Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 2-tur, 27 avgust, soat 23:13. Bosh hakam: Rikardo De Burgos Bengoyechea (Bilbao) | ||
REAL MADRIDMorata (60)
Kroos (81) |
2 : 1 |
SELTAOrelyana (67)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13 Kiko Kasilya (D) 2 Daniel Karvaxal 4 Serxio Ramos (K) 5 Rafael Varan 12 Marselo 19 Luka Modrich 20 Marko Asensio 8 Toni Kroos 11 Garet Beyl 14 Kazemiro 21 Alvaro Morata |
1 Serxio Alvares (D) 2 Ugo Malyo (K) 19 Xonni Kastro 22 Gustavo Kabral 7 Teo Bongonda 6 Nemanya Radoya 8 Pablo Ernandes 14 Fabio Orelyana 18 Daniel Vass 24 Fakundo Ronkalya 9 Yon Gvidetti |
|
| ZAHIRA | ||
|
3 Pepe 10 Xames Rodriges 16 Mateo Kovachich 23 Danilo 18 Mariano Dias 17 Lukas Vaskes |
26 Ivan Vilyar (D) 20 Serxi Gomes 21 Karles Planas 28 Pape Cheyx 11 Pione Sisto 10 Yago Aspas 23 Yosip Sene |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Malyo (52)
Kastro (55) |
||
Matn
| ' | Real qiyin o‘yinda g‘alaba qozona oldi. E’tiboringiz uchun raxmat! | |
| 90+3' | ![]() |
O‘yin tugadi |
| 90+2' | ![]() |
Xames chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirib, zarba yo‘llashga qaror qildi. Alvares to‘pni qaytara oldi |
| 90+2' | ![]() |
Seltaning xavfli hujumi zarbagacha yetib bormadi |
| 90+1' | ![]() |
Burchak zarbasini amalga oshirgan Real to‘pni nazorat qilib turishni ma’qul topdi |
| 90+1' | ![]() |
Vaskes jarima maydoniga kirib kelib, himoyachi bilan kurashda zarba yo‘lladi. Burchak to‘pi |
| 90' | ![]() |
3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | So‘nggi daqiqalar, Real to‘pni nazorat qilmoqda | |
| 88' | ![]() |
Seltaning burchak zarbasidan so‘ng himoyachilar to‘pni qaytara olishdi |
| 86' | ![]() |
Selta yana bir vaziyatni qo‘ldan chiqardi. Ernandes to‘pni o‘ng qanotdan jarima maydoniga oshirganida, Aspas yaqin masofadan uni boshi bilan darvozaga yo‘llashi mumkin edi. Himoyachi so‘nggi pallada to‘pni qaytarib qoldi |
| 85' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Burchakdan oshirilgan to‘pga chiqishda Kasilya xatoga yo‘l qo‘ydi. Bongonda uni boshi bilan darvozaga yo‘llaganida, to‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi |
| 83' | ![]() |
Selta ham faollashib qoldi, ular hujumga o‘tishmoqda |
| 81' | ![]() |
Vaskes o‘ng qanotda to‘pni egallab olib, uni markazdan kelayotgan Kroosga yetkazdi. Toni jarima maydoni chizig‘idan kuchli va aniq zarba yo‘llab, darvozaning pastki burchagini aniq nishonga oldi! |
| 81' | ![]() |
GOOOL!!! Kroos!!! Real!!! |
| 81' | ![]() |
Vaskes jarima maydoniga to‘pni yetkazganida Beyl yaqin masofadan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘lladi. Alvares o‘z o‘rnida! |
| 80' | ![]() |
Seltaning uch futbolchisi bir himoyachiga qarshi chiqib kelishayotgan edi, ammo ular to‘p oshirishda xatoga yo‘l qo‘yishdi |
| 79' | ![]() |
Beyl to‘pni jarima maydoniga yetkazdi, himoyachilar uni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi |
| 78' | Real katta kuch bilan hujum qilmoqda, biroq Seltaning himoyasi hozircha mustahkam | |
| 77' | ![]() |
Morata o‘rniga Mariano tushdi |
| 76' | ![]() |
Vass o‘rniga Pape tushdi |
| 75' | ![]() |
Vaskes o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazdi. Alvares to‘pni osonlik bilan egallab oldi |
| 74' | Real hujum uyushtirmoqda, biroq darvoza tomon zarba berolmayapti | |
| 72' | ![]() |
Gvidetti o‘rniga Aspas tushdi |
| 71' | ![]() |
Realning burchak zarbasidan so‘ng Varan to‘pga tayinli zarba berolmadi |
| 69' | ![]() |
Modrich o‘rniga Xames Rodriges tushdi |
| 68' | Real himoyachilarining xatosidan Orelyana unumli foydalanib qoldi | |
| 67' | ![]() |
Gvidetti to‘pni Orelyanaga oshirdi. Jarima maydoni chizig‘ida turgan futbolchi kuchli va aniq zarba bilan darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga oldi! |
| 67' | ![]() |
GOOOL!!! Orelyana!!! Selta!!! |
| 66' | ![]() |
Yana bir vaziyat! Vaskes to‘pni jarima maydoniga yetkazdi, Beyl yaqin masofadan boshi bilan zarba yo‘lladi, salgina noaniq |
| 65' | ![]() |
Asensio o‘rniga Lukas Vaskes maydonga tushdi |
| 64' | ![]() |
Kroos ajoyib to‘p oshirish bilan Moratani darvozabon bilan yuzma-yuz chiqardi. Morata darvozaning uzoq burchagiga to‘pni yo‘llaganida, u ustunga tegib qaytdi! |
| 63' | ![]() |
Kazemiro pressing qilib, himoyachidan to‘pni olib qo‘ydi va zudlik bilan uzoq masofadan zarba yo‘lladi. Ammo noaniq |
| 61' | Real so‘nggi daqiqalardagi tashabbusni golga aylantira oldi | |
| 60' | ![]() |
Modrich to‘pni jarima maydoniga yetkazdi. Asensio uni egallab olib darvozabon bilan yakkama-yakka qolgan vaziyatda ohista zarba yo‘lladi. Alvares to‘pni qaytar oldi, biroq qaytgan to‘pga yetib kelgan Morata kuchli zarba bilan uni darvozaga yo‘lladi! |
| 60' | ![]() |
GOOOL!!! Morata!!! Real!!! |
| 59' | ![]() |
Morata juda qulay vaziyatga chiqib borayotgan edi, biroq yana ofsayd |
| 57' | ![]() |
Real bosimni oshirmoqda. Kross o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazdi, Asensioning boshi bilan yo‘llagan zarbasi noaniq ketdi |
| 56' | ![]() |
Juda xavfli!!! Beyl 25 metr masofadan to‘pni darvozaning yuqori burchagiga aniq yo‘llagan edi. Alvares mahorat bilan to‘pni qaytardi! |
| 55' | ![]() |
Beylni yiqitgan Kastro ogohlantirildi |
| 54' | ![]() |
Seltaning hujumida Orelyana ofsaydga tushib qoldi |
| 53' | ![]() |
Beyl 32 metr masofadan belgilangan jarima zarbasidan to‘pni darvozaga yo‘lladi. To‘p juda noaniq ketdi |
| 52' | ![]() |
Moratani chalib yiqitgan Malyo ogohlantirildi |
| 51' | ![]() |
Asensio ikki himoyachi orasida turgan bo‘lishiga qaramasdan, uzoq masofadan zarba yo‘lladi. Darvozabon o‘z o‘rnida |
| 50' | ![]() |
Real ham hujumda faollashib qoldi, biroq Selta himoyasini yorib o‘tolmayapti |
| 49' | ![]() |
Beyl o‘ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirgandi, himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 48' | ![]() |
Selta himoyachisi Malyo uzoqdan zarba yo‘lladi, ammo juda noaniq |
| 47' | ![]() |
Selta bo‘limni faol boshladi, jamoa dadil hujumga o‘tmoqda |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi, hozircha hisob ochilmadi. 15 daqiqa dam olamiz |
| 45' | ![]() |
1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 43' | ![]() |
Morata chap qanotdan yaxshi vaziyatga chiqib borishi mumkin edi, ammo ofsayd |
| 42' | ![]() |
Selta 25 metrdan belgilangan jarima zarbasini amalga oshirdi. Radoyaning kuchli zarbasini Kasilya osonlik bilan ushlab oldi |
| 40' | ![]() |
Beyl darvozabon Alvaresning hushyorligini chamasi 30 metrdan yo‘llangan kuchli zarba bilan tekshirib ko‘rdi. Yo‘q, hushyor ekan! |
| 39' | ![]() |
Seltaning xavfli hujumi, Bongonda chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazganida Varan uni o‘z darvozasiga yo‘llashiga sal qoldi. To‘p rikoshet bilan maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 38' | O‘yin surati yana biroz pasaydi, Seltaning faolligi oqibatida Real hujumlari kamaydi | |
| 36' | ![]() |
Seltaning hujumi zarbagacha yetib bormadi, Real to‘pni egallab oldi |
| 35' | Real tashabbusni qo‘lga oldi, Selta asosan himoyada o‘ynamoqda | |
| 33' | ![]() |
Burchakdan oshirilgan to‘pni Beyl boshi bilan darvoza tomon yo‘lladi, ammo juda noaniq |
| 32' | ![]() |
Xavfli vaziyat!!! Chiroyli kombinasiya oqibatida Modrich uzoq masofadan aniq zarba yo‘llagan edi, ammo Alvares darvozaning yuqori burchagigia kirib ketayotgan to‘pni qaytara oldi |
| 31' | Bosh hakam Selta darvozabonini vaqtni cho‘zmaslikka chaqirmoqda | |
| 30' | ![]() |
Real yana bir vaziyatni qo‘ldan chiqardi. Marselo to‘pni jarima maydoniga oshirganida, qulay vaziyatda turgan Morata to‘pga tayinli zarba berolmadi |
| 29' | ![]() |
Juda xavfli!!! Modrich chamasi 25 metrdan kuchli zarba bilan to‘pni darvozaga yo‘lladi. To‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi! |
| 27' | ![]() |
Zidan jamoani oldinga chorlamoqda, muxlislar ularning sustligidan norozi |
| 26' | ![]() |
Realning hujumlari qovushmayapti, Selta yaxshi himoyalanmoqda, kezi kelganda xavfli hujum qilmoqda |
| 24' | ![]() |
Yana bir vaziyat! Bongonda Karvaxalni aldab o‘tib, jarima maydoniga kirib keldi. U to‘pni o‘ng tomondan kelayotgan Vassga oshirishi mumkin edi, ammo zarba berishga qaror qildi. Natijada to‘p noaniq ketdi |
| 22' | ![]() |
Selta chap qanotdan xavfli hujum uyushtirdi. Bongonda jarima maydoniga yorib kirib, kuchli zarba yo‘lladi. Kasilya to‘pni ushlab oldi |
| 21' | O‘yin surati yuqori emas. Mavsumning boshi ekani ko‘rinib turibdi, jamoalarning jismoniy holati maromiga yetmagan | |
| 19' | ![]() |
Seltaning xavfli hujumi. Bongonda chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazdi. Vass darvoza tomon kuchli zarba yo‘lladi, to‘p himoyachiga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 17' | ![]() |
asensio chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga uzatdi. Beyl boshi bilan zarba yo‘lladi, ammo noaniq |
| 15' | Real tashabbusni qo‘lga oldi, to‘p ularda ko‘proq ushlanib turmoqda | |
| 14' | ![]() |
Selta darvozaboni to‘pni himoyachisiga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ydi, natijada uni egallab olgan Modrich uzoq masofadan kuchli zarba yo‘lladi. Biroq darvozabon o‘z xatosini to‘g‘irlab, to‘pni ushlab oldi |
| 13' | ![]() |
Morata jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi, to‘p darvozaning yuqori burchagiga kirib ketishiga sal qoldi |
| 10' | Dastlabki o‘n daqiqa davomida darvoza tomon yo‘llangan zarba bo‘lmadi | |
| 8' | ![]() |
Selta tezkor hujum uyushtirmoqchi bo‘ldi, biroq oldinga yetkazilgan to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 7' | ![]() |
Morata o‘ng qanotda himoyachini aldab o‘tib, darvozabon bilan yuzma-yuz chiqmoqchi edi, ammo to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 6' | ![]() |
Modrich o‘ng qanotdan tezkor hujum uyushtirib, to‘pni jarima maydoniga yetkazdi, biroq himoyachilar uni qaytara olishdi |
| 5' | ![]() |
Seltaning hujumida Orelyana ofsaydga tushdi, aks holda o‘ng qanotdan xavfli hujum bo‘lishi mumkin edi |
| 4' | ![]() |
Selta o‘z maydonida to‘pni nazorat qilmoqda |
| 3' | ![]() |
Morata o‘ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi, ikki futbolchini aldab o‘tdi, ammo zarba berishga ulgurmadi. To‘pni darvozabon ilib oldi |
| 2' | ![]() |
Realning dastlabki hujumida Morata ofsaydga tushib qoldi |
| 1' | ![]() |
Seltaning hujumida Gvidetti jarima maydoniga yorib kirdi, biroq himoyachilar unga zarba berish uchun imkoniyat berishmadi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi |
| ' | Jamoalar Italiyadagi zilzila qurbonlari xotirasiga 1 daqiqa sukut saqlamoqda | |
| ' | Jamoalar maydonga tushib kelishdi | |
| ' | Sizlarni "Real" - "Selta" o‘yinini kuzatib borishga taklif qilamiz | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum muhtaram futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|