Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

APL - 2016/17

6-tur. 24 sentyabr, soat 16:30 . Bosh hakam: Mayk Din

MANCHESTER YUNAYTED

Kris Smolling (22)
Xuan Mata (37)
Markus Reshford (40)
Pol Pogba (42)

4 : 1

LESTER

Demaray Grey (59)
JAMOALAR TARKIBI
01. David de Xea (D)
12. Kris Smolling
03. Erik Bayi
17. Deyli Blind
21. Ander Errera
06. Pol Pogba
25. Antonio Valensiya
14. Jessi Lingard
08. Xuan Mata
19. Markus Reshford
09. Zlatan Ibrohimovich
  21. Ron Siyeler (D)
06. Robert Xut
28. Kristian Fuks
17. Denni Simpson
05. Ves Morgan
04. Denni Drinkuoter
13. Daniel Amarti
11. Mark Elbrayton
09. Jeymi Vardi
19. Islam Slimani
26. Riyoz Mahrez
ZAHIRA
20. Serxio Romero (D)
05. Markos Roxo
24. Timoti Fosu-Mensa
27. Maruan Fellayni
16. Maykl Kerrik
18. Eshli Yang
10. Ueyn Runi
  12. Ben Xamer (D)
02. Luis Ernandes
15. Jeff Shlupp
10. Endi King
20. Sindzi Okazaki
22. Demaray Grey
23. Leonardo Ulloa

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. "MYu" - "Lester" - 4:1.
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
87'
"MYu"da so‘nggi o‘zgarish: Xuan Mata o‘rniga Eshli Yang tushdi
83'
"Yunayted"da o‘zgarish: Reshford o‘rniga Ueyn Runi tushdi
81'
"Lester" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Zlatan bosh bilan to‘pni qaytardi. Takroriy zarba natijasida yana burchak to‘pi ishlandi
78'
"MYu"da o‘zgarish: Lingard o‘rniga Maykl Kerrik tushdi
77'
Vuuuuh! Grey jarima maydonchasi burchagi tomondan darvozaning olis "to‘qqizligi" tomon aylanma zarba berdi. De Xea bir amallab to‘pni maydon tashqarisiiga urib yubordi
76'
Pogbaning uzatmasidan keyin Valensiya o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va kuchli tarzda olis ustun tomon uzatma berdi. Ibrahimovich bu uzatmaga yeta olmasdi
74'
Denni Simpson sariq kartochka oldi. U o‘zidan o‘tib ketayotgan Reshfordni yiqitdi
71'
Pogba maydon markazidan aniq uzatma bilan Zlatanni raqib jarima maydonchasiga boshladi. Ibra to‘pni egallab turdi va darvozabon maydonchasiga yaqinlashayotgan Lingardga yetkazdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi
68'
VUUUUH! "Lester" juda chiroyli kombinasiya tashkil qildi. Chap qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan Shlupp to‘p bilan ta’minlandi. U jarima maydonchasi ichida ochiq turgan Kingni o‘z vaqtida ko‘rdi va pas berdi. Endi to‘pni to‘xtatmasdan darvoza tomon tepdi. To‘p De Xeaning qo‘liga borib tushdi. To‘pni to‘xtatib, so‘ngra darvoza burchagiga aniq zarba berganida, o‘yindagi intriga oshishi mumkin edi
66'
Vuuuh! Qarshi hujumda mankunianliklar yaxshi vaziyat yaratishdi. Lingard o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va Ibraga uzatma berdi. Zlatan 18 metrdan darvoza tomon zarba berdi. To‘p Siyelerning qo‘liga tegib, maydonni tark etdi
64'
Vuuuuh! Valensiya o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va orqaroqqa uzatma berdi. Lingard 18 metrlardan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
63'
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga jarima maydonchasi burchagidan Fuks zarba berdi. To‘p Lingardga tegib qaytdi
62'
"Lester"da yana bir o‘zgarish: Olbrayton o‘rniga Jeff Shlupp tushdi
59'
GOOOOOOOL! Demaray Grey, 4:1! Qanday chiroyli zarba va gol! Zaxiradan tushgan futbolchi jarima maydonchasi burchagi tomonda Lingardni aldab o‘tdi va olis yuqori burchakka to‘pni "mixladi"!
55'
Xavfli vaziyat. Ibrahimovich chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va to‘pni orqaroqda ochilgan Mataga yetkazdi. Xuanning zarbasi natijasida to‘p Xutga tegib qaytdi. Keyin esa Mata himoyachiga nisbatan fol ishlatdi
54'
Mehmonlarning hujumi samarasiz yakunlandi. Chap tomondan yetkazilgan uzatma natijasida to‘p olis ustun yonidan maydonni tark etdi
53'
Pogba chap tomondar raqib darvozasi oldiga uzatma berdi. To‘p Xutning boshi orqali Zlatanning boshidan maydonni tark etdi
52'
Mankunianliklar ikkinchi bo‘lim boshida ustunlikka ega bo‘lishmoqda. Hozircha xavfli vaziyatlar yo‘q
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
Ranyeri ikkinchi bo‘lim avvalida ikkita o‘zgarishga qo‘l urdi. Jamoa yetakchilari Vardi va Mahrez maydondan olindi. Ularning o‘rniga King va Grey tushirildi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "MYu" - "Lester" - 4:0! Tanaffus!
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
43'
Vuuuh! Mahrez chap tomondan mezbonlar darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Vardi to‘pga biroz yeta olmadi
42'
GOOOOOOOL! Pol Pogba, 4:0! "Yunayted" burchak to‘pidan uchinchi golni urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu safar Pogba bosh bilan olis burchakni ishg‘ol qildi!
40'
GOOOOOOOL! Markus Reshford, 3?0! Mezbonlar burchak to‘pini nostandart tarzda o‘yinga kiritishdi. To‘p yerlatib yaqin ustun yoniga yetkazildi va Mata to‘pni kuchli tarzda darvoza oldiga yetkazdi. Reshford to‘pga oyoq qo‘ydi va gol!
37'
GOOOOOOOL! Xuan Mata, 2:0! Mata-Pogba-Lingard kombinasiyasidan keyin Xuan zarbavor vaziyatga chiqdi va 14 metrdan aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi!
34'
Mahrez chap qanotdan "MYu" jarima maydonchasiga kirdi va darvoza oldiga uzatma berdi. De Xea to‘pni egallab oldi
32'
Ibrahimovich ofsaydda qoldi
30'
Burchak to‘pi xavfli chiqmadi
30'
Vuuuuh! Pogba 28 metrlardan kuchli zarba berdi. Yaqin yuqori burchakka kirayotgan to‘pni Siyeler qaytarishga muvaffaq bo‘ldi
27'
VUUUUUH! Jarima maydonchasiga kirayotgan Ibraga uzatma berildi. Zlatan to‘pni ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi va uni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi!...
26'
Reshford jarima maydonchasi chizig‘i oldidan chalqancha uslubda zarba berdi. Noaniq
25'
VUUUUUH! Mezbonlar maydon markazida raqiblardan to‘pni olib qo‘yishdi va tezkor qarshi hujumga o‘tishdi. Ibrahimovich Reshfordni yakkama-yakka vaziyatga chiqardi. Ammo Markus o‘ta noaniq zarba yo‘lladi.
25'
"Tulkilar" burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Pogba to‘pni qaytardi
22'
GOOOOOOL! Kris Smolling, 1:0! Burchakdan yetkazilgan uzatmani himoyachi 6 metrdan bosh bilan zarba berdi. To‘p darvozabonning qo‘liga tegib, to‘rga borib tushdi!
19'
"MYu" ustunlikka erisha olmayapti negadir
17'
"Lester" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi va bir nechta xavfli zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Jarima maydonchasi tashqarisidan berilgan 2ta zarba himoyachilarga tegib qaytgan bo‘lsa, uchinchisida to‘p darvoza yuqorisidan o‘tib ketdi
13'
Mehmonlar hujumlari qiziqarli chiqmoqda. Olbrayton chap qanotdan yetkazgan uzatmani Slimani ko‘kragi bilan Mahrezga qoldirdi. Blind Riyodga to‘pni egallash imkonini bermadi
10'
"Lester"da yaxshi hujum! Jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Olbrayton o‘tkir burchak ostida darvoza tomon tepdi. De Xea to‘pni egallab oldi
9'
Yaxshi kombinasiya. Ibrahimovich kesma pas bilan jarima maydonchasiga kirayotgan Reshfordga uzatma berdi. Ron Siyeler oldinga chiqdi va to‘pni egallab oldi
7'
Mata burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Darvozabon musht bilan urib yuborgan to‘p yana o‘sha qanotga bordi va Mata yana uzatma berdi. Himoyachi qaytargan to‘pga Zlatan o‘tkir burchak ostida oyoqda zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
4'
Valensiya o‘ng burchakka yaqin joydan chap oyoqda uzatma berdi. To‘p Ibragacha yetib kelmadi, himoyachi bosh bilan qaytardi. Blind olis masofadan zarba yo‘lladi. Ancha noaniq
2'
"MYu" qizil, "Lester" ko‘k rangli formada maydonga tushishgan
0'
O‘yin boshlandi!
'
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
Turni Mourinyo boshchiligidagi Mourinyoning "MYu"si va amaldagi chempion "Lester" o‘rtasidagi bahs ochib beradi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Angliya Premyer-ligasida 6-tur o‘yinlari boshlanmoqda
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.