Ispaniya La-ligasi, 23-tur
| 10 fevral, soat 01:00 | ||
SEVILYaMoreno (15)
|
1 : 4 |
BARSELONAAleksis Sanches (34)
Messi (44, 55) Fabregas (88) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Beto Bashtush 02.Federiko Fasio 21.Nikolas Parexa 05.Diogu Figeyrash 06.Daniel Karrisu 11.Ivan Rakitich 32.Alberto Moreno 12.Visente Iborra 20.Vitolo Machin 18.Kevin Gameyro 09.Karlos Bakka |
01.Viktor Valdes 03.Jerar Pike 15.Mark Bartra 21.Adriano Korreyya 02.Martin Montoyya 08.Andres Inyesta 06.Xavi Ernandes 17.Aleks Song 09.Aleksis Sanches 10.Lionel Messi 07.Pedro Rodriges |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Xavi Varas 03.Fernando Navarro 17.Xairo Samperio 08.Sebastyan Kristoforo 19.Xose Reyes 15.Petr Troxovski 16.Denis Cherishev |
13.Xose Pinto 22.Dani Alves 24.Serxi Roberto 04.Sesk Fabregas 16.Serxio Buskets 19.Ibraxim Afellay 20.Kristian Telyo |
|
Matn
| ' | "Barselona" og‘ir o‘tgan, og‘ir sharoitda o‘tgan o‘yinda irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. | |
| 90+3' | ![]() |
O‘YIN TUGADI |
| 90+2' | ![]() |
Yo‘q, imkon bo‘lib qolsa "Barsa" yana hujum qilmoqda. Messi to‘pni jarima maydonchasiga kirib borayotgan Iinyestaga uzatgandi. Laynsmen ofsayd qayd etdi |
| 90+1' | ![]() |
To‘pni 3 daqiqa davomida nazorat qilish "Barsa" uchun muammo emas... |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 88' | ![]() |
Aleksis bu safar to‘pni Fabregasga aniq yetkazib bera oldi. Sesk esa jarima maydonchasi ichida to‘pni darvozabon ustidan oshirib, darvoza to‘riga yo‘lladi! |
| 88' | ![]() |
Gooooool!!!! 1:4! |
| 87' | ![]() |
Andalusiyaliklarning hujumi Valdesga shunchaki sovg‘a bo‘ldi |
| 86' | ![]() |
Montoyya Aleksisni jarima maydonchasi ichiga boshladi. Uning pasiga aniqlik yetishmadi |
| 85' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Valdes to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi. Himoyachilar to‘pni jarima maydonchasidan uzoqlashtirishdi |
| 83' | ![]() |
Messi bugun ikkita gol urishdan tashqari ikkita golga ham assistentlik qilishi mumkin edi! U Adriano Korreyani chiroyli tarzda bir-birga vaziyatga chiqardi. Himoyachining zarbasi biroz noaniq bo‘ldi. |
| 82' | ![]() |
"Barsa" ortiqcha qiyinchiliksiz to‘pni nazorat qilmoqda. Xuddi mashg‘ulotdagidek. Hujum haqida o‘ylamayapti |
| 79' | ![]() |
"Sevilya" jarima maydonchasi ichida Messi himoyachi bilan to‘p uchun kurashda yiqildi. Penalti yo‘q |
| 78' | ![]() |
Mezbonlar hujumga zo‘r berishmoqda. Biroq hozir hujumchilardan biri ofsaydda qolib ketdi |
| 76' | ![]() |
Mezbon futbolchisi Cherishev 99%li gol urish imkoniyatdan foydalana olmadi. hujumchi jarima maydonchasi ichida darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatda to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi. Ajoyib pas bo‘lgandi |
| 72' | ![]() |
Pedro Rodriges o‘rniga Sesk Fabregas tushirildi |
| 71' | ![]() |
Diogo Figueyrash raqib hujumi buzgani uchun |
| 70' | ![]() |
"Sevilya" jarima zarbasini amalga oshirdi. Rakitich 35 metrlar masfadan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazib berdi. Valdes to‘p uchun chiqdiyu, ammo unga yeta olmadi. Fasio to‘pni jarima maydonchasi o‘rtalariga uzatdi. Keyinchalik esa kataloniyaliklar to‘pni qaytarishdi. |
| 68' | ![]() |
O‘yin vaqtini qo‘zgani uchun Viktor Valdesga "sariq" |
| 65' | ![]() |
Messi va Pedro ijrosidag hujumni mezbon himoyachilari qaytarib qolishdi. Messining uzatmasi chiroyli chiqqandi |
| 64' | ![]() |
Unay Emeri birdaniga 2ta o‘zgarishga qo‘l urdi. Iborra o‘rniga Traxovskiy, Gameyro o‘rniga esa Cherishev o‘yinni davom ettiradi |
| 61' | ![]() |
Viktor Valdes ajoyib seyv namoyish qilib, darvoza burchagiga yo‘naltirilgan to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi! |
| 59' | ![]() |
Pedro raqibini qo‘li bilan tortib qolgani uchun ogohlantirildi |
| 57' | ![]() |
Sanches dublni rasmiylashtirish mumkin edi. Messi uning o‘ng qanotdan ochilayotganini ko‘rdi va markazdan to‘pni yetkazdi. Chililik futbolchi to‘pga bitta urinishda zarba berdi. Biroq to‘p darvoza yonidan o‘tib ketdi. |
| 55' | ![]() |
Leo Messi yana "Barsa" muxlislarini xursand qildi! Jarima maydonchasi chizig‘i ustidan chap oyoqda yo‘llagan zarbasini darvozabon qaytara olmadi! |
| 55' | ![]() |
Goooooollll!!!! |
| 52' | Tinimsiz yog‘ayotgan yomg‘irdan maydonda ko‘lmaklar paydo bo‘lmoqda. Futbolchilarning harakatlanishi yanada og‘irlashmoqda | |
| 50' | ![]() |
Golli vaziyat!!! Montoyya va Vitolo to‘p uchun kurashishdi, har ikkalasi qo‘li bilan bir-birining formasidan ushlab olishgandi. "Sevilya" futbolchisi Montoyyadan qochib ketdi va jarima maydonchasiga kirib, zarba berdi! Zarbaga ozgina aniqlik yetishmadi!!! |
| 47' | Hozircha darvozalar oldidan xavfli vaziyatlar yuzaga kelmayapti. | |
| 46' | ![]() |
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI |
| ' | Sevilyada kuchli yomg‘ir yog‘moqda. Shamol ta’siri ostida yog‘moqda. Muxlislarga ham, futbolchilarga ham oson bo‘layotgani yo‘q | |
| 45' | ![]() |
Hakam birinchi bo‘limga vaqt qo‘shib o‘tirmadi. Tanaffus. |
| 44' | ![]() |
"Barsa" o‘ziga xos bo‘lmagan uslubda gol urdi. Qarshi hujumda! Sanchas chap qanotdan qochdi va to‘pni jarima maydonchasiga yaqinlashib kelgan Messiga uzatdi. Argentinalik futbolchi to‘pni qayta ishladiyu, chap oyog‘i bilan darvozaning burchagiga "mixladi"! |
| 44' | ![]() |
Goolllllllllllllllll!!!! Messssiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiii!!! |
| 43' | ![]() |
Jarima zarbasidan keyin mehmonlar jarima maydonchasi ichida taxlikali vaziyat yuzaga keldi. Himoyachilar amallab to‘pni uzoqlashtirishdi |
| 42' | ![]() |
To‘p Song qo‘liga tekkani uchun "Barsa" darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi |
| 41' | Ispaniyada yo yomg‘ir yoqqan, yoki qor. har holda maydon bilch-bilch ho‘l | |
| 39' | ![]() |
"Sevilya" futbolchisi Karrisu ogohlantirildi. Qo‘pol o‘ynagani uchun |
| 38' | ![]() |
To‘p bilan hamon mehmonlar. Martino shogirdlari raqib darvozasi tomon navbatdagi yo‘llarni qidirishmoqda |
| 34' | ![]() |
Mezbon himoyachisi darvozagacha 35 metrlar masofadan Messiga nisbatan qo‘pol podkat ishlatgani uchun jarima zarbasi belgilandi. Uni jabrlanuvchining o‘zi jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Sanches esa uni boshi bilan darvozaga yo‘lladi. Bu chililik futbolchining chempionatdagi 14-goli edi. Darvoqe, takroriy lavhalarning ko‘rsatishicha, to‘p uzatilayotgan paytda Sanches ofsayd holatiga chiqib ulgurgan ekan |
| 34' | ![]() |
Goooooolllllll! Aleksis Sanches!!! |
| 33' | "Sevilya" bosh murabbiyi Unay Emeri umuman o‘tirayotgani yo‘q. Tinimsiz ko‘rsatmalar berib turibdi | |
| 31' | ![]() |
Pedro jarima maydonchasiga yorib kirdiyu, ammo uzatmaga ko‘proq kuch bervordi. |
| 28' | ![]() |
Bir daqiqa ichida "Barsa"ga hujumda omad kulib boqmagan bo‘lsa, himoyada, aksincha, omad kulib boqdi. Rakitich zarbasi shundoqqina darvoza yonidan o‘tib ketdi |
| 27' | ![]() |
Messi tomonidan jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbani "Sevilya" posboni egallab oldi |
| 25' | ![]() |
"Barsa" raqib mudofaasini yorib o‘tish yo‘llarini qidirmoqda |
| 22' | ![]() |
Sanches jarima maydonchasiga yorib kirgandi. O‘yindan tashqari holat |
| 20' | ![]() |
Uh, "Barsa"ga omad kulib boqdi! Ha, omadi keldi kataloniyaliklarning! Jarima to‘pidan keyin mezbon hujumchisi to‘pni bosh bilan burib yubordi. To‘p esa darvoza ustuniga tegib qaytdi! |
| 20' | ![]() |
Sevilyaliklarning tezkor hujumsini Song qo‘pollik bilan to‘xtatdi. SAriq kartochka |
| 18' | ![]() |
"Barsa" to‘pni nazorat qilayotgan bo‘lsa-da, hali sevilyaliklar darvozasi oldida chinakamiga xavfli vaziyatni yuzaga keltira olishmadi. Mezbonlar tezroq, shiddatliroq o‘ynashmoqda |
| 15' | ![]() |
"Sevilya" tezkor hujum uyushtirdi va raqib jarima maydonchasi ichidagi to‘p oshirishlaridan keyin Moreno zarbavor vaziyatga chiqdi. To‘p esa rekoshet holatida Valdes darvozasiga borib tushdi |
| 15' | ![]() |
Go-oo-o-o-o-oo-lll!!!! "Sevilya" hisobni ochmoqda!!! |
| 14' | ![]() |
"Sevilya" "Barselona" ustidan so‘nggi marta bundan 7 yil avval g‘alaba qozongan ekan... |
| 12' | ![]() |
Maydon egalari shundoqqina o‘zlarining jarima maydonchalari ostonasida Sanchesga nisbatan qo‘pollik ishlatishdi. Messining "standarti"ni esa darvozabon egallab oldi |
| 9' | ![]() |
Mezbonlar ikki marta yaxshi hujum tashkil etishdi. Kataloniyalik himoyachilar yaxshi o‘ynashdi |
| 5' | ![]() |
"Sevilya" futbolchisi Bartradan to‘pini olib qo‘yishiga sal qoldi. Aks holda darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi |
| 3' | Valdes o‘ziga yetkazilgan to‘pni sheriklariga oshirishda shoshib qoldi. Uning baxtiga u tepib yuborgan joyda maydon egalaridan hech kim yo‘q edi | |
| 2' | "Barselona" hujum qilishga shoshmayapti — maydonga moslashmoqda. | |
| 2' | "Barselona" hujum qilishga shoshmayapti — maydonga moslashmoqda. | |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi! |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda |
| ' | Yana 10 daqiqalardan keyin uchrashuv boshlanadi | |
| ' | "Barselona" klubi va ispan futboli ishqibozlari hukmiga "Sevilya" - "Barselona" uchrashuvidan onlayn translyasiyani havola qilamiz | |
| ' | Xayrli oqshom, xurmatli futbol muxlislari. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|