yinni faol boshlashdi. Kapadze markaz bo‘ylab yurish qildi va chap oyoqda zarba yo‘lladi. To‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi
0'
Diqqat! O‘yin boshlandi!
'
Bugun "Al-Ayn" to‘q binafsharang, "Lokomotiv" esa oq rangli formada harakat qiladi. Hakamlar sariq formani tanlashgan
'
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelish arafasida
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Osiyo chempionlar ligasining kuzgi mavsumi boshlandi. Ushbu bosqichning dastlabki o‘yini doirasida "Lokomotiv" safarda BAAning "Al-Ayn" klubini qabul qilmoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.