Angliya Premyer-ligasi, 25-tur.
| 9 fevral, soat 21:00 | ||
MANCHESTER YUNAYTED |
2 : 2 |
FULXEM |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01. David de Xea 02. Rafael da Silva 12. Kris Smolling 15. Nemanya Vidich 03. Patris Evra 16. Maykl Kerrik 08. Xuan Mata 18. Eshli Yang 24. Darren Fletcher 20. Robin van Persi 10. Ueyn Runi |
01. Marten Stekelenburg 04. Filipp Senderos 03. Yon-Arne Riise 27. Sasha Riter 10. Lyuis Xoltbi 19. Adel Taarabt 07. Stiv Sidvell 15. Kiran Richardson 06. Uilyam Kvist 33. Dan Bern 43. Muamer Tankovich |
|
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin tugadi 2:2. |
| 95' | ![]() |
Darrent Bent hisobni tenglashtirdi. «MYu» qo‘lidagi g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Qarshi hujumda «Fulhem» yana raqibni jazoladi. |
| 95' | ![]() |
Gooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool |
| 90' | ![]() |
O‘yinga 5 daqiqa qo‘shib berildi. |
| 84' | ![]() |
«Manchester Yunayted» hamon o‘sha jamoa ekanini eslatib qo‘ydi. Operatorlarga ham qoyil qolish kerak. Ikkinchi gol kiritilishi bilan Fergyusonni ko‘rsatishdi. |
| 82' | ![]() |
Bu «Manchester Yunayted». Qanday murabbiy bo‘lishiga qaramay «MYu». Navbatdagi hujumdan keyin Kerrik jarima maydoniga kiriboq juda kuchli zarba bilan hammasini joyiga tushirib qo‘ydi 2:1. |
| 81' | ![]() |
Goooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool. «MYu»!!!!!!!!!!!!!!!! |
| 80' | ![]() |
«Fulhem» jarima maydonchasida juda ko‘p voqealar bo‘lib ketdi. Palapartish zarbalardan keyin Mata to‘pni darvozaga yo‘lladi, van Persi esa to‘pni darvozaga yo‘lladi. |
| 79' | ![]() |
Goooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool |
| 75' | ![]() |
«MYu» juda juda ko‘p hujum qilmoqda, lekin «Fulhem» avtobusni yuzaga keltirdi. Mezbonlar hech nima qila olishmayapti. |
| 73' | ![]() |
Uxxxx Nemanya Vidich Xoltbiga qarshi juda qo‘pol harakat qildi. Havodagi kurashda Vidich tirsagi bilan uning yuzida urdi. Germaniyalik futbolchiga doktorlar yordam ko‘rsatishmoqda. |
| 71' | ![]() |
«MYu» jarima maydonchasiga kira olmayapti. Qator havolatib uzatilgan to‘plardan keyin Runi 16likka kirmay zarba berishga qaror qildi, biroz noaniq. |
| 69' | ![]() |
Eshli Yang o‘rniga Antonio Valensiya tushdi. |
| 68' | ![]() |
Rafael o‘rniga Xavyer Ernandes tushdi. |
| 67' | ![]() |
«MYu» burchakdan to‘p tepdi. Kerrikning zarbasiga aniqlik yetishmadi. |
| 65' | ![]() |
Juda yaxshi hujum uyushtirilgan edi. Yanuzay to‘pni darvoza yaqiniga uzatdi. Unga Eshli Yang katta qiyinchilik bilan yetib oldi va to‘pni Runiga tashlab berdi. Runi esa juda kuchsiz zarba berdi. |
| 63' | ![]() |
Darren Fletcher o‘rniga Adnan Yanuzay tushdi. |
| 61' | ![]() |
«Fulhem» Devid Moyes bosh murabbiyligidagi «Everton» bilan mehmonda 12 marta o‘ynagan va har safar yengilgan ekan. Nahot bu rekord ham qulatilsa. |
| 59' | ![]() |
Tortishadigan vaziyat yuzaga keldi. Van Persi to‘p bilan jarima maydoniga kirib bordi va himoyachini aldab o‘tmoqchi edi. Bu vaziyatda to‘p himoyachining qo‘liga tegdi, lekin hakam penalti bermadi. |
| 57' | ![]() |
FANTASTIKA. To‘pni egallab olish bo‘yicha natina 81:19. «MYu» juda katta ustunlikka ega bo‘lmoqda. |
| 55' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!Ko‘zlarimga ishonmayman!!!!!!! Eshli Yang to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi, van Persi to‘pni egallab oldi va uni Runiga tashlab berdi. Ueynning zarbasidan keyin to‘p gol bo‘lishi aniq edi, lekin aql bovar qilmas harakat bilan Stekelenburg to‘pni qaytardi. |
| 53' | ![]() |
«MYu»ga nimadir yetishmayapti. Balki jamoaning yangi yulduzi Adnan Yanuzaydir. Futbolchi zaxirda o‘rindig‘idan turdi va juda faol shug‘ullanmoqda. Tez orada maydonga tushishi mumkin. |
| 51' | ![]() |
Yana «MYu» hujumda. Bu gal ham hujum Eshli Yangning qanotidan amalga oshirildi. Eshli to‘pni qanotdan katta tezlikda oldinga o‘tgan van Persiga uzatdi. Robin esa to‘pni Runining yo‘nalishiga tashladi, biroz Ueyn to‘pga tashlangan bo‘lishiga qaramay yeta olmadi. |
| 49' | ![]() |
«MYu» ikkinchi bo‘lim avvalida juda yaxshi hujumni amalga oshirdi. Maykl Kerrik himoyachilarni chalg‘itdi. Birinchi bo‘limda xuddi shunday vaziyatda u zarba bergan edi. Himoyachilar undan yana zarba kutishdi, lekin Maykl to‘pni darvoza yaqiniga uzatdi. Bu yerda hujumchilar sust o‘ynashdi. |
| 47' | ![]() |
Muamar Tankovich o‘rniga Darren Bent tushdi. «Fulhem» ikkinchi bo‘limni o‘zgarish bilan boshladi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. |
| 43' | ![]() |
«Fulhem» hujumga berilib ketdi va «MYu» qarshi hujumga o‘tdi. Yang qanotda to‘pni egallab oldi va unga hech kim xalaqt bermayotgan edi. Futbolchi to‘pni jarima maydoniga yetkazib berdi. Bu yerda Risening o‘z darvozasiga gol urishiga bir bahya qoldi. |
| 41' | ![]() |
Mata!!! Ispanning ajoyib pasidan keyin Fletcher to‘pga oyog‘ini qo‘ysa bo‘ldi edi, lekin Mataning ajoyib to‘p uzatishi bekorga ketdi. |
| 39' | ![]() |
«MYu»ning navbatdagi hujumi xavfli bo‘ldi. Avval Kerrik, keyin Smolling, keyin van Persi zarba berishdi, lekin har safar «Fulhem» futbolchilari to‘pni qaytarishdi. |
| 37' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!Richardson «MYu»ni AYADI. «Fulhem» juda ajoyib qarshi hujumni amalga oshirdi. Luis Xoltbi butun maydonni o‘zi bosib o‘tdi va qanotdan ochilgan Richardsonni to‘p bilan ta’minladi. Himoyachi darvozabon bilan yakkama-yakka chiqdi, lekin uning zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi. |
| 35' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!!!! Fletcher juda yaxshi o‘ynadi. U maydon markazida to‘pni egallab oldi va darvoza yaqiniga to‘pni uzatdi. Maydon chizig‘ida yaqin joydan van Persi to‘pni orqaroqqa tashladi, lekin uni hech kim qo‘llab quvvatlamadi. |
| 33' | ![]() |
Darvozadan 35 metrlar chamasi masofada Runiga nisbatan qo‘pollik ishlatildi. Jabrlanuvchining o‘zi to‘pni jarima maydoniga uzatdi. Darvozabon o‘z o‘rnida. |
| 31' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Jarima maydonchasiga yorib kirish qiyin bo‘lib ketganidan keyin Maykl Kerrik o‘zi zarba berishga qaror qildi. 30 metrlardan berilgan zarbadan keyin to‘p ozgina noaniq ko‘rinish oldi. |
| 29' | ![]() |
«Manchester Yunayted» raqibni o‘z jarima maydonchasiga qamab tashladi. Darvozabon to‘pni o‘yinga kiritgach maydon markazidayoq to‘pni «MYu» olib qo‘ydi. Mata jarima maydoni yaqinida Yangga ajoyib to‘p uzatishini amalga oshirdi, lekin Eshlining zarbasini darvozabon qaytardi. |
| 27' | ![]() |
Eshli Yangni navbatdagi hujumni ham tashkillashtirdi. Bitta himoyachini ajoyib tarzda aldab o‘tdi va to‘pni uzatdi. Nimagadir bu yerda hujumchilar ko‘rinishmadi. |
| 25' | ![]() |
«Yunayted» nihoyat o‘ng qanotdan hujum qildi. Rafael himoyachini chalg‘itgan holda to‘pni darvoza yaqiniga uzatdi. Darvozabon esa hech kimga imkoniyat qoldirmadi. |
| 23' | ![]() |
Hech kim kutmaganda «Fulhem» gol urdi. Mehmonlar deyarli hujum qilishayotgani yo‘q, lekin bitta imkoniyatdan foydalana olishdi. |
| 22' | ![]() |
«Fulhem» o‘yinda hisobni ochdi. Markazdan to‘pni egallab olgan londonliklar xotirjam hujum uyushtirishdi va to‘p hujum chizig‘iga uzatildi. Orqaga qaytgan to‘pni yarim himoyachilardan biri darvoza yaqiniga kesib tashladi. Daxshatli pas va ajoyib gol. Gol muallifi sardor Stiv Siduyel. |
| 20' | ![]() |
Gooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool |
| 18' | ![]() |
Yana Yang!!!! Bugun u juda zo‘r o‘ynamoqda. Chap qanotdan bitta himoyachini ortda qoldirgan Eshli to‘pni darvoza yaqiniga uzatib berdi, lekin Yor Arne Rise to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak zarbasi samarasiz. |
| 16' | ![]() |
«Manchester Yunayted» kuchni taqsimlashni yo‘lga qo‘ygan ko‘rinadi. Jamoa doimiy emas vaqt-vaqti bilan hujum uyushtirmoqda. Balki bu jamoaga kerakli ochkolarni keltirar, lekin hali aytarli hujum uyushtirilgani yo‘q.1 |
| 14' | ![]() |
Kerrik va Yang devor uslubida juda ajoyib hujum uyushtirishdi. Yangning darvoza yaqiniga yetkazib bergan to‘pini esa himoyachilar egallab olishdi. |
| 12' | ![]() |
O‘yindagi ilk xavfli vaziyatni mezbonlar amalga oshirishdi. Fletcher ajoyib to‘p uzatishi bilan Robin van Persini qanotdan oldinga boshladi. Hujumchi himoyachilarni aldab o‘tdi, lekin zarba berishga londonliklar yo‘l qo‘yishmadi. |
| 10' | ![]() |
Manchesterda yomg‘ir yog‘moqda. «MYu»ning navbatdagi hujumi uzoq davom etdi. Jarima maydoniga yaqin joyda Siduel to‘pni Runidan olib qo‘ydi. Runi esa qoida buzdi. |
| 8' | ![]() |
Eshli Yang bugun juda faol. Uning qanotdan uyushtirgan navbatdagi reydidan keyin to‘p jarima maydoniga yetkazib berildi, lekin bu yerda Stekelenburg yaxshi o‘ynadi. |
| 6' | ![]() |
«MYu»ning hujumlari kuchaymoqda. Qanotdan uyushtirilgan hujumdan keyin to‘pni himoyachi maydondan chiqarib yubordi va burchakdan Mata to‘pni o‘yinga kiritdi. Hozircha hech qanday xavf yo‘q. |
| 4' | ![]() |
Ser Aleks Fergyuson har doimgidek «Old Trafford»da. Bugungi o‘yin u uchun ham alohida ahamiyat kasb etadi. Serning uzoq yillik yordamchisi Rene Melesten ayni vaqtda «Fulhem»ni botqoqdan olib chiqish uchun harakat qilmoqda. |
| 3' | ![]() |
«Manchester Yunayted» ilk daqiqalardan hujumga zo‘r berdi. Ilk pas esa ofsayd bilan yakunlandi. Ofsaydda van Persi. |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi. |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Manchesterda Angliya chempionati 25-turining oxirgi o‘yini bo‘lib o‘tadi. Mahalliy «Manchester Yunayted» Londonning «Fulhem» jamoasini qabul qilmoqda. Bugungi o‘yinga bo‘lgan e’tibor katta. Har ikki jamoa ham yangi murabbiy kelgandan keyin stabil o‘yin ko‘rsata olmayapti. «MYu» bugun jangovor tarkibda maydonga tushadi. Xuan Mata, Ueyn Runi va Robin van Persilarning uchchalasiga ham Devid Moyes asosiy tarkibdan joy topib berdi. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|