Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 4-tur, 18 sentyabr, soat 21:00. Bosh hakam: Alexandro Ernandes (Santa-Krus-de-Tenerife) | ||
ESPANYOL |
0 : 2 |
REAL MADRIDXames Rodriges (45+2)
Benzema (71) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Diyego Lopes (D) 06.Oskar Duarte 16.Xavi Lopec 15.David Lopes 28.Mark Roka 20.Pape Diop 17.Ernan Peres 04.Viktor Sanches 19.Pablo Pyatti 07.Jerar Moreno 11.Leo Baptistao |
13.Kiko Kasilya (D) 02.Daniel Karvaxal 04.Serxio Ramos 03.Pepe 12.Marselo 19.Luka Modrich 17.Lukas Vaskes 10.Xames Rodriges 14.Kazemiro 20.Marko Asensio 09.Karim Benzema |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Roberto Ximenes (D) 03.Ruben Dyuarte 02.Martin Demichelis 23.Diyego Reyes 09.Xose Reyes 10.Felipe Kaysedo 22.Alvaro Vaskes |
25.Ruben Yaniz (D) 05.Rafayel Varan 22.Isko 23.Danilo 08.Toni Kroos 16.Mateo Kovachich 21.Alvaro Morata |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Peres (20)
Duarte (44) Diop (54) Xavi Lopes (65) |
Ramos (3)
Karvaxal (84) |
|
Matn
| 90+2' | ![]() |
O‘yin tugadi. E’tiboringiz uchun raxmat! |
| 90' | ![]() |
2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 86' | ![]() |
Ramos jarima zarbasidan to‘pni darvozaga yo‘lladi, Lopes to‘pni osonlik bilan ushlab oldi |
| 84' | ![]() |
Karvaxal raqibiga qo‘pollik qilgani uchun ogohlantirildi |
| 83' | ![]() |
Roka o‘rniga Reyes tushirildi |
| 81' | ![]() |
Asensio uzoq masofadan zarba yo‘lladi, darvozabon Lopes to‘pni ilib oldi |
| 80' | ![]() |
Baptistao uzoq masofadan zarba yo‘lladi, juda noaniq |
| 79' | ![]() |
Real ham faollashdi, natijada mezbonlarning hujum qilish shashti biroz pasaydi |
| 77' | ![]() |
Tashabbus mezbonlarga o‘tdi, ular katta kuch bilan hujumga o‘tmoqda |
| 75' | ![]() |
Juda xavfli! Kaysedo darvozabon bilan yuzma-yuz chiqib zarba yo‘llaganida Kasilya to‘pni qaytara oldi |
| 72' | ![]() |
Benzema o‘rniga Morata tushirildi |
| 71' | ![]() |
Tezkor qarshi hujumda Karvaxal to‘pni o‘ng qanotga yetkazdi. Lukas Vaskes uni jarima maydoniga oshirganida Benzema yaqin masofadan aniq zarba yo‘llab, gol urdi! |
| 71' | ![]() |
GOOOL!!! Benzema! |
| 69' | ![]() |
Benzema uzoq masofadan zarba yo‘lladi, darvozabon Lopes to‘pni qaytara oldi |
| 67' | ![]() |
Espanyolning qarshi hujumi xavfli bo‘ldi, ammo himoyachilar Baptistaoning zarbasini to‘sib qolishdi |
| 66' | ![]() |
Moreno o‘rniga Kaysedo tushirildi |
| 65' | ![]() |
Xavi Lopes ogohlantirildi |
| 63' | ![]() |
Xames maydonni tark etdi, o‘rniga Isko tushirildi |
| 62' | ![]() |
Ernan Peres uzoq masofadan zarba yo‘lladi, juda noaniq |
| 59' | ![]() |
Juda xavfli! Vaskes to‘pni jarima maydoniga yetkazdi. Asensio uni boshi bilan Benzemaga tashlab berdi. Karim yaqin masofadan kuchli zarba yo‘llaganida darvozabon qaytara oldi! |
| 58' | ![]() |
Real biroz o‘yinni tenglashtirdi, jamoa maydon markazida faol harakat qilmoqda |
| 56' | ![]() |
Mezbonlarning qarshi hujumi xavfli bo‘ldi, ammo Real hujumni qaytara oldi |
| 54' | ![]() |
Diop ogohlantirildi |
| 52' | ![]() |
Espanyol hujum qilmoqda, biroq darvoza tomon zarbalar yo‘q. Real yaxshi himoyalanmoqda |
| 50' | ![]() |
Tashabbus mezbonlarda, Real asosan himoyada harakat qilyapti |
| 48' | ![]() |
Espanyol hujum uyushtirib, hisobni tenglashtirish uchun harakat qilmoqda |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi |
| 45+2' | ![]() |
Xames Rodriges ikki himoyachini aldab o‘tib, qulay vaziyatga chiqib oldi va uzoq masofadan aniq zarba yo‘llab, to‘pni darvozaning pastki uzoq burchagiga kiritdi! |
| 45+2' | ![]() |
GOOOL!!! Xames Rodriges! |
| 45' | ![]() |
3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
Duarte Benzemaga nisbatan qo‘pol o‘ynadi va ogohlantirildi |
| 42' | ![]() |
Juda xavfli! O‘ng qanotdan to‘p jarima maydoniga yetkazildi, Baptistao boshi bilan zarba berganida, to‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 40' | ![]() |
Lukas Vaskes uzoq masofadan zarba yo‘lladi, to‘p himoyachiga tegib qaytdi |
| 39' | ![]() |
Marselo to‘pni jarima maydoniga yetkazdi, Benzema boshi bilan zarba yo‘llab gol urdi, ammo ofsayd! |
| 37' | ![]() |
Kroos uzoq masofadan zarba yo‘lladi, juda noaniq |
| 35' | ![]() |
Kroos to‘pni o‘ng qanotga Karvaxalga yetkazdi. O‘z navbatida u to‘pni jarima maydoniga oshirganida Lopes uni ushlab oldi |
| 33' | ![]() |
Realning burchak zarbasi, to‘p jarima maydoniga yetkazildi, ammo himoyachilar zarba berishga yo‘l qo‘yishmadi |
| 31' | ![]() |
Espanyol futbolchisi burchakdan to‘pni to‘g‘ri darvozaga yo‘lladi, biroq himoyachilar uni qaytara olishdi |
| 30' | O‘yin teng kurashlar ostida kechmoqda, jamoalar ehtiyotkorona o‘ynamoqda | |
| 29' | ![]() |
Vaskes to‘pni jarima maydoniga yetkazdi, biroq himoyachilar uni qaytara olishdi |
| 27' | ![]() |
Hammasi joyida, Ramos o‘rnidan turdi. O‘yin davom etadi |
| 25' | ![]() |
Peres uzoq masofadan kuchli zarba yo‘lladi, to‘p Ramosga tegib, uni yengil nokdaun holatiga tushirdi |
| 22' | ![]() |
Asensio o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazdi, biroq darvozabon Lopes uni egallab oldi |
| 20' | ![]() |
Qo‘pol o‘ynagani uchun Peres ogohlantirildi |
| 19' | ![]() |
Kazemiro jarohat olib maydonni tark etdi, o‘rniga Kroos tushirildi |
| 18' | ![]() |
Realning hujumi zarbagacha yetib bormadi, himoyachilar to‘pni qaytara olishdi |
| 15' | ![]() |
Mezbonlarning uzoq davom etgan hujumini Real himoyachilari qaytara olishdi |
| 13' | ![]() |
Diop jarohat oldi, unga yordam ko‘rsatilmoqda |
| 11' | ![]() |
Mezbonlar juda zo‘r imkoniyatni qo‘ldan chiqardi! Baptistao darvozabon bilan yuzma-yuz qolib zarba yo‘lladi, biroq Kasilya oyog‘i bilan to‘pni qaytardi |
| 10' | ![]() |
Jarohat olgan Pyatti o‘rniga Alvaro Vaskes tushdi |
| 7' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Burchakdan oshirilgan to‘pni Ramos boshi bilan darvozaga yo‘llashiga sal qoldi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 6' | ![]() |
Asensio jarima maydoniga kirib, xavfli zarba yo‘lladi, darvozabon to‘pni qaytara oldi |
| 5' | O‘yin maydon markazida kechmoqda, xavfli vaziyatlar yo‘q | |
| 3' | ![]() |
Ramos ogohlantirildi. U darvozabon bilan yuzma-yuz chiqayotgan hujumchini qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi |
| 1' | ![]() |
Real burchak to‘pini amalga oshirdi, ammo himoyachilar to‘pni qaytara olishdi |
| 0' | ![]() |
O‘yin boshlandi |
| ' | Sizlarni Ispaniya chempionatidan o‘rin olgan Espanyol - Real o‘yinini kuzatib borishga taklif qilamiz | |
| ' | Assalomu alaykum muhtaram futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|