Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya Premyer-ligasi-2016/2017
| 4-tur, 10 sentyabr, soat 16:30. Bosh hakam: Mark Klattenburg | ||
MANCHESTER YUNAYTEDZlatan Ibrahimovich (42)
|
1 : 2 |
MANCHESTER SITIKevin de Bryuyne (15)
Kelechi Ixeanacho (36) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.David de Xea (D) 03.Erik Bayi 23.Lyuk Shou 17.Deyli Blind 06.Pol Pogba 25.Antonio Valensiya 14.Jessi Lingard 27.Maruan Fellayni 22.Genrix Mxitaryan 09.Zlatan Ibrahimovich 10.Ueyn Runi |
01.Klaudio Bravo (D) 03.Bakari Sanya 11.Aleksandr Kolarov 30.Nikolas Otamendi 24.Jon Stounz 25.Fernandinyo 17.Kevin de Bryuyn 07.Rahim Sterling 21.David Silva 09.Nolito 72.Kelechi Ixeanacho |
|
| ZAHIRA | ||
|
20.Serxio Romero (D) 12.Kris Smolling 21.Ander Errera 28.Morgan Shnayderlin 08.Xuan Mata 11.Antoni Marsial 19.Markus Reshford |
13.Vilfredo Kabalyero (D) 22.Gael Klishi 05.Pablo Sabaleta 06.Fernando 19.Leroy Sane 15.Xesus Navas 75.Aleyks Garsiya |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Erik Bayi (45+1)
Zlatan Ibrahimovich (51) Maruan Fellayni (52) Ueyn Runi (83) |
David Silva (41)
|
|
Matn
| 90+6' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. Juda qiziqarli kechgan bahsda Gvardiola safar Mourinyoni mag‘lubiyatga uchratdi |
| 90+6' | ![]() |
Vuuuuh! Jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmaga berilgan zarba natijasida to‘p Bravodan o‘tib ketdi, Otamendi darvoza oldidan to‘pni tepib yubordi! |
| 90+5' | ![]() |
Fernandinyo sariq kartochka oldi |
| 90+5' | ![]() |
Mezbonlar raqib jarima maydonchasi ketma-ket uzatmalar berishmoqda. "Siti" futbolchilari amallab himoyalanishmoqda |
| 90+3' | ![]() |
To‘p burchakdan o‘yinga kiritilgan vaziyatda Pogba Bravoga nisbatan fol ishlatdi |
| 90+3' | ![]() |
Vuuuuuh! Zlatan jarima maydonchasi chizig‘i ustida zarba berdi. To‘p rekoshet holatida ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 90+2' | ![]() |
Mezbonlar so‘nggi kuch bilan oldinga tashlanishmoqda. Ibraning zarbasi noaniq chiqdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shildi |
| 90' | ![]() |
"Siti"da o‘zgarish: Kevin de Bryuyne o‘rniga Pablo Sabaleta tushmoqda |
| 87' | ![]() |
Mezbonlarda yaxshi vaziyat! Blind yetkazgan uzatmani maydon egalaridan biri bosh bilan raqib darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Runi darvozabon qarshisida yolg‘iz qolgandi, ammo bosh bilan zarba berishga ulgurmadi. Himoyachi to‘pni qaytarib qoldi |
| 86' | ![]() |
Vuuuh! Fernandinyo Bayining oyoqlari orasida to‘pni o‘tkazib, deyarli birga bir vaziyatga chiqib ketdi. Biroq zarba berishga ulgurmadi. Blind yordamga keldi |
| 85' | ![]() |
Nolito ofsaydda qoldi |
| 83' | ![]() |
Ueyn Runi sariq kartochka oldi. Bravo uni aldab o‘tdi va to‘pni yon tomonga yetkazdi. Hujumchi darvozabonning oyog‘i tagiga tashlanib, uni tepdi |
| 81' | ![]() |
"MYu"da o‘zgarish bo‘ldi. Maydonga Antoni Marsial tushdi |
| 81' | ![]() |
Vuuuh! Nolito chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va olis burchak tomon zarba berishga urindi. Noaniq |
| 79' | ![]() |
De Bryuyne yo‘llagan zarba noaniq bo‘ldi |
| 78' | ![]() |
"Siti" jarima zarbasi tepadi. Darvozagacha 22 metr |
| 77' | ![]() |
Ibrahimovich va Nolito bir martadan ofsaydda qolishdi |
| 76' | ![]() |
"Siti"da yana bir xavfli vaziyat! De Bryuyne chap qanotdan yerlatib uzatma berdi. David Silva 15 metrlardan zarba berdi. To‘p shundoqqina to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 75' | ![]() |
VUUUUUH! Qarshi hujumda Leroy Sane to‘pni egallab, biroz pauza qildi va jarima maydonchasiga kirgan De Bryuynega uzatma berdi. Kevin yo‘llagan zarba natijasida to‘p yaqin ustunga tegib, darvoza chizig‘i bo‘ylab dumaladi va narigi ustun yonidan o‘tib, maydonni tark etdi! |
| 74' | ![]() |
Endi "MYu" ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmonlar xavfni bartaraf etishdi |
| 73' | ![]() |
Navbatdagi ketma-ket ikkita burchak to‘pi ham xavfli bo‘ldi. Bosh bilan berilgan zarbani "MYu" posboni egalladi |
| 72' | ![]() |
Vuuuuuh! Burchadkna yetkazilgan uzatmaga Fernandinyo zarba berdi. Zarbani De Xea qaytardi va to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi. O‘sha joyda turgan Otamendining zarbasini David qaytardi |
| 70' | ![]() |
GOOOL emas! Olis masofadan oldinga yetkazilgan uzatmaga Rashford yugurib yetib oldi va jarima maydonchasiga kirib, zarba berdi. To‘p toza ofsaydda turgan Ibrahimovichning tizzasiga tegib, to‘rga tushdi. Tabiiyki, gol inobatga olinmaydi |
| 68' | ![]() |
Sane jarima maydonchasining o‘ng tomonidan narigi tomonga uzatma berdi. De Xea to‘pni egalladi |
| 66' | ![]() |
Olis masofadan jarima maydonchasi yaqiniga yetkazilgan uzatma uchun kurashda Fellayni ustun keldi. Natijada Zlatan 15 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 64' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Bravo egalladi |
| 63' | ![]() |
Ueyn Runi olis masofadan zarba berdi. Noaniq |
| 61' | ![]() |
Qarshi hujumda Kevin de Bryuyne jamoadoshlaridan uzatma qabul qildi va raqib jarima maydonchasining chap tomonida bir himoyachidan o‘tib, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. David de Xea to‘pni egalladi |
| 60' | ![]() |
"Siti"da o‘zgarish: Rahim Sterling o‘rniga Leroy Sane tushdi |
| 56' | ![]() |
"Shaharliklar" o‘z jarima maydonchalari yaqinida to‘pni nazorat qilishdi va Bravoga uzatma berishdi. Klaudio o‘zi tomon kelgan Errerani aldashga qaror qildi va qaltis vaziyatga tushib qoldi. Posbon Runi bilan to‘p uchun kurashdi va Ueyn jarohat olganganga o‘xshayapti |
| 55' | ![]() |
Mehmonlar maydon egalarining shashtini pasaytirish maqsadida to‘pni ko‘proq nazorat qilishga urinmoqda |
| 53' | ![]() |
"Siti"da o‘zgarish: Ixeanacho o‘rniga Fernando tushdi |
| 52' | ![]() |
Maruan Fellayni ogohlantirish oldi. |
| 51' | ![]() |
Zlatan Ibrahimovich ogohlantirish oldi. |
| 47' | ![]() |
Vuuuuh! Rashford Sanyadan o‘tib ketdi va chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib, darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida ochilgan Ibrahimovichga uzatma berdi. Zlatan yo‘llagan zarba yuqori ko‘tarilib ketdi. |
| 46' | ![]() |
"MYu"da o‘zgarish bo‘ldi. Jessi Lingard o‘rniga Markus Rashford tushdi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "MYu" - "Siti" 1:2. Ajoyib o‘yin. Tanaffus |
| 45+2' | ![]() |
VUUUUUH! Mezbonlar ajoyib imkoniyatdan foydalana olishmadi! "Siti" jarima maydonchasiga kirayotgan Ibrahimovich tomon uzatma berildi. Sanya hujumchi yo‘lini gavdasi bilan to‘sib, to‘pni Bravo egallashi uchun sharoit yaratishga urindi, ammo Bakari Zlatan bilan kurash chog‘ida maydona yiqildi. Klattenburg hushtak chalmadi va Ibra Runiga pas berdi. "MYu" sardorining zarbasini darvoza chizig‘i ustida turgan himoyachi qaytarishga muvaffaq bo‘ldi! |
| 45+1' | ![]() |
Vuuuuh! Mehmonlar himoyada qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishdi. Runi to‘pni egallab oldinga o‘tdi va olis ustun tomon uzatma berdi. Zlatan o‘kir burchak ostida bosh bilan zarba berdi. Bu safar Bravo bexato o‘ynadi va to‘pni egalladi |
| 45+1' | ![]() |
Erik Bayi sariq kartochka oldi |
| 44' | ![]() |
Nolito chap qanotda belgilangan jarima to‘pini raqib darvozasi yaqiniga yetkazdi. De Xea to‘pni egallab oldi |
| 42' | ![]() |
GOOOOOOL! Zlatan Ibrahimovich, 1:2! Jarimadan yetkazilgan uzatmani qabul qilish chog‘ida Bravo to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi. O‘sha joyda turgan shvesiyalik hujumchi aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 41' | ![]() |
David Silva sarqi kartochka oldi. Maydon markaziga yaqin joyda raqib futbolchisini ortdan tepib yiqitdi |
| 39' | ![]() |
Mourin jamoasining o‘yini qovushmayapti. "Shaharliklar" raqibidan har tomonlama ustunlik qilmoqda |
| 36' | ![]() |
GOOOOOOOL! Kelechi Ixeanacho, 0:2! Sterling va Ixeanacho qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga kirib kelishdi, ammo Bayi to‘pni biroz chaproqqa qaytardi. Kevin de Bryuyne to‘pni egalladi, ikki himoyachini chalg‘itib, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p olis ustunga tegib qaytdi va Kelechi Ixeanacho 5 metrdan darvozani ishg‘ol qildi. De Bryuyne zarba berayotgan paytda Blind orqada qolib ketgan ekan. Shu bois ofsayd yo‘q! |
| 33' | ![]() |
De Bryuyne raqib jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni egalladi va o‘ng tomondan ichariga kirayotgan Sterlingga uzatma berdi. Rahim to‘pni Kevinga qaytardi, ammo Blind to‘pni egallab oldi |
| 30' | ![]() |
Mehmonlarning hujumi paytida himoyachilar to‘pni qaytarishdi. Fernandinyo to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 28' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Himoya chizig‘idan Blind bergan uzatma natijasida Mxitaryan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. U Bravoni aldab o‘tayotganida chililik darvozabon yarim himoyachini itarib yiqitdi. "Siti" baxtiga Genrix ofsaydda qolgandi |
| 27' | ![]() |
Nolito chap qanotda himoyachilarni aldab mezbonlar jarima maydonchasga kirdi, ammo o‘zi fol ishlatdi |
| 25' | ![]() |
Mourinyo shogirdlarining kam sonli hujumlaridan biri. Mxitaryan o‘ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘p Ixeanachoga tegib qaytdi |
| 24' | ![]() |
Vuuuh! Nolito jarima maydonchasiga kirgan Sterlingga uzatma berdi. Rahim Bayiga urilib yiqildi. Fol yo‘q |
| 22' | ![]() |
Gvardiola shogirdlari to‘pni nazorat qilib, raqib darvozasiga bosim uyushtirishmoqda |
| 19' | ![]() |
Zlatan himoyachilarni aldab, chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, ammo himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi. Burchak to‘pi xavfli bo‘lmadi |
| 15' | ![]() |
GOOOOOOOL! Kevin de Bryuyne, 0:1! "Siti" himoyachisi o‘z jarima maydonchasi yaqinidan to‘pni oldingi chiziqqa tepdi. Maydon markazida Ixeanacho to‘pni bosh bilan urdi. To‘pni Blind egallashi kutilayotganida de Bryuyne o‘g‘irlab ketdi va yakkama-yakka vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi. |
| 13' | ![]() |
"Yunayted" qarshi hujumdan foydalana olmadi. Mehmonlar Mxitaryandan to‘pni olib qo‘yishdi |
| 11' | ![]() |
Mehmonlar maydon markazida to‘pni egallashdi va de Bryuyne Ixeanacho tomon uzatma berdi. Kelechi raqib jarima maydonchasiga kirdi, ammo to‘pni oldirdi |
| 10' | ![]() |
Jarima zarbasini Kolarov yo‘lladi. Ancha noaniq |
| 9' | ![]() |
"MYu" jarima maydonchasi yaqinida Bayi de Bryuyneni chalib yiqitdi |
| 7' | ![]() |
"MYu"ning xavfli qarshi hujumi. Runi yetkazgan uzatmani Mxitaryan egalladi va Pogbaga pas berdi. Pol 25 metrlardan bergan zarba natijasida to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 6' | ![]() |
"Siti" bu safar chap tomondan hujum tashkil qildi. Sterling jarima maydonchasiga kirdi va to‘pni orqaroqqa yetkazdi. Mezbonlar to‘pni egallab olishdi |
| 6' | ![]() |
Nolito raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Sterling to‘pni egallay olmadi |
| 5' | ![]() |
David Silva burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 3' | ![]() |
Dastlabki hujumni va xavfli hujumni mehmonlar uyushtirishdi. Otamendi maydon markazidan oldinga uzatma berdi. Kevin de Bryuyne chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytara olishmadi. Mezbonlarning baxtiga "shaharliklar" ham darvoza tomon zarba bera olishmadi |
| 0' | ![]() |
"MYu" va "Siti" o‘rtasidagi o‘yin boshlandi! |
| ' | "Old Trafford" boshlanayotgan o‘yinni biz bilan kuzatib borishga taklif etamiz | |
| ' | ![]() |
Bu bahsga ko‘proq Mourinyo-Gvardiola to‘qnashuvi sifatida baho berishmoqda |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Angliya Premyer-ligasining 4-turi doirasida Manchester shahrining ikki jamoasi to‘qnash kelishmoqda |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|