Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

5-tur, 21 sentyabr, soat 01:00. Bosh hakam: David Fernandes Borbalan

BARSELONA

Ivan Rakitich (41)

1 : 1

ATLETIKO MADRID

Anxel Korrea (60)
JAMOALAR TARKIBI
01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
18.Xordi Alba
03.Jerar Pike
14.Xavyer Maskerano
05.Serxio Buskets
20.Serxi Roberto
08.Andres Inyesta
04.Ivan Rakitich
11.Neymar
09.Luis Suares
10.Lionel Messi
  13.Yan Oblak (D)
20.Xuanfran
02.Diyego Godin
03.Filipe Luis
15.Stefan Savich
06.Koke
08.Saul Niguyes
10.Yannik Karrasko
14.Gabi
21.Kevin Gameyro
07.Antuan Grizmann
ZAHIRA
13.Yasper Sillessen (D)
19.Lukas Din
24.Jeremi Matyo
06.Denis Suares
21.Andre Gomes
07.Arda Turon
17.Fransisko Alkaser
  25.Andre Moreyra (D)
24.Xose Ximenes
23.Nikolas Gaytan
19.Lukas Ernandes
22.Tomas Parti
09.Fernando Torres
11.Anxel Korrea

Matn

90+3'
O‘YIN YAKUNLANDI. "Barselona" - "Atletiko" - 1:1.
90+1'
Xordi Alba sariq kartochka oldi. Hakam bilan tortishgani uchun
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
88'
Vuuuh! MEhmonlarda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Gabi jarima to‘pini o‘yinga kiritdi va Godin bosh bilan zarab berdi. To‘sin ostiga yo‘l olayotgan to‘pni Ter Shtegen darvoza ustiga ko‘tarib yubordi
86'
Filipe Luis ogohlantirildi
86'
VUUUUH! "Barselona" bosimni daovm ettirmoqda. Neymar-Rakitich-Alba uzatmasidan keyin Xordi chap tomondan jarima maydonchasiga kirar-kirmas zarba yo‘lladi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegib, yuqoriga ko‘tarilib ketdi.
84'
Luis Suares sariq kartochka oldi
82'
VUUUUUUH! NEymar jarima maydonchasiga aylanma uzatma berdi. Pike bosh bilan to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi. To‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi!..
82'
Tomas Parti sariq kartochka oldi. U jarima maydonchasi tashqarisida Luis Suaresni yiqitdi
79'
Vuuuuh! Neymar Rakitichdan uzatma qabul qildi, jarima maydonchsiga kirdi va yerlaib zarba berdi. Oblak bir amallab zarbani qaytardi
76'
Suaresga nisbatan ishlatilgan fol uchun belgilangan jarima zarbasini Neymar tepdi. Oblak zarbani qaytardi
73'
Madridlarda o‘yinchi o‘zgartirish: Krrasko o‘rniga Tomas Parti tushdi
65'
Vuuuuh! Neymar kutilmaganada 22 metrlardan o‘ng oyoqda zarba yo‘lladi. Burchakka kirayotgan to‘pni Oblak bir amallab qaytardi. Burchak to‘pi
61'
GOOOOL! Anxel Korrea, 1:1! Mehmonlar chap qanotda to‘pni o‘yinga kiritishdi. Torres Pikening yonidan o‘tkazib Korreaga uzatma berdi. Maskerano esa kutilmaganda yiqilib tushdi va Anxel darvozabon bilan birga bir vaziyatda 15 metrdan zarba berdi. To‘p ustunga tegib, to‘rga borib tushdi
60'
"Atletiko"da birdaniga ikkita o‘zgarish: Gameyro o‘rniga Torres, Saul o‘rniga Korrea tushdi
59'
"Barselona"da majburiy o‘zgarish: Messi o‘rniga Arda Turon tushdi
55'
Messi jarohat olgan ko‘rinadi. Unga tibbiy yordam kerak
54'
Koke sariq kartochka oldi. Neymarni ortdan tepgani uchun
51'
"Barselona"da kutilmagan o‘zgarish: Buskets o‘rniga Andre Gomesh tushdi
50'
Vuuuh! Oblak qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishga sal qoldi. Suaresning uzatmasidan keyin Neymar deyarli birga bir vaziyatga chiqdi. Darvozabon to‘pni o‘z yonidan o‘tkazib yuborishiga oz qoldi
48'
Gameyro chap qanotdan jarima maydonchasi yarim aylanasiga uzatma berdi. Grizmann yo‘llagan zarba ancha noaniq bo‘ldi
46'
Maydon egalarining javob hujumi. Suares o‘ng qanotdan jarima maydonchasi kirayotgan MEssiga uzatma berdi. Stefan Savich to‘pni egallab oldi
46'
Vuuuuh! Mehmonlar hisobni tenglashtirishlari mumkin edi. Grizmann maydon markazidan boshlab to‘pni raqib jarima maydonchasi yarim aylanasigacha oib bordi va yerlatib zarba berdi. Ter Shtegen zarbani qaytardi.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Barselona" - "Atletiko" - 0:1. Tanaffus
45'
Mezbonlarning xavfli hujumi. Luis Suares bergan uzatmani 22 metrlardan Messi darvoza tomon tepdi. Rekoshet holatida borgan to‘pni Oblak egalladi
41'
GOOOOOL! Ivan Rakitich, 1:0! Kutilmaganda Rakitich bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! Neymar burchak to‘pini orqaroqda turgan Inyestaga yetkazdi va Andres darvozabon maydonchasi chizig‘i ustiga uzatma berdi. Hech kim Ivanni qo‘riqlamadi va xorvatiyalik futbolchi bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi.
36'
Vuuuuh! Kataloniyaliklarning hujumi paytida to‘p chap qanotdan Neymarga keliib tushdi. Braziliyalik hujumchi to‘pni o‘ng oyog‘iga to‘g‘riladi va olis burchak tomon zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi....
29'
Saul Niges mezbonlar jarima maydonchasida paydo bo‘ldi va sheriklari yetkazgan uzatmaga intildi. Ter Shtegen chaqqonroq harakat qildi va to‘pni egallab oldi
24'
Serji Roberto o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasi tashqarisidagi Messini to‘p bilan ta’minladi. Leoning zarbasidan keyin to‘p Gabining oyog‘idan o‘z yo‘nalishii va kuchini yo‘qotdi. Natijada uni Oblak egallab oldi
22'
Alba chap qanotdan jarima maydonchasidagi Luis Suaresga uzatma berdi. Har safar to‘pni himoyachilar egallab olishmoqda
20'
Inyesta jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. To‘pni Oblak egallab oldi
17'
"Atletiko"dan ikkinchi hujum. Himoyachilar qaytargan to‘pni Filipe Lius jarima maydonchasi chizig‘i ustidan darvoza tomon tepdi. Ancha noaniq
16'
Vuuuh! "Matraschilar"dan xavfli javob hujumi. Maydon egalari burchak yaqinida Karraskoni bo‘sho‘ qoldirishdi. Yannik olis ustun tomonga uzatma berdi. Ter Shtegen to‘pga bir amallab ketdi va mushti bilan to‘pni yon tomonga urib yubordi.
14'
Vuuuuuh! Messidan o‘z uslubida zarba! Neymar chap qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasi tashqarisidagi Messiga uzatma berdi. Leo to‘pni qayta ishladi va 22 metrlardan chap oyoqda zarba berdi. Chap burchakka borayotgan to‘pni Oblak egallab oldi.
10'
Uchrashuvdagi dastlabki burchak to‘pini kataloniyaliklarga o‘yinga kiritishdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi
9'
Qanotdan yetkazilgan uzatmaga Rakitich jarima maydonchasi ichida zarba yo‘lladi. Oblak to‘pni osonlik bilan egallab oldi
7'
Ilk daqiqalardan yakkakurashlarga boy o‘yin bo‘lmoqda
5'
Mehmonlar qarshi hujumda oldinga o‘tishdi. Grizmann Karraskoga uzatma berdi. Yannik Pikeni aldab o‘tdiyu, ammo keyingi vaziyatda to‘pni mezbonlarga oldirdi
4'
Xavfli zarba bo‘lishi mumkin edi... Hujumning ikkinchi to‘lqinida Serji Roberto jarima maydonchasiga uzatma berdi. Messi yo‘llagan zarba himoyachilarga tegib qaytdi
3'
Kataloniyalar to‘pni egallab, oldinga o‘tishga shoshilishmayapti. Hozircha to‘pni nazorat qilish bilan mashg‘ul bo‘lishmoqda
1'
O‘yin boshlandi!
'
Ushbu mavsumda "Barselona" hozircha barchadan ko‘p gol urgan bo‘lsa (13), "Atletiko" eng kam gol o‘tkazgan (1ta)
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
Hozirgina yakunlangan "Real" va "Vilyarreal" o‘rtasidagi o‘yinda madridliklar ochko yo‘qotishdi — 1:1. Natijada Zidan jamoasi ochkolari 13taga yetdi
'
"Barselona" "Kamp Nou"da "Atletiko"ni qabul qilmoqda. 4ta turdan keyin kataloniyaliklarda 9, ATM hisobida 8 ochko bor.
'
Xayrli oqshom, qadrli futol muxlislari. Ispaniya chempionatidan matnli onlayn translyasiyani davom ettiramiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.