Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionlar ligasi
| «F» guruhi, 1-tur. 14 sentyabr, soat 23:45 | ||
REAL MADRIDKrishtianu Ronaldu (89)
Alvaro Morata (90+4) |
2 : 1 |
SPORTINGBruno Sezar (47)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13. Kiko Kasilya (D) 05. Rafayel Varan 04. Serxio Ramos 12. Marselo 02. Daniel Karvaxal 19. Luka Modrich 08. Toni Kroos 14. Kazemiro 07. Krishtianu Ronaldu 09. Karim Benzema 11. Garet Beyl |
01. Ruy Patrisiu (D) 21. Joau Pereyra 35. Ruben Semedo 13. Sebastyan Koates 11. Bruno Sezar 77. Djelson 14. Vilyam Karvalyu 23. Adriyen Silva 28. Bas Dost 31. Marvin Zegelar 10. Brayan Ruis |
|
| ZAHIRA | ||
|
25. Ruben Yaniz (D) 03. Pepe 17. Lukas Vaskes 23. Danilo 10. Xames Rodriges 16. Mateo Kovachich 21. Alvaro Morata |
34. Beto (D) 15. Paulu Oliveyra 02. Esekyel Skelotto 22. Elias 16. Andre 03. Lazar Markovich 07. Xoel Kembell |
|
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin tugadi. "Real" so‘nggi soniyada g‘alabani ilib ketdi! |
| 90+4' | ![]() |
GOOOOOOL! Alvaro Morata, 2:1! Xames chap qanotdan yetkazib bergan uzatmani hujumchi bosh bilan darvozaga joyladi. To‘p darvozabonning qo‘li orqali ustunga tegib, to‘rga borib tushdi! G‘alaba! |
| 90+3' | ![]() |
Lukas Vaskes o‘ng qanotdan uzatma berdi. Himoyai bosh bilan to‘pni qaytardi |
| 90+2' | ![]() |
"Sporting" bosh murabbiyi o‘zgarish qildi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi |
| 89' | ![]() |
GOOOOOOOL! Krishtianuuuu Ronalduuuuu! portugaliyalik futbolchi o‘ta aniq zarba bilan to‘pni raqib darvozasi "to‘qqizligii"ga joyladi! |
| 88' | ![]() |
Jarima maydonchasi tashqarisida Karvalyu Ronalduni yiqitdi. Jarima zarbasi |
| 87' | ![]() |
Vaskes o‘ng tomonda himoyachini aldba jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. To‘p himoyachiga tegdi |
| 84' | ![]() |
Vuuuuh! Xames qap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Karvaxal to‘pni yerga tushirmasdan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi. Ozgina, ozgina... |
| 83' | ![]() |
VUUUUUUUUH! Krishtianuuuuuu! Ronaldu 3 metrdan darvozani ishg‘ol qila olmadi! To‘p ustunga tegib qaytdi!!! |
| 80' | ![]() |
Vuuuuh! Xames aniq uzatma bilan Moratani darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Alvaroning zarbasi kuchli chiqmadi va Patrisiu to‘pni egalladi |
| 77' | ![]() |
Zidan oxirig o‘zgarishga qo‘l urdi. Kroos o‘rniga Xames Rodriges tushdi |
| 77' | ![]() |
Vuuuuh! Vaskes yetkazgan uzatmani Karvaxal mehmonlar jarima maydonchasi tomon burdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 76' | ![]() |
Bas Dost maydon chetida laynsmen bilan to‘qanshib ketib, hakamni yiqitdi... |
| 75' | ![]() |
Toni Kroos sariq kartochka oldi |
| 73' | ![]() |
Burchak to‘pi xavfli bo‘ldi. Yetkazilgan uzatma yo‘nalishini Ramos bosh bilan o‘zgartirdi va olis ustun yonida Kazemiro bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi. Laynsmen Kazemironi ofsaydda qolgan deb topib, xato qilganini takroriy vaziyat ko‘rsatdi |
| 72' | ![]() |
Vuuuh! Marselo chap qanotdan yerlatib uzatma berdi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegib, darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 71' | ![]() |
Vuuuh! Modrich o‘ng qanotdan darvoza yaqniga uzatma berdi. Morata negadir zarba bera olmay qoldi |
| 70' | ![]() |
"Sporting"da o‘zgarish: Jelson Martinsh o‘rniga Lazar Markovich tushirildi |
| 69' | ![]() |
Burchak to‘pi qaytarildi, takroriy uzatma paytida Ronaldu ofsaydda qoldi |
| 69' | ![]() |
Morta burchak to‘pi ishladi |
| 68' | ![]() |
Oho! Ronalduni birga bir vaziyatga chiqaruvchi uzatma berildi, biroq to‘pga Patrisiu birinchi bo‘lib yetib keldi va to‘pni egalladi |
| 67' | ![]() |
"Real"da ikkita o‘zgarish: Beyl va Benzema o‘rniga Lukas VAskes va Alvaro Morata tushirildi |
| 67' | ![]() |
Garet Beyl jarima zarbasini ijro etdi. To‘p darvoza ustidan ancha balanddan o‘tib ketdi |
| 65' | ![]() |
Marvin Zegelar sariq kartochka oldi. U shundoqqina jarima maydonchasi ostonasida Beylni yiqitdi. Xavfli jarima zarbasi bo‘lishi kerak |
| 63' | ![]() |
Vuuuuh! Jelson o‘ng qanotda Marselodan o‘tib ketdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Dost to‘pga tashlandi, ammo to‘pni darvoza tomon bura olmadi |
| 63' | ![]() |
Beyl ofsaydda qoldi. |
| 61' | ![]() |
Lissabonliklar qarshi hujumda burchak to‘pi ishlashdi va uni o‘yinga kiritishdi. Takroriy hujumda Bas Dost bosh bila zarba berdi. Noaniq |
| 59' | ![]() |
Modrich olis masofadan mehmonlar jarima maydonchasiga kirayotgan Beyl tomon uzatma berdi. Garet to‘pga yeta olmadi |
| 57' | ![]() |
Villiam sariq kartochka oldi. Modrichning yuziga tirsagi bilan urdi |
| 55' | ![]() |
Ronaldu mehmonlar jarima maydonchasi ichida yiqildi, ammo himoyachi podkatni toza bajarganini ta’kidlash lozim |
| 54' | ![]() |
Vuh! Bruno Sezar olis masofadan aniq zarba berdi. Kasilya to‘pni egallab oldi |
| 53' | ![]() |
Karvaxal o‘ng qanotdan darvoza yaqiniga uzatma berdi. Patrisiu to‘pni egallab oldi |
| 51' | ![]() |
Beyl o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmani esa Patrisiu egalladi |
| 50' | ![]() |
Marselo chap qanotdan uzatma berdi. Himoyachi to‘pni bosh bilan qaytardi |
| 47' | ![]() |
GOOOOOL! Bruno Sezar, 0:1! Mehmonlar qisqa paslar orali maydon egalari jarima maydonchasiga kirib kelishdi va Sezar 14 metrlardan olis burchakka to‘pni joyladi! |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha - 0:0 |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Ronalduning zarbasidan keyin to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 44' | ![]() |
Beylga maydon tashqarisida tibbiy yordam ko‘rsatiladi |
| 43' | ![]() |
Jarima maydonchasi burchagida Beylga nisbatan fol ishlatildi. |
| 41' | ![]() |
Vuh! Adriyen Silva maydon markazida mezbon futbolchisidan to‘pni olib qo‘ydi va oldinga yurib, 25 metrlardan aniq zarba berdi. Kiko o‘z o‘rnida |
| 39' | ![]() |
Beyl o‘ng qanotdan havolatib uzatma berdi. Portugaliyaliklar to‘pni qaytarishdi |
| 39' | ![]() |
Adriyen Silva sariq kartochka oldi. Maydon markazida Kazemironi ortdan chaldi |
| 38' | ![]() |
Adriyen Silva jarima to‘pni o‘yinga kiritdi. Mehmon futbolchilaridan biri bosh bilan to‘pni darvoza tomon burdi. Kasilya musht bilan to‘pni urib yubordi. To‘pni egallagan Zegelar bo‘sh qolgan darvoza tomon zarba berishga urindi. Noaniq |
| 37' | ![]() |
Kazemiro raqib futbolchisiga nisbatan fol ishlatdi. Darvozagacha 25 metrlar |
| 35' | ![]() |
Benzema ofsaydda |
| 34' | ![]() |
VUH! "Sporting" ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Jelson o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. To‘pga Kasilya ham, mehmonlar hujumchisi ham biroz yeta olmadi |
| 33' | ![]() |
Vuuuh! "Sporting" futbolchisi kutilmaganda "Real" jarima maydonchasi chizig‘i ustida kuchli zarba berdi. To‘p Varanning boshiga tegib, yon tomonga ketdi |
| 31' | ![]() |
Modrich maydon markazidan Beylga uzatma berdi. Garet ofsaydda qoldi |
| 30' | ![]() |
Lissabonliklar yana to‘pni yaxshi nazorat qila olishlari mumkinligi namoyish qilishmoqda |
| 28' | ![]() |
Mehmonlar kutilmaganda raqib jarima maydonchasi atrofida to‘pni yaxshi nazorat qilishdi. Vaziyatni keskinlashtiruvchi uzatma bo‘lmadi faqat |
| 27' | ![]() |
Vuuuh! Ronaldu 30 metrlardan kuchli va aniq zarba berdi. Patrisiu to‘pni yuqoriga o‘tkazib yubordi |
| 26' | ![]() |
Portugaliyaliklar burchak to‘pidan xavfli vaziyat yarata olishmadi |
| 25' | ![]() |
"Sporting" kamsonli hujumlaridan birida burchak to‘pi ishladi |
| 24' | ![]() |
Kroos bir himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirmoqchi bo‘ldi, ammo to‘pni yo‘qotdi |
| 23' | ![]() |
Krishtianu jarima maydonchasi tashqarisida bir himoyachini aldadiyu, yiqildi. Hakam unga ishonmadi va o‘yinni to‘xtatmadi |
| 22' | ![]() |
Mehmonlar qarshi hujumga o‘tishdi. Marselo ajoyib podkat orqali Jelsondan to‘pni olib qo‘ydi |
| 19' | ![]() |
Ronaldu jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni ortga - ichkariga o‘tkazdi. Karvaxal to‘pni o‘ziga bo‘ysindira olmadi va Pitrisiu egallab oldi |
| 19' | ![]() |
Portugaliyaliklar yaxshi himoyalanishda davom etishmoqda. Ular Ronalduni yaxshi qo‘riqlashmoqda |
| 14' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin yuzaga kelgan xavfni mehmonlar bartaraf etishdi |
| 13' | ![]() |
Vuh! Beyl chap qanotdan darvozabon maydonchasi chizig‘i ustiga uzatma berdi. Benzema to‘pni darvolzaga burishga tayyor edi, ammo himoyachi to‘pni darvoza ustidan o‘tkazib yuborishga muvaffaq bo‘ldi |
| 12' | ![]() |
Beyl chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Ronaldu to‘pga yeta olmadi |
| 11' | ![]() |
Oho, yaxshi vaziyat! Beyl o‘ng qanotda bir himoyachidan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga kirdi va darvoza oldiga uzatma berdi. Rui Patrisiu to‘pni egalladi. Xabaringiz bor, ushbu darvozabon Portugaliya terma jamoasi bilan Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan |
| 9' | ![]() |
Vuuuh! Brayan Ruis o‘ng qanotdan "Real" jarima maydonchasiga kirib borib, o‘tkir burchak ostida aniq zarba yo‘lladi. Kasilya to‘pni yon tomonga urib yubordi. |
| 6' | ![]() |
Karvaxal o‘ng qanotdan yerlatib uzatma berdi. To‘pni Patrisiu egallab oldi. Beyl to‘pga yeta olmadi. |
| 5' | ![]() |
Tabiiyki, bugun "Sporting" jamoaviy himoyalanadi. "Real" esa to‘p nazorati bo‘yicha ustunlikka ega bo‘ladi |
| 3' | ![]() |
Karvaxal o‘ng qanotdan olis ustun tomon uzatma berdi. To‘p hech kimga tegmasdan narigi qanotdan maydonni tark etdi. |
| 2' | ![]() |
Vuuuuh! Lissabonliklar o‘yinni xavfli hujum bilan boshlashdi. Bruno Sezar 22 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonginasidan o‘tib ketdi |
| 0' | ![]() |
Bahs boshlandi. To‘pni o‘yinga mehmonlar kiritib berishdi |
| ' | ![]() |
Diqqat! "Real" va "Sporting" futbolchilari maydonga chiqib kelishmoqda! |
| ' | ![]() |
Zidan bugungi o‘yinga eng optimal tarkibni tanlagan, desak adashmasak kerak. |
| ' | ![]() |
Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida Krishtianuning Ronalduning hozirgi va faoliyatidagi dastlabki jamoalari to‘qnash kelishmoqda |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari! Yevropa chempionlar ligasida 1-tur o‘yinlari bugun davom ettiriladi. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|