Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

O‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati

«D» guruhi, 2-tur. 20 sentyabr, soat 15:30

YAMAN

0 : 1

O‘ZBEKISTON

Asadbek Sobirjonov (68)
JAMOALAR TARKIBI
22. Ayman as-Surayxiy
02.Muhammad al-Ba’daniy
04.Zaydan Nabil Naji
05.Ahmad Abdulg‘ani
07.Abdulloh Zahro
08.Murod Murshid
10.Yusuf Kandosh
12.Amir Ali Solih
14.Abdulmajid Sabarah
15.Volid Asvad
21.Abdulkarim Abdulloh
  21.Abduvohid Ne’matov
04.Ixtiyor Xoldorov
05.Muhammadali Namozov
06.Mardon Abdullayev
07.Oston O‘runov
09.Bahromjon Soatov
10.Rasul Yo‘ldoshev
11.Asadbek Sobirjonov
15.Doniyor Abdumannopov
17.Abubakr Mo‘ydinov
23.Burhon Hasanov
ZAHIRA
01.Usoma Haydar
23.Muhammad Xamis
03.Vagdi Amin
06.Mufiyd Jamol
09.Munif Jassar
11.Ahmad Mohir
13.Ammar Nossir
16.Muhammad al-Hamdaniy
17.Majd al-Hakimiy
18.Alouddin
19.Riyod Ali
20.Muxtor al-Xalil
  01.Hojiakbar Jo‘rayev
12.Jasurbek Umrzoqov
02.Nursulton Kuylibayev
03.Shohzamon Xayrullayev
08.G‘ayrat Azizxo‘jayev
14.Ibrohim G‘anixonov
16.Xumoyun Abdusattorov
18.Shuhrat Ne’matov
19.Islom Karimov
20.Abdulhay Ismoilov
22.Abdug‘ani Kamolov

Matn

90+5'
O‘yin yakunlandi. Yaman - O‘zbekiston - 0:1. Terma jamoamiz 6 ochko bilan amalda pley-off yo‘llanmasini hal qilib qo‘ydi. Olimxo‘jayev shogirdlari navbatdagi bahsni 23 sentyabr kuni KXDRga qarshi o‘tkazadi
90+4'
G‘ayrat Azizxo‘jayev jarima zarbasini tepdi. To‘p darvoza to‘sinidan ustidan o‘tib ketdi
90+3'
Rasul Yo‘ldoshev zambilda maydondan olib chiqib ketildi
90+2'
Yo‘ldoshevga nisbatan fol ishlatildi. Darvozagacha 24 metrlar
90'
Vuuh! Hakam O‘zbekiston darvozasiga penalti berishi ham mumkin edi. Yamanlik futbolchimizdan biri bilan to‘qnashuvda yiqildi. Hindistonlik hakam o‘yinni davom ettirish mumkinligini ko‘rsatdi
88'
Amir Ali Solih olis masofadan zarba berdi. Biroz noaniq
87'
Burchakdan o‘yinga kiritilgan to‘pni Surayxiy egallab oldi
85'
Vuuuuuuh! Omad O‘zbekiston tomonida bo‘ldi. Jassar jarima maydonchasi ichida to‘pni egalladi va markazroqda turgan jamoadoshiga uzatma berdi. Ahmad Mohirning bosh bilan bergan zarbasidan keyin to‘p to‘singa tegib qaytdi. Takroriy zarbadan to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
84'
Terma jamoamiz burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Darvozabon to‘pni egalladi
83'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Asadbek Sobirjonov o‘rniga G‘ayrat Azidzxo‘jayev maydonga tushdi
82'
Yaman chap qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Abduvohid Ne’matov to‘pga chiqib, uni egallay olmadi. Himoyachilarimiz to‘pni egallashdi
76'
Yamanda o‘zgarish: Murod Murshid o‘rniga Ahmad Mohir tushdi
75'
Jarimadan yo‘llangan zarba o‘ta noaniq bo‘ldi
74'
Oston O‘runov jarima maydonchasi ostonosida Jassarni yiqitdi va sariq kartochka oldi
73'
Vakillarimiz burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Samarasiz chiqdi
71'
Yamanlik futbolchi olis masofadan zarba berdi. Abduvohid Ne’matov to‘pni egalladi
70'
Rasul Yo‘ldoshev to‘g‘ri darvoza tomon zarba berishga harakat qildi. To‘p darvoza ustidan maydonni tark etdi
69'
O‘ng burchakka yaqin joyda Abdumannopovga nisbatan fol ishlatildi.
67'
GOOOOL! Asadbek Sobirjonov, 1:0! Abdummanpov sherigini yakkama-yakka vaziyatga chiqardi. Sobirjonov to‘pni darvozabon ustidan oshirib, to‘rga joyladi
66'
Yamanda o‘zgarish: Volid Asvad o‘rniga Munif Jassar tushdi
65'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Mardon Abdullayev o‘rniga Abdug‘ani Kamolov maydonga tushdi
63'
Yamanliklar qarshi hujumda ajoyib imkoniyatdan foydalana olishmadi. Volid Asvad 15 metrdan aniq zarba yo‘llay olmadi
62'
Rasul Yo‘ldoshev olis masofadan jarima zarbasi yo‘lladi. To‘p jonli devordan o‘tdi, ammo jarima maydonchasi ichida to‘pni qaytarishdi
57'
Yamanda o‘zgarish: Murod Murshid o‘rniga Majd ad-Hakimiy tushdi
54'
Vuuuuuh! Abdumannopov 25 metrlardan chap oyoqda kuchli zarba yo‘lladi. To‘p ustunga tegib yuqoriga ko‘tarilib ketdi
49'
Ehhhh, Shuhrat Ne’matov! Jamoamiz uni birga bir vaziyatga chiqarishdi. Hujumchi yaqin masofadan kuchli zarba berishga qaror qildi. To‘p yuqoriga ketib qoldi
47'
Ikkinchi bo‘lim boshida Burhon Hasanov o‘rniga Shuhrat Ne’matov tushdi
47'
Shuhrat Ne’matov 16 metrlardan zarba yo‘lladi. Zarba aniq, ammo Suaryxiy to‘pni egalladi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi, tanaffus
45+1'
Oho! Zaydan qariyb 40 metrdan zarba berdi. To‘sin ostiga kirayotgan to‘pni Ne’matov yuqoriga ko‘tarib yubordi
44'
Vuuuuuh! Yaman futbolchisi xavfli zarba yo‘lladi. Rekoshet orqali o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgan to‘pni Ne’matov bir amallab qaytardi
43'
Vuuuh! Jarimadan yetkazilgan uzatma natijasi to‘p to‘singa yuqoridan tegib, maydonni tark etdi
42'
Mo‘ydinov o‘z qanotida raqib futbolchisiga nisbatan fol ishlatdi. Raqiblar o‘ng qanotdan jarima zarbasi tepishadi
39'
To‘p asosan maydon markazida. Futbolchilarimiz to‘pni haddan tashqari ko‘p yo‘qotishmoqda
34'
Yusuf Kandosh 15 metrdan zarbab berib, darvozamizni ishg‘ol qildi! Hujumchiga to‘p yetkazilayotgan ofsayd bor ekan. Gol inobatga olinmadi
33'
Yusuf Kandosh jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. Ancha noaniq
31'
O‘zbekistonliklarning navbatdagi burchak to‘pi ham samarali chiqmadi
30'
Yaman himoyachilar yaxshi harakat qilib, to‘pning jarima maydonchasiga kirishiga xalal berishmoqda
26'
Sobirjonov burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Namozov bosh bilan zarba berdi. Noaniq chiqdi zarba
24'
Futbolchilarimiz kichik epizodlarda chiroyli o‘ynashga harakat qilishmoqda. Ammo bu hozircha bizga foyda keltirmayapti
21'
Yusuf Kandosh olis masofadan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
18'
Sardorimiz Oston O‘runov olis masofadan aniq zarba berdi. As-Surayxiy to‘pni egalladi
17'
Vuuuuh! Sorbirjonov chap qanotdan himoyachilardan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga kirib bordi va orqaroqqa uzatma berdi. Futbolchilarimiz 11 metrli nuqta atrofida to‘pni egallay olishmadi. Yamanliklar xavfni bartaraf etishdi
16'
To‘pni nazorat qilish bo‘yicha ko‘rsatkich - 38/62%
13'
Yamanliklar ham asta-sekin hujumga o‘ta boshlashdi
10'
Sobirjonov ofsaydda qoldi
9'
O‘smirlarimiz yana burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Yo‘ldoshevning zarbasi noaniq chiqdi
6'
Burchakdan yetkazilgan uzatma xavfli bo‘ldi. Darvozabon to‘pni mushti bilan urib yubordi
6'
Vuuuh! Terma jamoamiz qisqa paslar orqali raqib jarima maydonchasiga kirib kelishdi. Hasanov o‘ng tomondan uzatma berayotganida to‘p raqib himoyachisining oyog‘iga tegib, darvozaga kirib ketishiga oz qoldi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
5'
To‘pni asosan Olimxo‘jayev shogirdlari nazorat qilishmoqda
1'
Vuuuuuuh! O‘zbekiston o‘ta qulay imkoniyatdan foydalana olmadi! Sobirjonov chap qanotdan darvozabon maydonchasiga yaqinlashdi va biroz orqaroqqa pas berdi. Yo‘ldoshev 5 metrdan zarba berdi. To‘p raqib darvozabonining ko‘kragiga tegdi va uni posbon egalladi
1'
To‘pni o‘yinga o‘zbekistonliklar kiritib berishdi
0'
O‘yin boshlandi!
'
O‘zbekiston ko‘k, Yaman oq rangli formada o‘ynaydi
'
Endi esa O‘zbekiston davlat madhiyasi yangraydi
'
Yaman madhiyasi yangramoqda
'
Yaman va O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoalari maydonga chiqib kelishdi.
'
O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 2-tur o‘yinlari yakuniga yetib bormoqda
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.