Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionlar ligasi

«S» guruhi, 1-tur. 13 sentyabr, soat 23:45. Bosh hakam: Byorn Kyoypers (Gollandiya)

MANCHESTER SITI

Aguero (9, 28 pen,77)
Ixeanachao (90+1)

4 : 0

BORUSSIYa MYONXENGLADBAX

JAMOALAR TARKIBI
01. Klaudio Bravo (D)
24. Djon Stounz
05. Pablo Sabaleta
11. Aleksandr Kolarov
30. Nikolas Otamendi
07. Raxim Sterling
08. Ilkay Gyundogan
15. Xesus Navas
25. Fernandinyo
17. Kevin de Bryuyn
10. Serxio Aguero
  01. Yann Zommer (D)
17. Oskar Vendt
05. Tobias Strobl
03. Andreas Kristensen
30. Niko Elvedi
19. Fabian Djonson
13. Lars Shtindl
06. Kristof Kramer
08. Maxmud Daxud
11. Raffael
28. Andre Xan
ZAHIRA
13. Vilfredo Kabalyero (D)
22. Gael Klishi
03. Bakari Sanya
19. Leroy Sane
21. David Silva
72. Kelechi Ixeanacho
09. Nolito
  21. Tobias Zippel (D)
04. Yannik Vestergor
24. Toni Yanchke
23. Yonas Xofman
10. Torgan Azar
27. Yulian Korb
16. Ibraima Traore
SARIQ KARTOCHKA
Otamendi (48)
 

Matn

90+2'
O‘yin tugadi, e’tiboringiz uchun rahmat
90+1'
O‘ng qanotdan jarima maydoniga irib kelgan Sane to‘pni markazga, Ixeanachaoga oshirdi. U esa aniq zarba yo‘llab, to‘pni darvozaga kiritdi
90+1'
GOOOL!!! Ixeanacho!!!
90'
2 daqiqa qo‘shib berildi
87'
Kolarov uzoq masofadan zarba yo‘lladi, darvozaboni to‘pni ushlab oldi
86'
So‘nggi daqiqalar, Siti to‘pni xotirjam ushlab turmoqda
83'
Aguero o‘rniga Ixeanacho tushirildi
80'
Gyundogan o‘rniga Klishi tushdi
78'
Sterling o‘rniga Sane tushdi
77'
Sterlingning ajoyib to‘p oshirishidan so‘ng Aguero darvozabon bilan yuzma-yuz chiqdi, uni aldab o‘tib, bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni yo‘lladi
77'
GOOOL! Aguero!!!
76'
Aguero yana bir vaziyatni qo‘ldan chiqardi. O‘ng qanotdan oshirilgan to‘pni yaqin masofadan darvozaga yo‘llaganida, Zommer uni qaytara oldi
73'
Sterling darvozabon bilan yakkama-yakka chiqdi, ammo Zommerni dog‘da qoldira olmadi. Uning zarbasini darvozabon to‘sdi
74'
Sterling darvozabon bilan yakkama-yakka chiqdi, ammo Zommerni dog‘da qoldira olmadi. Uning zarbasini darvozabon to‘sdi
72'
Kolarov jarima zarbasidan to‘pni darvoza tomon yo‘lladi, juda noaniq
68'
Aguero to‘p bilan jarima maydoniga yorib kirdi, biroq unga zarba yo‘llashga imkon berishmadi
66'
Sabaleta uzoqdan zarba yo‘lladi, juda noaniq
64'
De Bryoyne chap qanotdan jarima maydoniga kirib zarba yo‘lladi, Zommer to‘pni ilib oldi
62'
Darvoza tomon yo‘llangan zarbalar soni - 13-3
60'
Borussiya faollikni oshirishga harakat qilmoqda, biroq Siti himoyada yaxshi harakat qilyapti
58'
Xan o‘rniga Azar tushdi
58'
Otamendi uzoqdan zarba yo‘lladi, juda noaniq
56'
O‘yin tempi yana pasaydi, kurash asosan maydon markazida kechmoqda
54'
Siti faollikni oshirib, raqib darvozasi tomon hujum uyushtirishga harakat qilmoqda
52'
Xesus Navas jarima maydoni ichidan zarba yo‘lladi, to‘pni himoyachilar qaytara olishdi
50'
Aguero jarima maydoni ichida juda qulay vaziyatda yo‘llagan zarbasini Zommer mahorat bilan qaytara oldi
48'
Otamendi ogohlantirildi
46'
Borussiya ikkinchi bo‘limni faol boshladi, biroq xavfli vaziyatlar yo‘q
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim tugadi
45'
1 daqiqa qo‘shib berildi
44'
Aguero uzoq masofadan zarba yo‘lladi, biroq noaniq
42'
Shtindl jarima maydoni ichidan kuchli zarba yo‘lladi, Bravo mahorat ko‘rsatib to‘pni qaytara oldi
41'
Siti to‘pni xotirjam ushlab turmoqda, xavfli vaziyatlar yo‘q
39'
Kramer o‘rniga Korb tushirildi, Borussiya murabbiyi himoyadan norozi
38'
O‘yin surati biroz pasaydi, kurash asosan maydon markazida kechmoqda
36'
Borussiya hujumi zarbagacha yetib bormadi
34'
To‘p nazoratida deyarli tenglik - 51% - 49%
31'
Sterling chap qanotdan kirib kelib kuchli zarba yo‘lladi, darvozabon yana qaytara oldi
29'
Gyundogan uzoq masofadan kuchli zarba yo‘lladi, biroq Zommer to‘pni qaytara oldi
28'
GOOOL!!! Aguero penaltini aniq amalga oshirdi
27'
Penalti. Gyundoganni chalib yiqitishdi
25'
Aguero o‘yinga qaytdi, biroq oqsayapti
23'
Aguero jarohat olib maydonda yotibdi, xavotirli vaziyat
22'
Borussiya burchak zarbasidan to‘pni jarima maydoniga oshirganida, Shtrobl boshi bilan zarba yo‘lladi, biroq noaniq
20'
Sterling chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi, ammo zarba yo‘llash o‘rniga to‘pni jamoadoshiga oshiraman deb vaziyatni yo‘qqa chiqardi
18'
Sitining burchak zarbasi, to‘p jarima maydoniga oshirilganda himoyachilar qaytarib yuborishdi
16'
Borussiya ham hujum qilishga urinmoqda, ammo maydon markazidan o‘tolmayapti
14'
Sitining burchak zarbasidan so‘ng, Fernandinyo yaqin masofadan kuchli zarba yo‘lladi, biroq noaniq
12'
Gyundogan jarima maydoni ichidan kuchli zarba yo‘llaganida, Zommer to‘pni qaytara oldi
10'
Kutilmagan gol bo‘ldi. Dastlabki xavfli vaziyat va dastlabki zarba mezbonlarga muvaffaqiyat keltirdi
9'
Kolarov chap qanotdan to‘pni pastlatib jarima maydoniga yetkazdi. Himoyachidan ildamroq harakat qilgan Aguero yaqin masofadan to‘pni osonlik bilan darvozaga kiritdi
9'
GOOOL!!! Aguero!!!
8'
Mehmonlar hujumi zarbagacha yetib bormadi, himoyachilar to‘pni egallab olishdi
6'
Sitining burchak zarbasidan oshirgan to‘pini darvozabon ushlab oldi
4'
Borussiya kutilganidek himoyada zich o‘ynamoqda
2'
Siti to‘pni nazorat qilmoqda, hozircha xavfli vaziyat yo‘q
0'
O‘yin boshlandi
'
Jamoalar maydonga tushib kelmoqda
'
Manchester Siti klubi o‘z maydonida Borussiya Myonxengladbaxni qabul qiladi
'
Bugun Yevropada Chempionlar ligasi guruh bosqichi start olmoqda
'
Assalomu alaykum muhtaram futbol muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.