Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 3-tur, 10 sentyabr, soat 23:20 | ||
BARSELONAJeremi Matyo (47)
|
1 : 2 |
ALAVESDeyverson (39)
Ibai Gomes (64) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Yasper Sillessen (D) 19.Lukas Din 24.Jeremi Matyo 22.Aleyks Vidal 06.Denis Suares 07.Arda Turan 04.Ivan Rakitich 14.Xavyer Maskerano 05.Serxio Buskets 17.Fransisko Alkaser 11.Neymar |
01.Fernando Pacheko (D) 03.Raul 15.Teo Ernandes 04.Aleksis 05.Laguardiya 06.Markos Lyorente 21.Kiko Femenia 16.Daniyel Torres 17.Edgar Mendes 11.Ibai Gomes 20.Deyverson |
|
| ZAHIRA | ||
|
25.Xordi Masip (D) 18.Xordi Alba 23.Samuel Yumtiti 12.Rafinya 08.Andres Inyesta 10.Lionel Messi 09.Luis Suares |
13.Adrian Ortola (D) 22.Karlos Vigaray 19.Manu Garsiya 08.Viktor Kamarasa 09.Kristian Santos 18.Tokero 14.Kristian Espinoza |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin tugadi. "Barselona" kutilmaganda o‘z uyida "Alaves"ga yutqazdi! |
| 90+3' | ![]() |
Messi hisobni tenglashtirishi mumkin edi! Din tomonidan yetkazilgan uzatmaga Messi 8 metrlardan zarba berdi. Biroz noaniq bo‘ldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi |
| 90' | ![]() |
O‘yinning so‘nggi daqiqasida mehmonlar qarshi hujum tashkil qilishga urunishdi. Samarasiz |
| 85' | ![]() |
Kataloniyaliklar o‘yin so‘ngida bosim uyushtirishmoqda, ammo "Alaves" yaxshi himoyalanmoqda. |
| 78' | ![]() |
Kim biladi deysiz, agar Messi yiqilganida hakam penalti bergan bo‘larmidi? Rakitichning uzatmasi paytida Luis Suares ofsaydda turganini his qildi va to‘pning ustidan sakrab o‘tdi. To‘p tomon Messi yugurdi, ammo uni Aleksis tortib qoldi. Bu uchun penalti belgilanmadi. |
| 74' | ![]() |
Mehmonlar murabbiyi ikkita o‘zgarishni amalga oshirdi |
| 73' | ![]() |
Messi 23 metrlardan jarima zarbasini tepdi. To‘p jonli devor va darvolza ustidan o‘tib ketdi |
| 72' | ![]() |
Raul Garsiya sariq kartochka oldi |
| 66' | ![]() |
Pako Alkaser o‘rniga Luis Suares tushdi. maydonda Messi-Suares-Neymar uchligi paydo bo‘ldi. |
| 64' | ![]() |
GOOOOL!!! Ibai Gomes, 1:2. "Barselona" himoyachilari yana qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishdi. Xavyer Maskerano to‘pni qaytarish chog‘ida uni oyoqlari ostidan o‘tkazib yubordi. Ibai Gomes to‘pni egalladi, yo‘l-yo‘lakay Aleish Vidalni aldadi va olis burchakni aniq nishonga oldi! |
| 63' | ![]() |
"Barsa"da yana o‘zgarish: Arda Turon o‘rniga Andres Inyesta tushdi |
| 61' | ![]() |
Messi maydonga tushdiyu, darhol jarima zarbasini tepdi. Zarba aniq chiqmadi |
| 60' | ![]() |
"Barselona"da o‘zgarish: Denis Suares o‘rniga Lionel Messi tushdi |
| 55' | ![]() |
Xavyer Maskerano sarqimq kartochka oldi |
| 52' | ![]() |
Vuuuh! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Alkaser darvozabon maydonchasi yaqinida oyoq qo‘ydi. Ammo to‘p darvozaga aniq bormadi |
| 51' | ![]() |
Vuuuh! "Alaves" futbolchilari "Barselona" darvozasini ishg‘ol qilishdi, biroq jarima to‘pini o‘yinga kiritilib, darvozani ishg‘ol qilgan Mendezga uzatma berildi, ammo yarim himoyachi ofsaydda deb topildi |
| 49' | ![]() |
Vuuuuuh! Matyo jamoasini hisobda oldinga olib chiqishi mumkin edi! Neymar burchakdan yetkazgan uztmaga Jeremi bosh bilan zarba berdi. To‘p himochiga tegib qaytdi va Matyoning o‘zi 6 metr masofadan o‘ng oyoqda zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi!.. |
| 47' | ![]() |
GOOOOL! Jeremi Matyo, 1:1! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga himoyachi baland sakragan holda bosh bilan zarba berdi va darvozani ishg‘ol qildi! |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim start oldi |
| 45' | ![]() |
Hakam birinchi bo‘limga vaqt qo‘shmadi va jamoalarni tanaffusga taklif etdi. Hozircha "Barselona" - "Alaves" - 0:1. |
| 45' | ![]() |
Vuuuh! Rakitich juda qulay pozisiyadan darvozaga aniq zarba bera olmadi. Din yetkazgan uzatmani Alkaser Turanga, u esa Ivanga qoldirdi. 11 metrli nuqta ustidan berilgan zarba biroz naoniq bo‘ldi |
| 42' | ![]() |
Muxlislar hakamdan penalti talab qilishdi. Neymar jarima maydonchasi oldida to‘pni egallab turdi va chap qanotdan yordamga kelgan Dinga uzatma berdi. Lyuka olis ustun tomon uzatma berdi. Rakitich esa himoyachi bilan kurash chog‘ida yiqildi. Hakam qoida buzilmaganiga ishora qildi |
| 40' | ![]() |
Ehhh, Neymar! Mezbonlar jarima maydonchasida ochiq turgan Neymarga yuqoridan uzatma berishdi. Braziliyalik hujumchi qulayotib 10 metrlardan bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi!.. |
| 39' | ![]() |
GOOOOL!!! Deyverson, 0:1. Mehmonlar yon chiziqdan tpni o‘yinga kiritishdi va Kiko Qemini darvozabon maydonchasiga kuchli uzatma berdi. Deyverson Matyoga nisbatan chaqqonroq harakat qildi va darvozani ishg‘ol qildi! |
| 35' | ![]() |
"Barselona" jarima zarbasi tepish huquqiga ega bo‘ldi. Neymar 28 metrlardan aylanma zarba berdi. To‘p yaqin burchakka yo‘l olayotgandek edi, ammo ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 33' | ![]() |
Vuuuuuh! Pacheko "Alaves"ni qutqarmoqda! Neymar raqib jarima maydonchasining chap burchagida to‘pngi egalladi va zarba bermoqchi bo‘lgandek ko‘rsatib, o‘ng qanotdan yordamga kelgan Vidalga uzatma berdi. Aleish o‘kir burchak ostida bo‘lishiga qarmay to‘sin ostiga kuchli zarba berdi. Pacheko to‘pga tashlandi va uni yuqoriga urib yubordi |
| 31' | ![]() |
Denis Suaresga nisbatan ishlatilgan fol natijasida belgilangan jarima to‘pini Neymar o‘yinga kiritdi. 11 metrli nufta ustida Buskets bosh bilan zarba yerishga urindi, biroq ofsayd |
| 29' | ![]() |
"Barsa" bosimni oshirib bormoqda. Neymar burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Pacheko to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi, ammo darvozani ishg‘ol qiladigan futbolchi topilmadi |
| 26' | ![]() |
"Barselona" ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. "Alaves" futbolchilari hushyor himoyalanishmoqda |
| 23' | ![]() |
Arda Turon o‘ng qanotdan jarima maydonchasi tashqarisidagi Neymarga uzatma berdi. Neymar to‘pni turkiyalik futbolchining o‘ziga qaytardi. Arda olis ustun tomon uzatma berishga intildi, ammo to‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 22' | ![]() |
Neymar raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Pacheko to‘pni egallab oldi |
| 19' | ![]() |
Mehmonlar o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Ish zarbagacha yetib bormadi |
| 18' | ![]() |
Neymarning uzatmasidan keyin Rakitich jarima maydonchasi yarim aylanasi oldidan zarba berdi. To‘p yuqoriga ketib qoldi |
| 15' | ![]() |
Neymar burchak to‘pini o‘yinga kiritdi, ammo xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 15' | ![]() |
Oho! "Alaves" himoyachisi Teo Ernandes o‘z darvozasi oldida xavfli vaziyatni yuzaga keltirdi. Denis Suares jarima maydonchasiga yorib kirayotganida himoyachi uning oyog‘iga tagiga tashlandi. To‘p olis burchakka qarab yo‘l oldi. Darvozabon to‘pga tashlandi, ammo yeta olmadi. To‘p ustun yonidan maydonni tark etdi. Burchak to‘pi |
| 14' | ![]() |
"Barselona" darvozasi tomon berilgan ilk zarba aniq bo‘ldi. Ibai Gomes chap qanotdan markaz tomon surildi va 22 metrlardan o‘ng oyoqda zarba yo‘lladi. Silessen to‘pni qaytardi |
| 13' | ![]() |
Ivan Rakitich bir necha santimetr ofsaydda qoldi |
| 8' | ![]() |
O‘yin asosan maydon markazida va "Alaves" jarima maydonchasigacha bo‘lgan oraliqda davom etmoqda. "Barselona" hali hujumlar seriyasini boshlaganicha yo‘q |
| 5' | ![]() |
"Barselona" o‘yin boshidanoq tashabbusni qo‘lga olib, to‘pni nazorat qilmoqda va hujum variantlarini izlamoqda |
| 0' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
XAyrli oqshom, qadrli futbol muxlislari! Ispaniya La ligasi, 3-tur. "Barselona" o‘z maydonida "Alaves"ni qabul qilmoqda |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|