Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
O‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati
| «D» guruhi, 3-tur. 23 sentyabr, soat 18:30 | ||
KXDRRi Kang Guk (75)
|
1 : 3 |
O‘ZBEKISTONJasurbek Umrzoqov (49)
Rasul Yo‘ldoshev (63) Ibrohim G‘anixonov (69) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
18.Jang Payek 02.Sin Kvang Sok 03.Kim Kyong Sok 08.Von U Song 11.Kung Jin Song 12.Kim Pom Xyok 13.Payek Kvang Min 14.Kim Chol Jin 15.Cha Kvang 16.Ri Il Ju 20.Ri Song Jin |
12.Jasurbek Umrzoqov 03.Shohzamon Xayrullayev 05.Muhammadali Namozov 07.Oston O‘runov 08.G‘ayrat Azizxo‘jayev 14.Ibrohim G‘anixonov 18.Shuhrat Ne’matov 19.Islom Karimov 20.Abdulhay Ismoilov 22.Abdug‘ani Kamolov 23.Burhon Hasanov |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Sin Te Song 04.Ri Xyon Il 05.Kye Tam 06.Xan Kyong Xun 10.Ri Kang Guk 17.Yun Min 19.Kim Kuk Song 21.Ri Jong Chol |
01.Hojiakbar Jo‘rayev 02.Nursulton Kuylibayev 04.Ixtiyor Xoldorov 06.Mardon Abdullayev 09.Bahromjon Soatov 10.Rasul Yo‘ldoshev 11.Asadbek Sobirjonov 15.Doniyor Abdumannopov 16.Xumoyun Abdusattorov 17.Abubakr Mo‘ydinov 21.Abduvohid Ne’matov |
|
Matn
| 90+2' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. KXDR - O‘zbekiston - 1:3. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 89' | ![]() |
Islom Karimov olis masofadan zarba berdi. Noaniq |
| 88' | ![]() |
Hech kim yugurmayapti |
| 82' | ![]() |
Ehhh! G‘anixonov darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqdi va zarba berdi. To‘p darvozabonning qo‘li orqali ustunga qaytdi. |
| 81' | ![]() |
KXDRda darvozabonlar o‘zgardi: Jang Payek o‘rniga Sin Te Song tushirildi |
| 80' | ![]() |
Shimoliy Koreya to‘pni nazorat qilmoqda |
| 75' | ![]() |
GOL! Ri Kang Guk, 1:3! |
| 74' | ![]() |
Sobirjonov ofsaydda qoldi |
| 73' | ![]() |
Koreya oldinga o‘ta boshladi |
| 70' | ![]() |
O‘zbekistonda uchinchi o‘zgarish: Abdulhay Ismoilov o‘rniga Asadbek Sobirjonov tushdi |
| 70' | ![]() |
Vuuuh! Umrzoqov muqarrar goldan qutqardi. Yaqin masofadan berilgan zarbani qaytardi |
| 69' | ![]() |
GOL, Ibrohim G‘anixonov, 0:3! |
| 66' | ![]() |
Rasul Yo‘ldoshev birga bir vaziyatdan foydalana olmadi |
| 65' | ![]() |
Yana urish kerak, 5-6ta |
| 63' | ![]() |
GOL! Rasul Yo‘ldoshev, 0:2! |
| 62' | ![]() |
O‘zbekistonda ikkita o‘zgarish: Burhon Hasanov va G‘ayrat Azizxo‘jayev o‘rniga Rasul Yo‘ldoshev va Doniyor Abdumannopov tushdi. |
| 60' | ![]() |
Koreyaliklar maydon markazini kesib o‘tishmayapti. Umuman! |
| 57' | ![]() |
Kim biladi deysiz, bunaqa o‘yin uchun OFK balki KXDRni musobaqadan chetlatar?! |
| 55' | ![]() |
Bu o‘yinni sharhlashdan ma’no yo‘q, nazarimizda. KXDRga mag‘lubiyat kerak ekan, amallayapti :) |
| 49' | ![]() |
GOL!!! Jasurbek Umrzoqov, 0:1! Darvozabonimiz tepgan tavakkal oldinga tepdi. Raqib posboni to‘pni o‘tkazib yubordi va golni ta’minladi! :) |
| 47' | ![]() |
KXDRda ikkita o‘zgarish bo‘ldi. Ri Song Jin va Kim Chol Jin o‘rniga Ri Kang GEuk va Kye Tam tushdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha - 0:0 |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 40' | ![]() |
Hammasi tushunarli. Terma jamoamiz guruhda 2-o‘rinni olib, chorak finalda Ummonga qarshi tushishni rejalashtirishgan. Boshqa tomondan, 2-o‘rinni olsak jamoamiz chorak finalni boshqa stadionda o‘tkazadi. Hozirgi stadionning chimi notekis bo‘lgani uchun bu holat futbolchilarimizga noqulaylik tug‘dirmoqda |
| 38' | ![]() |
Azizxo‘jayev o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirmoqchi bo‘lgan Ismoilovga uzatma berishga intildi. To‘p darvozabon tomon ketib qoldi va Jang Payek to‘pni egalladi |
| 36' | ![]() |
KXDR futbolchisi maydon markazidan Jasurbek Umrzoqovga uzatma berdi. Darvozabonimiz to‘pni egalladi |
| 34' | ![]() |
Dastlabki paydo bo‘lgan taassurotga ko‘ra, har ikkala jamoa durangga rozi holda o‘ynayotgandek |
| 27' | ![]() |
Koreyaliklar chap qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Futbolchilarimiz to‘pni qaytarishdi |
| 26' | ![]() |
Ehhhhh, Namozov! Kamolov jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Muhammadali 2-3 metrdan darvozani ishg‘ol qila olmadi. Unga hech kim xalal bermayotgandi. |
| 25' | ![]() |
O‘ng qanotdan Abdulhay Ismoilov yiqitildi |
| 22' | ![]() |
Ikkala jamoa katta kuch bilan oldinga o‘tmayapti. Qandaydir mashg‘ulotsifat o‘yin bo‘lmoqda |
| 19' | ![]() |
Ismoilov o‘ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni yon tomonga tepib yuborishdi |
| 17' | ![]() |
O‘yin bir maromda davom etmoqda. Asosan epizodlar yakkakurashlar ko‘zga tashlanmoqda. Kombinasiyalar tashkil etilmayapti |
| 13' | ![]() |
O‘runov ancha olis masofadan zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 10' | ![]() |
Chap qanotdan oldinga o‘tayotgan Kamolovga uzatma berdi. Abdug‘ani to‘pga yeta olmadi |
| 9' | ![]() |
Darvoza tomon berilgan ilk aniq zarba. Shuhrat Ne’matovning zarbasi kuchsiz chiqdi. Darvozabon to‘pni egalladi |
| 6' | ![]() |
Terma jamoamiz to‘pni egallagan zahoti oldinga o‘tishga harakat qilishmoqda. Koreyaliklar hujumga shoshilishmayapti |
| 4' | ![]() |
Vakillarimiz to‘pni egallab turishibdi |
| 2' | ![]() |
KXDR oq, O‘zbekiston ko‘k rangli formada harakat qilmoqda |
| 1' | ![]() |
Har ikkala mamlakat madhiyalari yangrab o‘tdi va o‘yin boshlanib ketdi |
| ' | Olimxo‘jayev bugungi o‘yinda yetakchilarga dam berib, asosan ikkinchi tarkibni maydonga tushirmoqda | |
| ' | ![]() |
Durang va mag‘lubiyat tufayli chorak finalda Ummonga ro‘baro‘ kelamiz |
| ' | Bugungi o‘yindagi g‘alaba bizga guruhda 1-o‘rinni va chorak finalda Iroqni taqdim etadi | |
| ' | ![]() |
Jamoamiz chorak final yo‘llanmasini hal qilib bo‘lgan. Olimxo‘jayev jamoasi bugun guruhdagi o‘rniga va chorak finaldagi raqibini aniqlik kiritiladi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida guruh bosqichi yakuniga yetmoqda. "D" guruhida ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi bugun KXDRga qarshi 3-tur bahsini o‘tkazadi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|