Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 3-tur, 10 sentyabr, soat 19:00. Bosh hakam: Fernandes Borbalan (Almeriya) | ||
REAL MADRIDKrishtianu Ronaldu (6)
Danilo (41) Ramos (45) Pepe (56) Modrich (62) |
5 : 2 |
OSASUNARiyera (64)
David Garsiya (78) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Kiko Kasilya (D) 04.Serxio Ramos 03.Pepe 06.Nacho 08.Toni Kroos 23.Danilo 16.Mateo Kovachich 19.Luka Modrich 21.Alvaro Morata 11.Garet Beyl 07.Krishtianu Ronaldu |
13.Naze Perez (D) 15.Unay Garsiya 06.Oiyer 16.Xuan Fuyentes 03.Tano Bonnin 05.David Garsiya 04.Migel Flanyo 20.Migel de las Kuevas 14.Fausto Tiyensa 12.Emmanuel Rivyer 19.Kenan Kodro |
|
| ZAHIRA | ||
|
31.Ruben Yaniz (D) 02.Daniel Karvaxal 05.Rafayel Varan 20.Marko Asensio 17.Lukas Vaskes 18.Mariano Dias 09.Karim Benzema |
01.Mario Fernandes (D) 21.Karlos Klerk 18.Fran Merida 10.Roberto Torres 17.Xayme Romero 07.Serxio Leon 09.Oriol Riyera |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Danilo (69)
Ramos (71) |
Oiyer (17)
Unay Garsiya (32) Tano (75) |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin tugadi, e’tiboringiz uchun rahmat |
| 90+2' | ![]() |
Pepe yaqin masofadan boshi bilan zarba yo‘lladi, ammo to‘p noaniq ketdi |
| 90' | ![]() |
3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Benzema ham darvozabon bilan yakkama-yakka chiqdi, ammo aniq zarba yo‘llay olmadi |
| 88' | ![]() |
Lukas Vaskes darvozabon bilan yuzma-yuz chiqib, gol urolmadi |
| 85' | ![]() |
Kroos uzoq masofadan kuchli zarba yo‘lladi, to‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi |
| 83' | O‘yin surati biroz pasaydi | |
| 80' | Gollarga boy o‘yinni guvohi bo‘lyapmiz | |
| 78' | ![]() |
O‘ng qanotdan jarima maydoniga oshirilgan to‘pni David Garsiya hammadan baland sakrab boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi |
| 78' | ![]() |
GOOOL!!! David Garsiya!!! |
| 76' | ![]() |
Nachoning ajoyib to‘p oshirishidan so‘ng Benzema qulay vaziyatdan zarba yo‘llagan edi, biroq to‘p ustunga tegib qaytdi |
| 75' | ![]() |
Tano Vaskesni chalib yiqitdi va ogohlantirildi |
| 74' | ![]() |
Beyl o‘rniga Lukas Vaskes tushdi |
| 72' | ![]() |
Torres penaltini aniq amalga oshira olmadi, Kasilya uning zarbasini qaytardi |
| 71 ' | ![]() |
Ramosga sariq kartochka |
| 71' | ![]() |
Real darvozasiga penalti, Ramos jarima maydoni ichida hujumchini chalib yiqitdi |
| 70' | ![]() |
Kuevas o‘rniga Torres tushirildi |
| 69' | ![]() |
Danilo ogohlantirildi, u raqib hujumini qoidabuzarlik bilan to‘xtatib qolgandi |
| 68' | ![]() |
Modrich o‘rniga Asensio tushdi |
| 67' | ![]() |
62-daqiqada Rivyer o‘rniga Riyera tushganakan, payqamay qolibmiz |
| 66' | ![]() |
Ronaldu o‘rniga Benzema tushdi |
| 64' | ![]() |
Kuevas o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazdi. Himoyachilar e’tiboridan chetda qolgan Riyera boshi bilan aniq zarba yo‘llab, chiroyli gol urdi |
| 64' | ![]() |
GOOOL!!! Riyera!!! |
| 62' | ![]() |
Modrich jarima maydoni chizig‘idan kuchli va aniq zarba yo‘llab, darvozani ishg‘ol etdi. Uning himoyachilar orasidan yo‘llagan zarbasini darvozabon ko‘rmay qoldi |
| 62' | ![]() |
GOOOL!!! Modrich!!! |
| 60' | ![]() |
Danilo to‘pni jarima maydoniga oshirganida, Beyl uni ko‘kragi bilan to‘xtatib, keyin kuchli zarba yo‘lladi. Darvozabon Perez to‘pni qaytara oldi |
| 59' | ![]() |
Real xotirjamlik bilan to‘pga egalik qilmoqda, o‘yin taqdiri hal bo‘lgan |
| 56' | ![]() |
Burchak zarbasidan yo‘llangan to‘pni Pepe yaqin masofadan boshi bilan darvozaga aniq kiritdi |
| 56' | ![]() |
GOOOL!!! Pepe!!! |
| 54' | ![]() |
Beyl o‘ng qanotda ofsaydga tushib qoldi |
| 53' | ![]() |
Kodro o‘rniga Romero tushdi |
| 50' | ![]() |
O‘ng qanotdan jarima maydoniga oshirilgan to‘pga oldin Kovachich, keyin Morata zarba berdi. Biroq darvozabon Perez har ikkala zarbaniyam qaytardi |
| 48' | ![]() |
Osasuna ketma-ket ikki marta burchak zarbasini amalga oshirdi, biroq samarasiz |
| 47' | ![]() |
Kodro uzoq masofadan zarba yo‘lladi, to‘p himoyachilarga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi |
| 45' | ![]() |
Burchak zarbasidan oshirilgan to‘pni Serxio Ramos yaqin masofadan boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi! |
| 45' | ![]() |
GOOOL!!! Ramos!!! |
| 42' | ![]() |
Juda xavfli!!! Beyl darvozabon bilan yakkama-yakka chiqqan vaziyatda to‘pni darvozaga yo‘llay olmadi |
| 41' | ![]() |
Ronaldu to‘pni jarima maydoniga oshirdi. Morata boshi bilan zarba yo‘lladi, biroq darvozabon to‘pni qaytara oldi. Qaytgan to‘pni Danilo darvozaga aniq yo‘llab, hisobni oshirdi |
| 40' | ![]() |
GOOOL!!! Danilo!!! |
| 39' | ![]() |
Juda xavfli!!! Osasuna hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Chap qanotdan jarima maydoniga yo‘llangan to‘pga Tiyensa boshi bilan zarba berdi. To‘p darvoza to‘siniga tegdi |
| 38' | O‘yin tempi yana tushib ketdi, kurash asosan maydon markazida kechmoqda | |
| 36' | ![]() |
Osasuna ham faollashdi, biroq hujumlar xavfli tus olayotgani yo‘q |
| 34' | ![]() |
O‘ng qanotdan uyushtirilgan tezkor hujumda Beyl to‘pni jarima maydonidagi Ronalduga oshirgandi, biroq himoyachilar uni qaytarishga ulgurishdi |
| 32' | ![]() |
Modrichni chalib yiqitgan Unai Garsiya ogohlantirildi |
| 31' | ![]() |
Real darvozasi oldida birinchi xavfli vaziyat. Jarima zarbasidan oshirilgan to‘pni Rivyer boshi bilan darvozaga yo‘llashiga sal qoldi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 29' | ![]() |
Beyl to‘rtta himoyachi orasidan jarima maydoniga yorib kirmoqchi edi, eplolmadi. Himoyachilar to‘pni olib qo‘yishdi |
| 27' | ![]() |
Ronalduning boshi bilan bergan zarbasidan so‘ng to‘p juda noaniq ketdi |
| 26' | ![]() |
To‘p nazoratida ustunlik Realda, raqib katta kuch bilan himoyalanmoqda |
| 24' | ![]() |
Kroos jarima zarbasidan to‘pni jarima maydoniga yo‘lladi, ammo Morata boshi bilan tayinli zarba berolmadi. To‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 22' | ![]() |
Juda xavfli!!! Beyl 25 metr masofadan kuchli va aniq zarba yo‘llagan edi, Perez mahorat ko‘rsatib to‘pni qaytara oldi |
| 20' | ![]() |
Osasunaning burchak zarbasi yaxshi chiqmadi, himoyachilar to‘pni egallab olishdi |
| 18' | ![]() |
Beylning jarima zarbasidan yo‘llagan to‘pi juda noaniq ketdi |
| 17' | ![]() |
Nachoning yuziga tepgani uchun Oiyer ogohlantirildi. Hakam uni ayadi |
| 15' | ![]() |
Modrichning ajoyib to‘p oshirishidan so‘ng Morata darvozabon bilan yuzma-yuz chiqqan edi, ammo to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib, darvozabonga oldirib qo‘ydi |
| 13' | ![]() |
Chap qanotdan uyushtirilgan tezkor hujumda Pepe ofsaydga tushib qoldi |
| 12' | ![]() |
O‘yin tempi yuqori emas, kurash asosan maydon markazida kechmoqda |
| 10' | ![]() |
Yana bir tezkor hujum. Ronaldu chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi va to‘pni Kazemiroga oshirdi. Biroq darvozabon to‘pni qaytarishga ulgurdi. Unga yetib kelgan Kroos bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol eta olmadi |
| 8' | ![]() |
Kutilmagan gol, Realning dastlabki hujumchi, darvoza tomon yo‘llangan ilk zarba edi |
| 6' | ![]() |
Tezkor hujumda Beyl va Ronaldu bir himoyachiga qarshi chiqib kelishdi. Beyl to‘pni Ronalduga oshirdi, u esa bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol etishda qiynalmadi |
| 6' | ![]() |
GOOOL!!! Ronaldu!!! |
| 4' | ![]() |
O‘ng qanotdan uyushtirilgan hujumda Nacho ofsaydga tushib qoldi |
| 3' | ![]() |
Modrich noqulay tarzda yiqilib, jarohat olgandek ko‘rindi, biroq hammasi joyida, u o‘rnidan turdi |
| 2' | ![]() |
Real to‘pni nazorat qilyapti |
| 1' | ![]() |
Bugun Krishtianu Ronaldu uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng yana maydonga qaytdi |
| 0' | ![]() |
O‘yin boshlandi |
| ' | Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda | |
| ' | Sizlarni "Real" - "Osasuna" o‘yinini kuzatib borishga taklif qilamiz | |
| ' | Assalomu alaykum, muhtaram futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|