Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 6-tur, 24 sentyabr, soat 19:15 | ||
SPORTING XIXON |
0 : 5 |
BARSELONALuis Suares (29)
Rafinya (32) Neymar (81, 88) Arda Turon (85) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Ivan Kuelyar (D) 05.Fernando Amorebyeta 16.Lilyo 04.Xorxe Mere 10.Nacho Kases 14.Burjui 06.Serxio Alvares 11.Alberto Lora 07.Viktor Rodrigez 23.Moy Gomes 24.Duye Chop |
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 03.Jerar Pike 24.Jeremi Matyo 19.Lukas Din 05.Serxio Buskets 12.Rafinya 20.Serxi Roberto 07.Arda Turon 21.Andre Gomes 11.Neymar 09.Luis Suares |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Diyego Marino (D) 02.Duglas 03.Jan-Silven Baben 20.Dani Ndi 08.Rashid 09.Karlos Kastro 25.Borxa Viguera |
13.Yasper Sillessen (D) 18.Xordi Alba 14.Xavyer Maskerano 04.Ivan Rakitich 06.Denis Suares 08.Andres Inyesta 17.Fransisko Alkaser |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakuniga yetdi. "Barselona" Xixondan yirik hisobdagi g‘alaba bilan qaytadigan bo‘ldi. |
| 90+1' | ![]() |
Neymar xet-trikni rasmiylashtirishi mumkin edi! Uning zarbasidan keyin to‘p ustunga tegib qaytdi! |
| 88' | ![]() |
GOOOOLL!!! Neymar, 0:5! O‘ng qanotdan berilgan uzatma natijasida Denis Suares jarima maydonchasiga kirdi va chap ustun tomon uzatma berdi. Neymar zarba berdi va to‘p Kuelyarning oyoqlari orasidan o‘tib, to‘rga borib tushdi. |
| 85' | ![]() |
GOOOOOL!!! Arda Turon, 0:4! Yana o‘sha Serji Robertoning o‘ng qanotdan uzatmani turkiyalik futbolchi bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi. |
| 81' | ![]() |
GOOOOL!!! Neymar, 0:3! Alkaser chiroyli gol muallifiga aylanishi mumkin edi! Neymar markazdan Serxi Robertoni to‘p bilan ta’minladi, qanot himoyachisi o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Alkaserning zarbasidan keyin to‘p Kuelyarning qo‘li orqali to‘singa tegib qaytdi. Qaytgan to‘pni Neymar ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi, bir harakat bilan darvozabonni aldab o‘tdi va bo‘sh darvozaga to‘pni yumalatib qo‘ydi. |
| 78' | ![]() |
"Sporting"da o‘zgarish: Viktor Rodriges o‘rniga Duglas tushdi |
| 75' | ![]() |
Neymar jariam to‘pini o‘yinga kiritdi. Xixonliklar to‘pni maydon markaziga qaytarishdi |
| 74' | ![]() |
"Sporting" bir kishi kam bo‘lib qoldi. Denis Suaresning uzatmasidan keyin Serxi Roberto o‘ng qanotdan oldinga o‘tayotganida Lora xavfli podkat orqali raqib futbolchisini yiqitdi. Ikkinchi sariq kartochkani oldi va maydonni tark etdi. |
| 72' | ![]() |
Maydonda bitta Suares qoldi. Luis o‘rniga Pako Alkaser tushirildi |
| 71' | ![]() |
Luis Suares ofsaydda qoldi |
| 69' | ![]() |
Luis Enrike ham dastlabki o‘zgarishni amalga oshirdi. Buskets o‘rniga Denis Suares tushdi. |
| 68' | ![]() |
"Sporting" bosh murabbiyi Abelardo ikkita o‘zgarishga qo‘l urdi. Chop o‘rniga Karlos Kastro, Moi Gomes o‘rniga Dani Ndi tushdi. |
| 63' | ![]() |
Mezbonlarning xavfli hujumi. Burgui chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va Chopga uzatma berdi. Duye 13 metrlardan bergan zarba himoyachilarga tegib qaytdi |
| 62' | ![]() |
Mehmonlar uchinchi golni urishdi, biroq u hisobga olinmadi. Neymar o‘ng qanotda belgilangan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Pike 11 metrli nuqta ustida ko‘kragi bilan to‘pni orqaroqda turgan sherigiga uzatdi. Matyo aniq zarba bilan to‘pni darvozaga joyladi. Biroq ofsaydda turgan Pike darvozabon oldini to‘sib turgani uchun gol bekor qilindi |
| 56' | ![]() |
Vuuuuh! Viktor Rodriges chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, raqibning ikki himoyachisini chalg‘itib yaqin burchakka zarba berdi. Ter Shtegen zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Burchak to‘pi |
| 54' | ![]() |
Vuuuh! Neymar jarima to‘pini darhol o‘yinga kiritib, o‘ng qanotdan oldinga o‘tgan Robertoga uzatma berdi. Serjining jarima maydonchasiga uzatmasini Suares darvozaga joylashga tayyor turgandi, biroq Kuelyar so‘nggi pallada to‘pni qaytarib qoldi |
| 53' | ![]() |
Jarima maydonchasiga kirayotgan Chop tomon uzatma berildi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi |
| 51' | ![]() |
Ikkinich bo‘limda xixonliklar raqib darvozasi tomon bosimni oshirishmoqda |
| 48' | ![]() |
Neymar yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, ammo Mere to‘pni so‘nggi pallada qaytarib qoldi |
| 47' | ![]() |
Maydon egalari burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. "Ko‘k-anorranglilar" to‘pni qaytarishdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi va kompensasiya vaqtiga yakuniga yetdi. Tanaffus. Hozircha "Sporting" - "Barselona" - 0:1. |
| 42' | ![]() |
Bo‘lim so‘nggiga kelib o‘yin tempi tushdi |
| 39' | ![]() |
Oho! Maydon egalari o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Taxlikali vaziyat yuzaga keldi, ammo to‘pni mehmonlar darvozasiga to‘g‘rilab qo‘yadigan futbolchi topilmadi |
| 36' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Kataloniyaliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. To‘p qaytarildi, ammo mehmonlar jarima maydonchasi ichida qolgan Suaresga uzatma berishdi. Urugvaylik futbolchi o‘tkir burchak ostida kuchli zarba berdi. Zarba biroz noaniq chiqdi |
| 35' | ![]() |
Metyo xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘pni raqibga berib qo‘ydi. Moy Gomesning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi. Chap qanotdan berilgan uzatma natijasida to‘pni Ter Shtegen egalladi |
| 34' | ![]() |
Neymar ofsaydda qoldi |
| 32' | ![]() |
GOOOOOOL! Rafinya, 0:2! Neymar markazdan aniq uzatma bilan o‘ng qanotdan oldinga o‘tayotgan Serxi Robertoni to‘p bilan ta’minladi. U darvozabon maydonchasiga yaqiniga uzatma berdi va Rafinya himoyachilarni ortda qoldirgancha bosh bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. |
| 29' | ![]() |
GOOOOOOL! Luis Suares, 0:1! Kataloniyaliklar raqibning xatosidan samarali foydalanishdi. Amorebyeta to‘pni tepib yuborish chog‘ida mehmonlarga berib qo‘ydi. To‘p darhol Suaresga yetkazildi va urugvayli futbolchi darvozabon bilan birga bir vaziyatda posbonni aldab o‘tdi va bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi! |
| 27' | ![]() |
Vuuhh! Luis Suares Busketsning uzatmasidan keyin chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va Gomeshga uzatma berdi. Andre zarba berish qulay vaziyatga chiqdi va tepdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 25' | ![]() |
Neymar markaz bo‘ylab oldinga yurdi va o‘ng qanoda ochilgan Serji Robertoni to‘p bilan ta’minladi. Uning jarima maydonchasiga bergan uzatmasidan keyin to‘p Loraning boshidan maydonni tark etdi |
| 21' | ![]() |
Viktor Rodriges darvozasi burchagi tmon zarba berdi. Serji Roberto to‘pga oyoq qo‘ydi va xavfni bartaraf etdi. Taroriy uzatma paytida to‘pni Ter Shtegen egallab oldi |
| 20' | ![]() |
Mehmonlar darvozasi tomon xavfli jarima zarbasi belgilandi. To‘pni ushlagan holda jarima maydonchasidan chiqib ketdi. |
| 17' | ![]() |
Gomesh jarima maydonchasiga kirayotgan Suaresga uzatma berdi. Luis ofsaydda qoldi |
| 16' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Burgui bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 14' | ![]() |
Xixonliklarning hujumi paytida to‘pni Pike egallab oldi |
| 13' | ![]() |
Andre Gomesh o‘ng qanortdan uzatma berdi va Luis SUares bosh bilan to‘pni Neymarga yetkazdi. Braziliyalik hujumchi chalqancha uslubda zarab berdi. Neymar ofsaydda qolgan ekan |
| 10' | ![]() |
Neymar darvozagacha 25 metrlardan belgilangan jarima zarbasini tepdi. To‘p jonli devorga tegib, Kuelyarning qo‘liga borib tushdi |
| 9' | ![]() |
Alberto Lora sarpiq kartochka oldi. U Rafinyani chalib yiqitdi |
| 7' | ![]() |
Neymar chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘pni himoyachilar egallab olishdi |
| 4' | ![]() |
Burgui chap tomondan to‘p bilan "Barselona" jarima maydonchasi yaqinilashib keldi va himoyachi bilan to‘qnashuvda yiqildi. Hakam futbolchiga o‘rnidan turishni maslahat berdi |
| 1' | ![]() |
Ilk daqiqadanoq Lyuka Din jarohat oldi. Duye Chop butsasiningtishlari bilan uning oyog‘iga tepdi. Hakam vaziyatni ko‘rmay qoldi |
| 0' | ![]() |
O‘yin boshlandi. |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari! Ispaniya La ligasining 6-turidan o‘rin olgan "Sporting Xixon" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan matnli onlayn translyasiyani kuzatib borishga taklif qilamiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|