Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya Premyer-ligasi-2016/2017
| 3-tur, 28 avgust, soat 20:30. Bosh hakam: Andre Marriner | ||
MANCHESTER SITIRahim Sterling (7, 90+2)
Fernandinyo (19) |
3 : 1 |
VEST XEMMaykl Antonio (58)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Vilfredo Kabalyero (D) 05.Pablo Sabaleta 30.Nikolas Otamendi 24.Jon Stounz 22.Gael Klishi 17.Kevin de Bryuyn 07.Raxim Sterling 25.Fernandinyo 21.David Silva 10.Serxio Aguero 09.Nolito |
13.Adrian (D) 02.Uinston Rid 26.Artur Masuaku 19.Jeyms Kollinz 08.Sheyxu Kuyyate 21.Anjelo Ogbonna 17.Gyokxan Tyore 30.Maykl Antonio 16.Mark Noubl 11.Enner Valensiya 24.Eshli Fletcher |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Jo Xart (D) 11.Aleksandr Kolarov 18.Fabian Delf 06.Fernando 08.Samir Nasri 15.Xesus Navas 72.Kelechi Ixeanacho |
01.Darren Rendolf (D) 35.Ris Oksford 22.Sem Bayrem 32.Ris Burk 10.Manuel Lansini 14.Pedro Obyang 28.Jonatan Kallyeri |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Fernandinyo (6)
|
Artur Masuaku (14)
Eshli Fletcher (49) Mark Noubl (51) |
|
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Manchester" ketma-ket uchinchi g‘alabaga erishdi va jadvalda 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi |
| 90+4' | ![]() |
Vuuuuuh! Lansini jarima maydonchasiga kirdi va himoyachilarni chalg‘itib zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 90+2' | ![]() |
GOOOOL! Maydon egalari hujumni davom ettirishdi. Silvaning uzatmasidan Sterling chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi, darvozabonni aldab o‘tdi va juda ham o‘tkir burchak ostida to‘pni darvozaga yumalatib qo‘ydi |
| 90+2' | ![]() |
Vuuuuuuh! David Silva jarima maydonchasi ichida birga bir vaziyatda zarba berdi. To‘p ustunga tegib qaytdi! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi |
| 89' | ![]() |
Ehhhh, Rahim! David Silva Sterlingni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi. Rahim biroz o‘tkir burchak ostida aniq zarba bera olmadi. To‘p yaqin ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 88' | ![]() |
"Siti"da o‘zgarish: Serxio Aguero o‘rniga Fernando tushdi |
| 87' | ![]() |
Otamendining qoidabuzarligi tufayli mehmonlar jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Biroq to‘p uchun kurashga qo‘shilgan futbolchi ofsaydda qoldi |
| 84' | ![]() |
VUUUUH! Silvaning uzatmasidan keyin Samir Nasri darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. Uning zarbasi posbonga tegdi, biroq Nasri to‘pni oldinga olib o‘tdi va darvoza oldiga uzatdi. Himoyachilar to‘pni qaytarib qolishga ulgurishdi. Aks holda o‘sha mezbonlarning ikki futbolchisi hoziru nozir edi |
| 82' | ![]() |
"Vest Xem" futbolchisi Lansini burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar to‘pni qaytarishdi |
| 79' | ![]() |
Maydon egalari qisqa paslar orqali raqib jarima maydonchasiga kirib kelishdi va Aguero 11 metrli nuqta atrofida zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi |
| 77' | ![]() |
"Vest Xem"da o‘zgarish bo‘ldi. Jarohat olgan Uinston Rid o‘rniga Xonatan Kallyeri tushdi |
| 75' | ![]() |
"Siti"da o‘zgarish: Nolito o‘rniga Samir Nasri tushdi |
| 71' | ![]() |
Nolito raqib jarima maydonchasi ichida Dasid Silva bilan "devor" o‘ynadi, ammo to‘pni darvozabon egallab oldi |
| 70' | ![]() |
Aguero chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va narigi tomondan yordamga kelayotgan jamoadoshiga uzatma berdi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegib, darvoza tomon ketdi. Adrian to‘pni egallab oldi |
| 66' | ![]() |
Vuuuh! Serxio Aguero Silvadan uzatma qabul qilib, jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p to‘rga tegdi, yon tomondan |
| 64' | ![]() |
Sterling o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirishga urindi, to‘p uning o‘zidan maydonni tark etdi |
| 62' | ![]() |
"Vest Xem" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Maydon egalari to‘pni qaytarishdi. Noublning takroriy uzatmasi noaniq bo‘ldi |
| 60' | ![]() |
"Vest Xem"da o‘zgarish: Enner Valensiya o‘rniga Manuel Lansini tushirildi |
| 58' | ![]() |
GOOOOOL! Maykl Antonio, 2:1! Masuaku chap qanotdan "Siti" darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Antonio baland sakrab darvozani ishg‘ol qildi. Bu vaziyatda Otamendi sust harakat qildi |
| 56' | ![]() |
"Shaharliklar" qarshi hujumda Nolitoni birga bir vaziyatga chiqarishdi. Ammo hujumchi birozgina ofsaydda qolgandi |
| 52' | ![]() |
Rahim Sterlingga nisbatan o‘ng qanotda o‘yin qoidasi buzildi va De Bryuyne jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar qaytargan to‘pni Nolito jarima maydonchasi tashqarisida egalladi va zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib, to‘rga yon tomondan tegdi |
| 51' | ![]() |
Mark Noubl hakam bilan tortishgani uchun ogohlantirish oldi |
| 49' | ![]() |
Eshli Fletcher ogohlantirish oldi |
| 48' | ![]() |
Kevin de Bryuyne o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Ofsaydda turgan Nolito darvozani ishg‘ol qildi. Gol haqli ravishda bekor qilindi |
| 46' | ![]() |
"Vest Xem"da o‘zgarish bo‘ldi: Go‘kxan To‘re o‘rniga Sem Bayrem tushdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Man.Siti" - "Vest Xem" - 2:0. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 40' | ![]() |
"Siti" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Samarasiz yakunlandi |
| 39' | ![]() |
To‘p nazorati va ustunlik mezbonlar tomonida |
| 34' | ![]() |
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin De Bryuyne jarima maydonchasi burchagidan olis yuqori burchak tomon zarba berdi. Zarbaga biroz aniqlik yetishmadi |
| 33' | ![]() |
VUUUUUUUH! Nolito raqib jarima maydonchasi oldida to‘pni egalladi va chap qanotdan ichkariga kirayotgan Silvaga uzatma berdi. David to‘pni orqaroqqa qaytardi. Kevin de Bryuynening zarbasidan keyin to‘p kichik rekoshet holatida ustun yonginasidan o‘tib ketdi |
| 32' | ![]() |
Qarshi hujumda oldinga o‘tayotgan Maykl Antonioga uzatma berildi. U jarima maydonchasiga kirdiyu, ammo to‘pni o‘zidan biroz uzoqlashtirib yubordi. Otamendi to‘pni maydonchasiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pi |
| 30' | ![]() |
"Vest Xem"ning hujumi. Chap qanotdan jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmaga Fletcher bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 29' | ![]() |
Jon Stounz jarohat oldi |
| 26' | ![]() |
Jarima zarbasi xavfli bo‘ldi. De Bryuynening zarbasidan keyin to‘p shundoqqin to‘sini ustidan o‘tib ketdi |
| 25' | ![]() |
Maykl Antonio shundoqqina jarima maydonchasi burchagida oyog‘ini baland ko‘tarib, Nolitonining qorniga tepib yubordi. Jarima zarbasi |
| 22' | ![]() |
De Bryuyne o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Aguero bosh bilan zarba berishga urindi, ammo to‘p darvoza tomon emas, yon tomonga ketib qoldi |
| 19' | ![]() |
GOOOOOL! Fernandinyo, 2:0! Kevin de Bryuyne jarima to‘pini jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Fernandinyo 7-8 metrlardan bosh bilan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi! |
| 17' | ![]() |
Nolito bu safar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va o‘zi zarba berishga qaror qildi. Zarba yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi |
| 16' | ![]() |
Silva jarima maydonchasining chap tomonidan to‘pni qabul qildi va orqaroqqa uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi |
| 14' | ![]() |
"Vest Xem" futbolchisi Artur Masuaku ogohlantirish oldi |
| 7' | ![]() |
GOOOOOL! Rahim Sterling, 1:0! David Salva to‘p bilan oldinga borib, jarima maydonchasiga chap tomondan kirgan Nolitoga uzatma berdi. Hujumchi to‘pni orqaroqqa - 11 metrli nuqta ustiga yetkazdi. Rahim Sterling aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 6' | ![]() |
Fernandinyo sariq kartochka oldi |
| 0' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli Angliya futboli muxlislari! APLning 3-turi doirasida "Manchester Siti" va "VEst Xem" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanib ketdi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|