Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi-2016/2017

3-tur, 27 avgust, soat 16:30

TOTTENXEM

Denni Rouz (72)

1 : 1

LIVERPUL

Jeyms Milner (43-penalti)
JAMOALAR TARKIBI
13.Mishel Vorm (D)
02.Kayl Uoker
04.Tobi Alderveyreld
15.Erik Dayer
05.Yan Vertongen
03.Denni Rouz
20.Dele Alli
12.Viktor Vanyama
11.Erik Lamela
23.Kristian Eriksen
10.Garri Keyn
  22.Simon Minyole (D)
06.Deyan Lovren
02.Nataniel Klayn
10.Filippe Koutinyo
07.Jeyms Milner
11.Roberto Firmino
05.Jorjinyo Veynaldum
19.Sadio Mane
20.Adam Lallana
14.Jordan Xenderson
32.Joel Matip
ZAHIRA
31.Lyuk MakGi (D)
38.Kameron Karter-Vikers
33.Ben Devis
29.Garri Uinks
09.Vinsent Yanssen
25.Joshua Onoma
07.Son Xeung-Min
  13.Aleksandr Manninger (D)
35.Kevin Styuart
16.Marko Gruich
18.Alberto Moreno
21.Lukas Leyva
27.Divok Origi
15.Daniel Starrij
SARIQ KARTOCHKA
Denni Rouz (29)
Yan Vertongen (52)
Dele Alli (77)
 
Sadio Mane (33)
Felipe Koutinyo (45+1)
Deyan Lovren (63)

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi. "Tottenxem" - "Liverpul" - 1:1
90+4'
Matip sariq kartochka oldi
90+3'
Jamoalardan bittadan o‘zgarish bo‘ldi
90+3'
Endi mezbonlar qarshi hujum tashkil qilishdi. Ammo Onoma ofsaydda qoldi
90+2'
Vuuuuh! "Liverpul" qarshi hujumda juda yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. HImoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarishga ulgurdi
90'
Vuuuuh! Firmino chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va orqaroqda ochiq turgan jamoadoshiga uzatma berdi. Veynaldumning zarbasi himoyachining qo‘lidan o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va uni Vorm egalladi. Penalti yo‘q
88'
"Liverpul"da o‘zgarish: Sadio Mane o‘rniga Daniel Starrij tushdi
85'
"Tottenxem" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Alderveyreld bosh bilan bergan zarba natijasida to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
83'
"Tottenxem"da o‘zgarish: Xarri Keyn o‘rniga Joshua Onoma tushdi
80'
Klayn jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noaniq
80'
Vuh! Firmino jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va darvoza tomon zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘idan ortga qaytdi
77'
Dele Alli sariq kartochka oldi. Hakam bilan tortishgani uchun
75'
Mane jarima maydonchasiga kirayotgan Origi tomon uzatma berdi. Hujumchi to‘pga yeta olmadi
72'
GOOOOOOL! Denni Rouz, 1:1! Maydon egalari o‘ng qanotdan hujum tashkil qilishdi. Dayer yetkazgan uzatma himoyachilarning boshiga tegib orqaroqdan jarima maydonchasiga kirib kelgan Rouzga kelib tushdi. Denni birga bir vaziyatda kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi!
70'
Origi ofsaydda qoldi
69'
"Liverpul"da o‘zgarish: Koutinyo o‘rniga Divok Origi tushdi
67'
Firmino jarima maydonchasiga kirayotgan Milner yo‘nalishiga uzatma berdi. To‘pga himoyachilar birinchi bo‘lib yetib kelishdi
64'
VUUUUH! Burchakdan yetkazilgan zarbaga Tobi Alderveyreld bosh bilan aniq zarba berdi. Yaqin burchakka kirayotgan to‘pni Minyole maydon tashqarisiga chiqarishga muvaffaq bo‘ldi
64'
Erik Lamela jarima maydonchasining o‘ng tomonida belgilangan jarima zarbasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvoza tomon aylantirdi. Minyole to‘pni yuqoriga ko‘tarib yubordi
63'
Deyan Lovren sariq kartochka oldi
62'
Vuuuuuuh! Dayer o‘ng qanotdan jarima maydonchasi chizig‘i yaqiniga uzatma berdi. Erikssen 15 metrlardan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
59'
Uchrashuvdagi tashabbus va hujumlar soni bo‘yicha ustunlik "Liverpul" tomonida
56'
Sadio Mane darvozani ishg‘ol qildi, biroq avvalroq Koutinyo jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilayotganida ofsaydda qolgan ekan
53'
VUUUUUH! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Joel Matip bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza to‘sinini silagancha maydonni tark etdi
52'
Yan Vertongen ogohlantirildi
47'
Vuuuuh! Veynaldum jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni qabul qildi va "Tottenxem" kuchli zarba berdi. To‘p darvoza to‘sin va ustunlari kesishgan joy yaqinidan o‘tib ketdi.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
45+4'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Tottenxem" - "Liverpul" - 0:1. Tanaffus
45+3'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Firmino bosh bilan to‘pni qaytardi
45+2'
Mane Firminoni birga bir vaziyatga chiqarishga urindi. Alderveyreld to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi
45+1'
Felipe Koutinyo ogohlantirish oldi. Jarima to‘pini tezkor o‘yinga kiritayotgan futbolchiga xalal bergani uchun
45'
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
43'
GOOOOL! Jeyms Milner, 0:1! Darvozabon boshqa tomonga tashlandi, yarim himoyachi boshqa burchakka zarba berdi.
42'
PENALTI! "Tottenxem" darvozasiga! Erik Lamela chap qanotdan jarima maydonchasigna kirib kelgan Firminoni ortdan yiqitdi!
42'
Koutinyo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va yordamga kelgan Firminoga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni egallab, xavfni bartaraf etdi
40'
Mana ofsaydda qoldi.
39'
"Liverpul" yaxshi hujumni oddiy vaziyatdagi noaniq zarba orqali yo‘qqa chiqardi
35'
"Liverpul" hujum qilayotganida Sadio Mane yana o‘sha xatoga yo‘l qo‘ydi va raqib oyog‘ini bosib oldi. Ikki daqiqa oldin u aynan shunday vaziyat uchun ogohlantirilgandi. Hakam uni kechirdi
33'
Sadio Mane sariq kartochka oldi.
30'
Sadio Mane maydon markazidan raqibdan to‘pni olib qo‘ydi va oldinga borib, jarima maydonchasiga kirayotgan jamoadoshiga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni olib qolishdi
29'
Denni Rouz sariq kartochka oldi.
28'
"Tottenxem"da majburish o‘zgarish: Jarohat olgan Kayl Uoker o‘rniga Vinsent Yanssen tushdi
25'
Oho! Mane jarima maydonchasiga chap tomondan kirgan Koutinyoga uzatma berdi. Felippe ko‘kragi bilan to‘pni o‘ziga bo‘ysundirdi va darvozabon maydonchasi burchagidan zarba berdi. Yaqin burchakka berilgan zarbani Vorm qaytardi va to‘pni egalladi
23'
Milner mezbon futbolchisidan to‘pni olib qo‘ydi va Koutinyoga berdi. Felippe jarima maydonchasiga kirar-kiras zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegib, to‘sin ustidan o‘tib ketdi. Burchak to‘pi
22'
Vuuuh! Mane va Vorm o‘rtasidagi yakkama-yakka jangda yana "Tottenxem" darvozaboni ustun keldi. Bu safar Mishel jarima maydonchasini tark etgancha, hujumchidan to‘pni olib qo‘ydi
19'
Jarima maydonchasining chap tomoniga uzatma berildi. Mishel Vorm Manening oyog‘iga tagiga "podkat" orqali tashlandi va to‘pni olib qo‘ydi. Hujumchi esa yiqildi. Penalti yo‘q
18'
"Qizillar" chap qanotda kombinasiya tashkil qilishdi va Koutinyo jarima maydonchasi burchagidan zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
15'
Mezbonlar jarima maydonchasiga kirgan Sadyo Manega uzatma berildi. Hujumchi o‘zi yiqilib tushdi va vazyaitni qo‘ldan chiqardi
14'
"Liverpul" xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Darvozabon maydonchasiga kirayotgan Koutinyoga uzatma berildi. Felipe ofsaydda qolgan ekan. Darvoza oldida o‘ta xavfli vaziyat yuzaga kelgandi
13'
Vuuuh! "Tottenxem"da yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Chap qanotdan jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Rouz bosh bilan qaytardi. Dele Alli jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berdi. Noaniq
11'
O‘yin tempi biroz pasaydi
6'
Vuuuh! "Tottenxem" jarima maydonchasining chap qanotidan jarima zarbasini amalga oshirdi. Darvoza tomon berilgan zarbani Minyole qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.
5'
VUUUUUUUH! Dastlabki o‘ta xavfli vaziyat! Mehmonlar londonliklar jarima maydonchasi yaqinida to‘pni olib qo‘yishdi va jarima maydonchasiga kirayotgan Firminoni to‘p bilan ta’minlashdi. Braziliyalik yarim himoyachi narigi tomonda ochiq turgan Kotinyoga uzatma berdi. Felipening yaqin burchakka bergan zarbasini Vorm avval oyog‘i bilan qaytarib, so‘ngra qo‘li bilan egallab oldi!
3'
"Tottenxem" markaz bo‘ylab ikki marta raqib jarima maydonchasiga urindi. "Qizillar" hujumni bartaraf etishdi
0'
Assalomu alaykum. qadrli futbol muxlislari! Angliya Premyer-ligasida 3-tur bahslariga start berildi. "Tottenxem" va "Liverpul" o‘rtasidagi o‘yindan matnli onlayn trnaslyasiyani boshladik!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.