Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 4-tur, 17 sentyabr, soat 16:00 | ||
LEGANESGabriel (80)
|
1 : 5 |
BARSELONALionel Messi (15, 55-pen.)
Luis Suares (30) Neymar (44) Rafinya (64) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Jon Serantes (D) 03.Unai Bustinza 15.Diyego Riko 12.Karl MeJani 17.Viktor Diaz 18.Pablo Insua 08.Gabriel 19.Unay Lopesh 22.Lyuis Sastre 07.Darvin Machis 14.Mamadu Kone |
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 03.Jerar Pike 18.Xordi Alba 23.Samuel Yumtiti 04.Ivan Rakitich 12.Rafinya 08.Andres Inyesta 14.Xavyer Maskerano 10.Lionel Messi 09.Luis Suares 11.Neymar |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Alberto Brignoli (D) 05.Martin Mantovani 11.Aleksandr Jimanovski 21.Ruben Peres 23.Omar Ramos 06.Alberto Martin 09.Migel Guerrero |
13.Yasper Sillessen (D) 24.Jeremi Matyo 06.Denis Suares 21.Andre Gomes 07.Arda Turan 20.Serxi Roberto 17.Fransisko Alkaser |
|
Matn
| 90+2' | ![]() |
O‘yin yakuniga yetdi. "Barselona" safarda yirik hisobda g‘alaba qozondi va o‘z ochkolarini 9taga yetkazib oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinich bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 87' | ![]() |
Biroz avval Neymar, endi esa unga nisbatan qo‘pollik ishlatgan Omar Ramos ogohlantirish oldi |
| 80' | ![]() |
GOOOL! Gabriel, 1:5! Darvozagacha 22 metr masofadan belgilangan jarima to‘pini Gabriel ajoyib zarba bilan golga aylantirdi! |
| 77' | ![]() |
Vuuuuuh! Chiroyli uzatmadan keyin Xordi Alba chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib, birga bir vaziyatda darvoza oldida ochiq turgan Alkaserga uzatma berdi. Pako to‘pni darvoza yo‘llashi kerak edi, ammo Bustinsa "podkat" orqali to‘pni qaytardi! |
| 73' | ![]() |
Neymar chap qanotdan mezbonlar jarima maydonchasiga kirdi, ammo hujumda fol ishlatdi |
| 70' | ![]() |
Neymar ofsaydda qoldi |
| 66' | ![]() |
Sastre "Barsa" jarima maydonchasiga kirayotgan Kone tomon uzatma berdi. Buni Ter Shtegen o‘z vaqtida payqadi va oldinga yugurib chiqib, to‘pni egalladi |
| 65' | ![]() |
"Barselona"da so‘nggi o‘zgarish: Andres InYEsta o‘rniga Denis Suares tushirildi. |
| 64' | ![]() |
GOOOOL!!! Rafinya, 0:5! Yarim himoyachi chap qanot bo‘ylab himoyachidan qochib ketdi va biroz markaz tomon surilib, jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berdi. To‘p naq "to‘qqizlik"ga kirib ketdi. |
| 61' | ![]() |
"Leganes"da ikkita o‘zgarish: Machis va Unai Lopes o‘rniga Omar va Shimanovski tushdi. |
| 59' | ![]() |
Vuuuuuh! Messi xet-trikni rasmiylashtirishiga bir baxya qoldi! Mehmonlar jarima to‘pini o‘yinga kiritib, uni nazorat qilishdi va Inyesta jarima maydonchasining chap burchagiga chiroyli uzatma berdi. Messi to‘pni egallab darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqdiva o‘tkir burchak ostida chap oyoqda zarba berdi. To‘p Serantesning yonidan o‘tdi, ammo uni Insua qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. |
| 57' | ![]() |
"Barselona"da ikkita o‘zgarish bo‘ldi. Luis Suares va Ivan Rakitich o‘rniga Pako Alkaser va Arda Turon maydonga tushdi. |
| 55' | ![]() |
GOOOOOL! Messi chap oyoqda kuchli zarba bilan darvozabonning o‘ng yuqori burchagiga to‘pni "mixladi". 0:4! |
| 54' | ![]() |
Bustensa sariq kartochka oldi |
| 54' | ![]() |
"Leganes" darvozasi tomon penalti! Mehmonlar maydonning o‘z tomonlaridan jarima to‘pini tezda o‘yinga kiritishdi va Suares Neymarni to‘p bilan ta’minladi. Braziliyalik futbolchi tezlik bilan Bustensadan o‘tib ketdi va yakkama-yakka vaziyatga chiqayotganida, himoyachi uni tortib yiqitdi. |
| 52' | ![]() |
Messi burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Pike himoyachilar orasidan zarba berishga intildi, ammo u o‘z maqsadiga erisha olmadi |
| 48' | ![]() |
Kone ushbu hujumni boshlash oldidan tirsagi bilan Yumtitining yuziga urib ketgan ekan. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 47' | ![]() |
Kone aldamchi harakat bilan Pikeni dog‘da qoldirdi va jarima maydonchasi yarim aylanasi ichidan o‘ng oyoqda zarba berdi. Ter Shtegen to‘g‘ri pozisiya tanladi va to‘pni egalladi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+1' | ![]() |
Hakam birinchi bo‘limga vaqt qo‘shib o‘tirmadi va jamoalarni tanaffusga taklif qildi. Hozircha "Leganes" - "Barselona" -0:3 |
| 44' | ![]() |
GOOOOOL! Neymar, 0:3! Markaz bo‘ylab Luis Suares tomon uzatma berildi. Hujumchi ikki himoyachi orasidan o‘tib ketib jarima maydonchasiga kirdi va yakkama-yakka vaziyatga chiqdi. Ammo o‘zi zarba bermadi, Neymarga uzatma berdi. Braziliyalik futbolchi yaqin masofadan darvozani osongina ishg‘ol qildi. |
| 42' | To‘p nazorati bo‘yicha ko‘rsatkich - 41/59% | |
| 39' | ![]() |
"Leganes" futbolchisi Viktor Dias ogohlantirish oldi. |
| 36' | ![]() |
Luis Suares raqib jarima maydonchasi ichida yiqiildi, ammo fol va penalti yo‘q |
| 33' | ![]() |
Vuuuuuh! Machis gol urishi shart edi! U chap qanot bo‘ylab Maskeranodan ajoyib tarzda o‘tib ketdi va jarima maydonchasi burchagidan zarba berdi. Ter Shtegen to‘pga tashlandi va uni qaytardi. Machis yana to‘pni egalladi va deyarli bo‘sh qolgan darvozaga zarba berdi. Biroq darvoza chizig‘i oldida Yumtiti zarbani qaytardi. Shundan so‘ng ter Shtegen sakragan holda to‘pni egallab oldi. |
| 30' | ![]() |
GOOOOOL! Luis Suares, 0:2! Messi to‘pni qizg‘onmadi va Suaresga qarzini qaytardi. Lionel oldingi chiziqda to‘pni qabul qildi, bir futbolchini aldab o‘tdi, ikkinchisining yonidan to‘pni olib o‘tdi hamda darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi. O‘zi zarba berish mumkin bo‘lgan vaziyatda Suaresga uzatma berdi va Luis to‘p bilan birgalikda darvozaga kirib ketdi. |
| 24' | ![]() |
Ivan Rakitich sariq kartochka oldi |
| 22' | ![]() |
Vuuuuh! Serantes mezbonlarni goldan qutqarmoqda! Suares bu safar chap qanotdan Insuadan o‘tib ketdi va uzatma berdi. To‘p Viktor Diasning oyog‘idan rekoshet holatda to‘sin ostiga qarab ketdi. Lekin Serantes sakradi va to‘pni to‘sin ustidan o‘tkazib yubordi. |
| 21' | ![]() |
Lionel Messi Primera rekordini yangilashda davom etmoqda. "Buterke" stadioni argentinalik futbolchi Ispaniya chempionatida gol urgan 34-stadion bo‘ldi. Afsonaviy Raul 33ta stadionda gol urgan. |
| 19' | ![]() |
Vuuuh! Neymar ijrosida chiroyli zarba! Yana Suares o‘ng tomondan olis ustun tomon uzatma berdi. Neymar o‘ng oyog‘i bilan to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. To‘p yerga urilib, to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 18' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Muvaffaqiyatsiz |
| 17' | ![]() |
Pike o‘z jarima maydonchasi tashqarisida mezbon futbolchisini tortib yiqitdi. Darvozagacha 17 metrdan belgilangan jarima zarbasini Unai Lopes tepdi. To‘p jonli devordagi Rakitichga tegib qaytdi |
| 15' | ![]() |
GOOOOOL! Lionel Messi, 0:1! Kataloniyaliklar raqib jarima maydonchasi oldida to‘pni egallab olishdi va o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirgan Suaresga uzatma berildi. Luis himoyachi Bustensaga korpus qo‘ydi va undan o‘tib ketdi. O‘z vaqtida kuzatma berildi va Messi 8 metrdan aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 11' | ![]() |
"Barselona" tashabbusni o‘z tomoniga og‘dira boshladi. Luis Suares ofsaydda qoldi |
| 10' | ![]() |
Messi raqib jarima maydonchasiga kirdi va 3 himoyachini aldab o‘ta olmasdan yiqildi, penalti yo‘q |
| 9' | ![]() |
Diyego Riko ofsaydda qoldi |
| 7' | ![]() |
Bustinsa Neymarga nisbatan fol ishlatdi. Jarima to‘pi o‘yinga kiritilgan paytda mezbonlar to‘pni egallab, qarshi hujumga o‘tishdi. Machis mehmonlar jarima maydonchasi yarim aylanasi ichida zarba berdi. To‘p Pikening oyog‘iga tegib qaytdi |
| 5' | ![]() |
Neymarga nisbatan fol ishlatildi. Jarima to‘pi mezbonlarga hech qanday xavf tug‘dirmadi |
| 4' | ![]() |
Mezbonlar yuqori pressing qo‘llab, "Barselona"ga erkin o‘ynash imkoniyatini bermayapti |
| 2' | ![]() |
Darvin Machis chap qanodtan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga uzatma berayotganida, to‘p Pikening oyog‘idan rekoshet holatda Ter Shtegenning qo‘liga borib tushdi |
| 0' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Ispaniya La ligasining 4-turi doirasida "Barselona" safarda "Leganes"ga qarsh bahs olib boradi. Uchrashuv boshlanish arafasida |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|