Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi-2016/2017

3-tur, 27 avgust, soat 21:30

XALL SITI

0 : 1

MANCHESTER YUNAYTED

Markus Reshford (90+2)
JAMOALAR TARKIBI
16.Eldin Yakupovich (D)
06.Kertis Devis (S)
03.Endryu Robertson
11.Sem Klukas
07.Devid Meyler
27.Ahmad al-Muhammadiy
10.Robert Snodgrass
14.Jeyk Livermur
08.Tom Xaddlstoun
09.Abel Ernandes
20.Adama Diomande
  01.David de Xea (D)
23.Lyuk Shou
17.Deyli Blind
03.Erik Bayi
08.Xuan Mata
06.Pol Pogba
25.Antonio Valensiya
27.Maruan Fellayni
11.Antoni Marsial
09.Zlatan Ibrahimovich
10.Ueyn Runi (S)
ZAHIRA
12.Dushan Kusyak (D)
15.Shon Maloni
36.Greg Olley
05.Garri Makyuir
37.Josh Klakstoun
29.Jarod Boven
39.Ben Xinchlife
  20.Serxio Romero (D)
12.Kris Smolling
21.Ander Errera
22.Genrix Mxitaryan
18.Eshli Yang
28.Morgan Shnayderlin
19.Markus Reshford
SARIQ KARTOCHKA
 
Maruan Fellayni (23)

Matn

90+5'
O‘yin yakunlandi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda "MYu" g‘alabani ilib ketdi!
90+2'
Mourinyo o‘zgarishga qo‘l urdi. Ueyn Runi o‘rniga Kris Smolling tushdi
90+2'
GOOOOOOOL! Markus Reshford, 0:1! Runi chap qanotdan bir himoyachidan ajoyib tarzda o‘tib ketdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Reshford 2 metrdan to‘pni darvozaga burib qo‘ydi
90+2'
Vuuuuh! "Xall" gol urishiga bir bahya qoldi! Meyler 17 metrdan kuchli zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
90+1'
Pogbaning bu safarga zarbasi ham noaniq bo‘ldi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi
89'
Vuuh! Mxitaryan olis masofadan aniq zarba berdi. Yakupovich to‘pni egalladi
88'
Vuuuuuh! Pogba! Jariam maydonchasi yarim aylanasi chizig‘i ustidan zarba berdi. To‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi!..
86'
Reshford o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. To‘p hech kimga tegmay, narigi qanotga o‘tib ketdi
84'
"MYu" ketma-ket ikkinchi marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Pogba oyog‘ini baland ko‘tarib, himoyachiga nisbatan xavfli o‘yin namoyish qildi.
83'
"Xall Siti"da o‘zgarish: Abel Ernandes o‘rniga Garri Olley tushdi
82'
Vuuuuuh! Himoyachining xatosidan keyin mehmonlar o‘ta qulay vaziyatga ega bo‘lishdi. Mxitaryanning zarbasini himoyachi o‘ziga qabul qildi
80'
Burchak to‘pidan keyin tashkil etilgan hujum xavfli bo‘ldi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
79'
Vuuuuh! Reshford! U jarima maydonchasiga burchakdan kirib bordi va himoyachilar orasida bo‘lishiga qaramasdan olis burchak tomon zarba berdi. Yakupovichdan ajoyib seyv
78'
Bu safar Pogba jarimadan o‘z omadini sinab ko‘rdi. Noaniq
77'
Devid Meyler sariq kartochka oldi. Darvozagacha 22 metrlardan jarima zarbasi
76'
Mxitayarn 22 metrlardan bergan zarbani Yakupovich egalladi
76'
"MYu" himoyachilari qaytargan to‘pni Xaddlstoun 19 metrlardan darvoza tomon tepdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
75'
Vuuuuh! Xaddlstoun jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p rekoshet holatida ustun yonidan o‘tib ketdi
74'
Vuuh! O‘ng qanotdan havolatib yetkazilgan uzatmani himoyachi bosh bilan qaytardi. Runi 15 metrlardan darvoza tomon zarba berdi. Ustun yonidan o‘tib ketdi
72'
Zlatan jarimadan zarba berdi. To‘p jonli devorga tegib qaytdi
72'
"MYu"da o‘zgarish: Xuan Mata o‘rniga Markus Reshford tushdi
71'
Tom Xaddlstoun sariq kartochka oldi. U oldinga intilayotgan Mxitaryanni yiqitdi
69'
Mxitaryan o‘ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar qaytarishdi
68'
Mezbonlar qarshi hujumga o‘tishdi, ammo tezda to‘pni yo‘qotishdi
66'
Pogba olis masofadan kuchli zarba berdi. Noaniq
65'
"MYu" bosimni oshirib bormoqda. "Xall" oxirigacha himoyalana olarmikin?
63'
Vuuuh! Ibrahimovich jarima maydonchasi ichida Runi yetkazgan uzatmani butsasining yoni bilan Mataga uzatdi. Xuan darvozabon qarshisida deyarli yolg‘iz qoldi, ammo ofsayd
62'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani mezbon himoyachilari qaytarishdi
62'
Vuuh! "Xall" jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani himoyachi qaytardi. Ibrahimovich 20 metrlardan zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib, ustun yonidan o‘tib ketdi
60'
"MYu"da o‘zgarish: Marsial o‘rniga Genrix Mxitaryan tushdi
60'
Marsial olis masofadan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
58'
Valensiya o‘ng tomondan darvoza oldiga uzatma berdi. Yakupovich to‘pni egalladi
55'
O‘yin tomonlarning navbatma-navbat hujumi ostida o‘tmoqda, ammo golga tortadigan vaziyat yuzaga kelmayapti
48'
"Xall Siti"da o‘zgarish bo‘ldi. Snodgrass o‘rniga Shon Maloni tushdi
48'
Pogba jarima maydonchasidagi Zlatan yo‘nalishi bo‘ylab uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus
45+2'
Abel Ernandes jarima maydonchasiga kirdi va Blind ta’qibi ostida darvoza tomon zarba berdi. De Xeani to‘pni qabul qildi
45'
Vuuuuh! Runi darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Ibrahimovich to‘pni darvozabondan olib o‘tib, o‘tkir burchak ostida tovoni bilan zarba berdi. To‘p to‘rga yon tomondan tegdi. Boz ustiga, Zlatan ofsaydda qolgan ekan
45'
Pogbaga nisbatan fol ishlatildi. Darvozagacha 30 metr masofa
43'
Yaxshi vaziyat. Valensiya jarima maydonchasiga yetkazgan uzatmaga Xuan Mata 12-13 metrlardan bosh bilan zarba berdi. Zarba aniq bo‘ldi, ammo posbon to‘pni egallab oldi
39'
Vuuuh! Runi jarima maydonchasining o‘ng tomonida to‘pni qabul qildi va darvoza oldiga uzatma berdi. Marsialga nisbatan himoyachi chaqqonroq harakat qildi va xavfni bartaraf etdi
37'
Vuuuh! Xavfli vaziyat! Mata o‘ng tomondan jarima maydonchasigaga kirdi va darvoza oldiga uzatma berdi. Yakupovich uzatmani qaytardi, Runi 5 metrdan darvoza tomon zarba berdi. To‘p darvoza chizig‘i ustida turgan Devisning qorniga tegib qaytdi
36'
Mezbonlar yaxshi hujum tashkil qilishdi. Olis masofadan jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmaga Ernandes bosh bilan zarba berdi. De Xea to‘pni egalladi
34'
Xuan Mata aniq aylanma zarba berdi. Ammo to‘p aynan darvozabon turgan joyga bordi va Yakupovich uni egalladi
33'
Jarima maydonchasi yarim aylanasi oldida Xuan Mataga nisbatan fol ishlatildi. Xavfli zarba bo‘lishi mumkin
32'
Pogba olis masofadan zarba yo‘llashga qaror qildi. Yakupovich osongina to‘pni qabul qildi
30'
Mehmonlar bu safar o‘ng qanotda kombinasiya tashkil qilishdi va Fellayni jarima maydonchasiga uzatma berdi. Bu safar ham xavf bartaraf etildi
29'
Chap qanotdan "Xall Siti" jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani himoyachilar egallab olishdi
26'
"MYu" darvozasi oldidan xavf vaziyat. Darvozabon maydonchasiga yetkazilgan to‘p uchun Snodgrass va Lyuk Shou kurash olib borishdi. De Xeani to‘pni egallab oldi, ammo "Xall" futbolchisi ustun urilib ketdi va jarohat oldi
25'
Vuuuuuh! Robert Snodgrass jarimadan juda ajoyib zarba yo‘lladi. To‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi
23'
Fellayni jarima maydonchasi yaqinida Diomandeni chalib yiqitdi va ogohlantirish oldi
22'
Pogba jarima maydonchasiga kirgan Mataga uzatma berdi. Xuan to‘pni qabul qila olmadi
19'
Mezbonlar zich himoyalanib, mankunianliklar hujum tashkil qilish imkoniyatini berishmayapti
17'
Xuan Mata burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Al-Muhammadiy bosh bilan to‘pni qaytardi
10'
Vuuuh! Marsial jarima maydonchasi burchagidan uzatma berdi. Zlatan darvozaga teskari turgan holda to‘pni ortga urdi. To‘p shundoqqina to‘sin ustidan o‘tib ketdi
9'
"MYu" qisqa paslar orqali mezbonlar jarima maydonchasiga kirishga urindi. Marsial Ibrahimovich tomon bergan uzatmani himoyachilar egallab olishdi
6'
Hozircha darvozalar oldida xavfli vaziyatlar yo‘q.
0'
Bahs boshlandi. To‘pni o‘yinga "Yunayted" futbolchilari kiritib berishdi
'
Uchrashuv boshlanish arafasida
'
Xayrli oqshom futbol muxlislari. "MYu" safarda "Xall Siti" klubi mehmoni bo‘lmoqda. Jamoalar maydonga chiqib kelishdi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.