Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionlar ligasi

«S» guruhi, 1-tur. 13 sentyabr, soat 23:45

BARSELONA

Lionel Messi (3, 27, 60)
Neymar (50)
Andres Inyesta (59)
Luis Suares (75, 88)

7 : 0

SELTIK

JAMOALAR TARKIBI
01. Mark-Andre ter Shtegen (D)
18. Xordi Alba
23. Samuel Yumtiti
03. Jerar Pike
20. Serxi Roberto
21. Andre Gomes
04. Ivan Rakitich
05. Serxio Buskets
10. Lionel Messi
09. Luis Suares
11. Neymar
  24. Dorus de Vris (D)
23. Mikael Lustig
06. Nir Biton
12. Kristian Gamboa
28. Erik Svyatchenko
02. Kolo Ture
63. Kiran Tirni
08. Skott Braun
27. Patrik Roberts
11. Skott Sinkleyr
10. Mussa Dembele
ZAHIRA
13. Yasper Sillessen (D)
19. Lukas Din
07. Arda Turan
08. Andres Inyesta
12. Rafinya
14. Xavyer Maskerano
17. Fransisko Alkaser
  01. Kreyg Gordon (G)
03. Emilio Isagirre
34. Eogan OKonnell
42. Kallum Makgregor
14. Styuart Armstrong
18. Tom Rogich
49. Djeyms Forrest
SARIQ KARTOCHKA
Mark-Andre ter Shtegen (23)
Ivan Rakitich (40)
 
Skott Braun (56)

Matn

90+2'
O‘yin yakunlandi. "Barselona" - "Seltik" - 7:0!
90'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
88'
GOOOOOL! Luis Suares, 7:0! Messi chap tomondan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi va urugvaylik futbolchi darvozaning bo‘sh qolgan qismiga to‘pni burib qo‘ydi
88'
VUUUUH! Messi jarima maydonchasi yarim aylanasi ichidan zarba yo‘lladi. To‘p ustunga tegib, maydonni tark etdi
83'
Suares ofsaydda qoldi
75'
GOOOOOOL! Luis Suares, 6:0! Neymarning uzatmasidan keyin urugvaylik futbolchi darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi va aylangan holda chap oyoqda kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! Neymardan 4ta golli pas!
74'
Hali gol ko‘ramiz shekilli. Enrike shogirdlari to‘xtovsiz hujum qilishda davom etishmoqda
70'
Messi uzatma berdi, Suares ofsaydda
68'
"Seltik"da ikkita o‘zgarish: Patrik Roberts o‘rniga Styuart Armstrrong, Erik Svyatchenko o‘rniga Eogan O'Konnell tushdi
67'
Maydon egalari burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Takroriy hujum paytida Neymar ofsaydda qoldi
65'
"Seltik" futbolchisi maydon markazida to‘pni egalladi va oldinga chiqib ketgan Ter Shtegenni ko‘rib, zarba berdi. Germaniyalik posbon to‘pni qabul qildi
61'
"Barselona"da o‘zgarish: Buskets o‘rniga Rafinya tushdi
60'
GOOOOOOL! Lionel Messi, 5:0! Xet-trik! Argentinalik futbolchi o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirayotgan Suaresga uzatma berdi. Luis to‘pni darvozaga oldiga yetkazdi. Messi yetib keldi va to‘pni dvrvozasha burib qo‘ydi
59'
GOOOOOOL! Andres Inyesta, 4:0! Neymar chap qanotdan oldinga o‘tdi va orqaroqqa — jarima maydonchasi chizig‘i yaqiniga uzatma berdi. Inyesta to‘pni yerga tushirmasdan kuchli zarba bilan to‘rga joyladi!
57'
Albaning uzatmasidan keyin Suares jarima maydonchasiga kirdi, ammo raqibga to‘pni oldirdi
56'
Skott Braun sariq kartochka oldi
54'
Kataloniyaliklar xotirjamlik bilan to‘pni nazorat qilishmoqda
50'
GOOOOOOL! Neymar, 3:0! Braziliyalik futbolchi 23 metrlardan jarima zarbasini yo‘lladi. To‘p darvozabonning qo‘liga tegib, to‘qqizlikka kirib ketdi
49'
Messiga nisbatan jarima maydonchasi tashqarisida fol ishlatildi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
46'
"Barselona"da o‘zgarish: Ivan Rakitich o‘rniga o‘yinni Andres Inyesta davom ettiradi
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Barselona" - "Seltik" - 2:0. Tanaffus
44'
Vuuuuh! "Barselona" ketma-ket 3 marta qisqa paslar orqali raqib jarima maydonchasiga yorib kirishga urindi. So‘nggi urinish paytida Neymar chap qanotdan ichqariga kirdi va 11 metrli nuqta ustiga uzatma berdi. Sakrab kelgan to‘pga Messi zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
42'
Kiran Tirni "Barselona" jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va darvozani ishg‘ol qildi. Ammo yaqqol ofsayd!
40'
Ivan Rakitich sariq kartochka oldi. U taktik fol ishlatib, raqib qarshi hujumini to‘xtatdi
35'
VUuuuh! Yana bir o‘ta xavfli qarshi hujum! Messining uzatmasidan keyin Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va bir himoyachini aldab, o‘ng oyoqda zarba berdi. Darvozabon zarbani qaytardi
34'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Rakitich zarba berdi. Darvozaga kirayotgan to‘pni ustun yonida turgan himoyachi qaytardi
33'
Xavfli qarshi hujum! Gomes-Neymar-Alba uzatmasidan keyin Xordi chap qanotdan jarima maydonchasi kirdi va dvrvoza oldiga uzatma berdi. Darvozabon va himoyachilar xavfni bartaraf etishdi
32'
Vuuuh! Messining uzatmasidan keyin Andre Gomes jarima maydonchasiga kirdi va jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Suaresni to‘p bilan ta’minladi. Luis parashyut uslubida zarba berdi. Biroz noaniq
30'
Mezbonlar hujum qilishda davom etishmoqda va burchak to‘pi ishlashdi
27'
GOOOOOOOL! Lionel Messi, 2:0! Neymar va Messi "devor" uslubida "Seltik"ning butun himoyasini aldab o‘tishdi va Leo bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni yumalatib qo‘ydi!
24'
Penalti belgilangan vaziyatda Ter Shtegenga sariq kartochka ko‘rsatildi
24'
Mussa Dembele tomonidan yo‘llangan zarbani Ter Shtegen qaytardi!
23'
"Barselona" darvozasiga penalti! Mehmonlar Mussa Dembeleni jarima maydonchasiga ichiga boshlashdi. Hujumchi ter Shetegenni aldab o‘tayotganida, Dembele darvozabonning qo‘liga urilib yiqildi
23'
Vuuuh! Neymar jarima maydonchasi burchagida to‘pni egalladi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Messi to‘pga biroz yeta olmadi
21'
"Barsa" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘pni Messi egalladi, bir himoyachini aldadi va olis ustun tomon uzatma berdi. To‘p tomondan maydonni tark etdi
17'
Chap qanotdan darvozabon maydonchachiga yaqinlashayotgan Suaresga Messi uzatma berdi. Luis uzatmaga biroz yeta olmadi
16'
Vuuuuuh! Messi jarima maydonchasi tashqarisidan bir himoyachining oyoqlari orasidan to‘pni olib o‘tdi va chap oyoqda darvozabonning o‘ng burchagi tomon zarba berdi. Zarba noaniq
14'
Messi burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmonlar to‘pni egallab, hujumga o‘tishdi
13'
"Ko‘k-anorranglilar" to‘pni uzoq vaqt nazorat qilishdi va burchak to‘pi ishlashdi
10'
Shotlandiyaliklar o‘ng qanotdan "Barsa" darvoza oldiga uzatma berishdi. Ter Shtegen to‘pni egalladi
9'
Messi o‘ng qanotdan to‘pni qabul qildi va jarima maydonchasiga kirayotgan Luis Suares tomon uzatma berdi. Biroz noaniq chiqdi uzatma
6'
Messi aniq uzatma bilan Albani birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Ammo ofsayd
3'
GOOOOOOOL! Lionel Messi, 1:0! Kataloniyaliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Alba to‘pni egallab, qanotda orqaroqda turgan Neymarga yetkazdi. Braziliyalik hujumchi bir himoyachidan o‘tib, chap tomondan jarima maydonchasiga kirayotgan Messiga pas berdi. Lionel yo‘liga hech kim qarshi chiqmadi va u kuchli zarba bilan o‘tkir burchak ostidan darvozani ishg‘ol qildi!
3'
Vuuuh! Messining uzatmasidan keyin Luis Suares raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilishga urindi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
0'
O‘yin boshlandi!
'
"Barselona" o‘z maydonida "Seltik"ni qabul qilmoqda. Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Uchrashuv boshlanish arafasida
'
Diqqat, diqqat! Yevropa chempionlar ligasida guruh bosqichi boshlanmoqda!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.