Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
JCH-2018 saralash. Osiyo, 3-bosqich
| «A» guruhi, 1-tur. 1 sentyabr, soat 20:00. Bosh hakam: Ryuji Sato (Yaponiya) | ||
O‘ZBEKISTONGeynrix (74)
|
1 : 0 |
SURIYa |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
21. Aleksandr Lobanov 19. Vitaliy Denisov 05. Anzur Ismailov 18. Otabek Shukurov 20. Islom To‘xtaxo‘jayev 07. Aziz Xaydarov 09. Odil Ahmedov (c) 08. Server Jeparov 23. Eldor Shomurodov 10. Sardor Rashidov 11. Igor Sergeev |
01. Ibrohim Almeh 02. Ahmad Solih 03. Muayyad Al-Ajjan 05. Umro Al-Midaniy 07. Nodim Sabog‘ 08. Umar Xarbin 09. Mahmud Al-Mavas 10. Abdurazzoq Husayn (s) 15. A’lo Ash-Shibliy 16. Hamid Mido 18. Muhammad Zohir |
|
| ZAHIRA | ||
|
01. Eldor Suyunov 02.Salamat Quttiboyev 03. Azim Ahmedov 04. Marat Bikmayev 06. Jasur O. Hasanov 12. Ignatiy Nesterov 13. Davron Hoshimov 14. Javohir Sohibov 15. Aleksandr Geynrix 16.Stanislav Andreev 17.Dostonbek Hamdamov 22.Jamshid Iskanderov |
22. Shohir Ash-Shokir 23. Ahmad Madaniyeh 04. Jihod Al-Bavur 06. Amro Jeniat 11. Usoma Umariy 12. Zair Kruoma 13. Yusuf Kalfa 14. Ahmad Ashkar 17. Husayn Al-Juvayed 19. Muhammad Muhtadiy 20. Xolid Al-Mubayd 21. Nasux Nakdaliy |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Umro Al-Midaniy (26)
Muhammad Zohir (41) Abdurazzoq Husayn (43) Ahmad Solih (84) |
||
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin tugadi. G‘alaba muborak! |
| 90+3' | ![]() |
Suriya hujumda qoida buzdi, to‘p futbolchilarimizga o‘tdi |
| 90+1' | ![]() |
Chap qanotdan to‘p jarima maydoniga oshirilganda Lobanov uni osonlik bilan egallab oldi |
| 90' | ![]() |
4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Geynrix hujumda o‘yin qoidasini buzdi, to‘p raqibga o‘tdi |
| 88' | ![]() |
suriya to‘pni egallab turibdi, hamyurtlarimiz orqaga qaytishgan holda harakat qilishmoqda |
| 87' | ![]() |
Shomurodov ikki himoyachini aldab o‘tib, jarima maydoniga yorib kirgandi, ammo himoyachilar to‘pni olib qo‘yishdi |
| 86' | ![]() |
Abdurazzoq Husayn o‘rniga Muhtadiy tushirildi |
| 85' | ![]() |
Al-Mavas uzoq masofadan zarba yo‘lladi, juda noaniq |
| 84' | ![]() |
Solih ogohlantirildi, u Geynrixni turtib yubordi |
| 82' | Darvoza tomon yo‘llangan zarbalar 7-2 | |
| 80' | ![]() |
Futbolchilarimiz to‘pni ushlab turishibdi, o‘yin tempini tushirishmoqchi |
| 76' | ![]() |
Suriya ham faollashib qoldi, katta kuch bilan hujumga o‘tmoqda |
| 74' | ![]() |
Futbolchilarimiz o‘ng qanotda to‘pni olib qo‘yishdi. Jeparov uni Shomurodovga yetkazdi. Shomurodov o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga oshirdi. Odil Ahmedov kuchli zarba bilan to‘pni darvozaga yo‘lladi. Darvozabon uni qaytara oldi, ammo qaytgan to‘pni Geynrix bo‘sh qolgan darvozaga yo‘lladi! |
| 74' | ![]() |
GOOOL!!! Geynrix!!! |
| 72' | ![]() |
Ketma-ket ikki burchak zarbasini amalga oshirdik. Ahmedov uzoq masofadan zarba yo‘lladi, to‘pni himoyachilar to‘sishdi |
| 70' | ![]() |
Mido o‘rniga Al-Mubayd tushirildi |
| 68' | O‘yin tempi yana pasaydi, to‘p maydon markazida ushlanib turibdi | |
| 67' | ![]() |
Xaydarov o‘rniga Sohibov tushirildi |
| 66' | ![]() |
Xarbin uzoq masofadan zarba yo‘lladi, himoyachilar to‘sishga ulgurdi |
| 64' | ![]() |
Ketma-ket ikki burchak zarbasi bizga foyda bermadi, himoyachilar to‘pni osonlik bilan qaytara olishdi |
| 63' | ![]() |
Sabog‘ o‘rniga Usoma Umariy tushirildi |
| 60' | ![]() |
Hamyurtlarimizning burchak zarbasi. Havodan oshirilgan to‘pni darvozabon qaytara oldi |
| 59' | ![]() |
Golli vaziyat edi! Shomurodov o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazganida Sergeev yaqin masofadan boshi bilan zarba yo‘lladi. Biroq to‘p to‘ppa-to‘g‘ri darvozabonga yo‘llandi |
| 57' | ![]() |
Geynrix o‘rniga Rashidov maydonga tushdi |
| 54' | ![]() |
Xarbin uzoq masofadan zarba yo‘lladi, Lobanov to‘pni osonlik bilan egallab oldi |
| 53' | ![]() |
Ketma-ket ikki marta burchak zarbasini amalga oshirdik, ammo natija bo‘lmadi |
| 50' | Ikkinchi bo‘limni faolroq boshladik, kichik tashabbus futbolchilarimizda | |
| 48' | ![]() |
Burchak zarbamiz xavfli bo‘ldi. Darvozabon to‘pni egallab ololmadi, biroq uni darvozaga yo‘llaydigan futbolchi topilmadi |
| 47' | ![]() |
Denisov to‘pni jarima maydoniga oshirganida, Sergeev yaqin masofadan zarba berib ko‘rdi, biroq noaniq |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi |
| 45+2' | ![]() |
Ahmedov chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirgandi, ammo to‘pni oldirib qo‘ydi |
| 45+1' | ![]() |
Shibliy uzoq masofadan zarba yo‘lladi, Lobanov to‘pni qaytara oldi |
| 45' | ![]() |
2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 43' | ![]() |
Abdurazzoq Husayn ogohlantirildi, u to‘pni o‘yinga kiritishga halal berdi |
| 41' | ![]() |
Muhammad Zohir ogohlantirildi, u Shomurodovga nisbatan qo‘pol o‘ynadi |
| 40' | ![]() |
Suriya jarima zarbasini amalga oshirib, to‘pni jarima maydoniga yetkazdi. Himoyachilar to‘pni qaytara olishdi |
| 38' | ![]() |
Suriya yaxshi himoyalanmoqda, hujumlarimiz zarbagacha yetib bormayapti |
| 35' | ![]() |
Suriyaning jarima zarbasidan so‘ng to‘p jonli devorga tegib qaytdi |
| 34' | ![]() |
Shomurodov ikki himoyachini aldab o‘tib, jarima maydoniga yorib kirmoqchi edi. Himoyachilar to‘sib qolishdi |
| 32' | ![]() |
Abdurazzoq Husayn uzoq masofadan zarba yo‘lladi, juda noaniq |
| 31' | ![]() |
Chap qanotdan jarima maydoniga oshirilgan to‘pga Shomurodov boshi bilan zarba berishga urinib ko‘rdi, ammo eplolmadi |
| 30' | ![]() |
O‘yin yana maydon markaziga ko‘chdi, jamoalar ehtiyotkorlikni saqlab turishibdi |
| 27' | ![]() |
Birinchi zarba yo‘llandi! Jeparov jarima zarbasidan to‘pni jarima maydoniga oshirdi, To‘xtaxo‘jayev boshi bilan zarba berdi. Biroq zarba kuchli chiqmadi va to‘p darvozabonga borib tushdi |
| 26' | ![]() |
Umro Midaniy hujumimizni to‘xtatib qolgani uchun ogohlantirildi |
| 24' | ![]() |
Jarima zarbasidan to‘p jarima maydoniga yetkazildi, himoyachilar uni qaytarib yuborishdi |
| 23' | ![]() |
Suriyaning uzoq davom etgan hujumi zarbagacha yetib bormadi |
| 21' | ![]() |
Otabek Shukurov uzoq masofadan zarba yo‘lladi, ammo juda noaniq |
| 20' | ![]() |
Jeparov to‘pni jarima maydoniga oshirdi, biroq darvozabon uni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi |
| 19' | O‘yin surati past, xavfli vaziyatlar deyarli yo‘q. Jamoalar juda ehtiyotkorlik bilan o‘ynamoqda | |
| 16' | Hali darvozalar tomon birorta zarba yo‘llanmadi | |
| 15' | ![]() |
Chap qanotdan Rashidov to‘pni jarima maydoniga oshirganida, Midaniy uni o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘yishiga sal qoldi |
| 14' | ![]() |
Jarima zarbasidan Jeparov to‘pni jarima maydoniga oshirdi, biroq yana himoyachilar to‘pni qaytarib yuborishdi |
| 12' | ![]() |
Burchak zarbasini yaxshi amalga oshira olmadik, himoyachilar to‘pni qaytarib yuborishdi |
| 11' | ![]() |
Denisov to‘pni havodan jarima maydoniga yetkazdi, biroq Shomurodov zarba yo‘llashga imkon topolmadi |
| 10' | ![]() |
Chap qanotdan uyushtirilgan hujumda himoyachilar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi |
| 9' | ![]() |
O‘zbekistonning burchak zarbasi, himoyachilar jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni osonlik bilan qaytarishdi |
| 7' | ![]() |
Hozircha hujumlarimiz zarbagacha yetib bormadi, Suriya yaxshi himoyalanmoqda |
| 6' | ![]() |
To‘p havodan jarima maydoniga yetkazildi, biroq himoyachilar Sergeevga to‘pni egallashga imkon berishmadi |
| 5' | ![]() |
Tezkor hujum uyushtirdik, ammo To‘xtaxo‘jayev o‘ng qanotda to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 4' | ![]() |
Suriyaning burchak zarbasi, himoyachilarimiz to‘pni qaytarishdi |
| 3' | ![]() |
Hozircha hujumimiz qovushmayapti |
| 2' | ![]() |
Nodim Sabog‘ uzoq masofadan zarba yo‘llashga harakat qildi, to‘p yo‘lini himoyachilarimiz to‘sib qolishdi |
| 1' | ![]() |
dastlabki hujum zarbagacha yetib bormadi, himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 0' | ![]() |
O‘yin boshlandi |
| ' | Madhiyalar yangradi, bir necha soniyalardan so‘ng o‘yin boshlanadi | |
| ' | Futbolchilar maydonga tushib kelmoqda | |
| ' | Marhamat, o‘yinni biz bilan birga kuzatib boring | |
| ' | Bir necha daqiqalardan so‘ng JCH-2018 saralashidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Suriya o‘yini boshlanadi | |
| ' | Assalomu alaykum muhataram futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|